• MAVZU:PEDAGOGIKADA SHAXS RIVOJLANISHINING UMUMIY QONUNIYATLARI REJA
  • Axborot texnologiyalari va menejment universiteti




    Download 261,95 Kb.
    bet9/28
    Sana10.12.2023
    Hajmi261,95 Kb.
    #115081
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika majmua
    Ibragimova Dildora, 4-CSS dasturida web ilova dizaynini yaratish, 1, кейтиринг хат, 1 баён 1-илова, Xonzoda, 50 ta test, Funksianing qavariqligi va botiqligi, hpebr, 3 Mavzu Harbiy sohada psixologik xizmatning o’ziga xos ijtimoiy, 50ccb8be56e0eb2f637482cbf3040698, Boshlangich-talim-metodbirlashma, massovaya-kultura-ocherk-teoriy-u-istokov, Veterinariya akusherligi, ginekologiya va sun\'iy qochirish A Jabborov685 (2)
    Qo‘shimcha adabiyotlar:
    3. A.Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloqT.: “O‘qituvchi”. 1996 y. 206-bet.
    4. Al Buxoriy. Hadislar.4 jild.T.: “Qomuslar bosh muxarririyati”. 1997 y.
    5. Qobusnoma.T.: «Sharq».1996 y. 40 bet.

    Elektron-axborot resurslari:
    6. www. tdpu. uz
    7. www. pedagog. uz
    8. www. Ziyonet. uz
    9. www. edu. uz
    10.tdpu.Intranet. Ped
    2-MA`RUZA
    MAVZU:PEDAGOGIKADA SHAXS RIVOJLANISHINING UMUMIY QONUNIYATLARI
    REJA:
    1. Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari
    2. Shaxsning taraqqiy etishidagi asosiy omillar
    3. Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishidagi o'rni
    Tayanch tushunchalar: pedagogik antropologiya, individ, shaxs, individuallik, o‘sish, rivojlanish, ijtimoiylashuv, irsiyat, muhit, tarbiya, yosh davrlari.
    Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. Shaxsning o'zi, o'z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqyeini tasavvur qilish orqali hosil bo'lgan obraz- «Men»-obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi insonning jamiyatdagi ijtimoiy mavqyeini belgilaydi va barkamollik mezonlari bo'lib hisoblanadi. Men»-obrazining ijtimoiy pedagogik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va uning tarbiyalanganlik darajasi omillarining ahamiyatini yuksaltiradi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, “. . .tarbiyani shaxsning o'zi va o'z sifatlari to'grisidagigi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta'rif berish mumkin” . Demak, har bir inson o'zini, o'zligini qanchalik aniq va to'g'ri anglasa, tasavvur qilsa, unda jamiyatning axloq normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kamayadi. Abdulla Avloniy o'zining «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida inson kamolotida tarbiyaning o'rnini alohida ta'kidlab, «Janobi Qaq insonlarning asl xilqatda iste'dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin, bu insondagi qobiliyatni kamolga etkazmoq tarbiya vositasida bo'ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan saqlanib, go'zal xulqlarga odatlanib katta bo'lsa, baxtiyor bir inson bo'lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o'ssa, nasihatni qulog'iga olmaydigan, har xil buzuq ishlarni qiladigan nodon, johil bir rasvoi odam bo'lib chiqadi17»-deb ta'kidlaydi. Demak, tarbiya – o‘sib kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot – dunyoqarashni, insoniy e'tiqod, burch va ma'suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab umrining oxirigacha oilada, tarbiya muassasalari, o‘quv dargohlari, mahallada, jamoatchilik ta'sirida shakllanib boradigan jarayondir. Shaxs deganda ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o'z xususiyati va sifatlari bilan boshqalardan farq qiladigan muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Shaxsijtimoiy xayotning mahsuli. Inson shaxs sifatida oilada - ota-onalar; jamiyatda esa tarbiyachi-ustozlar, ijtimoiy guruhlar va turli jamoalarning ta'sirida shakllanadi. Jamiyat rivojlangan sari yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab yetishtirish ehtiyoji ham ortib boradi. Odamning insonlik jinsiga mansublik fakti esa individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Inson shaxsining eng xarakterli tomonlaridan biri uning individualligi (faqat o‘ziga xos bo‘lgan, boshqa insonlarda uchramaydigan xususiyat)dir.
    Individuallik deganda shaxs ruhiy xususiyatlarining qaytarilmaydigan birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, ruhiy jarayonlarning o'tib borish xususiyatlari, hissiyotlar, faoliyat motivlari, tarkib topgan qobiliyatlar kiradi. O'zbek olimlari: M.G. Davletshinning “Shaxs va jamiyat”, E.G'ozievning “Psixologiya”, “Tafakkur psixologiyasi”, “O‘spirinlar psixologiyasi”, V.Karimovaning “Ijtimoiy psixologiya”, A.Munavvarovning “Pedagogika”; xorij olimlari: J.J. Piajening “Bolaning rivojlanishida muhitning o‘rni”, D.B.El'koninning “Shaxs rivojlanishida o‘yinning ahamiyati”, Pedagogik psixologiya”, A.V.Petrovskiyning “Umumiy psixologiya” , V. Davidovning “Rivojlantiruvchi ta'lim nazariyasi”, L. S. Vigotskiyning “Psixologiya”, Dj. D'yuining “Shaxs va uning jamiyatdagi o‘rni”, G. Gardnerning “Shaxs rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar”, kabi asarlarida shaxs tavsifi, uning rivojlanish bosqichlari, bunda faoliyatning ahamiyati to'grisida qimmatli fikrlar keltirilgan. Jamiyat taraqqiyotida insonning bilimi va faol amaliy faoliyati to'grisidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Barkamol avlod- O'zbekiston taraqqiyotining poydevori», “Yuksak ma'naviyat –engilmas kuch”, “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” kabi asarlarida barkamol shaxsni voyaga yetkazish to‘g‘risida chuqur ma'noga ega bo‘lgan g‘oyalar keltirilgan. Shunday qilib, insonning shaxs sifatida kamol topishida ijtimoiy, biologik, ruhiy omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ijtimoiy muhit – kishi shaxsini shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar majmui sifatida talqin qilinadi. Ijtimoiy tafakkur, turmush tarzi, shaxslararo, guruhlararo hamda millat va xalqaro munosabatlarning o‘zaro muvofiq kelishi va bir-birini boyitishi tushuniladi. Odob - axloq – shaxsning o‘ziga va dunyoga nisbatan munosabatlaridagi xattiharakatlarining belgilangan, aniqlangan usuli bo‘lib, sabab tasavvurlar va qarashlarni qamrab oladi, ya'ni shaxs shakllanadigan manba hisoblanadi.

