ADABIYOTLAR:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari:
1. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: O‘zbekiston, 2017. – 102 b.
2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 488 b.
3. Mirziyoev Sh.M. 2018 yil 14 fevral kuni maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida so‘zlagan nutqi– T.: “O‘zbekiston ovozi”, 2018yil 15 fevral 1-7 betlar.
4. Mirziyoev Sh.M. 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi T.: “Toshkent oqshomi”, 2017 yil 23dekabr.1-8 betlar.
2. Normativ-huquqiy hujjatlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”. 2017 y. 7 fevral.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli qarori
Mutaxassislik bo‘yicha adabiyotlar:
1. Abdullaeva Sh.A. Pedagogika. Pedagogika oliy ta'lim muassasalari uchun darslik.- Toshkent:Fan va texnologiyalar, 2013.-298b.
2. Vaxobov M.M. Zadachi po vnedreniyu lichnostno- orientirovannogo obrazovaniya i modelirovaniya monitoringa kachestva obucheniya. –Tashkent:Me'ros, 2015.-232 s.
3. Djuraev R.X. Etapы sovershenstvovaniya sistemы obrazovaniya v Uzbekistane.- Tashkent:Ziyo, 186 s. 4. Goziev E. Nauka, prosveщenie i kultura v sisteme neprerыvnogo obrazovaniya:problemы i resheniya.-Tashkent: Ma'naviyat, 2017.-224 s.
5. Ochilov M., N.Ochilova. O‘qituvchi odobi.- Toshkent: O‘zbekiston, 1996.-172 bet.
6. Subetto A.I Kvalimetriya cheloveka i obrazovaniya: Metodologiya i praktika. Sb,nauch.st.-Moskva, 2014.-S.89.
7. Raven Dj. Kompetentnost v sovremennom obщestve. - M: Kogito-Sentr, 2002.- 221 s. Qo‘shimcha adabiyotlar: A.Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloqT.: “O‘qituvchi”. 1996 y. 206-bet
. Al Buxoriy.Xadislar.4 jild.T.: “Qomuslar bosh muxarririyati”. 1997 y.
Qobusnoma.T.: «Sharq».1996 y. 40 bet.
Elektron-axborot resurslari:
www. tdpu. Uz
www. pedagog. uz www. Ziyonet. uz www. edu. uz tdpu.Intranet. Ped
6-MA`RUZA
6-MAVZU: OILA PEDAGOGIK O‘ZARO MUNOSABATLAR HAMDA SHAXS TARBIYASI VA KAMOLOTINING SUB'EKTI SIFATIDA.
REJA:
1. Oila –jamiyatning asosiy ijtimoiy bo‘g‘ini sifatida. Oila va uning vazifalari
2.Zamonaviy oilalar rivojining o‘ziga xos xususiyatlari
3. Komil inson tarbiyasida oila funksiyalari (vazifalari)
Tayanch tushunchalar: Oila, tarbiya, zamonaviy oilalar rivoji, xususiyatlar, komil inson tarbiyasi, oila funksiyalari, ma'naviy-axloqiy tarbiya, jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, shaxs rivojlanishi.
Oila –jamiyatning asosiy ijtimoiy bo‘g‘ini sifatida. Oila va uning vazifalari. Oila- jamiyatning boshlang‘ich ijtimoiy bo‘g‘inidir. U o‘zida oila a'zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota-onalarning bola shaxsiga ilmiy dunyoqarash asoslari, ma'naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta'sir ko‘rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi. Mustaqillik davrida oila institutini jamiyatning boshqa muhim ijtimoiy tuzilmalari, yurtimizdagi ma'naviy o‘zga-rishlar bilan uyg‘un tarzda rivojlantirish, uning nufuzini oshirish masalasiga davlat siyo-satining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi sifatida doimiy e'tibor berib kelinmoqda. Mamlakatimiz Konstitutsiyasida oilaning ijtimoiy maqomi aniq belgilab qo‘yilgani, shu asosda Oila, Fuqarolik, Uy-joy kodekslari va boshqa zarur qonun hujjatlari qabul qilinib, bu borada tegishli huquqiy poydevor yaratilga-ni ham bu fikrni tasdiqlaydi. Oila har qaysi jamiyatning kichik bo‘g‘inidir, oilalar birlashib, jamiyatni tashkil etadi. Oila farovonligi-milliy farovonlik asosi hisoblanadi. Inson shaxsini shakllantirish oildan boshlanadi, shu bilan birga oila-murakkab ijtimoiy guruh bo'lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-maydagi PF-3434-raqamli farmoni va unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni bajarilishi bo'yicha bugungi kunda respublikamizda qator ijobiy 135 ishlar amalga oshirilmoqda. jamiyatdagi o'zgarishlar oilaga ta'sirini ko'trsatganidek, oiladagi o'zgarishlar ham jamiyatga o'z ta'sirini ko'rsatadi, oila davlatning, jamiyatning asosiy tayanchi , uning mustahkamligi, tinch-totuvligi, farovonligi va barqarorligidan jamiyat mafaatdor bo‘ladi. Oilada ma'naviy va jismoniy yetuk avlodni tarbiyalash yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish lozimligi zarur. Bunda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi “Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog'ligini mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi va uni tarbiyalshning ustivor yo'nalishlarini amalga oshirishning maqsadli dasturi to'g'risida ” gi 242-sonli qarorining bajarilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Oilashunos olimlar: D. Aabdullaeva, N. Islomova, F. Xabibullaevlar tomonidan oilaning asosiy funksiyalari turlicha tasniflangan: Bu o'rinda oilaning xo'jalik-maishiy va emotsional va ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarni qondiruvchi funksiyalari; oilaning iqtisodiy funksiyasi - oila iqtisodi, byudjeti, daromadi, kundalik xarajati; oilaning reproduktiv funksiyasi (jamiyatning biologi uzluksizligini taminlash); oilaning tarbiyaviy funksiyasi – oila a'zolarining aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga asos solinishi. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimiz azaldan e'zozlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz an'analarimizning bu boradagi ahamiyati; jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiritilgan. Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 25-avgustdagi ‘'Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish tartibini takomillashtirish to'g'risida”gi 365- sonli qarori, 20162- yil 5-iyuldagi “Oilada tibbiy madaniyatni oshirish,ayollarning sog'ligini mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi va uni tarbiyalashning ustivor yo'nalashlarini amalga oshirishning maqsadli dasturini takomillashtirish to'g'risida”gi 242- sonli qarorlarining amalda bajarilishi jamiyatimizdagi oilalarning mustahkamlanishi va sog'lom avlod tug'ilishi kabi muammolar yechimini topishga qaratilgan. Oila – uni xarakterlovchi turli mezonlarga ko'ra : to'liq, noto'liq va qayta: 1- dan, to'liqligiga ko'ra: 1- dan, bo'g'inlar soniga ko'ra:nulear ( ota –ona va bolalardan 1-iborat ) va ko'p bo'g'inli (ikki va undan ortiq avloddan iborat oila a'zolari birga yashovchi) oilalar. 1- dan,bolalar soniga ko'ra: 1- dan, er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga ko'ra; 1- dan , er-xotinning ma'lumot saviyasiga ko'ra; 1- dan, regional jihatlarga ko'ra farqlanadi. Oilada asosan quyidagi omillarga tayaniladi: ruhiy xotirjamlik, samimiylik munosabatlarining shakllangan bo'lishi, ota-onaning obro'si yuqori darajadaligi, bolalarga talab qo'yishda oiladagi kattalar o'rtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatda tarbiyalashda alohida e'tibor berish lozimligidir. Oilaning iqtisodiy, reproduktiv, kommunikativ, rekreativ, tarbiyaviy funksiyalarida jamiyatning, davlatning ahamiyati beqiyos. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiradi. yordam beradi. Bolalarni har tomonlama yetuk, komil inson qilib tarbiyalash masalalari xalqimiz uchun qadimdan muhim masala bo‘lib kelgan. Bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar. Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oilada farzandlar baxtiyor bo‘lishlari, o‘sib ulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari, sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamolotga yetishishlari lozim. Oilaning har bir a'zosi g‘amho‘rlik, baxt, mehr-muhabbat tuyg‘ulari asosida o‘zining qadr-qimmati, huquq va erkinliklari, tenglik va birdamlikka ega bo‘lishlari kerak. Ta'lim jarayoni sub'ektlari bo‘lmish bolalar uchun ko‘zda tutilgan barcha huquqlar ta'minlanishi, hurmat qilinishi zarur. Voyaga yetmaganlarning shaxs va sub'ekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi, tarbiyalanganlik darajasining o‘sishi, jamiyat tomonidan belgilangan odob-axloq, xulq normalariga mosligi ularning kelajakda jamiyatning teng huquqli fuqarosi sifatida faoliyat yuritishiga zamin yaratadi. Bolaning ongi asosan 5—7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta'siri-da ma'naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi. Xalqimizning «Qush uyasida ko‘rganini qiladi», degan dono maqoli, o‘ylaymanki, mana shu azaliy haqiqatni yaqqol aks ettiradi. Odamzot uchun bir umr zarur bo‘ladigan tabiiy ko‘nikma va xususiyatlar, masalan, har qaysi bolaning o‘ziga xos va o‘ziga mos qobiliyati, atro-fidagi odamlar bilan muomalasi, tengdoshlari orasida o‘zini qanday his qilishi, yetakchilik xislatlariga ega bo‘lishi yoki ega bo‘lmasligi, kerak bo‘lsa, dunyoqarashi — bularning barchasi av-valo uning tug‘ma tabiati, shu bilan birga, oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog‘liq ekanini hayot tajribasi ko‘p misollarda tasdiqlab beradi. Aynan mana shu davrda bola hamma yaxshi-yomon narsani tushunib, anglay boshlaydi, uning be-g‘ubor ongi bamisoli bosma qog‘oz singari oila-dagi, yonatrofdagi barcha voqyea-hodisalarni, Ularning‘ zamiridagi taassurotlarni o‘ziga shi-mib-sing‘dirib oladi. Uning ota-onasiga, bobo va momolariga mehri va hurmati, o‘zini o‘rab tur-gan muhitga nisbatan munosabati kundan-kunga takomillashib boradi. Xonadondagi har bir narsa — daraxt va o‘simliklar bo‘ladimi, turli o‘yinchoqlar, uy hayvonlari bo‘ladimi — bularning barchasi bolaning ko‘ziga go‘yoki olamning beqiyos mo‘jizasi bo‘lib ko‘rinadi va shu tariqa u yorug‘ dunyoni o‘zi uchun kashf qiladi. Taassufki, ba'zi ota-onalar o‘z farzandining ana shunday qiziqishi va intilishlariga, uning ongu tafakkurida har kuni bir o‘zgarish ro‘y berib, ko‘zida yangi-yangi savollar paydo bo‘layotganiga ahamiyat bermaydi. Biz o‘z farzandlarimizning baxtu saodatini, iqboli va kamolini ko‘rishni istar ekanmiz, nafaqat oiladagi, balki mahalla-ko‘ydagi odamlarning xatti-harakati ham bolaning shakllanib kelayotgan sof qalbi va ongiga qanday ta'-sir ko‘rsatishi haqida doimo o‘ylashimiz, bu masalada zimmamizda qanday ulkan mas'uliyat borligini unutmasligimiz zarur. Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxtu saodati, ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin baxtu saodat faqat boylik, molu mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aklli, mehnatsevar, iymon-e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki bugun jamiyatning eng katga boyligidir. Oilalar respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy umumiyligi asosida rivojlanadi. Ayni paytda oilaviy turmush va oilaviy tarbiya o‘zining milliy xususiyatlariga ham egadir. Oila tarbiyasi o‘z milliy va demografik xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Oilaviy tarbiyada oilaning moddiy farovonligi, madaniy-ma'naviy saviyasi, osoyishtaligi, oila a'zolarining soni, tarkibi alohida ahamiyat kasb etadi. Oiladagi sog‘lom turmush tarzi- kelgusida farzandlarning qanday inson sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quv maskanlarida beriladigan ta'lim-tarbiya darajasi bilan o‘quvchi-talaba shaxsining oilaviy turmush tarzi orasidagi aloqadorlikning pedagogik jihatdan ta'minlanganligi hamda ta'lim oluvchilarning yutuqlari, ularda shaxsiy sifatlarning tarkib topib borishini jadallashtiradi. “Oilaviy tarbiya doimo o‘zining murakkab va ko‘p qirraliligi, ajoyib va serjiloligi bilan ajralib turadi”. Har bir oila o‘ziga xos bir olam, olam ichidagi va shu bilan birga olamga sig‘magan olam, u tarbiya ishida o‘ziga xos, takrorlanmas xususiyatlarni o‘zida namoyon qiladi. Ana shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning hammaga ma'qul tushadigan yo‘l-yo‘riqlari mavjud emas. O‘zbek xalqining milliy xususiyatlari: axloqiylik, o‘zini o‘zi anglash, milliy tuyg‘u, milliy madaniyat, milliy kiyinish va yurish-turishda o‘z aksini topadiki, o‘zbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatini o‘rganishda bularni chetlab o‘tish mumkin emas. O‘zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdir: ko‘p bolalilik; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo‘lishi; qarindoshchilik, bir necha avlodlarning birgalikda yashashi. Zamonaviy oilalar rivojining o‘ziga xos xususiyatlari. XXI asrda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma'naviyati asosiymuvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo‘lmokda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida maydonga chiqdi. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish, uning sifat va samaradorligini oshirish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Yuqori darajadagi bilimga ega, ma'naviy boy, sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlardan biridir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, o‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘quvchilarga sog‘lom turmush tarzini singdirishda o‘quv maskanlari, oila, mahalla, ijtimoiy institutlarning bu sohadagi ta'sirchan hamkorligini yo‘lga qo‘yish tadab etiladi. O‘smir yoshidagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning muhim omillaridan biri uning yoshiga bog‘liq bo‘lgan xususiyatlaridir. Chunki taraqqiyotning har bir yosh bosqichi o‘zining rivojlanish omillari, qonuniyatlari, yangiliklari va o‘zgarishlariga ega bo‘lib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti, qobiliyatlari, bilish jarayonlariga bevosita ta'sirini o‘tkazadi. Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham mikdor o‘zgarishlariga ega bo‘lgan ko‘rsatgichlar o‘smir yoshidagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishda, xulqini boshqarishda hamda unga ta'sir ko‘rsatishda alohida ahamiyat kasb etadi. Sanogen tafakkur – (lotincha: «sanus»- sog‘lom: va yunon tilida: «genezis»- rivojlanish)- his-hayajon va emotsiyalarni boshqaruvchi, sog‘lomlashtiruvchi tafakkur. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini tashkil etish, oilaviy tarbiyani sog‘lomlashtirish va ularni muvofiqlashtirish asosida jamiyatimizda voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va nazoratsizlikni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni jonlantirish vazifalari yetakchilik qilmoqda. Shu jihatdan olganda o‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘quvchilar orasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olishda sanogen tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Insonning tafakkuri qanchalik sog‘lom bo‘lsa, uning ruhiyati, jismi shunchalik sog‘lom ezgulikka yo‘nalgan bo‘ladi. Odamning fikrlashi qancha sof erkin bo‘lsa, u shuncha zararsiz fikrlaydi, shukrli, sabrli va beg‘araz bo‘ladi. Bugungi kunda go‘zal xulq, to‘g‘ri aqida asosida tarbiyalangan, ehtiyotkor, sog‘lom fikrlay oladigan farzand hayotda aql-idrok bilan ish tuta oladi. Iymon e'tiqodda sobit turadi, erkin va mustaqil fikrlay oladi, har xil aldovlarga uchmaydi hamda g‘arazli tashviqotlarga berilmaydi. Bunday sifatlarga ega shaxs sanogen tafakkur egasi sanaladi. Demak, farzand yoshligidan sog‘lom e'tiqodli, bilimli, odobli va shijoatli bo‘lib voyaga yetishi uchun foydali ilm va ko‘nikmalar bilan band bo‘lishi muhim vazifadir. Sanogen fikr kishisi hamisha o‘z qarashlarini ijobiy asoslaydi, kerak bo‘lganda himoya qilib, to‘g‘ri xulosa chiqaradi, o‘z burchini adolatli baholaydi. Sanogen tafakkurga ega inson ichki nizoni ijobiy bartaraf etadi. Shuning uchun yurtimizda sanogen tafakkurga ega shaxslardan iborat barkamol avlod tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ma'lumki, o‘smirlik yoshi 10-11 yosh, 14-15 yoshni tashkil etadi. Ko‘pchilik o‘quvchilarda o‘smirlikning o‘tish davri asosan maktab pallasining murakkab bo‘lgan 4-5-sinfiga to‘g‘ri keladi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va u bilan bog‘liq ravishda barcha a'zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to‘qimalarining o‘sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining, ya'ni qalqonsimon bez, buyrak usti, oshqozon osti, jinsiy bezlar ishini kuchaytiradi. Natijada bola bo‘yining o‘sishi tezlashadi, jinsiy balog‘atga yetish jarayoni amalga osha boradi. O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining qobiliyat va imkoniyatlarini ma'lum darajada o‘rtoqlari hamda ustozlariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni maktab o‘qituvchisi kundalik dars jarayonida kuzatishi mumkin. 15-25 yoshlilar esa o‘spirinliklik davriga mansub shaxslar hisoblanadi. Ilk o‘spirinlik bosqichi 15-17, o‘rta o‘spirinlik bosqichi 17-22 va katta o‘spirinlik bosqichi 22-25 yoshdagi davrlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Mustaqil davlatimizning tayanchi va kelajagi bo‘lgan yoshlarni har tomonlama rivojlantirishda, mustaqillik mafkurasini ularning ongiga singdirishda, ijtimoiy faolligini o‘stirishda, jamiyatimizga yot, zararli g‘oyalardan ularni avaylabasrashimizda oila tarbiyasi muhim o‘rin egallaydi. O‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish o‘ziga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarga bog‘liq. Bunda o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib kamolga yetish yo‘llarini va unga ta'sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarni, bevosita ta'sirini tadqiq etishni davr taqoza etmoqda. Bunda birinchi navbatda, oila tarbiyasidagi ota-onalar diagnostikasini o‘tkazish alohida ahamiyat kasb etadi. Pedagogika va psixologiya sohasida ota-onalar bilan ish olib borishga doir turli xil yondashuvlar mavjud. Bulardan K. Leongard, Myunstenberg, DemboRubinshteyn, ye. Klimov, I. Grebennikov, A.Q. Munavvarov, O. Musurmonova, L. Mahmudovalar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda yaratilgan ma'rifiy-axborotli yondashuvlardir. Bu yondashuvlarning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda ota-onalarga uzluksiz va ma'lum tizim asosida yordam berish maqsadida oila uchun ommaviy ta'lim dasturlari ham ishlab chiqilgan. Bu dasturlar asosida oilaning yoshlar tarbiyasidagi rolini faollashtirishga muvaffaq bo‘linmoqda. Ma'lumki, aniq manzilga qaratilgan har qanday faoliyat o‘z samarasini beradi, shuning uchun muayyan ijtimoiy- pedagogik yordamga muhtoj oilalarni ijtimoiy pedagogik tashxis asosida aniqlab, ularga real yordam ko‘rsatish, ya'ni oilada valeologik sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bolalarga to‘g‘ri tarbiya berish maqsadga muvofiqdir. Har bir oilaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ularga ijtimoiy-pedagogik yordam berishda maxsus amaliy ishlar (spetspraktikumlar) muhim ahamiyatga