|
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
|
bet | 11/28 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 261,95 Kb. | | #115081 |
Bog'liq Umumiy pedagogika majmuaADABIYOTLAR:
1. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'grisidagi Qonuni.- Toshkent, 1997.
2.O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. – Toshkent,1997.
3. Abdullaeva Sh. Pedagogika.-Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari, 2010.-288 bet. 77
4. Zimnyaya I.A. pedagogicheskaya psixologiya.-Moskva:Logos, 2012 g. S.- 132-186.
5. Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida, -Toshkent: O‘qituvchi, 2006.-296 bet. 6. G‘oziev E. Yosh davrlari psixologiyasi.- Toshkent: O‘qituvchi, 2009. Uchinchi nashr.-288 bet.
7. www.ziyonet.uz
3-MA`RUZA
MAVZU: PEDAGOGIKANING ILMIY-TADQIQOT METODLARI
REJA:
1. Pedagogik tadqiqotlarning metodologik tavsifi
2. Pedagogik tadqiqot ilmiy faoliyatning murakkab turi sifatida
3. Pedagogikaning ilmiy -tadqiqot metodlari
Tayanch tushunchalar: tadqiqot, ilmiy muammo, metod, ob'ektiv mohiyat, kuzatish, suhbat, anketa, test, pedagogik tahlil, pedagogik tajriba, matematikaviy statistika, bashorat (prognoz).
Pedagogik tadqiqotlarning metodologik tavsifi. Pedagogik tadqiqotlarning zamonaviy yo‘nalishlari dolzarb va amaliy jihatdan muhim masalalarning yangicha yechimlarini izlab topish jarayonining tezlashuvi, ayni vaqtda istiqbolli muammolarning nufuzi oshib borayotganligi bilan tavsiflanmoqda. Bunda ikki yo‘nalishdagi tadqiqotlar alohida ko‘zga tashlanadi:
1. Umumiy xarakterdagi yirik tadqiqotlarni talab etadigan keng doiradagi muammoni o‘rganish
2. Murakkab pedagogik jarayonlarning ichki, nozik qirralarini topishga imkon beradigan tor muammolar yechimiga qaratilgan chuqur detalli o‘rganish. Birinchi yo‘nalish tarafdorlari pedagogik jarayonning barcha unsurlari o‘zaro aloqada va ularni ajratish yaramaydi, degan dalilga tayanishadi, pedagogik tajribani yaxlit o‘rganish zarurligiga urg‘u berishadi. Biroq ular quyidagi holatni nazardan chetda qoldirishadi: pedagogik jarayon o‘zining bor munosabatlari bilan olib qaralganda pedagogika fani ob'ekti hisoblanadi. Ikkinchi yo‘nalish vakillari pedagogik jarayonning alohida unsurlari (metod, shakl va b.) o‘rganishga urungan holda bir narsani unutishadiki, o‘quv-tarbiyaviy ishlar tizimida yulib olingan hyech bir vosita to‘liq hisoblanmaydi. Bugungi kunning jiddiy metodologik muammosi – bu zamonaviy ta'limni pedagogik tadqiqotlarga oid ilmiy muammolarda ishonarli va samarali aks ettirishdir. Tadqiqot taqdiri metodlariga bog‘liqligi sir emas. Pedagogik tadqiqotlar metodi agar pedagogic hodasalrning ob'ektiv mohiyatini to‘g‘ri ifodalasa, pedagogika predmetining o‘ziga xosligiga javob bersa, shubhasiz, ilmiy deb e'tirof etiladi. Shu jihatdan olib qaralganda, pedagogik tadqiqot metodlari uchun metodologik baho zarur bo‘ladi. Afsuski, ularni yoritishga bag‘ishlangan ishlar kam, borlari ham rus tilida, o‘zbek tilida bu soha bo‘yicha birorta yirik pedagogik Pedagogik tadqiqotlarning samaradorligi tadqiqotchining metodologik madaniyatiga to‘g‘ri proporsionaldir. Shu boisdan bu tushuncha integral sifat ko‘rsatkich hisoblanib, tadqiqotchidan o‘zida xususiy ilmiy faoliyatni tahlil qilish ko‘nikmasini, ma'lum konsepsiya (nazariya)ni ilmiy asoslash va ijodiy qo‘llash qobiliyatini egallashni talab etadi. Bugun har bir pedagogik tadqiqot qoidaga ko‘ra, joriy etilgunga qadar