    Ijtimoiy omillar

    Ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy tafakkur, turmush tarsi, shaxslararo, guruhlararo, millat va halqaro munosabatlarning muvofiqligi



    Genlar, irsiy, anatomic, fiziologik, ruhiy tashkiliy jihatlar orqali o’tadigan birliklar




    Biologic omillar



    Ruhiy omillar

    Inson psixikasidagi hissiy, aqliy faoliyat sohalaridagi o’zgarishlar


    2-rasm. Shaxsning kamol topishidagi asosiy omillar


    Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishidagi o'rni nihoyatda beqiyosdir. Irsiy belgilarning rivojlanishi insoniy-ijtimoiy muhitda yashashga bog'liqligiga ko'plab misollar keltirish mumkin. Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitda Ijtimoiy omillar Ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy tafakkur, turmush tarsi, shaxslararo, guruhlararo, millat va halqaro munosabatlarning muvofiqligi Biologic omillar Genlar, irsiy, anatomic, fiziologik, ruhiy tashkiliy jihatlar orqali o’tadigan birliklar Ruhiy omillar Inson psixikasidagi hissiy, aqliy faoliyat sohalaridagi o’zgarishlar emas, boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko'rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat bo'lmaydi. (1920 yilda hindistonlik doktor Singx Midnapur shahri yaqinidagi bo'ri uyasidan topib olgan qizchalar Kamola va Amola hayoti bunga misol bo'ladi). Yoki Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” asaridagi bosh qaxramon- Robinzon yashagan orol sohillariga uning xaloskor kemasi yelkan otmaganida edi, u shaxs sifatida degradatsiyaga uchragan bo‘lardi. Ijtimoiy muhitning buyuk insonlar shakllanishidagi o'rni mo'him bo'lib, Alisher Navoiy - shoir, Eynshteyn- fizik, Ulug'bek-astronom, Ibn Sino-tabib bo'lib tug'ilmagan, albatta. Ulardagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi, iste'dodga aylanishida ijtimoiy muhit, ta'lim -tarbiya mo'him o‘rin egallaydi. Davlatimizning barkamol inson tarbiyalash borasidagi siyosatida ham shaxs shakllanishida muhitning o'rni muhimligi ko'rsatiladi.


