• Psixologiya
  • Axborot texnologiyalari va menejment universiteti




    Download 261,95 Kb.
    bet5/28
    Sana10.12.2023
    Hajmi261,95 Kb.
    #115081
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika majmua
    Ibragimova Dildora, 4-CSS dasturida web ilova dizaynini yaratish, 1, кейтиринг хат, 1 баён 1-илова, Xonzoda, 50 ta test, Funksianing qavariqligi va botiqligi, hpebr, 3 Mavzu Harbiy sohada psixologik xizmatning o’ziga xos ijtimoiy, 50ccb8be56e0eb2f637482cbf3040698, Boshlangich-talim-metodbirlashma, massovaya-kultura-ocherk-teoriy-u-istokov, Veterinariya akusherligi, ginekologiya va sun\'iy qochirish A Jabborov685 (2)
    Falsafa - jamiyat, tabiat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini tashkil etadigan, ya'ni pedagogikaning taraqqiy etib borishiga imkon beradigan ilmiy manbadir. Shu bilan birga, faylasuflar va pedagogika fanlari vakillari tomonidan ishlab chiqilgan bir qator umumiy masalalar falsafada ham, pedagogikada ham barobar mavjuddir. Bular jumlasiga tarbiya bilan boshqa ijtimoiy xodisalar orasidagi o‘zaro aloqalar; dunyoqarashni, ahloqiy, mehnat va estetik tarbiyani shakllantirish masalalari; shaxs va jamoa munosabatlari; ta'lim jarayoni mohiyatini tushunish hamda bilishning dialektik nazariyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq Falsafa pedagogika fani uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Falsafa pedagogikani ilmiy uslublar bilan boyitadi, ta'lim va tarbiyaning ob'ektiv qonunqoidalarini ishlab chiqishga manba bo‘ladi. Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi sohasi bo‘yicha ma'lumot beradi. Bu fanlar o‘quvchining axloqi, odobi, xulqi me'yorlarini aniqlash, belgilash hamda nafosatli qilish uchun hayotning jozibali, nafis qirralariga bevosita rag‘bat uyg‘otish borasida pedagogika fani bilan aloqadadir. Etika falsafaning ahloqiy va tarbiya masalalari bilan bevosita bog‘liqdir. Ularni xal etishda pedagogika axloqning umuminsoniy qadriyatlariga suyanadi. Estetika (nafosat tarbiyasi) insonning estetik ideallarini shakllantirish, madaniyatga va voqyelikka estetik munosabatlari umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi va estetik tarbiyani ilmiy jihatdan asoslash uchun xizmat qiladi. Bu asoslarni pedagogika fani ishlab chiqadi, yoshlarni go‘zallikni xis qila olish, tushunishga o‘rganish vositalari va yo‘llarini belgilab beradi. Pedagogikaning falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligini, hal etadigan ilmiy masalalarning umumiyligini pedagogikaning ijtimoiy xususiyati, uning mafkuraviy yo‘nalishga ega ekanligini ta'kidlab turadi. Tarbiyaning hamma muammolarini boshqa siyosiy, ijtimoiy masalalar bilan bir qatorda hal etish zaruriyatini ko‘rsatib beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarga bilim berish, ma'lumotli qilish, tarbiyalash maqsadida ularga tizimli ta'sir ko‘rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya'ni ta'sirning samarasini bilish uchun o‘quvchining sezgi, idroki, tasavvur, dikkat va tafakkur - fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga asoslanib, ta'sir ko‘rsatish rejasini belgilaydi. Ayniksa, yosh davrlari psixologiyasini, bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiyalanuvchiga yondashadi va unga samarali ta'sir ko‘rsata oladi. Bunda psixologiya turkumidagi fanlar pedagogika uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Psixologiya – Psixologiya pedagogikaning boshqa fanlar tomonidan aniqlangan bilimlar, o‘sib kelayotgan insonning shaxsini shakllantirish, ichki 26 jarayonlarini yuz berish omillari va shart-sharoitlari haqidagi bilimlar bilan qurollantiradi. Fanlarni o‘qitish yo‘llari metodikaga va didaktikaga aloqador, chunki har qanday fanni o‘qitilish metodlari shu fanning mazmuni, tizimini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olinishiga