|
MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
| bet | 10/28 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 261,95 Kb. | | #115081 |
Bog'liq Umumiy pedagogika majmuaMAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. «Individ» tushunchasi nimani ifoda etadi?
2. Odamning shaxs sifatida shakllanishining asosini nima tashkil etadi?
3. Shaxsning rivojlanishi tushunchasiga izoh bering.
4. Shaxs rivojlanishiga qanday omillar ta'sir ko‘rsatadi?
5. Shaxs rivojlanishiga doir zamonaviy yondashuvlarni izohlang.
6. Shaxs rivojlanishining yosh davrlariga tavsib bering.
7. Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari deganda nima tushuniladi?
8. Shaxs ijtimoiylashuvining mazmun-mohiyatini yoritib bering.
TESTLARNI YECHING:
1. Shaxs bu-...
A) o‘zining fikrini bayon eta oladigan, mustaqil qaror qila oladigan, boshqaruv tamoyillarini to‘la-tukis idrok etuvchi inson
B) jamiyatda o‘z mavqyeiga ega bo‘lgan, o‘zligini anglagan, o‘z “Men”iga da'vogar inson
*S) kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi, jamiyatda o‘z mavqyeiga ega bo‘lgan, o‘zligini anglagan, o‘z “Men”iga da'vogar,
D)Biologik, psixologik, ijtimoiy omillar asosida taraqqiy etgan inson
E) aqliy jihatdan kamolotga yetishgan, ob'ektivlik, fikrlovchilik, qobiliyatlilik va boshqa sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan inson
2.“Al-hosil, bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo xalokat, yo saodat-yo falokat masalasidir...”, degan so‘zlarning muallifi kim?
A) Fitrat;
B) Bexbudiy;
S) Abdulla Avloniy;
D) Sadriddin Ayniy;
E) Abdulla Qodiriy
3. Tarbiya – bu...
A) Insonni o‘z-o‘zini taraqqiy ettirish jarayoni
*B) uzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, bunda tarbiyalanuvchida muayyan sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi
S) Murakkab vazifalarni hal qilish, qaror qabul qilish, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni
D) Muhim belgi va sifatlarni tarkib toptirish jarayoni
E) Barcha javoblar to‘g‘ri
4. Insonning shaxs sifatida kamol topishida qaysi omillar muhim ahamiyat kasb etadi?
A) Ijtimoiy, jismoniy
*B) ijtimoiy, biologik, ruhiy omillar
S)dunyoqarash, genetik
D) Irsiyat, ijtimoiy
E) Biologik, egotsentrik
5. Pedagogika psixologik ma'lumotlarga tayanib, shaxs shakllanishida quyidagilarga asosiy e'tiborni qaratadi:
A) fan tomonidan aniqlangan bilimlarga
*B) o‘sib kelayotgan insonning shaxsini shakllantirish, ruhiy jarayonlarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, rivojlanish omillari va shart-sharoitlari haqida ma'lumot beradi
S) ta'lim-tarbiya tamoyillarini belgilashga e'tibor qaratadi
D) ta'lim metodlarini to‘g‘ri tanlashga e'tibor qaratadi
E) insonning fiziologik jihatdan rivojlanishi, ruhiy kechinmalariga e'tibor qaratadi 6. Shaxsnin ijtimoiylashuvi – bu...
*A) Ta'lim-tarbiya ta'sirida inson psixologik funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me'yor va qoidalarining o‘zlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi;
B) O‘quvchilarni o‘z-o‘zini boshqarishga yo‘naltirish;
S) Pedagogik hodisa;
D) o‘sib kelayotgan insonning shaxsini shakllantirish;
E) ta'lim va tarbiya metodlarini to‘g‘ri tanlash
7. Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari nimani anglatadi?
A) o‘g‘il va qiz bolalarning murakkab ta'limiy sotsiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emotsional xususiyatlari, o‘quv faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli jihatlarini bildiradi;
B) Murakkab vazifalarni hal qilish, qaror qabul qilish, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni
S) Muhim belgi va sifatlarni tarkib toptirish jarayoni
D) shaxsning ruhiy jarayonlarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, rivojlanish omillari va shart-sharoitlari haqida ma'lumot beradi
ye) aqliy jihatdan kamolotga yetishish
8. «Gender» atamasi fanga qachon va kim tomonidan kiritilgan?
A)1968-yilda amerikalik psixolog Stoller tomonidan
B)1987 yilda G.Gardner tomonidan
S) 1896 yil J. Dyui tomonidan
D) 1882 yil J. Stouen tomonidan
E) To‘g‘ri javob yo‘q
9.Ijtimoiy tajriba – bu...
A) Shaxsni ijtimoiylashtirishning integral natijaviy tavsifini o‘zida aks ettirib, faoliyatga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlarga asoslanish jarayoni.
10. Yosh xususiyatlari – bu...
A)Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar
B) Insonning ob'ektivlik, fikrlovchilik, qobiliyatlilik pallasiga yetgan davri
S) Ta'lim jarayonida yosh davrlarini hisobga olish jarayoni
D) yoshlarning intilishlarini ma'lum maqsadga yo‘naltirish
E) o‘sib kelayotgan insonning fiziologik xususiyatlari
11.“Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish” deganda nima tushuniladi? A)bolalarga nisbatan muhabbatli bo‘lish, ularning taqdiri bilan qiziqish;
B)bolani o‘z kuchi va iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan hamkorlikka erishish;
S) o‘qituvchi va o‘quvchining huquqiy jihatdan tengligi; bolaning erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o‘z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo‘lish
D) Barcha javoblar to‘g‘ri
12.. Bolaga individual yondashish –bu...