    Ta'lim - tarbiya insonning shakllanishida etakchi o‘rin egallaydi.Ta'lim - tarbiya natijasida irsiyat va muhitning stixiyali ta'sirini o'qish, ¸zizish, mehnat qilish, musiqa bastalash va boshqa malaka va ko'nikmalar egallanishi evaziga o‘zgartirish, xatto tug'ma kamchiliklar(karlik, zaif ko‘rish, soqovlik)ni bartaraf etish mumkin. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda qobiliyatli, iste'dodli va iqtidorli bolalarga aloqida e'tibor berila boshlandi, ularning iqtidori yoshligidan aniqlanib rivojlantirilmoqda. Bugungi kunda “Nihol”, Zulfiya nomidagi davlat mukofotlari, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy nomidagi va Prezident stipendiyalarining ta'sis etilganligi ham yoshlarga berilayotgan e'tiborning timsolidir.
    Ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ma'naviy meros – ularning asarlarida komil insonni ma'naviy rivojlantirish g‘oyasi o‘z ifodasini topgan. Xususan, “Avesto”, Qur'oni Karim, Sharq mutafakkirlarining noyob asarlaridagi komil inson g‘oyasi, Sharqona axloq kodeksi va bugungi kundagi O'zbekiston RespublikasiKadrlar tayyorlash Milliy dasturida sog‘lom avlod tarbiyasi haqida o'lmas g'oyalar keltirilgan. Har bir inson shaxs sifatida turlicha namoyon bo'lar ekan, uning ijtimoiy voqyelikka, mehnatga, insonlar va jamiyatga bo'lgan munosabati, faollik darajasi, axloq-odob borasidagi etukligi turlicha bo‘ladi. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyat qonun-qoidalariga amal qiladi va voyaga yetadi. Pedagogikada shaxsning kamolotga etishishi murakkab va ziddiyatli jarayon sifatida qaraladi. Shaxsning kamolotga erishishida irsiyat, muhit, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim -tarbiya va albatta o‘zining mustaqil faoliyati, iroda safarbarligi mo'him ahamiyat kasb etadi.
    Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning ob'ektiv omillariga kiradi. Inson organizmidagi anatomik tuzilish, fiziologik harakat, asab tipi, asosiy shartsiz reflekslarni ota-onasidan meros qilib oladi. Zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlarida odam shaxsi va xulqi rivojlanishida biologik omillarning rolini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi bixeviorizm, progmatizm, biogenetik oqimlar mavjud bo'lib, ularning ayrim vakillari (E.Torndayk ) odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo'lajak shaxsga xos barcha xususiyatlarga ega bo'ladi, degan fikrni ilgari surishsa, ayrimlari ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o'tadi,- degan g‘oyani ma'qullaydilar. Ba'zi olimlar shaxsning axloqiy jihatdan o'sishini ham irsiyatga bog'laydi.Shunday qilib, irsiylik shaxsning o‘ziga xosligini belgilab beradigan anatomik, fiziologik, psixologik, tashkiliy jixatlar, ota-ona tomonidan irsiy o‘zgaruvchilar orqali o‘tadigan birliklardir.
    Biologik omilning inson shakllanishidagi o'rni mo'him va o'ziga xos, albatta, irsiyatning ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi, insonga xos xususiyatlar - aqliy va jismoniy mehnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug'ma o'tishi mumkinligi, lekin bu tug'ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhit, odamlar orasida yashashi, jamiyatda munosabatlar o‘rnatishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi va ma'lum xulq- odob qoidalariga amal qilishi lozimdir. Insonning shaxs sifatida shakllanishida muhit (geografik, ekologik, axborot vositalarining uzoq-yaqinligi, ota-ona, bobo-buvilar tarbiyasining to‘laqonligi, tashqi muhit va h.k) beqiyos amiyat kasb etadi.
    Shaxsning rivojlanishida «faoliyat», «faollik» tushunchalarining o'rni beqiyos. Buyuk insonlar o'z sohalarida yuksaklikka erishish uchun tinmay mehnat qilganlar. Inson o'z intilishi va faolligi bilan yuksak natijalarga erishishi mumkin, qobiliyat va iste'dodni ro‘yobga chiqarish uchun ham o'z ustida ishlanishi zarurdir. Masalan, buyuk iste'dod sohibi Muxtor Ashrafiy kunlardan bir kun shogirdinikiga tashrif buyuribdi. Shogirdi fortopiano oldida o‘tirib, kuy bastalayotgan ekan. Shogirdining rafiqasi ilhom parisi kelganda, turmush o‘rtog‘iga halal bermaslik uchun ustozga bir pas o‘tirib turishni maslahat beribdi. Bir necha daqiqadan so‘ng shogird Muxtor Ashrafiy yoniga peshvoz chiqibdi. Salomlashgach, Muxtor Ashrafiy shogirdiga qarata:”Men bugun kechasi bir kuy bastaladim. Marhamat, tinglab ko‘r, debdi va fortopiano yoniga kelib, bir necha daqiqa oldin yangragan kuyni ijro etibdi. Shogird hangu-mang bo‘libdi. Qanday qilib, ikki kishi bitta kuyni bastalashsa?! Biron nota ham o‘zgarmasa? Bunaqa sira bo‘lishi mumkin emas-ku?!,-deb hayron qolibdi. Shunda Muxtor Ashrafiy xandon urib kulibdiyu, hazillashayotganini aytibdi. Muxtor Ashrafiydagi buyuk iste'dod, xotirlash qobiliyatining kuchliligiga shogird tasanno aytibdi. Shunday qilib, mashhur musiqachi, bastakor Muxtor Ashrafiy o‘zining buyuk iste'dod egasi ekanligini namoyon qilgan ekan.
    Yoki yana bir iste'dod sohibi, birdaniga bir necha sohalarda faoliyatini namoyish qilgan buyuk rassom, arxitektor, matematik Leonardo Da Vinchi o‘z ustida tinmay izlangan, mashaqqat bilan mehnat qilganligi hyech kimga sir emas. Yoshligida juda qashshoq yashagan Leonardo kunlarning birida tabiat quynida rasm chizish uchun Florensiyaning chekka qishlog‘iga kelibdi va yashash uchun ijaraga kichik hujra tanlabdi. Vaqt o‘tibdi, ammo Leonardo hujra pulini to‘lay olmabdi. Hujra egasi xasis va qitmir ekan. U rassomni tanimabdi va undan ijara haqqini talab qilibdi. Rassom ikki soatlardan so‘ng pulni to‘lashga va'da beribdi. Oradan ikki soat o‘tgach Leonardo Da Vinchi mo‘jazgina tugunchasini ko‘tarib, hujradan chiqibdi va pulni stol ustida qoldirganligini aytib, hujra egasi bilan xayrlashibdi. Xasis hujra egasi xonaga kirsa, stol ustida yaraqlab turgan bir uyum tilla tangalarni ko‘ribdi va ochko‘zlik bilan ularga qo‘l cho‘zibdi, ammo qo‘listolning ustida mohirlik bilan chizilgan rasm ustida qolganligini ko‘rib, hayratdan yoqa ushlabdi... Ancha vaqtdan keyin hujraning egasi ushbu stolni juda katta pulga sotishga muvaffaq bo‘lib, mislsiz darajada boyib ketibdi. Demak, qobiliyat tinimsiz mehnat va izlanish natijasida iste'dodga aylanishi, insonni kamolotga yetaklashi muqarrardir. «Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi»20. Bola aynan turli faolliklar yordamida shakllanadi, o'zligini namoyon qiladi. Demak, tahsil oluvchilarning faoliyatlari passiv jarayon bo'lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Ya'ni, faoliyat-o'quvchi ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o'z-o'zini o'zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o'ziga xos faollik shaklidir. Bu-o'quvchining darslarda muayyan predmetlar mohiyatini o'z tasavvuri doirasida, malum bir echim orqali bilishga, yangi kashfiyotlar yaratishga qaratilgan faoliyatdir. O'quvchining aqliy harakatlari-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham qamrab oladi. Bola shaxsining rivojlanishida harakatlar quyidagi ko'rinishda bo'lishi kuzatiladi:
    -pereptiv-bunda o'quvchi ongida jismlar va hodisalar to'grisidagi yaxlit siymo (obraz) shakllanadi;
    -mnemik faoliyat- narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi va bog'liq murakkab faoliyat turi;
    -imajitiv faoliyat-(«imaje» -«obraz»)-ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda saqlashni taqozo etadi. O'qitish jarayonida tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o'tish yuz bergan bo'lsa, bunday jarayon pedagogika va psixologiyada interiorizaiya deb nomlanadi, aksincha, aqlda shakllangan g'oyalarni bevosita tashqi harakatlarga yoki tashqi faoliyatga ko'chirilishi ksteriorizaiya deb yuritiladi. Faoliyat turlari ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko'ra ham farqlanadi. Ayrim xatti- harakatlar boshida har bir harakatni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishini va bunga butun diqqat-e'tiborni, ongning yunalishini talab etadi. Lekin vaqt o'tgach, ongning ishtiroki kamayib, ko'pgina qismlar avtomatlashib boradi. Buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy shaxs kamolotida faoliyatning mo'him o'rnini alohda qayd etib, uning turlarini bir necha bosqichlarga ajratadi va amalga oshirish usullari, vaqt va fazoviy ta'rifi, fiziologik mexanizmlari to'grisidagi g'oyani ilgari suradi. Bugungi kunda zamonaviy pedagogikada insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash masalalari ustida tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu izlanishlar samarasi har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga mo‘ljallangan strategiyalardan iborat bo‘lib, shaxsning eng asosiy huquqlaridan biri - bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, aqliy jihatdan rivojlanish, yoqtirgan kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqini ro'yobga chiqarishga mo‘ljallangan.
    Ta'lim xizmatlarining iste'molchisi sifatida shaxsga Davlat tomonidan ta'lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko'rish kafolotlanadi. Ta'lim jarayonida shaxs Davlat ta'lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. Ta'lim xizmatlarining amalga oshiruvchi sifatida shaxs munosib darajada malaka darajasini olgach, bilim va tajribalarni ta'lim jarayonida yosh avlodga o'rgatish, moddiy ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat va maishiy xizmat sohalarida faoliyat ko'rsatish bilan shug'ullanadi.
    Har bir odam faqat ta'lim, ijtimoiy tarbiya va ma`naviy kamolot, kasb-hunar o'rganish tizimi vositasidagina shaxs bo'lib shakllanadi.
    Natijada shaxsning ijtimoiy kamol topishi- uning jamiyat uchun foydali funkiyalarni bajarishi, o'z vazifa va burchlarini puxta va ijodiy anglab, boshqalar bilan teng, mustaqill munosabatlarga kirishuvi yuz beradi.
    Kadrlar tayyorlash tizimida shaxsning o'rni va roli, huquq va majburiyatlari qonuniy himoyaga olingan va tegishli hujjatlarda batartib bayon etilgan. Pedagogikadagi eng asosiy kategoriyalardan yana biri – tarbiyadir. Tarbiya – uzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchida aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida muayyan sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi21. Tarbiyachi o'zi hohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma'lum maqsadga ko'ra tizimli ta'sir ko'rsatadi. Jahon pedagogikasida «tarbiya» atamasi keng qamrovli tushuncha sifatida baholanganligi tufayli, uning mohiyati xususida turli nazariyalar mavjud. Tarbiyani kattalar (o'qituvchilar, murabbiylar va ota-onalar)ning bolalarga ta'sir ko'rsatish jarayoni sifatida tushunish eng ko'p tarqalgan tendeniyadir. Bu o'rinda kattalar to'g'ri, deb hisoblaydigan, baholaydigan ideallar, maqsadlar, vazifalar, normalar va talablarga muvofiq tarzda ta'sir ko'rsatish ko'zda tutiladi.Tarbiyani bunday tushunish haqiqatga yaqinroq, biroq u bir tomonlama xususiyatga ega bo'lib, mazkur jarayonning faqat muayyan qismini aks ettiradi, xolos. Tarbiyaga bunday ta'rif berishda bolaga kattalarning ta'siri yo'n altirilgan ob'ekt sifatidagina qaraladi. Zamonaviy pedagogika tashabbuskor va mustaqil shaxslarni tarbiyalashni nazarda tutib, tarbiyalanuvchiga pedagogik jarayonda faol harakat qiluvchi sub'ekt rolini beradi. Islom madaniyatining tarkibiy qismi-tasavvuf (sufizm) falsafasida inson ma'naviyatining, ruhiyati o'ziga xos uslublar orqali aks ettirilgan. Hazrat Abu Hamid Al-G'azzoliy, Attor, Aqmad Yassaviy, Abduxoliq G'ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubroning ta'lim-tarbiyaga, xulq axloqiga oid qarashlari, Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri», «Kitob al musiqi al kabir», «Katta musiqa», «Ritmlar tartibi xaqida», Beruniyning «Masud Qonuni», «Hindiston», «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Saydona», «Axloq xaqida risola»sidagi ma'naviy-ma'rifiy masalalar, Abu Ali ibn Sinoning «Tadbirimanozil», «Axloq xaqida risola», «Donishnoma», «Salamon va Ibsol», «Xay ibn Yakzon», «Tib qonunlari», Alisher Navoiyning: «Makorim ul-axloq», («Mukarram xulklar»), «Badoiy ul-bidoya», («Go'zallikning boshlanishi»), «Navodir un-Nihoya», («Nodirliklar nihoyasi»), «Xazoyin ul-Maoniy», («Ma'nolar xazinasi») asarlarida insonni tarbiyalash g'oyalari hozirgi zamon g‘oyalari bilan hamohandir. Abdulla Avloniy, Maxmudxuja Beqbudiy, Xamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Abrauf Fitrat, Cho'lpon asarlaridagi ma'naviy-ma'rifiy qarashlar bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Buyuk ma'rifatparvar ziyolilarning g'oyalari milliy g'oya va istiqlol mafkurasining teran tomirlari bo'lib qolaveradi. Demak, tarbiyada pedagogik muhit muhim ahamiyat kasb etadi.

    Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.


    Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti va obekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarining iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta'riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviyaxlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta'sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlari mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak. borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishiniifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta'limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta'sir etadi, ularni birbiridan ajratib bo‘lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta'sir etadi. Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a'zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta'siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta'sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta'sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Shaxs rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta'siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda. Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta'siri kuchli bo‘ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta'siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday? Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqoriqo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan, deydilar. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta'limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyui, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazardan asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog‘laydilar. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar. Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta'sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblay-dilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta'sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta'limotiga suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqyelik deb qaraladi. Ular individning ma'naviy boyligi uning munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar. Falsafiy-antropologik yondashuv o‘zining tadqiqotchilik va tarbiyaviyfunksiyasiga ko‘ra o‘quvchining ma'naviy dunyosiga yo‘naltirilgandir. Ana shu sababli mazkur yondashuv pedagogikadagi mavjud boshqa ilmiy yoki gnoseologik yondashuvlardan farqli ravishda muloqot va o‘zaro bir-birini tushunish asosida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni talab etadi. Mazkur yondashuvning o‘ziga xosligi ta'lim-tarbiya jarayonining barcha subektlariga nafaqat dunyoqarash ko‘rinishida, balki mavjudlik usuli tarzida qarashni talab etadi. Mazkur mavjudlik usulini birinchi navbatda borliqni anglab etish sifatida tushunish lozim. Ikkinchidan, mazkur mavjudlik usulini uzluksiz ravishda o‘z-o‘zi, boshqalar va boshqa madaniyatlar bilan muloqot tarzi sifatida aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir. Shaxsga ijtimoiy muhitning ta'siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga oshiriladi. Birinchidan, tarbiya ta'sirida muhit bera olmagan bilim, ma'lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs kamolga etadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini ham yo‘qotish mumkin. To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta'sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir. Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta'sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt yondashuv qaror topgan:
    1. Biologik yondashuv – inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xattiharakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablarigabo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.
    2. Ijtimoiy yondashuv – inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta'siri ostida ijtimoiylashadi.
    3. Psixologik yondashuv – insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi – qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.

    Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt – bilologik, ijtimoiy, psixologik va yaxlit yondashuv qaror topgan
    4. Yaxlit yondashuv – shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta'sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari – motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.

    R


    Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi.
    ivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta'lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta'siri kuchli bo‘ladi.

    Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar. Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt – bilologik, ijtimoiy, psixologik va yaxlit yondashuv qaror topgan. Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish va chala ishlaydigan, erinchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta'siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. Bolaning individual – o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma'nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo‘linadi:


    1. Go‘daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo‘lgan davr.
    2. Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
    3. Maktabgacha bo‘lgan yosh davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
    4. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar (bolalar) – 7 yoshdan 11–12 yoshgacha.
    5. O‘rta va katta maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar, ilk o‘spirinlar) – 12– 17 yosh. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga bo‘linadi:
    – go‘daklik (1 yoshgacha);
    – ilk yosh (1–2 yosh);
    – ilk yosh guruhi (2–3 yosh);
    – kichik yosh (3–4 yosh);
    – o‘rta yosh (4–5 yosh);
    – katta yosh (5–6 yosh);
    – maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta'lim).
    Kichik maktab yoshida o‘yin faoliyatining o‘rnini endi o‘qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o‘tish davri bo‘lib, bolaning bo‘yi, og‘irligi jihatdan uning tashqi ko‘rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o‘sishi tufayli serharakat bo‘ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. Jismoniy o‘sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi. O‘rta va katta maktab yoshi (o‘smirlik, ilk o‘spirinlik 12–17 yosh). O‘smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Bolaning o‘sishi tezlashadi. Bu davrni o‘tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe'latvoriga ta'sir etadi. O‘smir hayotida mehnat, o‘yin, sport va jamoat ishlari katta rol o‘ynaydi. Ba'zilarining o‘zlashtirishi pasayadi, intizomi bo‘shashadi. Ilk o‘spirinlik balog‘atga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy yetilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O‘spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuyg‘ularida ham o‘zgarish yuz beradi. O‘z-o‘zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda ular o‘rtasida munozaralar o‘tkazish yaxshi natija beradi. O‘spirinlar o‘z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o‘spirinning barcha intilishlari ma'lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Ularda o‘quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi. O‘spirinlik – bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o‘z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. Shunda o‘qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g‘o‘r fikrlari va dunyoqarashlarini to‘g‘ri yo‘naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o‘z-o‘zini anglash, ma'naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o‘zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo‘ladi. O‘zini kattalardek his etish, o‘ziga xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o‘ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o‘z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o‘z qiziqishlari bilan o‘lchaydilar. Shu bois ularga katta yoshlilarning beg‘araz, to‘g‘ri yo‘nalish berishlari o‘ta muhim. Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqyei, jamoadagi shaxslar bilan muomala-muloqoti muhimdir. Albatta, bu borada ta'lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta'siri katta ahamiyatga ega. Chunki o‘spirin-yoshlar mustahil hayot ostonasida bo‘lib, ularning bu hayotga to‘g‘ri qadam qo‘yishi uning jamiyatning faol fuqarosi bo‘lishining muhim shartidir. Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari. Gender» atamasi 1968-yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste'molga kiritilgan bo‘lib, «jins» ma'nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol o‘rganilgan bo‘lsa-da, yangi atamaning paydo bo‘lishi ijtimoiy fanlarda yangi oqimlarni yuzaga keltirdi. «Gender tarixi», «Gender psixologiyasi», «Falsafaning gender tomonlari», «Gender antropologiyasi», «Gender sotsiologiyasi», keyinchalik esa «Gender pedagogikasi» kabi fan tarmoqlari shakllandi. «Gender» tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o‘g‘il va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi. Adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha xil talqini mavjud. Jumladan, faylasuflar uni quyidagicha tavsiflaydilar: «Gender» inglizcha so‘z bo‘lib, jinsga mansublikning ijtimoiy jihatlari ma'nosini anglatadi... Bu tushuncha erkaklar va ayollar o‘rtasida nafaqat biologik farqni, balki jamiyatning jinsiy taqsimotida ijtimoiy va madaniy tavsiflarning butun majmuini hisobga oladi. Erkaklar va ayollarga tegishli ijtimoiy bog‘liqlik, xulq-atvor va kutilgan natijalarni ifodalaydi. Psixologlar ham gender tushunchasiga o‘ziga xos tarzda yondashganlar: psixikaning gender asoslari jins va u bilan bog‘liq ijtimoiy stereotiplar, shaxsning psixologik ko‘rinishidir. Olimlar orasida bu xususiyatlarning qaysi biri tug‘ma, qaysi biri esa ta'lim va tarbiya jarayonida rivojlanganligi to‘g‘risida keskin munozaralar bormoqda. O‘g‘il va qiz bolalarning har bir xalq madaniyatida har xil tarbiyalanishi tufayli, ular maktabga kelgan davrdan boshlab jinslarning psixologik farqlari ma'lum bo‘ladi. Bu farqlar orasida psixologlar (A.E.Taras, 2002) qizlar o‘g‘il bolalardan matematik va vizual qobiliyatlari bilan ustunroq deb ta'kidlashadi. O‘g‘il bolalarda qizlarga qaraganda o‘ziga ishonch hissi kuchliroqdir. Qiz bolalar bir xillikka asoslangan qiziqarsiz faoliyatni yengilroq qabul qilishadi. O‘zgaruvchan muhitga tez moslashishadi. O‘g‘il bolalar har bir holatni umumiy tarzda baholashsa, qizlar yaxshilab tekshirib, o‘rganib, keyin unga baho berishadi.

    Pedagogik ma’noda gender – o‘g‘il va qiz bolalarning murakkab ta’limiy sotsiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emotsional xususiyatlari, o‘quv faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli jihatlarini o‘z ichiga oladi.