xizmat qiladi. Demak, pedagogika fani anatomiya, fiziologiya, bolalar gigienasi va pediatriya kabi fanlar bilan ham mustahkam aloqada, bu fanlar bir-biriga chambarchas bog‘liqdir. Jamiyatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida pedagogikaning iqtisodiyot fanlari bilan aloqasi mustahkamlanib bormoqda. Ijtimoiy fanlardagi ma'lumotlarga suyanib, pedagogika jamiyatning tarbiyaga bo‘lgan ob'ektiv ehtiyojini va ularni amalga oshirish shart-sharoitlarini o‘rganadi. Insonning aqliy rivojlanishi qirralarini, jihatlarini o‘rganadigan boshqa fanlardan farqli o‘laroq, pedagogika inson shaxsi, uning taraqqiyot bosqichlari bilan shug‘ullanadi. Pedagogika fiziologiya bilan ham bevosita va bilvosita bog‘liqdir. Fiziologiya pedagogika hamda psixologiyaning tabiiy ilmiy bazasi hisoblanadi. Pedagogika fiziologiyaning oliy asab (nerv) faoliyatining rivojlanishi, asab sistemasining o‘ziga xosligi, birinchi va ikkinchi signal sistemalar haqidagi, shuningdek, sezgi organlarining, tayanch harakat apparatlarining, yurak, qon-tomir hamda nafas olish sistemalarining faoliyati, rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarga suyanadi. Psixologik hodisalarning fiziologik asoslarini bilish pedagogika uchun tarbiya va ta'limning ba'zi bir omillarini yaqqol, aniq bilib olish, tushunish imkoniyatini yaratadi hamda ta'lim-tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishning ko‘pgina muammolarini muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi. Shunday qilib, keyingi vaqtlarda pedagogika boshqa yangi rivojlanayotgan fanlar bilan, jumladan, murakkab dinamik tizimlarni rejali boshqarish haqidagi fan bo‘lgan kibernetika bilan mustahkam aloqada rivojlanmoqda. Bularning barchasi pedagogika o‘zining predmeti va tadqiqot sohasiga ega bo‘lib, boshqa bir qator fanlar bilan juda mustahkam bog‘liqlikda ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tutgan o‘z yo‘li, tamoyillari tarbiya jarayonida hali avvalgi keksa avlod oldida turmagan yangi masala va muammolarni yechish uchun zarur bo‘ladigan xislat va sifatlar shakllantirilishini taqozo etadi. O‘zbekistonda pedagogika ilmidagi tushunchalar, ta'riflar milliy istiqlol mafkurasiga mos umuminsoniylik ruhida tushuntirilmog‘i zarur. Albatta ta'lim va tarbiyada umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy o‘ziga xoslik nisbati, muvozanati alohida ahamiyatga ega. Zamonaviy pedagogika ijtimoiy hayot jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslarni bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardosh bera oladigan, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq- atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, komil inson etib tarbiyalashdek muhim masalalarni hal qilmoqda Zamonaviy pedagogikaning metodologiyasi. Zamonaviy pedagogikaning metodologiyasiga e'tiborning kuchayishi, bejiz emas. Mamlakatimizda demokratik tamoyillarning qaror topishi, kuchli huquqiy davlat zamirida ochiq fuqarolik jamiyati qurilganligi ta'lim va tarbiyaga yangicha mohiyat, mazmun, atribut baxshida etayotganligida o‘z aksini topmoqda. Bu yangi modelning muvaffaqqiyati ko‘p jihatdan zamonaviy pedagogikaning rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liqdir. Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb metodologik masalalarni yechish bilan birga xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika metodologiyasini aniq belgilab olish zarur. Bu birinchidan, pedagogik nazariyalar ishonchliligini ta'minlasa, boshqa tomondan metodologik bilimlar pedagogik tadqiqotlarni samarali tashkil etish va amaliyotda tatbik etish uchun zamin hozirlaydi. Bugungi kunda pedagogika fani metodologiyasiga, uning predmetiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Metodologiya tushunchasi murakkab va har doim ham bir xilda talqin qilinavermaydi. hozirgi