MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR




Download 261,95 Kb.
bet7/28
Sana10.12.2023
Hajmi261,95 Kb.
#115081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
Umumiy pedagogika majmua
Ibragimova Dildora, 4-CSS dasturida web ilova dizaynini yaratish, 1, кейтиринг хат, 1 баён 1-илова, Xonzoda, 50 ta test, Funksianing qavariqligi va botiqligi, hpebr, 3 Mavzu Harbiy sohada psixologik xizmatning o’ziga xos ijtimoiy, 50ccb8be56e0eb2f637482cbf3040698, Boshlangich-talim-metodbirlashma, massovaya-kultura-ocherk-teoriy-u-istokov, Veterinariya akusherligi, ginekologiya va sun\'iy qochirish A Jabborov685 (2)
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR
TESTLAR:
1.Pedagogika” atamasining lug‘aviy ma'nosi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni
aniqlang:
A) “ ta'lim va tarbiya jarayoni”
B) “o‘qituvchi” va “o‘quvchi”
S) “bola yetaklovchi”
D) “bolashunoslik”;
E) “donishmandlar suxbati”
2. Zamonaviy pedagogika fani - ...
*A) ta'lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, vazifalari, davlat ta'lim standartlarida
belgilangan talablar asosida pedagogik jarayonni tashkil qilish, yangi avlodni
o‘qitish va tarbiyalash metodlari,usullari, vositalari, qonuniyatlari, uning ichki
mexanizmlari, pedagogning kafolatlangan natijaga erishishini ta'minlovchi
maqsadli faoliyati to‘g‘risidagi fandir.
B) yangi avlodni o‘qitish va tarbiyalash metodlari,usullari, vositalari haqidagi fan
S)Tarbiya haqidagi fan
D) Ta'lim va uning metodlari to‘g‘risida bilim beradigan fan
E) pedagogning kafolatlangan natijaga erishishini ta'minlovchi maqsadli faoliyati
to‘g‘risidagi fandir
3. Kategoriya (yunoncha: kategoria) so‘zining lug‘aviy ma'nosi nimani
anglatadi?
A) vazifa, faraz
B) faraz, isbot
S) Isbot, topshiriq
D) yo‘riqnoma, asos
*E) tushuncha, ko‘rsatma, dalil
4. Kategoriya bilish jarayonlarining tarixiy rivojlanishi va jamiyat tajribasi
asosida paydo bo‘lib, pedagogikada qanday xususiyatlarni anglatadi?
*A) pedagogikada ta'lim va tarbiyaga oid jarayonlar xususiyatlarini, mohiyatmazmunini, shaxs va jamiyat, shaxs va guruh, shaxs va jamoa o‘rtasidagi, ta'lim
va tarbiya, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik, iqtisodiy-ekologik va h.k.
munosabatlarni aks ettiradi.
B) Kategoriya bilish jarayonlarining tarixiy rivojlanishi va jamiyat tajribasi
asosida paydo bo‘lib, hayotda sodir bo‘layotgan voqyea-hodisalarni o‘rganadi.
S) Shaxs va jamiyat munosabatlarini o‘rganadi
D) Tushunchalarning mohiyat-mazmunini anglatadi
E)Ta'lim va tarbiyada shaxs rivojlanishiga oid tushunchalarni anglatadi
5.Pedagogika va uning metodologik asosi hisoblanmish Falsafa uchun
umumiy masalalar mavjud. Bular - ...
A) jamiyat, tabiat rivojlanishining umumiy qonuniyatlari
*B) tarbiya bilan boshqa ijtimoiy xodisalar orasidagi o‘zaro aloqalar; dunyoqarash,
ahloqiy, mehnat va estetik tarbiyani shakllantirish masalalari; shaxs va jamoa
munosabatlari; ta'lim jarayoni mohiyatini tushunish
S) ta'lim jarayoni mohiyatini tushunish hamda bilishning dialektik nazariyasini
ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan gneseologik masalalar
D) dunyoqarash, ahloqiy, mehnat va estetik tarbiyani shakllantirish masalalari
E) shaxs va jamoa munosabatlari
6. Pedagogika fanlari tizimining muhim tarmog‘i sifatida aniq fanlarni
o‘qitish va o‘rgatishning qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan bu - ...