    Bugungi kunda o‘g‘il va qiz bolalarning rivojlanishidagi fiziologik, axloqiy, emotsional, xulq-atvorga oid farqlar to‘liq o‘rganilgan. Ana shu asosdan kelib chiqib, o‘quvchilarning rivojlanishida hisobga olish lozim bo‘lgan quyidagi gender xususiyatlarni sanab o‘tish mumkin: qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ikki marta ko‘proq savol berishadi; qizlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining istaklari haqida gapirmaydi, lekin tezda kelishib ketadi; o‘g‘il bolalar esa, hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va o‘z ңuqtai nazarida qolishni afzal ko‘rishadi; mustaqil hal etish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda o‘g‘il bolalar sifati, qiz bolalar esa hajmini hisobga olishadi; o‘g‘il bolalar ko‘proq falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantig‘iga e'tibor berishadi; qizlarga ko‘proq psixologiya, adabiyot yoqadi; o‘g‘il bolalar dialog, munozarani afzal ko‘rishadi; qiz bolalar monologlikka moyil, eshitishni va o‘zida aks ettirishni yoqtiradi; o‘g‘il bolalar ko‘proq virtual(mo‘jiza)likka, xayolotga qiziqishadi; qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ratsional va pragmatik. Ular o‘z tanlovlarini foydalilik nuqtai nazaridan, ya'ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga erishishga imkon berishiga qarab amalga oshirishadi; o‘g‘il bolalar o‘z tuyg‘ularini ochiq bayon etishadi; qiz bolalar o‘z xohish va istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi. Pedagogik ma’noda gender – o‘g‘il va qiz bolalarning murakkab ta’limiy sotsiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emotsional xususiyatlari, o‘quv faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli jihatlarini o‘z ichiga oladi. Shaxs ijtimoiylashuvi. Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, kommunikatsiya ta'siri ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishlarini ifodalasa, ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, jamiyatning muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan namunali xulq, psixologik mexanizm, sotsial norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiy-falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar jarayonida shaxs ijtimoiylashuviga xos bo‘lgan quyidagi holatlar aniqlangan: shaxsning ijtimoiylashuvida ayrim davrlarning va bir davrdan ikkinchi davrga o‘tish jarayonida ro‘y beruvchi ijtimoiy omillar (mega omillar, makro omillar, mezo omillar, mikro omillar), voqyeliklar hamda ularning ta'siri yetakchi o‘rin tutadi; bolaning kamol topishi, shaxs bo‘lib shakllanishida ijtimoiy, xususan, ota-onalar va bola o‘rtasidagi munosabatlar, ularning o‘zaro hissiy birligi muhim ahamiyatga ega; shaxs muayyan sxemalar hamda kognitiv tuzilmalar yordamida boshqariladi; shu sababli uning ana shu sxema va kognitiv tuzilmalarga moslashuvi ijtimoiylashuv mohiyatini anglatadi; shaxs ijtimoiy ta'sirlar yordamida ilmiy bilimlar hamda kishilik madaniyati unsurlarini o‘zlashtiradi, ularning negizida esa u aqliy jihatdan kamol topadi va axloqiy sifatlarga ega bo‘ladi – mazkur holat shaxs ijtimoiylashuvining ustuvor jihati hisoblanadi; shaxsning ijtimoiylashuvi turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyat rivojining muayyan davrlarida bir xil kechmaydi; har bir davrda shaxsning ijtimoiylashuvida o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi; ijtimoiylashuv bolalikkagina xos xususiyat bo‘lmay, shaxs hayotining barcha davrlarini qamrab oladi. Ma'lumki, ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatdagi qadriyatlarni qabul qilishi va zaruriy darajada ijtimoiy, fuqaroviy va shaxsiy yetuklikka erishishi asosida jamiyatga kirib borishidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa, inson o‘zini jamiyatda shaxs sifatida anglab borishi jarayonidir. Bu tarbiya, ta'lim, o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonida yuzaga kelib, inson qachonki, o‘z maqsadlarini mustaqil aniqlay olsa va ularga erishish yo‘llarini belgilay olganida, o‘z qadr-qimmatini anglab yetganida, jamiyatdagi o‘z o‘rniga ishonch hosil qilgan taqdirda amalga oshadi.

    Shaxsning ijtimoiylashuvi – ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixologik funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va qoidalarining o‘zlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi.