ilmiy asoslanishi shart: dastlabki holat; tadqiqot mantiqi; kutilayotgan natijalar, ularga erishish metodlarini belgilash; iste'molchilar bilan hamkorlik o‘rnatish; uni joriy etish shartlarni ishlab chiqish; iqtisodiy manfaatdorlik va h.q. Pedagogik tadqiqot ilmiy faoliyatning murakkab turi sifatida. Pedagogik tadqiqot ilmiy faoliyatning murakkab turi hisoblanib, u ishonchli qo‘llarda – metodologiyani chuqur o‘rgangan, ilmiy tadqiqot metodlari bilan qurollangan Shaxs tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Olimning qiyofasi, ruhiyati va tiynati haqida maxsus adabiyotlarda batafsil yoritilgan, ayniqsa, uning quyidagi sifatlari alohida qayd etiladi; haqiqatga, noma'lumni bilishga jiddiy intilish; kuzatilayotgan hodisa va jarayonlarni tasniflash qobiliyati va kuzatuvchanlik; ilmiy tafakkurning analitik – sintetik jamlanmasi va b Ilmiy –tadkikot ishlarida ob'ktivlik, aniklik, tankidiylik, izchillik, tizimlilik bulishi shart. Ob'ektivlik - o‘rganilayotgan voqea va hodisalar, jarayonlar to‘g‘risida odilona, to‘g‘ri baho berish, ulardagi mohiyat, mazmun va o‘zaro aloqa, o‘zgarishlarga holisona yondashishni ifodalaydi. Aniqlik tadqiqotning barcha muolajalari uchun tegishlidir: pedagogik hodisa va jarayonlarni kuzatish va qayd etish; fikrlar tahlili va umumlashmasi; turli manbalaridan olingan ilmiy axborotlardan foydalanish va boshqalar. Pedagogik metodologiyada izchillik qabul qilingan atamalarning bir xilligiga, tadqiqot mantiqiga amal qilishga, shart-sharoitlarni hisobga olishga erishiladi, ilmiy apparat tushunchalarining bog‘liqligida namoyon bo‘ladi . Tizimlilik - o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni biror belgilari asosida tasniflash, tasavvurlar, tushunchalar va qonuniy aloqalarni o‘rnatish, konsepsiyalar, naziriyalarni shakllantirish orqali muayyan tartibga solish jarayoni Tanqidiylik –urganilayotgan muammoga turli nuktai nazardan baho bera olish, tajriba natijalarining haqqoniyligini ta'minlash bilan farazlar va nazariyalarni uzluksiz tekshirib borish, mabodo, olingan yangi natijalarga mos kelmasa, ulardan voz kechish xususiyati bilan tavsiflanadi. Pedagogikada ilmiy tafakkur tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasini belgilashda ob'ektivlik, izchillik, aniqlikni nozik, ehtiyotkorona ko‘llashni talab etadi, ilmiy farazlarni to‘g‘ri tanlashni, tajriba natijalari, nazariy xulosalarni tanqidiy tekshirib ko‘rishni va albatta, tizimlilikni taqozo etadi. Boshqacha aytganda, tadqiqotchining metodologik madaniyatini shakllantirishda refleksiya – xususiy ilmiy faoliyatini tahlil qilish ko‘nikmasi asosiy o‘rin tutadi. Yuqoridagi fikrlar turli fan soha lari buyicha tadkikot olib boruvchilarga tegishlidir, ammo pedagogikada tadqiqotchi o‘ziga xos ba'zi bir xususiyatlari bilan farqlanadi. Avvalambor, pedagogika soxasidagi izlanishlar tadkikotchidan pedagogik tajribaga ega bo‘lishni, pedagogik jarayonning barcha “ikirchikir”laridan xabardor bulishni talab etadi.Kolaversa, pedagogik muammoning dolzarbligi respondentlar fikriga tayangan holda aniqlanadi. Bu juda muhim bosqich hisoblanadi. Pedagogikada tadqiqotchi ob'ektlar (o‘qituvchi, tarbiyachi, o‘quvchi talabalar va boshqalar) bilan ish ko‘radi va pedagogik tajriba-sinov o‘tkazishda undan ehtiyotkorlik talab etiladi, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlar qalbiga, dunyoqarashiga, erkin fikrlashiga sinov davomida putur yetmasligi