|
Milliy kibersport o‘yinlarini yaratish
|
bet | 7/9 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 175,84 Kb. | | #150006 |
Bog'liq PQ-423 16.11.2022Milliy kibersport o‘yinlarini yaratish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutiga grant ajratish.
|
1. Milliy qadriyatlarimizga mos keladigan milliy kibersport o‘yinlarini yaratish maqsadida tanlov e’lon qilish.
2. Kelib tushgan takliflar asosida milliy kibersport o‘yinlari ro‘yxatini shakllantirish.
3. Milliy kibersport o‘yinlarini ishlab chiqish.
4. Ishlab chiqilgan milliy kibersport o‘yinlarini patentlash.
5. Ishlab chiqilgan milliy kibersport o‘yinlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablari, sport-ta’lim muassasalari, kibersport klublariga tarqatish.
|
2023-yil davomida
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,
Adliya vazirligi
|
27.
|
Milliy kibersport industriyasiga investitsiyalarni jalb qilish.
|
1. Milliy kibersport bozorida marketing tadqiqotlarini olib borish.
2. Kibersport bozoriga salohiyatli investorlarni jalb qilish.
3. Kibersport sohasida investitsiyaviy loyihalar (kibersport bo‘yicha o‘quv markazlari, arenalar, professional klublarni tashkil qilish, o‘yinlarni ishlab chiqish va boshqalar) ro‘yxatini shakllantirish.
4. Kibersport sohasiga jalb qilingan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni rag‘batlantirish.
|
2023-2024-yillar davomida
|
Ijrochilar mablag‘lari, xususiy investorlar mablag‘lari
|
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi,
O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi
|
28.
|
Koreya, Xitoy, Rossiya, Yevropa mamlakatlari va boshqa davlatlarning yetakchi professional kibersport klublariga “kibersportchilar eksporti”ni yo‘lga qo‘yish.
|
1. Koreya, Xitoy, Rossiya, Yevropa mamlakatlari va boshqa davlatlarning yetakchi professional kibersport klublari bilan kadrlar almashuvini yo‘lga qo‘yish.
2. “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, kibersport turlari bo‘yicha boshqa chempionatlar, turnirlar va musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan kibersportchilarning sport faoliyatini marketing qilish.
|
2023-yildan boshlab doimiy
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,
O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi
|
|
|
| |