Tarbiya jarayonining xususiyatlari




Download 261,95 Kb.
bet15/28
Sana10.12.2023
Hajmi261,95 Kb.
#115081
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
Umumiy pedagogika majmua

Tarbiya jarayonining xususiyatlari

Tarbiya jarayonining xususiyatlari

Ko‘p
Qirrali
jarayon

Uzoq
Muddat
davom etadi

yaxlit holda va konentrik asosda amalga oshadi

Ikki tomonlama xususiyat,bolaning faolligI

Qaramaqarshliklar ko‘pligi

Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Tarbiya amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta'sir etish usullaridir. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Shu jihatdan olganda, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan ma'naviyat qo‘rg‘oni bo‘lgan oilani mustahkamlash butungi kunda bar-chamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimizga aylanishi lozim. O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini kamol toptirishning psixologikpedagogik asoslari. O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari. O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya'ni, o‘z ustida ongli, bartartib ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. Tarbiya jarayonida o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanish samarali hisoblanadi. O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat metodi. O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish uchun o‘quvchi o‘zining yurish-turishi, intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi. O‘z-o‘zini baholash mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat metodi. O‘quvchining qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin o‘quvchini bunga yetarli tayyorlash mumkin. Shu bois o‘quvchi irodali bo‘lishi, o‘z burchini tushunishi, tahsil va tarbiya olish uchun sababli asos bo‘lishi, ya'ni, tarbiyalanishni xohlashi, o‘zini o‘rtoqlari, atrofdagilarning ko‘zi bilan ko‘rish va o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishi lozim. Maktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish vositasida o‘quvchi ruhiyatiga sezilarsiz holda ta'sir etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hamda o‘smirlar ishonuvchan bo‘lishadi. Pedagog ishontirishdan tarbiyalanuvchi ma'lum ko‘rsatmani qabul qilishi zarur bo‘lgan vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur metoddan boshqa metodlarning ta'sirini kuchaytirish uchun ham foydalaniladi. Munozara tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta'sir ko‘rsatish asosida ularda ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzularda o‘tkaziladi. Munozara turli nuqtai nazarlar to‘qnashgan vaziyatda o‘quvchilarda ma'lum hodisaga nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi. Mashq va o‘rgatish metodlari muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me'yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikdan tarkib topadi va shaxs rivojlanishining keyingi bosqichlarida mustahkamlanib boradi. O‘qituvchi hamda ota-onalar bolalarda ijobiy odatlarning tarbiyalanib borayotganligini kuzatib borishlari kerak. O‘quvchilar odatlarni o‘z yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular atrofdagilar bilan faol muloqotga kirishishlari tufayli taqlid qilish, uzluksiz tarbiyani yo‘lga qo‘yish asosida tarkib toptiriladi. Natijada odat xarakterga aylanadi. Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o‘quvchi uchun ongli, ijobiy jarayondir. Mashq natijasini ko‘nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, o‘quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi, ma'naviy-axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi. O‘rgatish tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir. Topshiriq o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan metod. O‘quvchilarning topshiriqlarni jamoa bo‘lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘z kuchlarini umum ishiga sarflashga, jamoa uchun masuliyatni his etishga o‘rganadilar, mehnat qilish o‘quvchilarning harakatlarini shakllantiradi, mustahkamlaydi. Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me'yorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim metodlaridan biridir. Pedagogik talab ma'lum harakatlarni rag‘batlantiruvchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi hamda o‘quvchini oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega bo‘lishi mumkin.

Tarbiya metodlari tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va хulqiga ta’sir etish usullari yig’indisidir.

Rag‘batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘nglini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash metodidir. O‘qituvchi har bir o‘quvchi shaxsida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni anglab olishi zarur. Tanbeh berish – eng muhim jazo chorasi. O‘qituvchi o‘quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin. Uyaltirish – o‘quvchining ma'lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiya uchun masul bo‘lgan subektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, ornomus va sharm-hayodir. Insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo‘lsa, avvalo, o‘zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo‘ladi. Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o‘z o‘rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.



Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati

Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari. Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma'lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq:


1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari shunga muvofiq bo‘lishi zarur.
2. Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir.
3. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish.
U yoki shunga o‘xshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bog‘liqlikda hal etiladi. Yosh bu oddiygina qancha yashaganligi son ko‘rsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va ahloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi o‘z aksini topadi. Aytaylik, masuliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta'lim, o‘rta ta'lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida ta'lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi.
4. Jamoaning shakllanganlik darajasi. O‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi bilan bog‘liqlikda pedagogik ta'sir ko‘rsatish metodlari ham o‘zgarmasdan qolmaydi. Bizga ma'lumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvaffaqiyatli hamkorligining zaruriy sharti.
5. Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari. Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning o‘zi tarbiyaviy o‘zaro ta'sir etishning asosi bo‘la olmaydi. Ularga indivudual va shaxsiy tuzatishlar kiritish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs o‘ziga xosligining rivojlanishiga, o‘ziga xosligini saqlashga, o‘zining Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati «Men»ini ro‘yobga chiqarishga imkon beradigan metodlarni qo‘llashga harakat qiladi.
6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar. Unga moddiy, psixofiziologik, sanitargigienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim, pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir. Ma'lumki, mavhum shartsharoitlar bo‘lmaydi, ular hamisha aniq. Ularning birlashuvi aniq holatlarda ko‘rinadi. Tarbiya amalga oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar deb ataladi.
7. Tarbiya vositalari. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismi sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bog‘langan va birgalikda qo‘llaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali qo‘llash uchun zaruriy yordam beruvchi ko‘rgazmali qurollar, tasviriy san'at asarlari va musiqa san'ati, ommaviy axborot vositalari.
8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi. Tarbiyachi odatda faqat o‘zi biladigan va qo‘llay oladigan metodlarni tanlab oladi. Ko‘plab metodlar murakkab bo‘lganligi bois, o‘qituvchidan ko‘p kuch ishlatishni talab etadi. Bunday masuliyatdan bo‘yin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga harakat qiladi. Natija esa turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, shart-sharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda past samaraga ega bo‘ladi.
9. Tarbiya vaqti. Qachonki, vaqt kam, maqsad esa katta bo‘lsa, «kuchli harakatga keltiradigan» metodlar qo‘llaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «oddiy» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatga keltiradigan» va «oddiy» metodlarga bo‘linishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o‘rgatish bilan bog‘liq.
10. Kutiladigan natija. Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvaffaqiyatga erishishga nisbatan ishonch bo‘lishi kerak. Buning uchun qo‘llanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan ko‘ra bilish kerak. O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini kamol toptirishda shaxsning ma'naviyaxloqiy qiyofasi, hayotiy yondashuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega bo‘lgan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. O‘z navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta'minlaydi. O‘z mazmunida ezgu g‘oyalarni ifoda etgan dunyoqarash shaxs qiyofasida namoyon bo‘layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam beradi. Dunyoqarash o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo‘lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan g‘oyalar yotadi. Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi.

Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish (mashq) metodlari: mashq, pedagogik talab, ijtimoiy fikr, topshiriq, tarbiyalovchi vaziyat

Birinchi bosqichda ular beqaror va vaziyat taqozosiga ko‘ra o‘zgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda ma'naviy-axloqiy qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko‘rish taqozo etiladi. Uchinchi bosqichda, e'tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor ma'naviy-axloqiy tamoyil bo‘lib qoladi. O‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng qo‘llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his qilingan va anglangandagina e'tiqodga aylanadi.


MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR:
1. Tarbiya metodi, usuli va vositasi tushunchalariga ta'rif bering.
2. Tarbiya metodlarini tasniflashga doir yondashuvlarni izohlang.
3. Shaxs ongini shakllantirish metodlari haqida gapirib bering.
4. Faoliyatni tashkil etish va ijtimouy xulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlarini misollar asosida tushuntiring.
Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish (mashq) metodlari: mashq, pedagogik talab, ijtimoiy fikr, topshiriq, tarbiyalovchi vaziyat.
5. Faoliyatni rag‘batlash va motivatsiyalash metodlarini qo‘shimcha manbalardan o‘qib to‘ldiring.
6. O‘quv-tarbiya vaziyatlarining ahamiyati nimada?
7. «Tarbiyaning maqsadga qaratilgan bo‘lishi» deganda nimani tushunasi?
8. Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya tamoyilining hozirgi kundagi ahamiyati qanday?
9. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullarga nimalar kiradi?
Nazariy dalillarga tayangan holda quyidagi mavzularda 5 minutlik esse yozing:
1. Har tomonlama barkamol, malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashda jamiyatimizda qabul qilinayotgan islohotlar
2. Tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari.
3. Yuksak dunyoqarash va e'tiqod tarbiyasi.
4. Mas'uliyat, iymon, vijdon, adolat tushunchalarining mutaxassis faoliyatidagi o‘rni.

Download 261,95 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Download 261,95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarbiya jarayonining xususiyatlari

Download 261,95 Kb.