A) Tiflopedagogika
B) Surdopedagogika
S) Korreksion pedagogika
D) Metodika
E) Matematika
7. Pedagogika fanlari tizimida tarbiyalanuvchilarning yoshi va kasbiy
omilkorligini shakllantirishga qaratilgan tarmoq pedagogikalari to‘g‘ri
ko‘rsatilgan qatorni aniqlang:
A) maktabgacha ta'lim pedagogikasi, psixologiya, maktab pedagogikasi,
yoshlar pedagogikasi,
*B) maktabgacha ta'lim pedagogikasi, katta yoshdagilar pedagogikasi, kasbhunar ta'limi pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi va boshqalar
S) fiziologiya, oliy maktab pedagogikasi, menejment pedagogikasi va
boshqalar
D) matematika, tibbiyot pedagogikasi va boshqalar
E) harbiy pedagogika, iqtisodiy pedagogika, zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, valeologiya
8. Falsafa zamirida vujudga kelib, ahloq va tarbiya masalalari bilan bevosita
shug‘ullanadigan fan nomi – ...
A) Axloqshunoslik (Etika)
B)Estetika
S) Androgogika
D)Sotsiologiya
E) Valeologiya
5. Androgogika – bu...
A) ta'lim nazariyasiga taalluqli soha bo‘lib, katta yoshli sub'ektlarning bilim,
ko‘nikma egallashlari hamda pedagoglar tomonidan ushbu jarayonni boshqarish
faoliyati qonuniyatlarining xususiyatlarini yoritib beradi
B) boshqa yangi rivojlanayotgan fanlar bilan aloqa o‘rnatadi
S) murakkab dinamik tizimlarni rejali boshqaradi
D) kibernetika bilan mustahkam aloqada rivojlanadi
E)pedagogika predmetini o‘rganadi
9. Valeologiya - pedagogikaning tarmog‘i sifatida quyidagilarni o‘rganadi:
A) Ijtimoiy voqyea-hodisalarning sababini o‘rganadi
B) kibernetik tizimni o‘rganadi
*S)insonning butun hayoti mobaynida jismoniy, axloqiy, ma'naviy jihatdan
shakllanishi, rivojlanishi, sog‘lom turmush tarzini tashkil qilish yo‘llarini o‘rganadi
D) yosh davrlari psixologiyasini o‘rganadi
E) shaxs rivojlanishida nafosat tarbiyasi muammolarini tadqiq etadi
10. “Androgogika” so‘zining lug‘aviy ma'nosi nimani anglatadi?
A)Lotin tilida “andros” - “kichik maktab yoshidagilarni yetklamoq”
*B) Yunon tilida: »andros»-“katta yoshli odam», «agogeyn»- yetaklamoq», ya'ni
“katta yoshli odamni yetaklamoq”
S) Ingliz tilida: “andros” – “kishi”, “agogeyn”- yetaklamoq, ya'ni kishilarni
yetaklamoq
D) Arab tilida: “andros”- “ta'lim”, “agogeyn”- “tarbiyalash”, ya'ni ta'lim-tarbiya
E) ispan tilida: “andros” –“shakllanish”, “agogeyn”-tushuncha, ya'ni shakllanish
tushunchasi
11. Pedagogika tarixi quyidagilarni o‘rganadi:
A)pedagogik ta'limotlar tarixi va tarbiyaning rivojlanish masalalarini
ijtimoiy hodisa sifatida tadqiq etib, insonparvar pedagogik g‘oyalarning rivojlanish
bosqichlarini o‘rganadi
B) ilg‘or pedagogik konsepsiyalar, qarashlar, ta'lim va tarbiya nazariyalari,
qonuniyatlari, tamoyillarini tahlil qiladi
S) pedagogikaga oid muhim umumiy xulosalar chiqaradi va bugungi kun
uchun dolzarb muammolar, ularning yechimini topishga oid g‘oyalarni aks ettiradi
D) pedagogika fanining tarixan rivojlanishini o‘zida aks ettiradi va
pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlarini, ilg‘or tajribalarni o‘rganadi
*E) Barcha javoblar to‘g‘ri
12. Pedagogika hamda psixologiyaning tabiiy- ilmiy asosi –bu...
*A) Fiziologiya
B) Statistika
S) Matematika
D) Biologiya
E) Valeologiya
13. XX1 asrda pedagogika sohasida vujudga kelayotgan “Life kouching”
nima?
