O‘quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan bajariladigan qo‘shimcha ish turlari




Download 113.25 Kb.
bet3/6
Sana13.02.2023
Hajmi113.25 Kb.
#42001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2830 05.10.2016
2715 23.09.2015, funksiya uzluksizligi
O‘quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan bajariladigan qo‘shimcha ish turlari:
darslik yozish va uni nashrga tayyorlash;
elektron darslik tayyorlash;
multimediali o‘quv ishlanmalarini ishlab chiqish;
o‘quv qo‘llanma yozish va uni nashrga tayyorlash;
metodik qo‘llanma yozish;
uslubiy ishlanma yozish;
o‘quv amaliyoti uchun videoroliklar tayyorlash;
maqola, tezis yozish va uni nashr ettirish;
darslik, o‘quv qo‘llanma, elektron darslik, metodik qo‘llanma, uslubiy ishlanma, o‘quv amaliyoti uchun nazorat savollari yoki topshiriqlari to‘plamiga taqriz berish;
ta’lim standarti, namunaviy o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va/yoki takomillashtirish ishlarida ishtirok etish;
o‘quv amaliyoti mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan ustaxonalarni (laboratoriya, o‘quv tajriba xo‘jaligi, poligon va boshqalar) jihozlash hamda zarur xomashyo va materiallar bilan ta’minlash me’yorlarini ishlab chiqish va/yoki takomillashtirish jarayonida ishtirok etish;
o‘quv amaliyoti mashg‘ulotini o‘tkazish uchun zarur xomashyo va materiallarni qabul qilib olish, ularni tayyorlash va hisobini yuritish;
yosh ishlab chiqarish ta’limi ustalariga uslubiy-amaliy yordam berish;
to‘garaklar tashkil etish va ularning faoliyatiga rahbarlik qilish;
o‘quv amaliyoti mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan ustaxonadagi (laboratoriya, o‘quv tajriba xo‘jaligi, poligon va boshqalar) nosoz jihoz va asbob-uskunalarni ta’mirlash va sozlash ishlarida ishtirok etish;
o‘quvchilarning ixtirochilik, ijodiy, amaliy ishlariga rahbarlik qilish;
malaka oshirish, qayta tayyorlash, zaxira kadrlar tayyorlash va boshqa qisqa muddatli kurslarda o‘qish;
ilg‘or texnologiyalar sohasidagi malakasini bevosita ishlab chiqarishda oshirib borish;
master-klass o‘tkazish;
seminar, trening, konferensiya, davra suhbati va boshqa jamoat tadbirlarida ishtirok etish;
ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlov va/yoki ko‘rgazmalarda ishtirok etish;
tanlovlarda hay’at a’zosi sifatida ishtirok etish;
turli komissiyalar, ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etish;
oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik (integratsiya) ishlarida ishtirok etish;
pedagogik kengash muhokamasiga qo‘yish uchun masala va materiallar tayyorlash;
pedagogik kengash yoki kafedra yig‘ilishida kotib vazifasini bajarish;
bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish;
kasbiy fanlar majmuasi bo‘yicha davlat imtihoni uchun savollar to‘plamini ishlab chiqishda ishtirok etish;
kurs ishi va/yoki bitiruv malakaviy ishlariga taqriz berish;
yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi ishida ishtirok etish;
ta’lim muassasasining maslahat markazi faoliyatida ishtirok etish.
Namunaviy yillik ish rejasida nazarda tutilmagan boshqa ish turlari***.


Download 113.25 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 113.25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan bajariladigan qo‘shimcha ish turlari

Download 113.25 Kb.