• Pedagogika fanining predmeti
  • Axborot texnologiyalari va menejment universiteti




    Download 261,95 Kb.
    bet2/28
    Sana10.12.2023
    Hajmi261,95 Kb.
    #115081
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika majmua
    Ibragimova Dildora, 4-CSS dasturida web ilova dizaynini yaratish, 1, кейтиринг хат, 1 баён 1-илова, Xonzoda, 50 ta test, Funksianing qavariqligi va botiqligi, hpebr, 3 Mavzu Harbiy sohada psixologik xizmatning o’ziga xos ijtimoiy, 50ccb8be56e0eb2f637482cbf3040698, Boshlangich-talim-metodbirlashma, massovaya-kultura-ocherk-teoriy-u-istokov, Veterinariya akusherligi, ginekologiya va sun\'iy qochirish A Jabborov685 (2)
    Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o‘rganadi. Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi. Ma'lumki, har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida mustaqil fan sifatida rivojlanib borayotgan pedagogika fani ham o‘z predmetiga ega. Pedagogika fanining predmeti – shaxs kamolotiga erishishda zarur bo‘ladigan ta'lim-tarbiya qonuniyatlari, mazmuni, metodlari, vositalari deb belgilanadi. Pedagogika fanining ob'ekti sifatida komil insonni tarbiyalash jarayoni tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh ob'ekti va sub'ekti sifatida qaraladi. Demak, har tomonlama yetuk, yangicha fikrlaydigan, o‘z shaxsiy va fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, milliy mafkuraning barcha sifatlarini o‘zida mo‘jassamlashtirgan barkamol shaxsni tarbiyalash jamiyat talabidan kelib chiqadi. Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari: – Respublikamizda barkamol avlodni voyaga yetkazishning yaxlit muammolarini hal qilish; – ta'lim-tarbiya samaradorligini uzluksiz oshirish va jahon talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish; – umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e'tiborga olib, ta'lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish; - Ta'lim va tarbiya mazmunini ilg‘or pedagogik tajribalar asosida boyitib borish, innovatsion va axborot texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash tadbirlarini belgilash; – uzluksiz ta'lim sifatini oshirish va uni boshqarish yo‘nalishlarini belgilash muammolarini hal qilish; – “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan talablarni amalga oshirish va h.k. Zamonaviy pedagogika fanining vazifalari: – Sharq va G‘arb mutafakkirlari va ma'rifatparvarlarining ilg‘or pedagogik g‘oyalarini o‘rganish, tahlil qilish asosida barkamol shaxsni tarbiyalash; – komil inson tarbiyasining asos qirralari – pedagogik tamoyillar, qonuniyatlar, metod va vositalarni aniqlash, ulardan amaliyotda foydalanish; –ta'lim – tarbiya nazariyalarini zamonaviy metodikalar bilan uyg‘unlikda texnologiyalashtirish; – O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o‘qituvchilarga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish, ta'lim menejmenti asoslarini o‘rganish, qaror qabul qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish; –barkamol shaxsni tarbiyalashda zarur bo‘lgan hamkorlik texnologiyalarini ishlab chiqish, axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish va amaliyotda qo‘llay olish malakasini rivojlantirish va h.k. Zamonaviy pedagogika fanining mazmuni, maqsad va vazifalarining yangilanish va rivojlantirish quyidagi negizlarga asoslanadi: – barkamol shaxsni tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish; – xalqimizning milliy urf-odatlari, an'analari, ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; – shaxsning o‘z qobilliyat va imkoniyatlarini erkin namoyon qilishga zamin tayyorlash; – yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, fuqarolik pozitsiyasini tarkib toptirish. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg‘ot xorijiy tajribalar asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi: Analitik - ta’lim va tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati, sabab-oqibat aloqadorligini o’rganish; - pedagogik tajribani tahlil etish, umumlashtirish va baholash. Prognostik - ilmiy asoslangan maqsadlarni belgilash va ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish strategiyalarini belgilash; Tashkiliy- yangi pedagogik texnologiya, innovatsion shakl va vositalarni ishlab chiqish;- pedagogik tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish; Ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy g'oyani ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish - davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri. Bu ulug'vor vaziflarni amalga oshirish uchun 1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida, pedagogika fani uchun qonuniy zamin bo'lgan "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi va bu normativ hujjatlarda jamiyatda kamol topayotgan yosh avlod tarbiyasiga, o‘qituvchi kasbini egallagan shaxslarga katta e'tibor qaratildi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Har bir fanning mazmun va mohiyatidan kelib chiqadigan, uning asosiy tomonlarini yoritishga xizmat qiladigan va eng ko‘p ishlatiladigan asosiy tushunchalari bo‘ladi. Xuddi shuningdek pedagogika fanining ham asosiy tushunchalari -kategoriyalari mavjud. Kategoriya- (yunoncha: kategoria- «ko‘rsatma», «dalil», «tushuncha») pedagogikada ta'lim va tarbiyaga oid jarayonlar xususiyatlarini, mohiyatmazmunini, shaxs va jamiyat, shaxs va guruh, shaxs va jamoa o‘rtasidagi, ta'lim va tarbiya, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik, iqtisodiy-ekologik va boshqa munosabatlarni aks ettiruvchi asosiy tushunchadir. Kategoriya bilish jarayonlarining tarixiy rivojlanishi va jamiyat tajribasi asosida paydo bo‘ldi. Kategoriyalar orqali inson borliqni va tevarak atrofni, ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni o‘rganadi.

