• L. Parmonova “Pedagogika ta’limi nazariyasi va tarixi” mutaxassisligi magistranti Annotatsiya
  • Kalit so’zlar
  • Metodi imkoniyatlari va uni amalga oshirish bosqichlari




    Download 102.16 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana05.11.2022
    Hajmi102.16 Kb.
    #29154
      1   2   3
    Bog'liq
    4388-Текст статьи-10740-1-10-20211215 (1)
    006dars, T0.234542074415302610.5425275767629572, yigish-chizmalarini-detallarga-ajratishda-yol-qoyadigan-tipik-xatolar (1), yuz mustaqil ish tayyor tezda chiqaradigan boshlang`ich, 4-MAVZU, Chiziqli va nochiziqli elementlar, masalalar min max, Abdukamol taqdimot, Sh.Xurramov Oliy matematika 1-qism


    INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYASIDA LOYIHALASH 
    METODI IMKONIYATLARI VA UNI AMALGA OSHIRISH 
    BOSQICHLARI 
     
    A. Qayumov JDPI katta o’qituvchisi 
    L. Parmonova “Pedagogika ta’limi nazariyasi 
     va tarixi” mutaxassisligi magistranti
     
    Annotatsiya:Ta’limni loyihalashtirish ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan 
    xarakatlardan biridir. Puxta loyihalashtirilgan dars mashg’uloti kafolatli natijaga 
    olib keladi. Dars mashg’ulotining xar bir bosqichini oldindan belgilash, xarakatlar 
    ketma-ketligini va bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar tavsifini oldindan belgilash, 
    turli tasodiflarning oldini olishi va o’quvchilar faolligini ta’minlashi bilan didaktik 
    ahamiyatga ega. 
    Kalit so’zlar: loyihalash metodi, ta'lim texnologiyasi, ijodiy fikrlash. 
     
    Loyihalash metodi ta'lim texnologiyasining muhim bo'g'iniga aylanmoqda. 
    Bu metod ta'lim oluvchilarga hayot tarziga moslashish, mustaqil, ijodiy fikrlash 
    ko'nikmalarini hosil qilishga yordam beradi. 
    Loyihalash (lot. rrojectus - olg'a tashlangan fikr, g'oya, obraz), nomini o'zi 
    aytib turibdiki, kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish bo'lib, proekt 
    ma'lum bir hisob-kitob, chizma va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon 
    qilish shaklida mujassamlashgan g'oya, fikrning ifodasidir. U bildirilgan fikrni 
    mohiyatini va uni amalga oshirish imkoniyatlarini ochib beradi. 
    Loyihalash metodi ta'lim jarayonining muhim jihatlaridan biri bo'lib, 
    o'qituvchining talabalar bilan individual ishlash imkonini beradi. O'qituvchi dars 
    vaqtidan unumli foydalanib, talabalarning individual psixologik xususiyatlarini 
    hisobga olgan holda ular bilan yakka tartibda ishlaydi. Bunda ularning kasbiy 
    fanlarni chuqurroq egallashlariga kengroq yo'l ochib beriladi. Loyihalash ishlarini 
    tashkil etishda didaktik vazifaning qo'llanilishi va uni hal etish muammolari ko'rib 
    chiqiladi. 
    Loyihalash metodi ta'lim oluvchilarni quyidagilarga: 
    – fanning turli sohalaridagi bilimlarni bir butun holga keltirib, 
    muammolarni topish va yechish, axborotlar oqimida mo'ljal olish; 
    – faoliyatni tanlash huquqidan foydalanib, turli taxmin, g'oyalami ilgari 
    surish, tadqiqot o'tkazish, tahlil qilish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini 
    aniqlash; 
    – o'z faoliyati natijasiga mas'ul bo'lish, mustaqil qaror qabul qilish, yutuqlar 
    va kamchiliklarni aniqlash, uning sabablarini qidirish, xatolarni topish va 
    to'g'rilash; 
    – turli yechim. takliflaming natijalarini ilmiy taxmin qilish (prognozlash); 
    – jamoada ishlash, turli nuqtayi nazar, fikrlaming muhokamasida 
    qatnashishga rag'batlantiradi. 
    Loyihalash metodini qo'llab, dars o'tish jarayonida o'quvchi, talabalarning 
    vazifasi: 


    – iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq, ijtimoiy ahamiyatga ega ishni 
    bajarish, mahsulot ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, iqtisodiy va boshqa muammoni 
    belgilangan vaqt davomida yechish yoki yechish uchun takliflar ishlab chiqish. 
    O'qituvchining vazifasi: 
    – o'quvchi, talabalami mustaqil ijodiy faoliyatlarini unumli bo'lishi uchun 
    sharoit yaratish. 
    Bu metodni iqtisodiy fanlami o'rganishdagi muhim ahamiyati shundaki, 
    talabalar biznes-reja tuzishni, turli tanlovlarda qatnashish uchun loyihalar ishlab 
    chiqishni o'rganadilar. Nazariy va amaliy mashg'ulotlami qanday tashkil 
    etishning texnologik xaritasini ishlab chiqish, ya'ni darsni qanday o'tkazishni 
    mufassal rejasini ishlab chiqishni, umuman olganda, o'z faoliyatlarini 
    rejalashtirishni o'rganadilar. Shu bilan birga mazkur metodning o'ziga xos 
    xususiyatlari mavjudki, ularni, albatta, hisobga olish zarur. 
    Birinchidan, bu metodni mavzular, alohida predmetlar bo'yicha qo'llash juda 
    qiyin. Chunki, bir muammoning kelib chiqish sabablari nihoyatda xilma-xil. Ularni 
    bir fan doirasida hal qilish qiyin. Ikkinchidan, barcha talabalar ham loyiha 
    tayyorlab, qo'yilgan muammoni yecha olmaydi. 
    Uchinchidan, bu metod o'qituvchidan chuqur bilim, tajriba, o'z ustida 
    tinimsiz ishlash, turli loyihalarda shaxsan qatnashishini talab qiladi. 
    Loyihalash metodini qo'llash uchun birinchi navbatda loyihalash 
    ob‟yektini 
    aniqlaymiz. Qanday masala, muammo mavjudki, uni yechib loyihaning 
    natijasini qanday bo'lishini belgilaymiz. 
    1. Bu o'tilayotgan mavzu bo'yicha qo'yilgan savol yoki yechimini 
    kutayotgan dolzarb masala bo'lishi mumkin. Loyiha talabalarning o'z xohishlari, 
    qiziqishlariga ko'ra tanlagan ilmiy izlanishlari bo'lishi mumkin yoki o'qituvchi 
    taklif qilishi mumkin. Har ikkala holda ham talabalar zarur axborotlarni 
    to'plashlari, ularni tahlil qilishlari zarur. Tahlil asosida qaror qabul qilib, loyiha 
    ishlab chiqishdan maqsad qo'yiladi va qanday natijaga erishilishi belgilanadi. 
    2. Maqsadni aniqlagach, loyihaning mazmunini belgilaymiz. 
    3. Reja asosida amalga oshirish uchun vazifalar belgilanadi, ya'ni faoliyat 
    rejasi ishlab chiqiladi. Loyihaning umumiy tavsifi oy- dinlashadi. Aniq faoliyatga 
    asos yaratiladi. Loyihani amalga oshirish uchun tuzilgan reja aniq bo'lishi, haddan 
    tashqari murakkab bo'lmasligi kerak. Umumiy rejadan tashqari haftalik va oylik 
    rejalar tuziladiki, uning asosida talaba bajaradigan ishlarni yanada oydinlashtiradi. 
    4. Loyiha qatnashchilari belgilanadi. 
    Loyiha qatnashchilari o'z qiziqishlari, fikr doiralari bilan bir- birlariga yaqin, 
    yordam beruvchi o'quvchi, talabalar bo'lib, ularni loyihada qo'yilgan maqsad 
    birlashtiradi. 
    Ularni yoniga keyinchalik boshqa qatnashchilar ham qo'shilishi mumkin. 
    Lekin qatnashchilar haddan tashqari ko'payib ketishi salbiy oqibatlarga olib keladi. 
    Shuning uchun loyihada har bir qatnashuvchining bajaradigan vazifasi aniq yozib 
    qo'yiladi. 
    5. Loyihani amalga oshirish muddatlari belgilanadi. Agarda u bosqichlarga 
    bo'linsa, uni harr^muddatlari bilan ko'rsatiladi. 


    6. Loyihalash va uni amalga oshirishning bosqichlari: 

    Download 102.16 Kb.
      1   2   3




    Download 102.16 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metodi imkoniyatlari va uni amalga oshirish bosqichlari

    Download 102.16 Kb.
    Pdf ko'rish