ega. Oilada sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish bo‘yicha amaliy ish quyidagicha amalga oshiriladi: -maqsadni belgilash, ya'ni oiladagi erishilgan yutuqlarni aniqlab, ularga suyangan holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini hamda qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash; -harakatlar algoritmi, ya'ni ota-onalar orasida oila tashxisini o‘rnatishga doir anketalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil etish, ularning tavsifiga ko‘ra otaonalarni kichik guruhlarga ajratish va tashhis natijalari bilan tanishtirish kabi faoliyatdir; -diagnostika asosida pedagogik konsiliumlarni tashkil etish, psixologik xizmatni amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi. Oila diagnostikasini amalga oshirishda oila va oilaviy munosabatlarning psixologik holatini, muhitni o‘rganishga doir »Oilada pedagogik muhitni aniqlash», «Tipik oilaviy hayot», «To‘gallanmagan jumlalar», «Oilaning kinetik rasmi» nomli mashhur metodikalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Oilaviy tarbiyaning o‘ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-ona, qon-qardoshlik, avlod-ajdod xislatlarini uzatadi, uning davomiyligini saqlaydi, farzandni shaxs sifatida shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi. Komil inson tarbiyasida oila funksiyalari (vazifalari). Oilaning asosiy vazifalari, funksiyalari quyidagilardan iborat ekanligini qayd etib o‘tishimiz joiz. Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy tarbiyaviy funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qo‘yish bilan cheklanmay, balki uning so‘ngi g‘ishti qo‘yilguncha javobgardir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Oilaning kommunnikativ funksiyasi oila a'zolarining o‘zaro muloqot va o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Oilaning rekreativ funksiyasi nimadan iborat? Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo‘lgan xususiyatlardan biri, oila a'zolarining axloqiy-psixologik himoyalanishini ta'minlash, yosh bolalarga va mehnatga yaroqsiz kishilar yoki keksa qarindoshlarga moddiy-ma'naviy va jismoniy yordam ko‘rsatish kabilardan iborat bo‘lib kelgan. Bu holat oilaning rekreativ funksiyasini tashkil qiladi. Oilaning rekreativ funksiyasi- o‘zaro jismoniy, moddiy, ma'naviy va psixologik yordam ko‘rsatish funksiyalaridan biri hisoblanadi. Oilaning muhim bo‘lgan funksiyalaridan yana biri- bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta'minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson naslini davom ettirishdan iboratdir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlari bilan tanishtirgan holda, ularning salomatligini saqlab turishdan ham iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish instinkti insonda farzand ko‘rishga ularni o‘stirishga va tarbiyalashga bo‘lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarni qondirmasdan turib, kishi odatda o‘zini baxtiyor his eta olmaydi. Oilaning felitsitologik funksiyasi nima? Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felitsitologik funksiyasidir (italyancha «felitsite»- baxt degani). «Shaxsiy farovonlikka erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida ko‘p jihatdan hal qiluvchi omil bo‘lib bormoqda. Oilada er-xotinning bir-birini to‘liq tushunishi- ularning o‘zlarini baxtli his qilishlarini ta'minlaydi. Shuningdek, o‘zidagi mavjud tabiiy-ijodiy imkoniyatlarni (iqtidorni) ro‘yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o‘zini baxtli his qilish imkonini beradi»(13.42). Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi ham ortib bormoqda. Oilaning regulyativ funksiyasi oila a'zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek, birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro‘ni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunda kattalar tomonidan 144 yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma'naviy tomondan qo‘llabquvvatlash nazarda tutiladi. Oilaning relaksatsiya funksiyasi uning eng asosiy funksiyalaridan biridir. Bu degani oila a'zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir. Oila funksiyalarining muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila baxtini ta'minlovchi mezon hisoblanadi. Shuning uchun oilaning o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog‘lomligiga ham ta'sir etadi. Bola maktabga kelgunga qadar oilada tarbiyalanadi. Oila bolaning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta'sir ko‘rsatishi tabiiy holdir. Ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari ularning sog‘ligini saqlashdir. Buning uchun bola to‘yib ovqatlanishi, gigiena talablariga rioya etishi lozim bo‘ladi. Ota-onalar o‘zlarining mehnat faoliyatlari, xulq-atvorlari bilan ham bolaga namuna bo‘lishlari shart. O‘zaro oilaviy jamoada yaxshi iborali so‘zlashuvni tashkil etish lozim. Ota-onalar bolalarining maktab-o‘quv vazifalarini yaxshi bajarilishini ta'minlash uchun quyidagilarga rioya qilsalar maqsadga muvofiqdir: - bolalarning darsga kech qolishlariga va sababsiz dars qoldirishlariga yo‘l qo‘ymaslik; - ularning mashg‘uloti uchun uyda qulay sharoit yaratish; - bolalarning uy vazifalariga halollik bilan qarashga o‘rgatish, ularning g‘ayrat va chidamliligini oshirish; - bolalarni vijdonli va rostgo‘y bo‘lishga, mustaqil ishlarga o‘rgatish. Oiladagi sog‘lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ota-onaning o‘zaro yaxshi munosabati, mehribonligi, g‘amxo‘rligi oiladagi farzandlarning munosabatlarini to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida muloyimlik, shirinsuxanlik, qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlarni tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro‘zg‘or yumushlarini o‘rgatish ham lozim. Ota o‘g‘lida to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik, olijanoblik, fidoiylik, saxovatpeshalik kabi hislatlarni shakllantirishi bilan birga uyda erkaklar bajaradigan barcha yumushlardan xabardor qilishi kerak. Ma'lumki, oila va qarindoshlik munosabatlari har qanday kishi hayotining zaruriy qismi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar-er va xotin, ota-onalar va bolalar, aka-ukalar va opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar har jihatdan iliq va qoniqarli bo‘lishi mumkin. Ammo bu munosabatlar yoshlarni chuqur umidsizlik va gunohkorlik to‘yg‘ulariga yetaklovchi muammolar va ixtiloflar bilan ham to‘ladir. «Oilaviy hayotning «qorong‘u tomonlari» televidenie va boshqa ommaviy axborot vositalarida namoyish qilinadigan ayrim ko‘rkam manzaralariga ziddir. Oilaning buzilishiga va ajralishiga olib keladigan ziddiyatlarni, janjallarni hisobga olgan holda, oilaviy hayotning o‘ziga tortmaydigan ko‘pgina salbiy tomonlari ham mavjud. Ba'zan ruhiy kasalliklar ham oilaviy munosabatlar xarakteriga ta'sir etadi. O‘zining salbiy oqibatlariga ko‘ra, oilaviy hayotdagi agressivlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa illatlar og‘ir holatlar hisoblanadi». Ayniqsa, ota-onalar ajralishining bolalarga o‘tkazadigan salbiy ta'sirini baholash juda qiyin. Ajralish oldidan ota-onalar o‘rtasidagi tortishuvning qanchalik kuchli ekanligiga, bolalarning yoshiga, ularning qarindoshlari bor-yo‘qligiga, farzandning ajralgan ota-onaga bo‘lgan munosabatlariga, har ikki ota-onaning teztez ko‘rishib turish imkoniyatining bor-yo‘qligiga ko‘p narsa bog‘liq. Bular va boshqa bir qator omillar bolaning ko‘nikish jarayoniga ta'sir ko‘rsatadilar. Hatto oiladagi ruhiy-ma'naviy tanglikni bolalar tezda seza olish qobiliyatlariga egadirlar. Ajralish holatlarining salbiy oqibatlari ular uchun nihoyatda og‘ir kechadi. Oila doimo maktab, mahalladagi pedagog-psixologlar, faollar bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim. Bu albatta yoshlarning ma'naviy-marifiy sohada yuksak samaradorlikka erishishlariga yordam ko‘rsatadi va ularning tarbiyasiga ijobiy ta'sir qiladi. Shunday qilib, oiladagi sog‘lom turmush tarzi- jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish garovidir Bunda oila, mahalla, ta'lim muassasasining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
MAVZU YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR:
1. Matnni o‘qing, o‘z munosabatingizni bildiring. Tarbiyaning ishontirish metodi Ta'rif: Xatti-harakatlarining to‘g‘riligi va zarurligini, shuningdek, ayrim xulq-atvorlarning noto‘g‘riligini tushuntirish va isbotlashdir. Ishontirish haqiqiy va soxta bo‘lishi mumkin. Haqiqiy ishonch – real voqyelikka mos keladi va shaxsning jamiyat oldidagi qadr-qimmatini oshiradi. Soxta ishonch – o‘zi va atrofidagilar ta'sirining umumlashuvi natijasida vujudga keladi. Maqsad: Tarbiyalanuvchilar xatti-harakatlarining to‘g‘riligi va zarurligini, ayrim xulq-atvorlarning noto‘g‘riligini tushuntirish va isbotlash asosida barkamol shaxs xislatlarini singdirish va tarbiyalashdir. Qachon, qanday vaziyatda qo‘llaniladi: Tarbiyalanuvchi o‘z xattiharakatlarining to‘g‘riligi va zarurligiga hamda ayrim xulq-atvorlarining noto‘g‘riligiga ishonmasa, ushbu metod qo‘llaniladi. Qanday vaziyatda qo‘llash mumkin emas:
1) ishontirishning shakli va mazmuni bolalar yosh davriga mos bo‘lmasa;
2) bolaning individual xususiyatlariga mos kelmasa.