39
A) Inson faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilishga mo‘ljallangan soha
B) ta'lim tizimiga maqsadli yondashuv
S) boshqaruvda innovatsiyalar
D)rivojlantiruvchi ta'lim
E) inson va rahbar faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish va rejalashtirishga o‘rgatuvchi
mutaxassis
14. Estetika (nafosat tarbiyasi) pedagogika bilan bog‘liq holda quyidagi
vazifalarni bajaradi:
A) yoshlarni go‘zallikni xis qila olish, tushunishga o‘rganish vositalari va
yo‘llarini belgilab beradi.
B) Bashariyat yaratgan moddiy va ma'naviy ne'matlarga estetik
munosabatlarni shakllantiradi
S) insonning estetik ideallarini shakllantirish, madaniyatga va voqyelikka
estetik munosabatlari umumiy qonuniyatlarini rivojlantiradi
D) estetik tarbiyani ilmiy jihatdan asoslash uchun xizmat qiladi
E) Barcha javoblar to‘g‘ri
15. Psixologik hodisalarning fiziologik asoslarini bilish pedagogika uchun
nima uchun zarur hisoblanadi?
A) bolaning rivojlanishini o‘rganish uchun
*B)tarbiya va ta'limning ba'zi bir omillarini yaqqol, aniq bilib olish, tushunish
imkoniyatini yaratadi hamda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi
S)shaxs shakllanishida muayyan sifatlovchi belgilardan xabardor bo‘lish
uchun
D) tarbiya va ta'limning ba'zi bir omillarini yaqqol, aniq tasavvur qilish uchun
E) ta'lim-tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishning ko‘pgina
muammolarini muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi
16.Pedagogika iqtisodiy fanlar bilan bog‘liq holda quyidagi vazifalarni
bajaradi:
40
*A) ijtimoiy-iqtisodiy fanlardagi ma'lumotlarga tayanib, pedagogika
jamiyatning tarbiyaga bo‘lgan ob'ektiv ehtiyojini va ularni amalga oshirish shartsharoitlarini o‘rganadi
B) Insonning aqliy rivojlanish qirralarini, jihatlarini o‘rganadi
S) moliyaviy masalalarni hal qiladi
D) Shaxs taraqqiyot bosqichlari hamda uzluksiz ta'lim tizimida iqtisodiy,
moliyaviy masalalarini hal qiladi
E) iqtisodiy tarbiyani amalga oshiradi
17. Pedagogikaning aniq masalalarini ishlab chiqishda yordam beruvchi
falsafaning tarmoqlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang:
A)psixologiya, mantiq, sotsiologiya
B)gerontologiya, parapsixologiya, axloqshunoslik
S)ijtimoiy pedagogika, oila pedagogikasi
D)estetika, axloqshunoslik, gerontologiya
*E) sotsiologiya, etika, estetika, mantiq
18. Zamonaviy pedagogika fanining vazifalari ifodalangan qatorni
ko‘rsating:
A) komil inson tarbiyasining asos qirralari – pedagogik tamoyillar, qonuniyatlar,
metod va vositalarni aniqlash, ulardan amaliyotda foydalanish; Sharq va G‘arb
mutafakkirlari va ma'rifatparvarlarining ilg‘or pedagogik g‘oyalarini o‘rganish,
tahlil qilish asosida barkamol shaxsni tarbiyalash;
B)ta'lim – tarbiya nazariyalarini zamonaviy metodikalar bilan uyg‘unlikda
texnologiyalashtirish;
S)O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o‘qituvchilarga
qo‘yilgan talablarni amalga oshirish, ta'lim menejmenti asoslarini o‘rganish, qaror
qabul qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish;
D)barkamol shaxsni tarbiyalashda zarur bo‘lgan hamkorlik texnologiyalarini
ishlab chiqish, axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish
ko‘nikmalarini shakllantirish va amaliyotda qo‘llay olish malakasini rivojlantirish
va h.k.