    Fanning mohiyatini ochib beruvchi, uni taraqqiy ettiruvchi eng muhim, asosiy tushunchalar kategoriyalar deb ataladi.

    Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta'minlash, ta'lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta'lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, ma'lumot, shakllantirish, rivojlantirish. Shulardan biri va asosiysi sifatida «pedagogika» atamasidir. («Peys»- bola va «agogein - yetaklamoq degan ma'noni bildiruvchi yunoncha: «paydogogos» so‘zlaridan paydo bo‘lgan). Bugungi kunda «pedagog» so‘zi keng qamrovli , yangicha ma'no kasb etadi. Pedagogikaning yana bir muhim tushunchalaridan biri «didaktika» kategoriyasidir. Miloddan oldingi 3-2 asrlarda qadimgi Yunonistondagi Fanning mohiyatini ochib beruvchi, uni taraqqiy ettiruvchi eng muhim, asosiy tushunchalar kategoriyalar deb ataladi. maktablarda ta'lim beruvchi kishini «didaskal» deb atashgan. «Didaktika»- yunoncha «didaktikos” so‘zidan kelib chiqib, «o‘qitish», «o‘rgatish», «bilim berish» ma'nolarini anglatadi. Qadimgi yunonlar o‘qitish faoliyatiga nisbatan «didasko», o‘qituvchi o‘rnida «didaskal», o‘quvchiga nisbatan «didaskale» atamalarini ishlatishgan. Ammo «didaktika» termini o‘zining dastlabki ma'nosidan ancha uzoqlashgan. Hozir bu tushunchalarning hajmi va mazmuni ancha boyigan va kengaygan bo‘lib, u faqat o‘qituvchining faoliyatini emas, shu bilan birga o‘quvchining faoliyatini, ta'limiy texnologiyalar, ta'lim metodlarini ham qamrab oladi. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari: shaxs, tarbiya, ta'lim, shakllanish, rivojlanish, bilim, ko‘nikma, malaka, ma'lumot, pedagogik faoliyat, pedagogik jarayon va boshqalardir. Pedagogika ta'lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, ta'lim mazmuni va tarbiyaning kelgusidagi istiqbollari, yo‘llari va usullarini qo‘rsatib boradi. Pedagogika fanida umumiy kategoriyalar bilan bog‘langan asosiy tushunchalardan biri – shaxs tushunchasidir. Shaxs- ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xattiharakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a'zosi. Jamiyatda o‘z mavqyeiga ega bo‘lgan, o‘zligini anglagan, o‘z “Men”iga da'vogar, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan ijtimoiy voqyea-hodisaga adekvat baho bera oladigan, tafakkur faoliyatining ob'ektivligi bilan tavsiflanadigan insondir. Shaxs- “kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi» . Jamiyatsiz shaxs, shaxssiz jamiyat bo‘lmaganidek, insonning shaxs sifatida kamol topishi uchun biologik, psixologik, ijtimoiy omillar sabab bo‘ladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasutri. Barkamol avlod-o'zbekiston taraqqiyotining poydevori.



    Download 261,95 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 261,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

    Download 261,95 Kb.