3) umumiy tarzdagi qoida va prinsiplarga zid bo‘lishidan tashqari aniq dalil va misollar yo‘q bo‘lsa;
4) barcha xabardor bo‘lgan dalil va xulq-atvorni muhokama qilishga to‘g‘ri kelganda, dalilning haqqoniyligi to‘g‘risidagi ikkilanishlarni yo‘qqa chiqara olmasa;
5) tarbiyachi yoki o‘qituvchi o‘z fikriga qat'iy ishonmasa. Kim tomonidan qo‘llaniladi: Oilaning tajribali vakillari – buvi-buvalar, otaonalar, aka-opalar, tarbiyachilar, pedagoglar va shu kabi ma'sul shaxslar. Kutiladigan natija: Tarbiyalanuvchilar xatti-harakatlarining to‘g‘riligi va zarurligiga ishonadi. Xulq-atvorlarining noto‘g‘riligini tushunishadi. O‘ziga ishongan va barkamol shaxs xislatlari singdirilgan inson tarbiyalanadi. Qo‘llash shartlari va qoidalari: Ishontirish tarbiyalanuvchiga ta'sir etish metodi sifatida yuqori samara berishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1) ishontirishning shakli va mazmuni, bolalar yosh davriga mos bo‘lishi lozim (kichik maktab yoshida ertak, rivoyat va fantastik hikoyalar misolida, so‘ngra esa borliq dunyoni o‘rganish inson ma'naviy dunyosini o‘rganish);
2) ishontirish bolaning individual xususiyatlariga mos bo‘lishi va ruhiy qiyofasining o‘ziga xosligini e'tiborga olish lozim. Buning uchun bolalarning haqiqiy hayot tarzini o‘rganish zarur;
3) ishontirish umumiy tarzdagi qoida va prinsiplardan tashqari aniq dalil va misollarni ham o‘z ichiga olishi zarur (o‘qitishdan ko‘rgazmalilikka e'tibor berish); 4) ishontirish jarayonida ba'zi holatlarda barcha bir xil xabardor bo‘lgan dalil va xulq-atvorni muhokama qilishga to‘g‘ri keladi. Bu, o‘z navbatida dalilning haqqoniyligi to‘g‘risidagi ikkilanishlarni yo‘qqa chiqarishga va umumiy to‘g‘ri xulosa chiqarishga yordam beradi;
5) boshqalarni ishontirar ekan, tarbiyachi yoki o‘qituvchi o‘z fikriga qat'iy ishonishi zarur. Soxta ishonchni o‘zgartirishning qoidalari:
1) tinglovchini o‘zini boshqalar bilan taqqoslashga undash. Uning fikriga qarama-qarshi fikrda bo‘lgan kishi bilan yaqindan tanishish (masalan, bola o‘qishni xohlamaydi, lekin uning tanish o‘rtog‘i ko‘p o‘qiydi va biladi, ammo o‘zining “quruq yodlovchi” yoki “o‘ta bilimdon” qilib ko‘rsatmaydi);
2) noto‘g‘ri qarashlar va ishonch oqibatlari nimalarga olib kelishini ko‘rsatish (masalan, ana shunday xislatlarga ega bo‘lib, o‘z hayotini barbod qilgan, o‘z erki, g‘ururi va vijdonini yo‘qotgan kishilar haqida so‘zlab berish. Buning uchun hayotiy misollar, badiiy asarlar, kinofilmlar va boshqalardan foydalanish mumkin); 3) soxta ishonchni yoqlab, himoya qiluvchi tarbiyalanuvchi fikrini mantiqiy rivojlantirib, uni hayratga soluvchi holatga yetkazish. Masalan, barcha tarbiyalanuvchilar o‘qituvchilarni aldash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilmaslik nimalarga olib borishi mumkin). O‘g‘lingiz o‘ta beaql va qobiliyatsiz bola. Ertadan boshlab qaytib maktabga kelmasin!”
Samarasi: Ishontirish jarayonida bolalarda yangi bilim, ko‘nikma, malaka hamda axloqiy sifatlar shakllantiriladi. Bular esa o‘quvchilar va ularning atrofidagilar uchun me'yor (mezon) bo‘lib xizmat qiladi. Ishontirish bilimlar, qarashlar va xulq-atvor me'yorlari tizimi bo‘lib qolmay, balki ularni shakllantirish usullari hamdir. Ishontirish yordamida yangi qarashlar, munosabatlar shakllanadi yoki noto‘g‘ri fikrlar o‘zgaradi. Keyingi holatlarda davomiyligi: Soxta ishonchni bartaraf qilish uchun tarbiyachi (o‘qituvchi) quyidagi uch yo‘nalishda ish olib borishi kerak:
1. Bola tarbiyasida muntazam sog‘lom ijtimoiy fikrni shakllantirish.
2. Muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy hayotiy tajriba yaratish.
3. Soxta ishonchni asoslar bilan inkor qilish
ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ‘'Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish tartibini takomillashtirish to'g'risida”gi 365- sonli qarori.-Toshkent, 2017- yil 25-avgust
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20162- yil 5- iyuldagi “Oilada tibbiy madaniyatni oshirish,ayollarning sog'ligini mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi va uni tarbiyalashning ustivor yo'nalashlarini amalga oshirishning maqsadli dasturini takomillashtirish to'g'risida”gi 242- sonli qarorlari.-Toshkent, 20162- yil 5-iyul
3. Abdullaeva Sh.A. Oilada sanogen tafakkurni rivojlantirish.- Toshkent:Kamalak, 2018.-98 bet
4. Munavvarov A. Pedagogika.-Toshkent: O‘qituvchi, 2009.-56-bet.
7-MA`RUZA
7-MAVZU: DIDAKTIKA – TA'LIM NAZARIYASI. O‘QITIS’H JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA
REJA:
1.Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida
2.Zamonaviy ta'lim paradigmalari
3. O‘qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari
4. Ta'lim tamoyillari
Tayanch tushunchalar: didaktika, o‘qitish, o‘qitish jarayoni, didaktikaning asosiy kategoriyalari, ta'lim paradigmalari, ta'lim qoninuyatlari, ta'lim tamoyillari.
Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Globallashuv sari borayotgan hozirgi dunyoda davlatning xalqaro raqobat jarayoni shartlariga tez moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. Bunda yuksak taraqqiy etgan davlatlarning asosiy ustunligi - ta'lim tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi bilan bog‘liq. Davlatning bugungi va istiqboldagi barqaror iqtisodiy o‘sishini ta'minlovchi omillar ham aynan ta'lim sohasi rivojlanishiga bevosita bog‘liqdir. Didaktika- (yunon tilida: «didaske»-”o‘qitaman, o‘rgataman”) pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo‘lib, unda o‘qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so‘zma-so‘z tarjimasi «ta'lim nazariyasi» ma'nosini anglatadi.
Didaktika – ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi.
Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571–1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida u fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy sohani tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida Didaktika – ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi. «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma narsaga o‘rgatish san'ati» deb tushuntirdi.
«Didaktika» atamasi ilk bor nemis pedagogi Volfgang Ratkening «Didaktika yoki ta’lim san’ati» (1613-yil) deb nomlangan ma’ruzasida qo’llanilgan.
O‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va o‘quvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi. Shu o‘rinda bu jarayonlarning tahliliga e'tibor qarataylik. Ta'limda o‘qituvchining boshqaruvchilik roli o‘z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo‘lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib qo‘yadi. Bularning barchasi o‘qituvchining ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirishida o‘z aksini topmog‘i lozim. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, ta'lim jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilariga qo‘lga kiritilgan bilimlarni o‘rgatadi. O‘quv faoliyatida ularni ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Shu bilan bir paytda u o‘quvchilarda dunyoqarash va axloq normalarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shaklantiradi, ularning bilish faolligini oshiradi. O‘qituvchining faoliyati o‘quvchi shaxsining maqsadga muvofiq shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak, butun o‘quv jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda o‘quvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi. O‘quvchilarga qiyinchiliklarni yengib o‘tishda yordam beradi hamda ularning bilimlarini va butun ta'lim jarayonini tashxis qiladi. O‘z navbatida o‘quvchilarning faoliyati o‘quv jarayonida o‘rganishga, bilim, ko‘nikma hamda malakalarni egallashga, o‘zini jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga yo‘naltiradi. Ta'lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati ko‘p qirrali yo‘nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat bilishga doir vazifalarni hal qilishda ularga katta yordam beradi.
Didaktika ilmiy bilimlar tizimi sifatida birinchi marta chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika» (1657-yil) asarida ochib berilgan.
Didaktikada ta'limni tashkil etishning umumiy masalalari, o‘qitish jarayonining mohiyati, ta'limning mazmuni, o‘qitish qonuniyatlari, o‘qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.
Didaktika «nimaga o‘qitish?», «nimani o‘qitish?» «qanday o‘qitish?» «qayerda o‘qitish» kabi savollarga javob izlaydi.
Didaktikaning ob’yekti – o’sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyatning asosiy turi hisoblangan ta’lim berishdir.
Didaktika va metodika mustahkam aloqa va o‘zaro bog‘liqlikda joylashadi. Didaktika o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aniq bir predmetni o‘qtishning o‘ziga xos xususiyatlari xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi.
Didaktikaning predmeti sifatida o’rgatish (o’qituvchi faoliyati) va o’rganish (o’quvchilarning bilish faoliyati), ularning o’zaro harakati aks etadi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari. Muayyan fanga xos bo‘lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan bilimlar aks etadi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: o‘rgatish, o‘rganish, o‘qitish, ta’lim, bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, maqsad, mazmun, tashkil etish, shakl, metod, vosita, natija.