A) o‘quv fanini o‘quvchiga emas, balki bolani o‘quv faniga yo‘naltirish;
B) materialni o‘rtacha o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga mo‘ljallash;
S) shaxsning ijobiy sifatlarini ko‘ra bilish; shaxsga psixologik-pedagogik yondashish;
D)Barcha javoblar to‘g‘ri
13. Shaxsning «Men-konsepsiyasi» – bu ...
A)shaxsning o‘zi haqidagi tasavvurlari asosida shaxsiy hulqini shakllantiruvchi tizim bo‘lib, shaxsninng ijobiy namoyon bo‘lishiga yordam beradi
B) shaxsning o‘zi haqidagi sifatlarini bo‘rttirib ko‘rsatish
S) shaxsning turli faoliyat yo‘nalishlarida muvaffaqiyatga erishishga halaqit beruvchi qarashlari
D) o‘qish natijalarini baholashda yordam beruvchi tizim
14. Zamonaviy maktabda tarbiyalash Konsepsiyasi quyidagilarga asoslanadi:
A) individual va jamoaviy tarbiyani uyg‘unlikda olib borish
B) o‘quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga qo‘yish, tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi
S) umuminsoniy va milliy qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning individualligini rivojlantirish
D) Barcha javoblar to‘g‘ri
15. ”Rivojlanish” tushunchasi bu – ...
A) dunyoqarash, tafakkur kuchi, iroda safarbarligining oshishi
*B) bir xususiyatdan ikkinchisiga, mukammalroq darajaga o‘tish jarayoni
S) psixikaning o‘zgarishi, funksional faoliyatning kamol topishi
D) jismonan va ruhan o‘zgarish jarayoni
16 “Ta'lim” nimani anglatadi?
A) bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi, ularning ichki ziddiyatlaridan kelib chiqqan bog‘liqlik
B) insoniyat tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, jumladan ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan fan asoslarini qonunlar va tushunchalarni o‘zlashtirish jarayoni
S) Inson dunyoqarashini shakllanishida zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka tarkib toptiradigan jarayon
D) tarbiya natijasida inson faoliyatida sodir bo‘ladigan ko‘nikma
17.Tahsil oluvchilarning hamkorlikda bilim egallash va mehnat jarayonidagi harakatini (yoki harakatlar majmuasini) muayyan sharoitda maqsadga muvofiq shakllantirish va shu orqali o‘qishda va mehnat faoliyatida ijobiy natijalarga erishib, ongli bajarishga tayyor bo‘lish jarayoni –bu....
A)Iqtidor
B) ko‘nikma
S) Malaka
D) mahorat
18. Maktabgacha tarbiya yoshi to‘g‘ri belgilangan qatorni ko‘rsating
A) 1 yoshdan 7 yoshgacha.
B) 2 yoshdan 5 yoshgacha.
S) 3 yoshdan 6-7 yoshgacha.
D) 6 yoshdan 7 yoshgacha.
19. O‘smirlik qachondan boshlanadi?
A) 11 yoshdan 12 yoshgacha.
B) 12 yoshdan 18 yoshgacha.
S) 12 yoshdan 15-16yoshgacha.
D) 16 yoshdan so‘ng
20. O'spirinlik necha yosh bilan belgilanadi?
A) 16 yoshdan 18 eshgacha bo'lgandavr.
B) 12 yoshdan 16yo¸shgacha bo'lgandavr.
S) 15-16 yoshdagilar
D) 15-18, 19-22,22-25 yoshdagilar.
21. Necha yoshda bolalar ona tilining deyarli barcha jihatlarini egallagan bo'ladilar?
A) 2 yoshda
B) 3 yoshda 75
S) 5 yoshda
D) 7 yoshda.
22. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar jismoniy jihatdan qanday o'sadi, bo'yi va og'irligi o'rtacha qanday bo'ladi?
A) tez o'sadi, bo'yi 110 sm, og'irligi 20 kg bo'ladi.
B) betartib o'sadi, bo'yi 115 sm, og'irligi 20 kg bo'ladi.
S) tekis o'sadi, bo'yi 120 sm, og'irligi 25 kg bo'ladi.
D) tartibli o'sadi, bo'yi 140 sm, og'irligi 25 kg bo'ladi.
23. O'smirlik davri yana qanday nomlanadi?
A) balog'atga etish davri.
B) kichik maktab davri.
S) sezgining o'sish davri.
D) qizlarning o'sish davri.
24. Bolalarda jinsiy etilish davri, erkaklik va ayollik tashqi belgilari qaysi davrda paydo bo'la boshlaydi?
A) kichik o'quvchilik davrida.
B) o'smirlikda.
S) o'spirinlikda.
D) maktabgacha davrda.
25. Do'stlik va birodarlik hislari, sirdosh do'st topish istagi qaysi davrda kuchli bo'ladi?
A) maktabgacha davrda.
B) kichik maktab davrida.
S) o'smirlarda.
D) o'spirinlarda.
26. Qaysi davrda tasavvur va tafakkur doirasi deyarli nihoyasiga yetgan va ijtimoiy hayotning biror sohasiga yo'n altirilgan bo'ladi?
A) kichik maktab davrida.
B) maktabgacha davrda.
S) o'smirlikda.
D) o'spirinlikda.
27. O'spirinlik faoliyatining asosiy turi nima bo'ladi?
A) o'yin va o'qish.
B) o'qish va mehnat.
S) o'yin.
D) mehnat.
28.O'z-o'ziga baho berish qaysi davrda kuchayadi?
A) kichik maktab yoshida
B) maktabgacha tarbiya davrida
S) o'smirlik davrida.
D) o'spirinlik davrida.
|
| |