lozim. Pedagogik voqyelikni to‘g‘ri aks ettirishda tadqiqotchi sog‘lom fikr sohibi bo‘lish uchun metodologik madaniyatni egallashi shart” Bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy pedagogikaning metodologik masalalariga qiziqish katta. Ijtimoiy hayot davomiyligi va fan rivojining yuqori pog‘onasi shaxs kamolotida yechimi birmuncha qiyin bo‘lgan savollarni yuzaga chiqarmoqda. Masalan, shaxsning ma'naviy kiyofasini sotsiokorreksiya kilish masalalari, shaxs tarbiyasida vujudga kelayotgan illatlar, nuqsonlarning paydo bo‘lishi, ularni bartaraf etish yo‘llari, metodlari va boshqalar. Tabiiyki, bu masalalarni hal etishda eskicha yondashuvlar yordam bera olmaydi. Metodologiya ham amaliyot talablaridan ortda qolmaydi va ijtimoiy qadriyatlarning o‘zgarish qonuniyatlariga bog‘liq holda rivojlanadi. Birinchi navbatda yangi metodlarni izlab topish jarayoni davom etmoqda, mavjudlarini tubdan takomillashtirish, ilmiy bilish mantiqini loyihalash, tadqiqotlar samarasini oshiradigan texnikaviy qurilmalarni yaratishga e'tibor qaratilgan. Boshqa tomondan, metodogiyaning dunyoqarash jihatlari – chuqur nazariy umumlashma, bashoratlash, fan strategiyasini va uning mavqyeini oshirish jamiyat islohotlariga mos ravishda amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlarning tezlashuvini ta'minlashda o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos bo‘lish, milliy g‘oyani fuqarolar ongiga singdirish muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogikaning ilmiy -tadqiqot metodlari. Zamonaviy pedagogika nazariyasida nimani o'rganish va o'rgatish, kimni va qanday tarbiyalash lozim, degan masalalar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmasdan, o'zaro uzviy bog'liqlikda yechimini kutmoqda. Pedagogika fani o'z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va nazariyalarni, uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o'rganadi. Aniq izlanish predmetiga ega bo'lgan pedagogika fani ta'lim-tarbiya masalalariga aloqador jarayonlarning mohiyatiniyoritish va materiallar to'plash uchun maxsus metodlar va vositalardan foydalanadi. Ular fanning metodlari deb yuritiladi. Zamonaviy fanning ilmiy -tadqiqot metodlari yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o'qitishning aniq jarayonlariga xos bo'lgan ichki aloqa va munosabatlarini bilish yo'llari, usullari va vositalarini o‘rganadi. Pedagogikaning ilmiy -tadqiqot metodlari qanchalik to'gri tanlansa ta'lim - tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi. Fanning salohiyati va nufuzi avvalambor mazkur metodlar yordamida to'plangan ma'lumotlarning ob'ektivligi va ishonchliligiga bog'liq bo'ladi. Metod (lotincha «metodos»-«yo'l», “uslub”) tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot, deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so'zi keng ma'noda: muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan uslubni, malum maqsadga erishish yo'lini, tor ma'noda: tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini hamda qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini bildiradi. Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta'lim - tarbiya jarayoniga taalluqli muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o'rganiladi. Pedagogika fanining ilmiy- tadqiqot metodlari qanchalik to‘g‘ri qo‘llansa, ta'lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi.Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