kunda pedagogika fanining metodologik asosi falsafadir. “Falsafaning bosh masalasi - ob'ektiv borliq va inson o‘rtasidagi o‘zaro aloqani oydinlashtirish hisoblanadi. Olam bilan odam mavjudligini tadqiq qilish insonning cheksiz faoliyatini va xarakterini o‘rganishdir. Individning shaxs darajasida namoyon bo‘lishida tarbiyaning yetakchi mavkeini qadimdan faylasuf (Arastu, Platon, Sukrot, Demokrit va boshkalar)lar tan olishgan va inson tarbiyasi muammosi falsafaning asosiy masalalari qatoriga kiritilgan. Shu tariqa falsafiy ta'limotlar tarkibida pedagogik fikr va g‘oyalar vujudga kela boshlagan va yillar davomida rivojlanib borgan, natijada pedagogika mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Demak, hyech ikkilanmasdan aytish mumkinki, pedagogika faning metodologiyasini jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ifoda etuvchi zamonaviy filosofiya, uning bilish nazariyasi tashkil etadi”, N. Sayidahmedov. Demak, metodologiya birinchi navbatda keng ma'noda – fan metodologiyasi sifatida qo‘llanilib, barcha ilmiy fanlar uchun ilmiy bilishning falsafiy tayanchi xisoblanadi. Metodologiya fan sifatida ob'ektiv borliqni bilish haqida ta'limot (nazariya)dir. Tor ma'noda esa aniq ilmiy fanlar, shu jumladan pedagogika uchun ilmiy bilish nazariyasini anglatadi. “Pedagogika fani metodologiyasi -pedagogik nazariya asoslari va tuzilmasi haqidagi bilimlar tizimini, pedagogik hodisa va jarayonlarni tadqiq qilishning yondashuvlarini, pedagogik voqyelikni haqqoniy ifoda etadigan axborotlarni olish usullarini, shuningdek, bu bilimlar tizimini qo‘lga kiritish bo‘yicha faoliyat tizimini mujassamlashtiradi” ,-deydi G. I. Saransev. Demak, bunda ilmiy bilishning ikki jihati – bilimlar tizimi va ilmiy-tadqiqiy faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Yoki ikki faoliyat turi – metodologik tadqiqot va metodologik ta'minot hisobga olinyapti. Agar birinchisining vazifasi pedagogika fanlari rivojining qonuniyatlari va yo‘nalishlarini, pedagogik tadqiqotlarning sifat va samaradorligini oshirish tamoyillarini, ularning tushunchalari tarkibini aniqlashtirsa, ikkinchisi – metodologik bilimlardan tadqiqot dasturlarini asoslashda va sifatini baholashda foydalanishni anglatadigik muammolarning umumnazariy savollar yechimiga qaratiladi . O‘zbek olimi, faylasuf S. Shermuhamedov fikricha: “metodologiya – (yunoncha-metodlar haqida ta'limot) ijodiy jarayon sifatida ilmiy bilish yo‘llari va vositalarining, ilmiy tadqiqot qonuniyatlarining, ularni taqqoslash va tizimlashtirish zamirida yuzaga kelgan”.. Demak, metodologiya ilmiy bilish faoliyatining mohiyatini, yo‘llari va vositalarining nazariy muammolarini, shuningdek, ijtimoiy jarayon sifatida ilmiy tadqiqot qonuniyatlarini o‘rganadi. Aniq fanlar metodologiyasi umumiy metodologiyaga tayangan holda:
    -birinchidan, uning talablarini muayyan fan ob'ekti tashkil etadigan hodisa va jarayonlarni o‘rganishga tatbiq etadi;
    -ikkinchidan, o‘zida bilishning aniq ilmiy metodlari haqidagi nazariyani o‘rganilatyogan hodisa va jarayon qonuniyatlarining o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq holda mujassamlashtiradi. Bu boradagi karashlar, nazariyalar va adabiyotlar taxlili, yondashuvlarga tayangan xolda pedagogika fani metodologiyasini quyidagicha ta'riflashga imkon beradi: Pedagogika fani metodologiyasi – “fan tayanadigan g‘oyalar, konunlar, qarashlar, nazariyalar, metodlar, konseptual xujjatlar, metodikalar, texnologiyalarni tizimlashtirish majmui bo‘lib, ilmiy konuniyatlarni kiyoslaydi, tizimlashtiradi va yangi goyalarni ishlab chikishda xizmat kiladi. Boshqacha qilib aytganda, fanning muayyan ustunlari, asoslari, fan rivojiga ta'sir qiluvchi negizlar, o‘rganilayotgan hodisa va jarayon qonuniyatlarining o‘ziga xos jihatlarining tizimiga pedagogikaning metodologiyasi deyiladi” .

