• Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatini
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi
  • Kibersportni rivojlantirish bo‘limini
  • O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi faoliyatini kuchaytirish
  • 1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]




    Download 175,84 Kb.
    bet4/9
    Sana01.02.2024
    Hajmi175,84 Kb.
    #150006
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    PQ-423 16.11.2022

    II. Kibersport turlari bo‘yicha respublika va xalqaro chempionatlar va turnirlar tashkil etish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish

    7.

    Kibersport turlari bo‘yicha “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatini o‘tkazish.

    1. Respublika chempionatining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.
    2. Respublika chempionati doirasida o‘tkaziladigan kibersport turlari ro‘yxatini tasdiqlash.
    3. Respublika chempionati hakamlar hay’atini shakllantirish.

    2023-yil yanvar

    Belgilangan manbalar

    Idoralararo kengash
    (Sh. Shermatov, A. Sa’dullayev)

    4. Respublika chempionatini o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar smetasini ishlab chiqish hamda Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish bo‘yicha idoralararo kengash tomonidan tasdiqlash.
    5. Respublika chempionatini uch bosqichda o‘tkazish:

    Har yili fevral

    birinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari;

    Har yili fevral

    ikkinchi bosqichda — viloyat musobaqalari;

    Har yili mart

    uchinchi bosqichda — respublika (final) musobaqalari.
    6. Respublika chempionati g‘olib va sovrindorlarini pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash.

    Har yili aprel

    8.

    Kibersport turlari bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turnirini o‘tkazish.

    1. Turnirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

    2023-yil fevral

    Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablag‘lar

    Idoralararo kengash
    ( Sh. Shermatov, A. Sa’dullayev)

    2. Turnir nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

    2023-yil mart

    3. Turnirni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar smetasini ishlab chiqish.
    4. Turnirni uch bosqichda o‘tkazish:

    Har yili oktyabr

    birinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari;

    2023-yildan boshlab har yili noyabr

    ikkinchi bosqichda — viloyat musobaqalari;

    2023-yildan boshlab har yili noyabr

    uchinchi bosqichda — respublika (final) musobaqalari.

    2023-yildan boshlab har yili dekabr

    9.

    Kibersport turlari bo‘yicha “Yoshlar kubogi” turnirini o‘tkazish.

    1. Turnir nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

    2023-yil aprel

    Hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari,
    Yoshlar ishlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari,
    homiylik xayriyalari

    Idoralararo kengash
    (Sh. Shermatov, A. Sa’dullayev),
    manfaatdor vazirlik va idoralar

    2. Turnirni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar smetasini ishlab chiqish.

    Har yili may

    3. Turnirni uch bosqichda o‘tkazish:
    birinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari;
    ikkinchi bosqichda — viloyat musobaqalari;
    uchinchi bosqichda — respublika (final) musobaqalari.

    Har yili iyun

    10.

    “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, shuningdek, kibersport turlari bo‘yicha boshqa chempionatlar, turnirlar va musobaqalar g‘olib va sovrindorlari orasidan terma jamoa tarkibini shakllantirish, shuningdek, jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa xalqaro musobaqalarda qatnashishini ta’minlash.

    1. Kibersport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar g‘olib va sovrindorlari hamda boshqa iqtidorli kibersportchilar orasidan iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya).
    2. Iqtidorli yoshlar orasidan milliy terma jamoa tarkibini shakllantirish.
    3. Milliy terma jamoaning jahon, Osiyo chempionatlari, xalqaro va mintaqaviy turnirlarda muntazam ishtirokini ta’minlash.
    4. Xorijiy davlatlarning trener va hakamlari bilan o‘zaro tajriba almashish maqsadida chet el kibersport klublari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

    2023-yildan boshlab doimiy

    Ijrochilar mablag‘lari

    Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi,
    Yoshlar ishlari agentligi,
    O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

    11.

    Kibersport turlari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

    1. Xalqaro va xorijiy kibersport assotsiatsiya (federatsiya)lari va tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkazish.
    2. Muzokaralar natijasiga ko‘ra hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlash va memorandumlar imzolash.
    3. Xalqaro kibersport federatsiyasi (IESF) bilan 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.
    4. Geyming, kibersport komyuniti-menejmenti, striming industriyasi, geymdizayn, kontentmeyking, dasturlash, sharhlash, kibersport analitikasi bo‘yicha yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

    2023-2024-yillar davomida

    Ijrochilar mablag‘lari

    Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
    Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,
    O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

    12.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati tuzilmasida kibersport va o‘yin sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi bo‘linmani tashkil qilish.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati shtat jadvaliga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

    2022-yil dekabr

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

    Raqamli texnologiyalar vazirligi

    13.

    Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi tuzilmasida Kibersportni rivojlantirish bo‘limini tashkil qilish.

    1. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi tuzilmasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.
    2. Bo‘limni kibersport bo‘yicha tajribali mutaxassislar bilan to‘ldirish.

    2022-yil dekabr

    Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki mablag‘lari

    Raqamli texnologiyalar vazirligi,
    Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki

    3. Bo‘limning kibersport turlari bo‘yicha chempionatlar, turnirlar va musobaqalarni tashkil qilishda ishtirok etishini ta’minlash.

    Doimiy

    14.

    Sportni rivojlantirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi o‘rtasida kibersportni rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash.

    1. Kibersportni rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha Sportni rivojlantirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi o‘rtasida ijtimoiy sheriklik bitimini tuzish.
    2. Bitim doirasida kibersport rivojini qo‘llab-quvvatlash.

    2023-yil mart

    Mablag‘ ajratish talab qilinmaydi

    Sportni rivojlantirish vazirligi,
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
    Yoshlar ishlari agentligi,
    Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,
    O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

    15.

    Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish bo‘yicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish.

    1. Kengash nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.
    2. Kengash nizomini Internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish.

    2022-yil dekabr

    Mablag‘ ajratish talab qilinmaydi

    Sportni rivojlantirish vazirligi,
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
    O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

    16.

    Kibersportni yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish borasida O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi faoliyatini kuchaytirish.

    1. Federatsiya ustavi, tuzilmasi va boshqaruv organlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish.
    2. Federatsiya faoliyatiga kibersportchilar, trenerlar, hakamlar sharhlovchilar va boshqa mutaxassislarni jalb qilish.
    3. Qayta tashkil qilingan federatsiyani sport federatsiya (assotsiatsiya)lari reyestriga kiritish.

    2023-yil yanvar

    Ijrochilar mablag‘lari

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
    Adliya vazirligi,
    Sportni rivojlantirish vazirligi,
    O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi


    Download 175,84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 175,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]

    Download 175,84 Kb.