O‘rgatish – o‘qitish maqsadini amalga oshirish bo‘yicha pedagogning tartiblangan faoliyati. O‘rganish – anglash, mashq qilish va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o‘zgaradi. O‘qitish – qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan pedagog bilan o‘quvchilarning tartiblangan o‘zaro harakati. Ta'lim – o‘qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko‘nikma, malakalar, kompetensiya va fikrlash usullari tizimi. Bilim – ma'lum bir fanni nazariy o‘zlashtirishni aks ettiradigan inson g‘oyalari yig‘indisi; Didaktika «nimaga o‘qitish?», «nimani o‘qitish?» «qanday o‘qitish?» «qayerda o‘qitish» kabi savollarga javob izlaydi. Didaktikaning ob’yekti – o’sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyatning asosiy turi hisoblangan ta’lim berishdir. Didaktikaning predmeti sifatida o’rgatish (o’qituvchi faoliyati) va o’rganish (o’quvchilarning bilish faoliyati), ularning o’zaro harakati aks etadi. Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: o‘rgatish, o‘rganish, o‘qitish, ta’lim, bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, maqsad, mazmun, tashkil etish, shakl, metod, vosita, natija. Ko‘nikma – egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash usullarini egallash. Malaka – avtomatlashgan, biror bir usul bilan bexato bajarish, ko‘nikmaning takomillashgan darajasi. Kompetensiya – gallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo‘llay olish layoqati. Maqsad – o‘qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo‘sinda safarbar etilishi. Mazmun – o‘qitish jarayonida egallanishi lozim bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi. Tashkil etish – qo‘yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo‘yicha tartiblangan didaktik jarayon. Shakl – o‘quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig‘i, mazmuni uchun qobiq. Metod – o‘qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo‘li. Vosita – o‘quv jarayonining predmetli qo‘llab-quvvatlanishi, yangi materialni o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan obekt. Natija – o‘quv jarayonining so‘nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi. Zamonaviy ta'lim paradigmalari. Paradigma (grekcha, paradeigma) so‘zining o‘zi keng ma'noda turmush va fikrlashining biror sohasining fundamental asoslarini aniqlab beruvchi o‘ziga xos tuzilishga ega nazariya deb izohlanadi.
Paradigma – aniq vaqt doirasida ilmiy jamoatchilikka muammolarni aniqlash va ularni hal etish modeli sifatida taqdim etiladigan barcha ilmiy yutuqlarga tegishli tadqiqot vazifalarini hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya.
Ta'limning yangi paradigmasining paydo bo‘lishi faqat ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lmasdan, u butun madaniy rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan. Uning shakllanishida insonparvarlik falsafasi va psixologiyasi asosiy o‘rin egallaydi. Mazkur konsepsiyaning asosiy nuqtai nazari – har bir Paradigma – aniq vaqt doirasida ilmiy jamoatchilikka muammolarni aniqlash va ularni hal etish modeli sifatida taqdim etiladigan barcha ilmiy yutuqlarga tegishli tadqiqot vazifalarini hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya. alohida inson hayotining o‘ziga xosligi, har bir shaxs noyob, individual, shartsiz qadriyat ekanligini e'tirof etish. Insonparvar falsafa va psixologiya o‘z-o‘zini realizatsiyalash, o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojini insonning yuksak ehtiyoji deya e'tirof etib, insonning o‘z noyobligini asrash va rivojlantirish, insonning erkinlikka erishish mexanizmi sifatida individual shaxsiy tanlovni amalga oshirishni o‘zida namoyon etish, qilingan tanlov uchun javobgarlikni bo‘yniga olishda ularni amalga oshirishning muhim shartini ko‘radi. Shuning uchun shaxsning rivojlanishi va insonning shakllanishi boshqalar bilan hamjihatlikda, ishonch, oshkoralik, sevgiga asoslangan insonparvar munosabatlarni o‘rnatish jarayonida sodir bo‘ladi. Asosida ta'limga yangicha yondashuv yotadigan g‘oyalarning rivojlanishida psixologlar ham muhim hissa qo‘shishgan: yaqin zonadan rivojlanish va inson rivojlanishida birgalikdagi faoliyatni roli haqidagi ta'limot, shaxsning hayotiy faoliyatdagi vazifalari, fikriy soha, insonning reflektiv imkoniyatlarining rivojlanishi, o‘quv faoliyati jarayonida uning psixik rivojlanish qonuniyatlari haqidagi tadqiqotlar, shular jumlasidandir. Zamonaviy pedagogik fanlardagi maqsadiga (ta'limiy, tarbiyaviy), ta'limning bosh maqsadi – madaniyatga yondashuvga, o‘quv-tarbiya jarayoni doirasida hal etiladigan vazifalariga, pedagog va o‘quvchilar orasidagi o‘zaro ta'sir etish tavsifiga ko‘ra paradigmalar farqlanadi.
Ta’limning keng tarqalgan beshta paradigmasi mavjud: an’anaviy (bilimga yo‘naltirilgan paradigma); fenomenologik (insonparvarlik paradigmasi); ratsionalistik (bixevioristik, xulqatvorga doir); texnokratik; ezoterik.
An'anaviy (bilimga yo‘naltirilgan) paradigma. Bilimga yo‘naltirilgan paradigmada ta'limning bosh maqsadi: «Istalgan qiymatdagi bilim, bilim va yana bilimdir». Shuning uchun ta'lim muassasasining roli insoniyat sivilizatsiyasi madaniy merosining ko‘proq mavjud unsurlari – ham individual, xuddi shunday ijtimoiy tartibni saqlab qoluvchi, individual rivojlanishga imkon beradigan zaruriy, xilma-xil, muhim bilim, ko‘nikma va malakalar, bundan tashqari ideal va qadriyatlarni uzatish va saqlashda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘quv dasturlari mazmuni tayanch, asosiy, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash Ta’limning keng tarqalgan beshta paradigmasi mavjud: an’anaviy (bilimga yo‘naltirilgan paradigma); fenomenologik (insonparvarlik paradigmasi); ratsionalistik (bixevioristik, xulqatvorga doir); texnokratik; ezoterik. vaqtida sinovdan o‘tuvchi, shaxsning funksional savodxonligi va ijtimoiyligini ta'minlashga asoslanadi. Bixevioristik (ratsionalistik) paradigma. Ratsionalistik paradigma an'anaviy paradigmaga qarama-qarshi o‘laroq, o‘zining diqqat markazida mazmunni emas, o‘quvchilarning turli turdagi bilimlarni o‘zlashtirishining samarali usullarini qo‘yadi. Ratsionalistik ta'lim paradigmasi asosida ijtimoiy injeneriya bixevioristik konsepsiyasi turadi. Ta'lim muassasasining maqsadi – ta'lim oluvchilarda ijtimoiy me'yorlar, milliy madaniyat talablari va natijalariga muvofiq, moslashuvli «xulqatvor majmui»ni shakllantiradi. Suning uchun «xulq-atvor» atamasi «barcha turdagi reaksiyalar, insoniy xususiyatlar – uning fikrlashi, his-tuyg‘usi va harakati»ni bildiradi. Mazkur paradigma ta'lim muassasasiga ta'lim oluvchilarning maqbul xulqatvorini shakllantirish maqsadida bilimlarni o‘zlashtirish yo‘li sifatida qaraydi, ya'ni har qanday ta'lim muassasasi – bu yashash muhitiga moslashtirishning ta'limiy mexanizmi. Bunday o‘qitishning asosiy metodlariga o‘rgatish, trening, test nazorati, individual o‘qitish, korrektsiyalash kiradi. Insonparvarlik (fenomenologik) paradigmasining diqqat markazida o‘zo‘zini rivojlantirish ehtiyojiga ega bo‘lgan, hayot subekti, shaxs erkinligi va ma'naviyati sifatidagi ta'lim oluvchi turadi. U bolaning ichki dunyosini rivojlantirish, shaxslararo muloqot, ijod, dialog, shaxs o‘sishi uchun yordamga yo‘naltirilgan. Insonparvarlik paradigmasi vakillari yagona qarash bilan ajralib turmaydi. Uning doirasida ta'limning xilma-xil modeli amalga oshadi. Ularni bola va inson hayotining tengsiz davri sifatida bolalikka qadriyatli munosabat, ya'ni ta'lim muassasasining bosh vazifasi bolani rivojlantirish (aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik) ekanligini e'tirof etish yagona yo‘nalishda birlashtiriladi. Insonparvarlik paradigmasi doirasida harakatlanuvchi har bir ta'lim tizimi ijodiy izlanishga asoslanib, ta'lim va tarbiyaning sof mazmuni, metod va vositalaridan joy oladi. Insonparvarlik paradigmasi ham o‘qituvchi, ham o‘quvchilarning erkinligi va ijodkorligini talab etadi. Pedagogik faoliyatning insonparvarlik tamoyiliga asoslanuvchi paradigmasi quyidagi mezonlarga tayanadi: – ta'limning ijtimoiylashuvi – o‘qituvchilarni tayyorlash jarayoniga nisbatan texnokratik yondashuvdan voz kechish, ular tomonidan nisbatan o‘zlashtiriladigan bilimlar majmuasining pedagogik hamda psixologik xususiyat kasb etishini ta'minlash, o‘qituvchilarda umuminsoniy, umummadaniy qadriyatlar mazmunida ilgari surilgan g‘oyalarga asoslangan ijtimoiy tafakkurni shakllantirish; – milliy hamda jahon madaniyati asoslari va ularning mohiyatidan xabardor bo‘lish; – ta'lim va tarbiya jarayonini tashkil etishda milliy istiqlol g‘oyalariga asoslanish; – shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish hamda mustaqil ta'lim olishga bo‘lgan layoqatiga tayanish va uni takomillashtirish; – o‘qituvchilarning kasbiy jihatdan shakllantirish jarayonida o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishlariga erishish; – ta'lim jarayonida o‘quv dasturlarining talabalar qobiliyati hamda qiziqishlariga ko‘ra tanlab olinishi borasidagi imkoniyatning mavjudligi; – pedagogik ta'limning fundamental xususiyat kasb etishi, ya'ni, o‘quvchilar tomonidan o‘zgaruvchan sharoitlarda shaxs ijodiy rivoji asosini ta'minlovchi invariant bilimlarning o‘zlashtirilishiga erishish; – mehnat bozori hamda ijtimoiy jarayonlarda yuzaga keluvchi hamda doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi ehtiyojlarga to‘laqonli javob bera oladigan ta'limni shakllantirish shu asosda kasbiy moslashuvchan mutaxassislarni tarbiyalash; – ta'limning uzluksizligi, ta'limning har bir jarayon bosqichining natijalanishini ta'minlovchi kasbiy ta'lim (kadrlar malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash) dasturlarining tizimining yaratish va rivojlantirish, muayyan dasturni ta'limning u yoki bu bosqichida o‘qitilishi yoki o‘qishni boshqa tipdagi o‘quv muassasida davom ettira olish imkoniyatini bera olishi; – ta'limning ekvivalentligi, ya'ni uning davlat ta'lim standarti, milliy madaniyati va mentalitet, shuningdek, xalqaro me'yorlarga muvofiq darajasi. Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning bosh maqsadi amaliy takomillashtirish uchun zarur «aniq» ilmiy bilimlarni uzatish va o‘zlashtirishdan kelib chiqadi. «Bilim – kuch», shuning uchun inson qadr-qimmatini uning bilish imkoniyatlari aniqlab beradi. Inson o‘zini o‘zicha emas, faqat aniq belgilangan etalon (o‘rtacha namuna, standartlashgan)dagi bilish yoki xulq-atvor sohibi sifatidagina baholaydi. Texnokratik paradigma sharoitida o‘quv-tarbiya jarayonining istalgan natijasi «ha – yo‘q», «biladi – bilmaydi», «tarbiyali – tarbiyasiz», «egallagan – egallamagan» tizimida baholanishi mumkin. Bu yerda tayyorgarlik, ma'lumotlilik, tarbiyalanganlik darajasi tekshirib aniqlanadigan qandaydir etalon, ideal mavjud bo‘ladi. Ezoterik paradigma. Bu bizning sayyoramizdagi eng qadimiy ta'limiy paradigmalardan biri. Mazkur so‘zning yunonchadan so‘zma-so‘z tarjimasi «sirli», «yashirin» ma'nolarini bildiradi. Uning mohiyatini abadiy va o‘zgarmas Haqiqatga munosabat tashkil etadi. Ushbu paradigma tarafdorlarining fikricha, haqiqatni shunchaki bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish mumkin. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi o‘quvchining tabiiiy kuch va imkoniyatlarini yuqori darajadagi ongga ega bo‘lish, Kosmos bilan muloqot uchun sarf etish va rivojlantirishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchining muhim muhofaza qiluvchi funksiyasi ta'lim oluvchilarning axloqiy, jismoniy, psixik tayyorgarligini amalga oshirish va mavjud kuchlarini rivojlantirishdir. O‘qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari. O‘qitish – o‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi. O‘qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi. O‘qitish jarayonining ta'limiy vazifasi o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. O‘qitish natijasi sifatida bilimlarining to‘liqligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta'lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi. Ta'lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalar hamda kompetensiyaning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega. O‘qitishning tarbiyaviy vazifasi ta'lim jarayonida shaxsning ma'naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o‘z ifodasini topadi. Ta'limning tarbiyaviy xususiyati, eng avvalo, ta'lim mazmunida aks etadi. O‘qitish jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi. O‘qitishning rivojlantiruvchi vazifasi o‘quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy, intellektual sohalarini rivojlantirishda o‘z aksini topadi. O‘qitish jarayonida o‘quvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish, obektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o‘rgatish, uning natijalarini tekshirish malakasini rivojlantirishga erishiladi. O‘qitish jarayonining bosqichlari. O‘qitish o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchining o‘quv materiallarini rejali ravishda bilib olish jarayonidir. Bu jarayonni bilish bosqichidan iborat bo‘lgan tarkibiy qismlarga (yoki komponentarga) ajratish mumkin. O‘quvchi bilmaslikdan bilish, uddasidan chiqa olmaslikdan uddulay olish, malakalar hosil qilish yo‘lidan borib, ushbu bosqichlardan o‘tishi kerak. O‘qitish jarayoni 4 ta asosiy bosqichdan iborat:
1) o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materialni idrok etish;
2) uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo‘lishi;
3) bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishi;
4) hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash (kompetentsiyalarni tarkib toptirish).
Har bir bosqich uchun o‘quvchilarning muayyan xarakterdagi bilish faoliyati xarakterlidir. Bu faoliyat o‘qituvchi tomonidan alohida rahbarlikni talab etadi. O‘rganilayotgan materialni idrok qilish. O‘quvchilarning o‘rganilayotgan (yoki o‘rganilishi lozim bo‘lgan) materialni idrok qilishini tashkil etar ekan, o‘qituvchi ularning hayotiy tajribasi va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda material to‘g‘risida umumiy tasavvur hosil qilib, oldindan uni butunligicha tushuntiradi va ko‘rsatadi. O‘rganilayotgan materialni fahmlab olish. O‘rganilayotgan obekt haqidagi umumiy tasavvur asosida uni tushunishni ta'minlovchi, asta-sekin chuqurlashib boruvchi anglash jarayoni davom etadi. O‘qitishning bu zvenosining maqsadi ilmiy tushunchalarni tarkib toptirishdir. Bilimlarni mustahkamlanishi, ko‘nikma va malakalarnining hosil bo‘lishi. O‘quv materialini idrok etish va faqmlab olish jarayonida o‘zlashtirish keyinchalik uni mustahkamlash va takomillashtirishni talab etadi. Bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llay olish (kompetentsiyalarni shakllantirish). Bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llash jarayoni ta'limning yakuniy mustaqilligini asta-sekin va izchillik bilan oshirib borish. O‘qitish va o‘qish jarayonlari tavsifi, o‘quv jarayonida ularning o‘zaro bog‘liqligi. Inson faoliyatining hamma asosiy turlari (mehnat, fan, san'at, o‘yin, sport) uning tevarak-atrof olamni va o‘z-o‘zini bilish bilan bog‘langan. O‘qish tevarak-atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va o‘qituvchi rahbarlik qiladigan alohida turidir. Bu jarayonning mohiyati – bilim, ko‘nikma malaka va kompetentsiyalarni hosil qilish, o‘quv fanlari mazmunini o‘zlashtirib olish va bilish kuchlarini rivojlantirishdir. O‘rgatuvchilik faoliyati yoki o‘qitish, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarishdan iborat bo‘ladi va ularni mashg‘ulotlar uchun uyushtirishda, ularning diqqati, tafakkuri, hatti-harakati va hokazolariga rahbarlik qilishda, ular oldiga ularning faoliyatini tobora murakkablashtirilgan vazifalarni izchillik bilan qo‘yib borishda, ularni tekshirib borish kabilarda o‘z ifodasini topadi. O‘quv faoliyati yoki o‘qish bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olishning murakkab jarayoni bo‘lib, o‘quvchilarning intellektual, irodaviy va jismoniy kuchg‘ayratini talab etadi hamda ularning rivojlanishini rag‘batlantiradi. O‘qituvchining oqilona biror maqsadga qaratilgan rahbarligi va o‘quvchilarning esa faol ongli ishtirokisiz, ta'lim jarayonida ijobiy natijalar bo‘lishi mumkin emas. Ta'lim jarayonining bu ikki tomoni (o‘qitish va o‘qish) bir maqsad: ta'limning xilma-xil vositalari va metodlaridan foydalangan holda o‘quv materialni egallab olish maqsadi bilan birlashgandir. O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. Ma'lumki, bilish faoliyatining subekti o‘quvchi sanaladi. Shu bois ijtimoiy-pedagogik asoslarga ega ta'lim markazida uning shaxsi, ongi, ham o‘rganilayotgan olamga, ham bilish faoliyatidagi hamkorlariga: o‘quvchilar va uning ta'lim olishini tashkil etuvchi va yo‘naltiruvchi o‘qituvchilar munosabati yotadi. Bu masala barcha davrlarda birdek ahamiyat kasb etib kelgan. Ta'limda o‘quvchilarning faoliyati haqida gap borganda o‘quvchining bilish faolligi tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi. O‘quvchining bilish faolligi uning bilish jarayonidagi intellektual mulohazasida, umumiy va alohida topshiriqlarni bajarishida namoyon bo‘ladi. Bu xususiyatlar o‘quvchilarning faqatgina yuqori darajadagi bilim olishini kafolatlab qolmay, balki uning hayotiy faoliyati, ya'ni o‘quvchi shaxsining shakllanishi, uning amaliyotga, hayotga bo‘lgan faol munosabati uchun harakterlidir. Shu sababli bilish faolligini oshirish insonning faol hayotiy qarashlarini shakllantirish deb bemalol aytish mumkin. O‘quvchining bilish faoliyatining yana bir farqli xususiyati uning kechish xarakteridir. O‘quvchining bilish faoliyati maqsadi ham, mazmuni ham, usullari ham dasturga kiritilganligi bois, o‘quvchi jalb etilayotgan ta'lim jarayoni turlicha kechishi; subekt (o‘quvchi) kuchi faolligi, mustaqilligi, turlicha sarf etilishi bilan borishi mumkin. Ayrim hollarda uning jarayoni taqlidiy reproduktuv, boshqalarda izlanishli, uchinchisida ijodiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Aynan faoliyat 163 jarayonining kechish xarakteri – uning oxirgi natijasi egallangan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalari xarakteriga ta'sir etadi. O‘quvchining bilishi xuddi yetuk ilmiy bilish yo‘li kabi haqiqat o‘qituvchi tomonidan fandagi faktlar, ilmiy kashfiyotlarni o‘rganish ularning tarixiy yo‘lini o‘zlashtirish yordamida kechadi. Insonning asl ijtimoiy mulki sifatida faoliyatining muhim belgisi faoliyat subektining atrof-muhit bilan o‘zaro ta'siri va muhim boyliklar yaratuvchi faoliyatining qayta aloqasidir. O‘quvchilarning ta'lim muassasasidagi bilish faoliyatining xarakteri shundaki, uning natijasi hamma vaqt ham moddiylashgan mahsulga ega emas va o‘quvchining o‘zi hamma vaqt ham his etmaydi – javobi uchun yomon baho olgan o‘quvchining xafa bo‘lib, «men o‘qidim, o‘rgandim! Adolatdan emas» degan fikrni qat'iy takrorlashi bejiz emas. Bilishga qiziqish o‘qishning eng muhim va eng qimmatli motivi sifatida bolani maktabga, darslarga, o‘z bilish faoliyatiga nisbatan ijodiy munosabatiga ko‘maklashadi. O‘quvchilarning bilishga qiziqishi motiv sifatida rivojlanishi o‘ziga xos uzoq yo‘liga ega bo‘lishi mumkin. Ayrim o‘quv-harakatlari ta'sirchisidan to butun faoliyatning ustuvor motivigacha. Hatto o‘qishning yetakchi motivlaridan biriga aylanib, qiziqish shaxsning ma'naviy boyishiga ko‘maklashuvchi umumiy yo‘nalganligining ahamiyatli qismiga aylanishi mumkin. Har qanday motiv singari bilishga qiziqish ajralgan holda rivojlanmaydi, uning tiklanishi boshqa motivlar (axloqiy, ijtimoiy, o‘quv va h.k.) bilan birga kechadiki, qiziqish ular bilan boyiydi va ularga ijobiy ta'sir etadi. Ma'lumki, o‘quv jarayoni modeli o‘zida uch tarkibiy qismni aks ettiradi: o‘qituvchi faoliyati, o‘quvchi faoliyati hamda o‘qituvchi va ta'lim oluvchilarning jadal o‘zaro faoliyati. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro harakatini konstruktiv pedagogika nuqtai nazaridan qator belgilariga ko‘ra tasnif etish mumkin: yo‘nalganligiga ko‘ra (qayta aloqalar bilan yoki qayta aloqalarsiz); axborot jarayonining turiga ko‘ra (o‘zaro harakatni tashkil etishda axborot jarayonining yo‘nalganlik darajasi); boshqarish va axborotlarni uzatish vositalari turiga ko‘ra. O‘quvchilar bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida turli darajadagi faollikni namoyon etishadi. Ana shu sababli, o‘quvchilarga bilimlarni sust ravishda qabul qiladi kabi nuqtai nazardan qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shu sababli bilish faoliyatiga quyidagicha yondashish zarur: o‘quv faoliyatining inkor etilmagan tavsifi asosida unga munosabat o‘zgaradigan bilishning quyi darajasi; quyidan mo‘tadillashgan bosqichga o‘tish sifatidagi vaziyatli faoliyat; o‘quv jarayonida ijro etuvchilik faoliyati; o‘quvchining subektiv nuqtai nazarini maksimal darajada ochishga imkon beruvchi ijodiylik. Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, bilish faolligi ko‘rsatkichi sifatida mo‘tadillik, ishtiyoq, o‘rganishning anglanganligi, ijodiy namoyon bo‘lishi, nostandart o‘quv vaziyatlaridagi xulq-atvor, o‘quv vazifasini hal etishdagi mustaqillik va boshqalarni aytib o‘tish mumkin . O‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi ishtiroki va faolligining namoyon bo‘lishi – bu rivojlanib boruvchi, o‘zgaruvchan jarayon. O‘qituvchi yordamida o‘quvchilarning bilish faolligi quyi darajadan vaziyatli-faollikka, undan faol ijrochilikka o‘tib boradi. Ko‘p jihatdan o‘quvchining bilish faolligi ijodiylik darajasiga ko‘tarilishi yoki ko‘tarilmasdan qolishi o‘qituvchiga bog‘liq.
Didaktlarning ishlarida shu narsa yaqqol ko‘rinadiki, o‘quv jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi munosabat subekt-subekt tavsifiga ega bo‘lishi zarur. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, ta'lim – bu keng tarzda sotsiumning bo‘lajak a'zosini umumiy mehnat, hamkorlikka o‘rgatish uchun zarur bo‘lgan birgalikdagi faoliyat. Hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlash nuqtai nazaridan zamonaviy ta'lim jarayonini ko‘rib chiqish asosida o‘quvchilarning rollar orqali namoyon bo‘lishi quyidagicha ko‘rinish kasb etadi:
o‘quv jarayoni bilan dastlab tanishishda tomoshabin, kuzatuvchi;
guruhli faoliyatning ishtirokchisi;
namuna bo‘yicha uy vazifasini mustaqil bajargandan so‘ng faoliyat egasi;
faoliyatning shaxsiy namunasini yaratishda faoliyat egasi + fikr egasi;
o‘z faoliyati natijasida yuzaga keladigan o‘z-o‘zining faoliyati egasi.
Ta'lim jarayoni qonuniyatlari.
Pedagogikada qonuniyatlar – bu qonunlarning aniq sharoitldaridagi harakat ifodasi. Ularning asosiy xususiyati qonuniyatlar pedagogikada ehtimoliy-statistik xarakter berishida aks etadi, qonunlarni esa ta'lim jarayonida amalga oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko‘rib bo‘lmaydi. Ta'limninig umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi: ta'limning maqsadi jamiyatning rivojlanish sur'ati va darajasi; jamiyatning talablari va imkoniyatlari; pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari bilan bog‘liqlikda aniqlashtiriladi; ta'lim mazmunini belgilashda ta'limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari; ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur'ati; o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlari; ta'lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasiga asoslaniladi; ta'limning sifati avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar; o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi; o‘quvchilarga tashkiliypedagogik ta'sir ko‘rsatish: o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta'lim vaqtiga bog‘liq; ta'lim metodlari samaradorligi ta'lim maqsadiga; o‘quvchilarning yoshi, ta'lim olish imkoniyatlariga; ta'lim muassasasining moddiy-texnik ta'minotiga bog‘liq; 166 ta'limni boshqarish samaradorligi ta'lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va korrektsiyaga, ta'sir ko‘rsatishning asoslanganligiga bog‘liq; ta'limda rag‘batlantirish samaradorligi ichki va tashqi stimullarning o‘zaro uyg‘unligiga bog‘liq. Shuningdek, pedagogikada ta'limning xususiy qonuniyatlari ham mavjud: gnoseologik: ta'lim natijalari o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘nikmalariga; ta'lim samaradorligi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati hajmiga; bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish samaradorligi ularning amalda qo‘llanilishiga; o‘quvchilarning aqliy rivojlanishi o‘zaro aloqador bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish hajmiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq; psixologik: ta'lim samaradorligi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga qiziqishiga; fikrlash darajasi, kuchi, jadalligi va o‘ziga xosligiga; xotiraning rivojlanganlik darajasiga; bilish faolligi darajasiga bevosita bog‘liq; kibernetik: ta'lim samaradorligi qayta aloqalarning tezligi va hajmiga; bilimlarning sifati nazoratning to‘g‘ri olib borilishiga; ta'lim sifati o‘quv jarayonini boshqarish sifatiga; boshqaruvning samaradorligi boshqaruvga doir axborotlarning soni va sifatiga bevosita bog‘liq; sotsiologik: individning rivojlanishi u bevosita va bilvosita muloqotda bo‘ladigan individlarning rivojlanishiga; ta'lim samaradorligi «intellektual muhit»ning mavjud holatiga, o‘zaro bir-biriga o‘rgatishning jadalligiga; o‘qituvchi va o‘quvchilar muloqotining sifatiga bevosita bog‘liq; tashkiliy: ta'lim natijasi o‘quvchining o‘quv mehnatiga, o‘zining o‘quv majburiyatlariga munosabatiga; o‘quvchining ishchanlik qobiliyatiga; o‘quvchilarning aqliy faolligini oshirish o‘quv mashg‘uloti jadvalining tuzilishi, unda jismoniy tarbiya va mehnat mashg‘ulotlarining joylashtirilishiga bevosita bog‘liq. Ta'lim tamoyillari. Ta'lim qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadi. Ta'lim tamoyillarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: ta'limning mazmunga aloqador va tashkiliy-metodik tamoyillari. Ta'limni insonparvarlashtirish – uning mazmuni, tamoyillari, shakl va metodlarini yangilash, ularning o‘zaro aloqasi va birligini ta'minlash orqali shaxsni har tomonlama shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirishdir. Shaxsning rivojlanishi va o‘quvchilarning ijtimoiy ahamiyatga ega sifat va qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ta'limning insonparvarlik mazmuniga yaqinlashish, ularni hayotda faol ishtirok etishga jalb etish, uning bilish bilan qo‘shiluvi va madaniyatni o‘zlashtirishi hamma-hammasi so‘nggi yillarda sezilarli shakllandi. Mazkur yo‘nalishda so‘nggi yillarda tarbiyalanuvchilar ongidagi aldam-qaldamlik, ularning xulq-atvorini haddan tashqari qat'iy belgilash, ularga qattiq ta'sir etish, tanqidiy fikrlash tarziga ega bo‘lmagan qarashlardan voz kechish yordamida ko‘plab innovatsiyalar yo‘naltirildi. Bunday aqidaparastlikka qaramaqarshi o‘laroq, milliy va chet el pedagogikasida tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilishga yo‘naltirilgan, unda mustaqillikni shakllantiruvchi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar orasida insonparvar, ishonchga asoslangan munosabatlarni tarkib toptirish qoidalaridan foydalanish, «ta'limni insonparvarlashtirish», ya'ni insonparvarlik tamoyili yuzaga chiqadi. Bunday asosga qurilgan ta'lim esa, shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim deb nomlanadi. Ta'limning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyili. Ya.A.Komenskiy tomonidan fanga kiritilgan bo‘lib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta'lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligi g‘oyasiga asoslanadi. O‘quvchilarga ularning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun tushunarli bo‘lishini ta'minlaydi. Umuman olganda, ta'lim jarayoni bolaning rivojlanishi, ya'ni tabiati bilan uyg‘un bo‘lishi lozim. Ta'limning madaniyat bilan uyg‘unlik tamoyili. Ta'limni azaldan mazmuni inson ongida nafaqat olam manzarasini, balki insondagi rivojlanish, yuksaklikka harakat va o‘sish holatida bo‘lgan o‘zining shaxs sifatidagi qiyofasini shakllantirishdan iborat. Ta'lim butun umr davom etadi va