• Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi
  • Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitning holatini aniqlash va manzilli sog‘lomlashtirish metodikasi
  • Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati
  • Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”
  • Ijtimoiy rivojlanish va daxldorlik tuyg‘usi”
  • Men shu yurt farzandiman”
  • Rahbar ma’naviyati”, “Rahbarning boshqaruv madaniyati”
  • Jamiyat taraqqiyotining asosi — ma’rifatdir”
  • Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashgan buyuk alloma”
  • 1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]




    Download 113,42 Kb.
    bet2/7
    Sana20.01.2024
    Hajmi113,42 Kb.
    #141880
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    PQ-4307 03.05.2019

    Amalga oshirish shakli

    Amalga oshirish muddati

    Mas’ul ijrochilar

    I. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar

    1.

    Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

    Konsepsiya loyihasi

    2019-yil iyul

    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi
    (A. Shadmanov), “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi
    (D. Toshmuxammedova)

    2.

    Oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish, uning manzilliligi, tizimliligi va ta’sirchanligini ta’minlash, targ‘ibot-tashviqot ishlarini shaklan va mazmunan boyitish hamda bu jarayonga innovatsion usullarni joriy etish maqsadida Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitning holatini aniqlash va manzilli sog‘lomlashtirish metodikasini ishlab chiqish hamda Respublika kengashiga kiritish.

    Metodika

    2019-yil iyun

    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi
    (Sh. Sadikov), “Mahalla” jamoat fon�i (Sh. Javlonov), “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi
    (D. Toshmuxammedova)

    3.

    Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

    Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

    2019-yil iyun

    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi
    (J. Qo‘chqorov)

    II. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari

    4.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari ishtirokida kelishilgan reja asosida “Ma’naviyat festivali”ni o‘tkazish.

    Chora-tadbirlar rejasi

    2019-yil iyun

    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari

    5.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng aholi vakillariga yetkazishga qaratilgan turkum targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

    Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar

    yil davomida

    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), “Mahalla” jamoat fondi
    (Sh. Javlonov)

    6.

    Mamlakatimizdagi islohotlarning aholi kundalik turmushidagi natijalari, fuqarolarimizning faolligi va ertangi kunga ishonchi haqida “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” shiori ostida “Baxtga haqli el” nomli targ‘ibot materiallari, risola va bukletlar tayyorlash.

    Tarqatma materiallar, risolalar

    yil davomida

    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati

    7.

    Jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasining shakllanishi holati, turli sohalarda olib borilayotgan islohotlarning aholi turmush tarziga ta’sirini o‘rganish maqsadida “Ijtimoiy rivojlanish va daxldorlik tuyg‘usi” mavzusida ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi o‘rtasida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish va natijalari asosida tahliliy materiallar tayyorlash.

    So‘rovlar, tadqiqotlar va tahlillar

    yil davomida

    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati

    8.

    O‘zining samarali mehnati, vatanparvarligi, jismoniy va intellektual salohiyati bilan turli sohalarda katta muvaffaqiyatga erishgan yurtdoshlarimizning hayoti haqida hikoya qiluvchi “Men shu yurt farzandiman” ruknida turkum ko‘rsatuvlar tashkil etish.

    Media reja

    2019-yil iyun

    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev)

    9.

    Amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishda rahbar xodimlarning tutgan o‘rni, ularning ma’naviy-axloqiy sifatlarining aholi kayfiyatiga ta’sirini yoritish maqsadida:
    Rahbar ma’naviyati”, “Rahbarning boshqaruv madaniyati” mavzularida seminar-trening va erkin muloqotlar tashkil etish;
    Rahbarning ma’naviyati va ma’rifati” mavzusida risola tayyorlash.

    Seminar-trening
    Risola

    yil davomida
    avgust

    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasi (N. Salayev)

    10.

    Jamiyat taraqqiyotining asosi — ma’rifatdir” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish.

    Ilmiy-amaliy konferensiya

    2019-yil avgust

    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov)

    11.

    Markaziy ko‘chalar, magistral yo‘llarda kitobxonlik targ‘ibotiga oid shiorlar, hikmatli so‘zlardan iborat bannyerlar, ko‘rgazmali tasviriy-targ‘ibot vositalaridan keng foydalanish ishlarini tashkil etish.

    Chora-tadbirlar rejasi, tarqatma materiallar, bannyerlar, plakatlar

    2019-yil iyun

    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), “Tasviriy oyina” uyushmasi (I. Latipov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

    III. Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat” va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borishga oid tadbirlar

    12.

    Axborot hashari” loyihasini amalga oshirish, uning doirasida:
    Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi noxolis axborotlarga qarshi aholi, ayniqsa yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va jamoatchilikda muayyan holatlar haqida haqqoniy fikr shakllanishiga ko‘maklashish;
    ishtirokchilarni axborot texnologiyalari yangiliklari bilan tanishtirish uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etish.

    Amaliy chora-tadbirlar

    yil davomida

    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
    (K. Allamjonov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov)

    13.

    Abu-l-Muin Nasafiy ilmiy merosiga bag‘ishlangan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashgan buyuk alloma” nomli xalqaro konferensiya o‘tkazish.

    Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

    2019-yil noyabr

    Qashqadaryo viloyati hokimligi (Z. Ro‘ziyev), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov)

    14.


    Download 113,42 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 113,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]

    Download 113,42 Kb.