*E) Barcha javoblar to‘g‘ri
19. Pedagogikadagi muhim kategoriyalardan biri- “shakllanish” quyidagi
tushunchani anglatadi:
*A) muayyan sifatlar, fazilatlar, xususiyatlarni singdirish jarayonini anglatadi
B) iqtidorni oldindan aniqlash jarayoni
S)shaxsning har tomonlama kamolga yetishi
D) ma'lum bir tarixiy shart-sharoitlardagi individ qobiliyati va iqtidori, uning
bioijtimoiy mohiyatlarini tashkil qiladigan hamma kuchlarni to‘liq rivojlantirish
E) Shaxsda ayrim illatlar, nuqsonlarni rivojlantirish
20. ”Rivojlanish” tushunchasi bu – ...
A) dunyoqarash, tafakkur kuchi, iroda safarbarligining oshishi
*B) bir xususiyatdan ikkinchisiga, mukammalroq darajaga o‘tish jarayoni
S) psixikaning o‘zgarishi, funksional faoliyatning kamol topishi
D) jismonan va ruhan o‘zgarish jarayoni
E) Inson ruhan va ma'nan shakllanishi
21. Pedagogikaning asosiy tushunchalaridan biri - “ta'lim” nimani
anglatadi?
A) bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi, ularning ichki ziddiyatlaridan
kelib chiqqan bog‘liqlik
B) insoniyat tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, jumladan ishlab chiqarishda
zarur bo‘lgan fan asoslarini qonunlar va tushunchalarni o‘zlashtirish jarayoni
*S) Inson dunyoqarashini shakllanishida zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka
tarkib toptiradigan jarayon
D) tarbiya natijasida inson faoliyatida sodir bo‘ladigan ko‘nikma
22. Pedagogik boshqaruvda malakaning tarkibiy qismi – bu...
A) sifat
B) belgi
S) malaka
*D)ko‘nikma
E)harakat
23. “Kimki Haq yo'lida senga bir harf o'qitmish ranj ila,
Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila” misralarining muallifi kim?
A) Abdurahmon Jomiy
*B) Alisher Navoiy
S) Mirzoqodir Bedil
D) Fuzuliy
E) Ogahiy
24. Malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim qismlarini
nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda bajarilish qobiliyatini
ifodalaB, tahsil oluvchilarda ko‘p marotaba takrorlanadigan mashqlar
natijasida yuzaga keladigan harakatlar yig‘indisi – bu...
*A) ko‘nikma
B) malaka
S) belgi
D) iqtidor
E) faoliyat
25.Tahsil oluvchilarning bilim egallash va mehnat jarayonidagi
harakatini (yoki harakatlar majmuasini) muayyan sharoitda maqsadga
muvofiq shakllantirish va shu orqali o‘qishda va mehnat faoliyatida ijobiy
natijalarga erishib, ongli bajarishga tayyor bo‘lish jarayoni –bu....
A)Iqtidor
B) ko‘nikma
*S) Malaka
D) mahorat
E) Ma'lumot
26. Pedagogik jarayon – bu...
A) ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat ta'sirida tashkiliy
shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan jarayon
B) tarbiyalanuvchilarning o‘z-o‘zini taraqqiy etish jarayoni
S) axloqiy, estetik, falsafiy dunyoqarashni shakllantirish
D) – shaxsning o‘ziga va o‘z faoliyatiga bir jamoa yoki butun jamiyat nuqtai
nazaridan baho bera olish
E) O‘z-o‘zini anglash
27. Pedagogika fanining maqsadi
*A) Komil insonni tarbiyalashda ilmiy- nazariy, metodik masalalarni hal qilish
B) Tarbiyalashni o‘rgatish
S) Ta'lim berishni o‘rgatish
D) Ta'lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish
E) Barcha javoblar to‘g‘ri
28.Insoniyat tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, jumladan ishlab
chiqarishda zarur bo‘lgan fan asoslarini qonunlar va tushunchalarni
o‘zlashtirish natijasi, bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi,
ularning ichki ziddiyatlaridan kelib chiqqan bog‘liqlik bu- ...