ta'lim olish chegaralanmaydi. U insonga o‘z dunyosi va boshqa madaniyatlarni anglash, mazkur madaniyat vakillari fikrini eshita olish, ularni qadrlash, ularning dunyosini tushunish, o‘zining shaxsiy fikriga tayanish, o‘zining bu yorug‘ olamdagi mavjudligini anglash va o‘zining hayotdagi, madaniyatdagi o‘rnini aniqlash imkonini beradi. Ta'limning bugungi kundagi ma'no-mantig‘i ham ana shundadir. Ta'lim o‘zini madaniyatlar dunyosida faraz qilish orqali insonda olam manzarasini yaratish, insonning tabiat, boshqa odamlarga, jamiyat, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlar tizimini shakllantirish sifatida qaraladi. Inson o‘zining ongi, irodasi, his-tuyg‘usi, bilish imkoniyatlari orqali madaniy qadriyatlarni o‘zlashtiradi, buning natijasida individual ijodiylik shakllanadi. Bunday individualllikning namoyon bo‘lishining o‘ziyoq nafaqat madaniyatning merosiyligi, iste'mol qilinishi, balki rivojlanishini ham anglatadi. Bunday tushunish pedagogikadagi yangi paradigma – shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim asosini tashkil etuvchi jamiyatdagi yangicha qadriyatlar – shaxsning o‘zini-o‘zini rivojlantirishi, o‘ziga-o‘ziga ta'lim berish va o‘zini-o‘zi loyihalashning namoyon bo‘lishini aks ettiruvchi madaniyat bilan uyg‘unlik tamoyilini shakllanishiga olib keladi. Ta'limning ilmiylik tamoyili – o‘quvchining o‘quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o‘zlashtirishi uchun to‘g‘ri shart-sharoit yaratish maqsadi uchun zarur ahamiyat kasb etadi. Bu tamoyil ta'lim mazmunini zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to‘plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil ta'lim vaqtida va o‘qishdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan ta'lim mazmuni o‘quvchilarni obektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar, zamonaviy yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning asosiy nazariya yoki konsepsiyalari bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishini talab etadi. Ta'limning fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi tamoyilining ahamiyati shundaki, umuiy o‘rta ta'lim maktablaridayoq o‘quvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorlikdan o‘tadilar. Mazkur holat an'anaviy didaktikada ta'limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi tamoyili sifatida ifoda etiladi. O‘qishda fundamentallik bilimlarning ilmiyligi, to‘liq va chuqur bo‘lishini ko‘zda tutadi. U yuksak intellektual salohiyat, fikrlash layoqatining tadqiqotchilik ko‘rinishda bo‘lishi, bilimlarini doimiy ravishda to‘ldirib borish istagi va malakalarini talab etuvchi zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotga asoslanganlik bilan tavsiflanadi. Fundamental bilimlar aniq bilimlarga qaraganda sekin eskiradi, shuningdek, inson va xotirasiga emas, ko‘proq uning fikrlash layoqatiga bog‘liq bo‘ladi. Ta'limning fundamentalligi bilimlar mazmunining muntazamligi, nazariy va amaliy jihatdan o‘zaro nisbatda bo‘lishni talab etadi. Ta'lim va tarbiyaning uyg‘unligi tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta'lim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta'lim jarayonida barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Ta'lim jarayonida tarbiyalashning samarali kechishi shaxsning intellektual rivojlanishi, birinchi navbatda, o‘quvchilarning qiziqishlari, idrok etish hamda individual qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bog‘liq. Ta'limning tizimliligi va izchillik tamoyili bayon qilinayotgan o‘quv materialini mustahkamlash va ilgari o‘tilgan materiallarni to‘ldirishga xizmat qilishini, o‘quvchilarning uzluksiz va tizimli sur'atda mustaqil ish olib borishlarini, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim va hosil bo‘lgan ko‘nikma, malakalarini hisobga olib borishni ham o‘z ichiga oladi. Izchillik ta'lim mazmuni, uning shakli va usullari, o‘quv jarayoni ishtirokchilari bo‘lgan subektlarning o‘zaro munosabatlariga taalluqli. U alohida parsial (yunoncha partialis – qisman) va xususiy o‘quv vaziyatlari, predmet va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin o‘zlashtirish asosida ularni yagona yaxlit o‘quv jarayoniga birlashtirishga imkon beradi. Izchillik ta'lim jarayonining ma'lum tizim va ketma-ketlik asosida bo‘lishini nazarda tutadi, zero, murakkab masalalarni oddiy masalalarni o‘rganmay turib hal etib bo‘lmaydi. Tizimlilik va ketma-ketlik u yoki bu o‘quv materialini o‘zlashtirish sur'ati, uning elementlari o‘rtasidagi o‘zaro mosligini tahlil qilishga imkon beradi. Ta'limning tizimliligi va ketma-ketligi ma'lum fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, borliqni yaxlit idrok etish o‘rtasidagi qaramaqarshilikni hal etishga imkon beradi. Ushbu holatlar birinchi navbatda dastur va darsliklarni muayyan tizimda yaratish, fanlararo hamda fanlar ichidagi bog‘liqlikni ta'minlash evaziga namoyon bo‘ladi. Ta'limda onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili o‘qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o‘quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo‘llash usullarini ongli va faol egallab olishlari lozim. Bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish quyidagi omil va shartlarga bog‘liq: o‘quv motivlari, o‘quvchilarning faollik darajasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samarali tashkil etilishi, o‘qituvchi tomonidan qo‘llanuvchi ta'lim metodlari va vositalarining samaradorligi va boshqalar. O‘quvchilarning faolliklari reproduktiv va ijodiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur tamoyil o‘quvchilarning tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi. Ta'limda ko‘rsatmalilik tamoyili o‘qitish jarayoni sifatini oshiradi, o‘quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi. Ya.A.Komenskiy uni didaktikaning «oltin qoidasi» deb atagan. Unga binoan ta'limda inson sezgi orgalaridan foydalanish kerak. «Agarda biz o‘quvchilarda haqiqiy va aniq bilimlar paydo qilishni istasak, unda biz umuman hamma narsaga shaxsiy kuzatish va sezib ko‘rish bilan ta'limga intilishimiz kerak – deb ta'kidlaydi u – agarda qandaydir predmetni baravariga bir necha sezgi organlari bilan qabul qilish mumkin bo‘lsa, mayli ular baravariga bir necha sezgilari bilan o‘rganilsin». Tajribalar asosida o‘rganilayotgan narsani namoyish etish va jarayon mohiyatini hikoya qilib berish o‘zlashtirish darajasini birmuncha oshiradi. Xususan, axborotlarni eshitib qabul qilish samarasi 15%, ko‘rib qabul qilish esa – 25%ni tashkil etadi. Ta'lim jarayonida, ularni bir vaqtda ishtirok etishi natijasida ma'lumotlarni qabul qilish samaradorligi 65 % gacha ortadi. Ko‘rgazmalilikdan o‘quv jarayoni barcha bosqichlarida foydalanish mumkin: yangi materialni o‘zlashtirish, uni mustahkamlash, mashqlarni tashkil qilish hamda o‘quvchilarning dastur materiallarini o‘zlashtirishlarini tekshirish va baholashda. Ta'limning o‘quvchilarga mos bo‘lish tamoyili deganda o‘quv materiallarining mazmuni uning hajmi, xarakteri, u yoki bu sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojiga, umumiy tayyorgarligiga – saviyasi va imkoniyatlariga loyiq bo‘lishi tushuniladi. Yoshiga muvofiq yondashish o‘quvchilarning psixik xususiyatlari, shaxsiy rivojlanganlik darajasi, ma'naviy-axloqiy sifatlari, ijtimoiy yetukligini baholay olishni nazarda tutadi. Agarda qo‘yilayotgan talablar yoki ta'limning tashkiliy tuzilishi o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlaridan ortda qolsa yoki ilgarilab ketsa, o‘quv faoliyatining samarasi pasayadi. Individual yondashish o‘quvchilarning murakkab ichki dunyosini o‘rganish, yuzaga kelgan munosabatlar tizimini tahlil qilish va shaxs shakllanishi sodir bo‘ladigan ko‘p turdagi sharoitlarni aniqlashni talab etadi. Ta'limda bilim ko‘nikma va malakalarni puxta va mustahkam o‘zlashtirish tamoyili muhim didaktik talab va qoidalarni, ya'ni o‘quvchilar tomonidan tizimli va ongli o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkam, esda saqlab qolish hamda o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni o‘z turmush faoliyatlarida qo‘lay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi. Ta'limning chuqurligi va mustahkamligi talabi didaktikada an'anaviy hisoblanadi va u yuzakilikka qarama-qarshi qo‘yiladi. Chuqur, mustahkam bilimning asosiy belgisi eng fundamental g‘oyalar, qoidalar, tushuncha, kategoriyalarni tushunish, chuqur o‘zlashtirish, o‘rganilayotgan materiallar mazmunini puxta anglashdan iborat. Ta'limning tushunarliligi tamoyili o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlarini hisobga olish, jismoniy va psixik sog‘lig‘iga yomon ta'sir etuvchi intellektual va emotsional qiyinchiliklardan voz kechishni talab etadi. Ta'limning tushunarli bo‘lishi o‘quvchilarning yoshi, bilish imkoniyatlarini hisobga olib o‘qishning mazmunini to‘g‘ri aniqlash demakdir, ya'ni, har bir o‘quv fani bo‘yicha o‘quvchilar egallab olishi zarur bo‘lgan bilim, amaliy ko‘nikma va malakalari hajmini to‘g‘ri aniqlashdir. Bu tamoyil o‘quv jarayonining o‘quvchilarda qiyinchiliklarni yengish istagini hosil qiluvchi va shaxsiy muvaffaqiyatlarining natijalaridan quvonish tuyg‘usini yuzaga keltirishga yo‘naltirilganligini ifodalaydi. Bu bolalarda ko‘zga tashlanuvchi qattiq hayajonlanish, shuningdek, o‘quv masalalarini yechishdagi ishonchsizlikni yo‘qotishga yordam beradi.
|