    Pedagogika metodologiyasi - pedagogikaning nazariy asoslari va tuzilmasi haqidagi bilimlar tizimini, pedagogik hodisa va jarayonlarni tadqiq qilishga doir yondashuvlarini, pedagogik voqelikni haqqoniy ifoda etadigan axborotlarni olish usullarini, shuningdek, mazkur bilimlar tizimini qo‘lga kiritishga doir faoliyat tizimini o’zida mujassamlashtiradi.

    Pedagogika fani metodologiyasi ikki funksiya( vazifa)ni bajaradi: deskriptiv (ifodalovchi) va perskriptiv (me'yorlovchi). Birinchisi – ta'lim-tarbiya jarayonini nazariy jihatdan ifodalashni ko‘zlasa, keyingisi – pedagogik tadqiqotlar, ularning ilmiy farazlarini o‘rganishga, istikboliy rejalarini tizimlashtirishga shart – sharoit tug‘diradi. Bu ikki vazifaning mavjudligi pedagogika metodologiyasini ham ikkiga: nazariy va me'yoriy guruhlarga ajratishni taqozo etadi. Pedagogikaning nazariy metodologiyasiga quyidagilarni kiritish mumkin: metodologiya ta'rifi; fan metodologiyasining umumiy tavsifi, uning darajalari; metodologiya bilimlar tizimi va faoliyatlar tizimi sifatida; pedagogika sohasidagi tadqiqiy faoliyatni metodologik ta'minlash manbalari; pedagogik tadqiqot ob'ekti va predmetining metodologik tahlili. Me'yoriy asosi quyidagi savollar doirasini qamrab oladi:


    - pedagogikada ma'naviy shaxsni tarbiyalash, uni sotsiokorreksiyalash, sifatli uzluksiz ta'lim tizimini tashkillashtirish, boshkarish, rejalashtirish, tartibga solish va nazorat kilishni ilmiy asoslash;
    - pedagogika masalalarining o‘ziga xosligi; maxsus tadqiqot ob'ektini ajratish; maxsus bilish metodlari va vositalarini qo‘llash;
    -pedagogik kriteriyalarning ishlatilishi;
    - pedagogik tadqiqotlarni guruhlarga ajratish;
    - tadqiqot tavsifnomasi: muammo, mavzu, uning dolzarbligi, tadqiqot ob'ekti, predmeti, maqsad va vazifalari, farazlari, himoya qilinadigan holatlar, yangiliklar, fan uchun muhimligi, amaliyot uchun muhimligi;
    - pedagogika fanlari tizimi, ularning o‘zaro aloqasi.
    Metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish va tashkil etish tamoyillari va usullari tizimi sifatida karaladi, shuningdek, bu tizim haqidagi ta'limot (nazariya) sifatida qabul qilinadi. Aniqrog‘i, metodologiya predmeti – faoliyatni tashkil etish haqidagi nazariya demakdir. Agar o‘qituvchi kundagi odatiy nomahsul faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lib, har doim o‘zi o‘zlashtirgan bir xildagi texnologiya asosida faoliyat ko‘rsatsa, bu yerda metodologiya haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Aksincha, mahsuldor faoliyat namoyish etib, misol uchun, ilmiy – tadqiqiy pedagogik faoliyat ko‘rsatsa yoki o‘zining xususiy mualliflik o‘qitish tizimini yaratsa, shubhasiz, metodologik faoliyat vujudga keladi. Keyingi holatda ikki qarama – qarshi tushuncha – loyiha va refleksiya – asosiy o‘ringa ko‘tarilyapti. Ma'lumki, har qanday mahsuldor faoliyat loyihalash ko‘nikmalarini talab etadi. Ilmiy –tadqiqiy ishlarning quyidagi bosqichlari – ziddiyatlarni aniqlash, muammoni ifodalash, farazlarni qurish va boshqalar –tadqiqotni loyihalash usulidir. Ijodiy faoliyatni tashkil etishda har doim refleksiya – loyihaning, jarayon va natijalarning doimiy tahlili muhim o‘rin tutadi. Refleksiya – samarali fikrlash jarayoni bo‘lib, motivatsiya, idrok asosida insonning analiz, sintez kabi aqliy operatsiyalarni o‘z boshidan kechirishidir .

    Download 261,95 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 261,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

    Download 261,95 Kb.