    Ijtimoiylashuv jarayoni o‘zining sifat xususiyatlariga, tarkibiga, qonuniyatlariga, omillariga, shart-sharoitlariga, boshqarilishiga va ijtimoiylashgan insonda namoyon bo‘lishiga (uning xususiyatlari, sifatlari, o‘ziga xosliklari) ko‘ra murakkabdir. Ana shu sababli u o‘zida turli fanlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ijtimoiylashuvning xilma-xil – madaniy, axloqiy, huquqiy, mehnat, psixologik ko‘rinishlarini aks ettiradi. Pedagogika haqida gap ketganda esa, bu sohadagi ijtimoiylashuv jarayoni pedagogikaning predmeti, sohasi va ehtiyojlarining o‘ziga xosligini hisobga olib, pedagogik ijtimoiylashuv turi sifatida alohida e'tibor bilan qarab o‘tiladi. Bu insonning dunyoga kelgan vaqtidan boshlab ijtimoiy belgilangan va muhim pedagogik yangidan shakllanuvchi tajribalarni – tarbiyalanganlik, ta'lim olganlik, ma'lumotlilik va rivojlanganlik hamda ularning kelgusidagi butun umri mobaynida muttasil o‘zgarib borishi (mukammallashuvi) jarayoni va yuzaga kelish natijasidir. Bu holda shaxsga nisbatan sust ravishda yondashuv kuzatilmaydi, balki u ijtimoiy munosabatlarning va pedagogik tizimning subekti sifatida, tajriba egallashda faollik va mustaqillikni namoyon qiluvchi hamda o‘z-o‘zini shakllantiruvchi, shu bilan birga o‘z hayot yo‘li uchun javobgarlikni his etuvchi subekt sifatida qaraladi. Pedagogikaning vazifasi – insonga fikrlovchi shaxs, ijtimoiy faol fuqaro bo‘lib yetishishiga, jamiyatda o‘z o‘rnini va xulq-atvorini, o‘z istak-maqsadlarini yo‘nalishini anglaydigan, pedagoglar va jamiyatdagi pedagogik tizim bilan birgalikda umuminsoniy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlashga yo‘nalgan shaxs bo‘lishiga yordam berishdir. Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud: Shaxsning ijtimoiylashuvi – ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixologik funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va qoidalarining o‘zlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi. 68 ana'naviy – oila va yaqin muhit orqali o‘quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni yaratish; institutsional – ijtimoiy institutlar va ta'lim muassasalari tomonidan o‘quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish; shaxslararo – o‘quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish; refleksiv – o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini loyihalashni pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish.



    Ijtimoiylashuvning a’naviy, institutsional, shaxslararo, refleksiv mexanizmlari mavjud

    O‘quvchilarni ijtimoiylashtirishning muhim sharti ularda ijtimoiy kompetentlikni qaror toptirishdir. Ijtimoiy kompetentlik insondan ijtimoiy vaziyatlarga yo‘nalganlik va boshqarish qobiliyatini talab etuvchi boshqa kishilar bilan kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yishda o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy kompetentlikning asosiy funksiyalariga moslashuv, ijtimoiy orientatsiya, shaxs integratsiyasi va umumijtimoiy tajriba kabilar kiradi.



    Ijtimoiy tajriba o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishning integral natijaviy tavsifini o‘zida aks ettirib, faoliyatga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlarga asoslanishni talab etadi.

    Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv nuqtai nazaridan ijtimoiy tajriba o‘quvchining boshqa kishilar, atrof-muhit bilan o‘zaro harakati natijasida yuzaga keluvchi ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va ustanovkalar yig‘indisini o‘zida aks ettiradi. Ana shu sababli shaxsda o‘z-o‘zini tashkillashtirish va o‘z-o‘zini korrektsiyalash madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan «o‘z-o‘zini boshqarish tajribasi»ni ijtimoiy tajribaning komponenti sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. O‘z-o‘zini boshqarish tajribasini shakllantirishning asosiy ijtimoiy sohalari sifatida individni subekt-subekt munosabatlariga jalb etish; subektda tashabbuskorlikni shakllantirish; hayotiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini tashkillashning universal namunalarini qabul qilish kabilarni kiritish mumkin. Ijtimoiy tajriba o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishning integral natijaviy tavsifini o‘zida aks ettirib, faoliyatga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlarga asoslanishni talab etadi. Ijtimoiylashuvning a’naviy, institutsional, shaxslararo, refleksiv mexanizmlari mavjud Aksiologik yondashuv nuqtai nazaridan shaxsda ijtimoiy tajribani shakllantirish ikkita o‘zaro aloqador yo‘nalishda amalga oshadi. Birinchidan, inson hayotining mazmuni, shaxslararo munosabatda ma'naviy-axloqiy me'yor va qoidalar sifatida individda qadriyatga yo‘naltirilgan orientatsiyani shakllantirish, ikkinchi tomondan shaxsiy nuqtai nazardan yuqori mavqyega ega o‘z-o‘zini boshqarishda aks etuvchi o‘zaro birgalikdagi faoliyat jarayonidagi xatti-harakatlar, ijtimoiy va hayotiy ahamiyat kasb etuvchi xulq-atvor me'yorlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liqlikni o‘zida aks ettiradi. O‘quvchilarni o‘z-o‘zini boshqarishga yo‘naltirish pedagogik hodisa sifatida shaxs salohiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq intellektual, emotsional-hissiy va faoliyatga yo‘naltirilgan sohalar uyg‘unligini talab etadi hamda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish asosida ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. O‘quvchilarning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim: ijtimoiy moslashuv: ijtimoiy vaziyatlarda o‘zining rolini aniqlay olish, vaziyatga moslashuvchanlik va safarbarlik; loyihaviy: ijtimoiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini anglash, individual xulq-atvor strategiyalarini tanlay olish; interiorizatsiya: ijtimoiy faoliyatning asosiy me'yorlarini qabul qilish va faoliyatda namoyon etish.

    Download 261,95 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




    Download 261,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

    Download 261,95 Kb.