A) qonuniyat
*B)bilim
S) tushuncha
D)ta'lim
E)ehtiyoj
29. Ko‘nikma – bu...
*A) malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim qismlarini
nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda bajarilish qobiliyatini
ifodalaydi, ko‘p marotaba takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga keladigan
harakatlar yig‘indisi
B) Turli malakalardan ishonchli, ijodiy foydalanish hamda kasbiy malakalar
rivojlanishining yuqori darajasi
S) Ta'lim-tarbiya jarayonida ijodiy faollikni belgilovchi sifatlar hamda
kasbiy malakalar rivojlanishining yuqori darajasi
D) kasbiy ta'limning mutloq ko‘rinishi
E) harakatning ayrim qismlarini sekinlik bilan, rejaga asosan bajarilish
qobiliyatini ifodalaydi,
30. Malaka – bu...
A) tahsil oluvchilarning o‘qishda va mehnat faoliyatida ijobiy natijalarga erishishi
B) Qobiliyatni shakllantirishga mo‘ljallangan ijodiy yondashuv bo‘lib, ta'lim
jarayonida muayyan ma'lumotga ega bo‘lish
*S) bilim egallash va mehnat jarayonidagi harakatni muayyan sharoitda maqsadga
muvofiq shakllantirish va shu orqali uni ongli bajarishga tayyor bo‘lish
D) murakkab ishni tez, aniq bajarishning yengilligi, mehnatning yuqori sifati va
barqaror maromi
E) Ta'lim jarayonida tahsil oluvchilarning muayyan ma'lumotga ega bo‘lishi
31. Ta'lim - tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil
qilingan ko'n ikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmui
bu -....
A) Shaxs sifatida shakllanish jarayoni
*B) Ma'lumot
S) Pedagogik jarayon
D) Pedagogik faoliyat
E) Shaxs sifatida rivojlanish jarayoni
32. Ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan kattalarning pedagogik faoliyati
ta'sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan jarayon bu-...
A) tarbiyachining yo'naltiruvchi jarayoni
B) tarbiyalanuvchining o'z-o'zini taraqqiy ettirishi
*S) pedagogik jarayon
D) rahbarlikni boshqarish jarayoni
E) qaror qabul qilish jarayoni
33. Pedagogik faoliyat- bu...
*A)estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy kabi maqsadlarga muvofiq ravishda yosh
avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o'ylab ko'rilgan, katta yoshdagilarning
ijtimoiy zarur bo'lgan mehnatining o'ziga xos turi
B) O‘z-o‘zini anglash – shaxsning o‘ziga va o‘z faoliyatiga bir jamoa yoki butun
jamiyat nuqtai nazaridan baho bera olish.
S)Oila bilan hamkorlikda olib boriladigan jarayon
D) Pedagogika fanining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalarini ifoda etuvchi
jarayon
E) Shaxs rivojlanishini o‘rganuvchi jarayon
34. Zamonaviy pedagogika fanining mazmuni, maqsad va vazifalarini
yangilash va rivojlantirish quyidagi negizlarga asoslanadi:
A) barkamol shaxsni tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish;
B) xalqimizning milliy urf-odatlari, an'analari, ma'naviy merosini
mustahkamlash va rivojlantirish;
S) shaxsning o‘z qobilliyat va imkoniyatlarini erkin namoyon qilishga zamin tayyorlash;
D) yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, fuqarolik pozitsiyasini tarkib
toptirish
*E) Barcha javoblar to‘g‘ri

Download 261,95 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Download 261,95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR

Download 261,95 Kb.