1. Pedagogik kuzatish metodi.
2. Suhbat metodi.
3. Anketa metodi.
4. Intervyu metodi.
5. Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
6. Test metodi.
7. Pedagogik tahlil metodi.
8. Bolalar ijodini o‘rganish metodi.
9. Pedagogik tajriba metodi.
10. Matematikaviy statistika metodi.
11. Bashorat (prognoz) Adabiyotlarni o‘rganish, hujjatlarni tahlil qilish metodi – tadqiqot doirasida Muhtaram Prezidentimizning ta'lim-tarbiyaga oid qarashlari, nutqlari, risolalari, pedagogika, psixologiya, valeologiya, falsafa, sotsiologiya, madaniyat, iqtisod, siyosat va boshqa adabiyotlar, ilmiy izlanishlar, qo‘lyozmalar, dissertatsiyalar, normativ hujjatlarni tahlil qilishda qo‘llaniladi. Bunda tadqiqot mavzusi bo‘yicha o‘rganilayotgan jarayonlarning umumiy miqdori, uning o‘sishi yoki kamayish sabablari, tavsifi, tatbiq qilinayotgan tushunchalarni shakllanganlik darajasiga e'tibor beriladi. Uzluksiz ta'lim tizimi ishtirokchilari, ular orasidagi munosabatlar, fanlarni o‘zlashtirish darajalari, muayyan sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish, kamchilik va nuqsonlarni korreksiyalash (bartaraf etish) va monitoring (nazorat)ini olib borish bilan bog‘liq masalalar tadqiq qilinayotganda, albatta O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risidagi Qonuni”, “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”, DTS, Namunaviy va o‘quv Dasturlar, rejalar, ta'lim-tarbiya tizimidagi barcha normativ hujjatlar, ta'lim muassasasi hujjatlari (Nizomlar, “Tarbiyaviy soat”lar rejalari, majlis bayonnomalari, dars jadvallari, jurnal, guruh rahbarining jurnali, tahsil oluvchilarning shaxsiy hujjatlari va boshqalar) o‘rganiladi va tahlil qilinadi. Pedagogik kuzatish metodi - ushbu metod t a'lim -tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig'ish imkonini tug'diradi. Bu usul ancha murakkab bo'lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, “sub'ekt-sub'ekt” munosabatlarining o'zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo'llaniladi. Tabiiy kuzatishda o‘rganilayotgan respondentlarning (tadqiq qilinuvchilar. Masalan, o'quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalarning o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning fanlarni o'zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muammolaridagi o'zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta'lim iy-tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish yo'llarini belgilash uchun qo'llaniladi. Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat respondent(o‘rganilayotgan sub'ekt)larning tabiiy faoliyatini balki ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllanishi, fikrlash jarayonining koeffitsientini, kuchini, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil qiladi. Bunday kuzatishlar qibat natijada pedagogika fani mazmunini boyishiga sabab bo'ladi. Ilmiy kuzatish orqali respondentlar (bular maktabgacha tarbiya yoshidagilar, o‘quvchi, talabalar bo‘lishi mumkin)ning o‘rganilayotgan muammo yuzasidan sifat va son ko‘rsatkichlarini aniqlashga yordam beradi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko‘zda tutib tashkil etiladi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish ob'ekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va boshqalar hisobga olinadi. Pedagogik kuzatish metodini qo‘llash jarayonida ta'lim muassasalarining o‘quvtarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holati aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risidagi ma'lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi. Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:
1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
2) kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;
3) kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;
4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish;
5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik
Suhbat metodi - an'naviy pedagogik metodlar turkumiga kirib, dialog, diskussiya tarzida o‘tkaziladi. Ushbu metod orqali insoniy munosabatlar, ularning istiqboldagi rejalari, qarashlari va xususiy fikrlarini o‘rganish mumkin. Pedagogik suhbat oddiy suhbatdan farq qiladi. Ushbu metod orqali suhbatdoshning ichki olamini o‘rganish, uning dunyoqarashi, kelajakdagi rejalari bilan tanishish imkoniyati tug‘iladi. Ta'lim-tarbiya tizimi sifatini oshirishda, takomillashtirishda yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to'g'ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat uslubidan foydalaniladi. Suhbat metodi – ta'lim muassasasi o‘qituvchilari va tahsil oluvchilar jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo‘llaniladi. Suhbat metodini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo'llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi. Bu metod so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bo‘lish vaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan erkin muomala shaklida qo‘llaniladi. Suhbat metodidan farq qilib, intervyu olish metodi savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervyu yo‘li bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so‘rash nazariyasi va amaliyotida intervyu tashkil etishning bir necha usullari mavjud:
- guruhlar bilan ishlash;
- intensiv, rivojlantiruvchi;
- sinash va boshqalar. Ijtimoiy fikrni o‘rganish (so‘rovnoma, intervyu, test) metodi – tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayonidir. Bu metod orqali o‘rganilayotgan muammoning yechimini topish yo‘llari belgilanadi. So‘rash savollari mantiqiy izchillikda, nazokatli shaklda bo‘lgani maqsadga muvofiq. Quyilayotgan savollar aniq ifodalanishi, mavjud nuqson va salbiy oqibatlarning oldini olishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. So‘ralgan savolga to‘liq javob olish bilan birga, qat'iy shaklda:«ha», «yo‘q» tarzida ham javob olinadi. So‘rashning modifikatsiyalashtirilgan shakli – intervyudir. Intervyudagi savollar oldindan 86 tayyorlanib, suhbatdoshiga uzatiladi. Olingan javoblar har doim ham pedagogik muammoni yaxlitligicha tahlil qilishga imkoniyat yaratmaydi, chunki intervyu javoblari keng jamoatchilik ichida tahlil qilinadi. Shu sababli suhbatdosh ayrim paytlari o‘z fikrini aniq, va ravshan, baralla aytishga iymanadi. Test metodi –ijtimoiy fikrni o‘rganish, kichik vaqt ichida biron muammoga javob topish, tahsil oluvchilarning bilim darajasi va fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Test metodi qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ma'lumotga ega bo‘lishga, ulkan auditoriya bilan ishlashga imkoniyat yaratadi. Test sinovlari orqali tahsil oluvchilarning bilimlari qisqa muddat ichida yoppasiga aniqlanadi va baholanadi. Masalan, XX asrning o‘rtalarida abiturient biron bir oliy o‘quv yurtiga kirishi uchun deyarli bir oy mobaynida bir necha fandan imtihon topshirar va ularning javoblarini kutish uchun ancha vaqt sarflardi. Baholar ko‘p hollarda sub'ektiv quyilar, imtihon qilinayotgan fanlar javoblari birin-ketin chiqarilar, natijada adabiyot shinavandasi birinchi imtihondan natijasi salbiy baholansa, keyingi imtihonga kirish huquqidan mahrum etilardi va shu bois yoshlarning talaygina qismi o‘z sevgan kasbini egallay olmasdi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq yoshlarning bilimiga xolisona yondashish, ular iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun 1993 yildan e'tiboran abiturientlarning bilim darajasini baholash uchun bir kunda (1 avgust) va aynan bir xil vaqtda test sinovlari o‘tkaziladi. Test javoblari qisqa muddat ichida tahlil qilinib,ob'ektiv baholanadi. Test metodi orqali yoshlarning bilimi baholanishi ularning fanlarni o‘zlashtirganlik darajasini xolisona baholashga yordam beradi va iqtidorini yorqinroq ifodalashga zamin yaratadi. Test savollarining o'rni va ularning mazmunan rang-barang qilib tuzilishi, ko‘p variantda qo‘llanilishi tadqiq qilinayotganlarning mustaqil fikrlarini o'stiradi, kelajakni real baholash qobiliyatini taraqqiy ettiradi. Ilmiy tadqiqotlarda test, so'rovnomalar metodi takchi bo'lib hisoblanadi. So'rovnoma - anketa metodi qo'llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, tadqiq qilinuvchilarning yakka yoki guruhli fikrlari, qarashlarini o‘rganishga imkon yaratiladi; qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzuistaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o'tkaziladi. Test, anketa savollarini ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayondir. Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Odatda test savollarining ma'lumotlarini kompyuterda matematik- statistika metodlari bilan ishlov berishga imkon beradigan qilib tuziladi. Bolalar ijodini o'rganish. Bolalar ijodini o'rganish ko‘p qirrali jarayondir. Bunda ta'lim va tarbiya maskanlari tarbiyalanuvchilarining o'ziga xos individual tartibdagi faoliyatlari tahlil qilinadi, muayyan xulosalarga kelinadi. Ularrning turli yozma ishlari, daftarlari, tutgan kundaliklari, she'r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari, chizgan rasmlari, haykaltaroshlik ishlari, bastalagan kuylari, yozgan va ijro etgan qo‘shiq va raqslari ularning dunyoqarashi va ma'naviyatini o'rganish uchun manba bo'lib xizmat qiladi. Bu metod orqali yoshlar orasidan iqtidor egalari, noyob qobiliyatga ega bolalar ajratib olinadi. Ayniqsa, bizning respublikamizda mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilayapti. Bugungi kunda iqtidorli yoshlarimiz jahon mamlakatlarining fan olimpiadalarida, turli ko‘riklarda (san'at, musiqa va boshqa), sport maydonlarida o‘zlarining iqtidorini namoyish qilishmoqda, zehn va bilim, kuch va chaqqonlik, shijoat va g‘ayrat bobida dunyodagi boshqa millatlardan kam emasligini namoyish qilishmoqda, g‘olibliklarni qo‘lga kiritishmoqda. Ta'lim va tarbiya muassasalarida iste'dodli, iqtidorli yoshlar aniqlanib, ular bilan alohida ish olib borilmoqda. Bolalar ijodi fan olimpiadalari, mavzular bo'yicha ko‘rgazmalar, qushiq va raqs tanlovlari, maktablar bo'yicha viktorinalar, musobaqalar, sayohatlar va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Tajriba-sinov metodi – tajriba- («eksperiment» so'zi lotincha «sinab ko'rish», «tajriba quyish» ma'nosini anglatadi) tajriba ishlari, asosan ta'lim -tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Tajriba –sinov metodi sharoitga qarab 3 xilda o'tkaziladi:
1. Tabiiy tajriba,
2. Laboratoriyaviy tajriba,
3. Amaliy tajriba.
Ilmiy-pedagogika tadkikotlarini tashkil qilish. Ilmiy-pedagogika tadkikotlarining tarkibi, unga ilmiy izlanishlarning u yoki bu elementini kiritish bilan bog‘lik ravishda har xil o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Ilmiy-pedagogik tadkikotlar tarkibini birmuncha umumlashgan ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Ilmiy redagogika tadqiqotlarini tashkil qilishda ma'lumotlarni yig'ish, xulosalarni jamlash, tadqiqot do'yicha miqdoriy tahlil o'rtacha miqdoriy raqamlarni aniqlash, ilmiy faraz, xulosalarning to'griligini ta'minlovchi ma'lumotlarni yig'ish: (buning uchun turli xil metodlar qo'llaniladi); ta'lim -tarbiya jarayoniga oid ishchi farazni ilgari surish, uni nazariy va amaliy jihatdan sinovdan o'tkazish maxsus metodikasini ishlab chiqarish va boshqalar muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchi o‘zi tadqiq etayotgan predmet yoki hodisalarni o‘rganishda ilmiy bilishning turli metodlaridan foydalanish asosida ma'lum yangi bilimlarni hosil qiladi. Bu yangi bilimlar o‘zlarining paydo bo‘lishidan, to insoniyatning nazariy bilimlari tizimlari – fanlarga kirib kelishgacha, har xil ko‘rinishlarda bir qancha taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tadi. Ilmiy tadqiqot asosida paydo bo‘lgan yangi bilimlarning rivojlanishidagi turli ko‘rinishdagi bu bosqichlar ilmiy bilishning shakllari deyiladi. Ilmiy bilish bunday shakllarining asosiylarini ilmiy g‘oya, muammo, faraz, nazariya va ilmiy oldindan ko‘rishlar tashkil qiladi Zamonaviy pedagogikadaga ilmiy-tadqiqot metodlari pedagogik jarayon qatnashchilarini har tomonlama chuqur o‘rganishga, pedagogik muammolar yechimini topishga xizmat qiladi.
MAVZU YUZASIDAN TESTLAR:
1.“Metod” so‘zining lug‘aviy ma'nosi-bu...
*A) lotincha: «metodos»-«yo'l», “uslub”
B) vazifa, faraz
S) qo‘llanma
D) yo‘riqnoma
E) nasihat, maslahat
2.Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so'zi keng ma'noda nimani anglatadi?
*A) muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan uslubni, malum maqsadga erishish yo'lini
B) tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilishni
S) qandaydir vazifani hal etishni
D) ta'lim -tarbiya jarayoniga taalluqli muhim faktlarni
E) pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlarini anglatadi
3. Pedagogika fani o'z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida qanday metodlardan foydalanadi?
*A) mavjud pedagogik xodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o'rganadi
B) mavjud pedagogik xodisa va jarayonlarni kuzatish orqali o‘rganadi
S) mavjud pedagogik xodisa va jarayonlarni suhbat asosida o‘rganadi
D) mavjud pedagogik xodisa va jarayonlarni tajriba asosida o‘rganadi
E) mavjud pedagogik xodisa va jarayonlarni matematika-statistika metodlari asosida o‘rganadi
4. Hozirgi kunda pedagogikaning qaysi ilmiy – tadqiqot metodlari yetakchi xisoblanadi?
A) Pedagogik kuzatish va so‘rash metodlari;
B) Test sinovlari va ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodlari;
S) Tajriba – sinov metodlari;
D) Matematika – statistika metodlari;
E) Barcha javoblar to‘g‘ri
5.So‘rashning modifikatsiyalashtirilgan shakli – bu..
