Shaxsning axloqiy sifatlari




Download 261,95 Kb.
bet3/28
Sana10.12.2023
Hajmi261,95 Kb.
#115081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Umumiy pedagogika majmua
Ibragimova Dildora, 4-CSS dasturida web ilova dizaynini yaratish, 1, кейтиринг хат, 1 баён 1-илова, Xonzoda, 50 ta test, Funksianing qavariqligi va botiqligi, hpebr, 3 Mavzu Harbiy sohada psixologik xizmatning o’ziga xos ijtimoiy, 50ccb8be56e0eb2f637482cbf3040698, Boshlangich-talim-metodbirlashma, massovaya-kultura-ocherk-teoriy-u-istokov, Veterinariya akusherligi, ginekologiya va sun\'iy qochirish A Jabborov685 (2)
Shaxsning axloqiy sifatlari – shaxsning aqliy jihatdan kamolotga yetishuvi uning aqliy, zehniy sifatlari, fazilatlari orqali namoyon bo‘ladi: bilag‘onlik, ob'ektivlik, fikrlovchilik, qobiliyatlilik va boshqalar hisoblanadi.
Pedagogik muhit – ta'lim –tarbiya maqsadlariga muvofiq ravishda tuzilgan shaxslararo (o‘qituvchi – tahsil oluvchi; o‘qituvchi-o‘qituvchi; tahsil oluvchi-tahsil oluvchi; o‘qituvchi-tahsil oluvchi-jamoa; o‘qituvchi-ota-onalar; tahsil oluvchi-otaona va boshqalar) orasidagi munosabatlar majmui. Ichki muhit – shaxsning o‘ziga xos hayotiy faoliyati, xarakterning o‘ziga xosligi, hayotiy tajriba va irsiy tafakkur ko‘nikmalari majmui, odatdagi ruhiy holatlarda o‘zini namoyon etadigan ta'sirchanlik va voqyelikka munosabatlarning o‘zaro bir-biriga muvofiq kelishi, bir-birini to‘ldirishi va boyitishi. Ma'lumki, har qanday shaxs jamiyatda shakllanadi va rivojlanadi. Inson bioijtimoiy mavjudot bo‘lganligi tufayli, biologik rivoji bilan bir qatorda u ijtimoiy rivojlanib ham boradi va kamolotning ma'lum bir bosqichida shaxsga aylanadi. Pedagogikada “shakllanish” kategoriyasi muayyan insonda muayyan sifatlar, fazilatlar, xususiyatlarni singdirish jarayoni bilan belgilanadi. Masalan, boladagi badiiy adabiyot, tasviriy san'at, musiqaga bo‘lgan iqtidorni oldindan aniqlash asosida undagi qobiliyatlarni shakllantirish mumkin. Shaxsning har tomonlama kamolga yetishi – ma'lum bir tarixiy shartsharoitlardagi individ qobiliyati va iqtidori, uning bioijtimoiy mohiyatlarini tashkil qiladigan hamma kuchlarni to‘liq rivojlantirishdan iboratdir. Shaxsda muayyan belgilar, sifatlar, fazilatlar (ba'zan ayrim illatlar, nuqsonlar) shakllangach, rivojlanish jarayoni boshlanadi. “Rivojlanish –tushunchasi bir xususiyatdan ikkinchisiga, mukammalroq darajaga o‘tish jarayonini anglatadi”5 Bu jarayonda eski sifatlovchi belgilar yangilari bilan almashinadi, oddiydan murakkabga, quyidan yuqori pog‘onaga yetishish tushuniladi. Insonda rivojlanish jismoniy (tana a'zolari - suyak, muskul tizimining, tanosil a'zolari, bo'yining o‘sishi, vaznining oshishi va h.k.), ruhiy (psixikaning rivojlanishi, nerv funkional faoliyatining kamol topishi, aql-zakovatining shakllanishi) hamda ma'naviy (inson ichki dunyosining boyishi, hissiy-irodaviy, bilish jarayonida mo'him o'zgarishlar yuz berishi) sohalarida sodir bo‘ladi. Rivojlanayotgan shaxsning ijtimoiy rivojlanishi uning xulqida, tevarak-atrofga bo'lgan munosabatida, ayniqsa jamoa ishlarida qatnashishida namoyon bo'ladi. Inson ruhan va ma'nan rivojlanishida bilim, dunyoqarash, tafakkur kuchi, iroda safarbarligi muhim o‘rin egallaydi.
Tarbiya – uzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchida aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida muayyan sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi6 . Tarbiyachi o'zi hohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma'lum maqsadga ko'ra tizimli ta'sir ko'rsatadi. Ta'lim - bilim, ko'n ikma va malakalarni egallash, dunyoqarashni tarkib toptiradigan jarayon. Bunda bilim – bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi, ularning ichki ziddiyatlaridan kelib chiqqan bog‘liqlikdir. U qonuniyat deb ham yuritiladi. Ya'ni bilim insoniyat tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, jumladan ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan fan asoslarini qonunlar va tushunchalarni o‘zlashtirish natijasidir. Bilimni hayotda ko‘p samara beradigan qilib qo‘llay olish uchun bilim bilan birga ko‘nikma va malaka hosil qilish lozim. Bilim bahsda kerak bo‘lsa, ko‘nikma va malaka mehnat faoliyatida, dunyoni o‘zlashtirishda zarur.

Download 261,95 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Download 261,95 Kb.