A) Dialog
B) Monolog
*S)Intervyu
D) suhbat
E) kuzatish
6. Suhbat metodi - bu...
A) An'naviy pedagogik metod
*B) Dialog, diskussiya tarzida o‘tkazilib, insoniy munosabatlar, ularning istiqboldagi rejalari, qarashlari va xususiy fikrlarini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan metod
S) Pedagogik jarayonni kuzatish uchun zarur bo‘lgan metod
D) Suhbatdoshning ichki olamini o‘rganish uchun axborot-texnologiyalari orqali unga ta'sir o‘tkazish metodi
E) Bilim, ko‘nikma, malaka oshirish metodi
7. Pedagogikada ta'lim -tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o'tkaziladigan ilmiy tadqiqot metodi –bu...
A) Kuzatish metodi
*B) Tajriba –sinov metodi
S) Suhbat metodi
D) Modellashtirish metodi
E) Ijtimoiy fikrni o‘rganish metodi
8.Pedagogikada ijtimoiy fikrni o‘rganish (so‘rovnoma, intervyu, test) metodining vazifasi – ...
*A)Biror muammo tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayonidir. Bu metod orqali o‘rganilayotgan muammoning yechimini topish yo‘llari belgilanadi. B) Ta'lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risida muayyan xulosaga kelish uchun foydalanuvchi metod. Bu metod ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi.
S) Uzoq muddatli jarayonlarni tekshiradi
D) Ko‘p xususiyatli jarayonlar, o‘zaro munosabatlarni tadqiq qiladi
E) Ilmiy ishlarni tashkillashtirishda qo‘llaniladigan metod
9. Ilmiy tadqiqot natijasida jamlangan axborotga kompyuter texnologiyalari yordamida ishlov berish, statistika ma'lumotlarini jamlash, taxlil qilish, qiyoslash umumlashtirishda qo‘llaniladigan metod-bu...
A) So‘rovnoma
B) Qiyoslash
*S) Matematika va statistika metodi
D) Kuzatish ye) Tajriba
10. Qaysi metod ta'lim -tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig'ish imkonini tug'diradi?
A) Matematik-statistika
B) Bashorat S) Interpretatsiya
D) Modellashtirish
E) Pedagogik kuzatish
11. Modellashtirish- bu...
*A) bilish ob'ektlarini o‘z tushunchalari asosida tadqiq etish, jarayon va hodisalarning xususiyatlarini o‘rganish maqsadida modellar orqali o‘rganish
B) Tajriba asosida qo‘lga kiritilgan bilimlarni o‘rganish
S) Ta'lim-tarbiya jarayonida qaror qabul qilish texnologiyalarini ishlab chiqishga mo‘ljallangan metod
D) Ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta'lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqishga mo‘ljallangan metod
E) ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalashtirish
12. Pedagogikada oddiy kuzatish nima?
A) pedagogik jarayonni tahlil qilish
B) tarbiya natijasini umumlashtirish
S) ta'limning kafolatlangan natijasiga erishish
D) hayotiy voqyea-qodisalarni tahlil qilish bilan cheklanish
E) o‘qituvchining faoliyatini o‘rganish
13. Sotsiometriya- bu-...
A) nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash uchun qo‘llaniladigan metod
B) pedagogika faniga ijtimoiy psixoliya sohasi orqali kirib kelgan tushuncha bo‘lib, kichik ijtimoiy guruhlarning tarkibi hamda ijtimoiylashuvi vazifalarini miqdoriy metodlar orqali o‘rganadi.
S) “sub'ekt-sub'ekt” munosabatlarining o'zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun qo'llaniladigan metod
D) Test sinovlari va ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi
E) pedagogika faniga ijtimoiy psixoliya sohasi orqali kirib kelgan tushuncha bo‘lib, guruhlarda kelib chiqadigan ixtiloflarni o‘rganadi
ADABIYOTLAR:
1. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'grisidagi Qonuni.- Toshkent, 1997.
2. O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. – Toshkent,1997.
3. Abdullaeva Sh. Pedagogika.-Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari, 2010.-288 bet.
4. Zimnyaya I.A. pedagogicheskaya psixologiya.-Moskva:Logos, 2012 g. S.- 132-186.
5. Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida, -Toshkent: O‘qituvchi, 2006.-296 bet. 6. G‘oziev E. Yosh davrlari psixologiyasi.- Toshkent: O‘qituvchi, 2009. Uchinchi nashr.-288 bet.
7. www.ziyonet.uz
|
| |