Manbalar ustida ishlash hamda о‘rgangan tajribalarini tahlil qilish muhim о‘rin




Download 17.16 Kb.
Sana01.04.2024
Hajmi17.16 Kb.
#183967
Bog'liq
faoliyatiga
adabiyatlar, TIL XAZINA, Xristianlik dininiń bayramları, ЭНЕРГИЯ СОЛНЦА.. (2), Build Your API with Spring, LAB1 SQL, Pazandachilik ishlarida qo’llaniladigan jixozlar, tikuv asbob-uskunalari (1), PSIXOLOGIYA, Общая педагогика-fayllar.org, Amaliy matematika (2), 1-амалий, oOTN7yHd9cDpbT4Gzy5WO8q15U02UmfOpM2lfAFB, 793542, Menejmentda motivlashtirish 140-20 guruh talabasi murotjonova mu

faoliyatiga tayyorlaydi. Shu bilan bir qatorda bо‘lajak pedagog o`qituvchilar о‘z kasbiy 
faoliyatlari davomida amal qiladigan bir qator qoidalarni ham о‘zlashtirishlari kerak.Ular: − 
o`quvchilarda ongli intizomni tarkib toptirish; − bolalarga nisbatan adolatli munosabatda bо‘lish; 
− guruhdagi faol o`quvchilarni qо‘llab-quvvatlash va ularga yordam kо‘rsatish; − 
o`quvchilarning mustaqil faoliyatlarini munosib rag‘batlantirish; − o`quvchilar bilan topshiriqlar 
ustida tizimli ishlash va bu jarayonda ularni faollashtirish; Guruh o`quvchilari orasida tarbiyaviy 
tadbirlarni tizimli tarzda tashkil etish kabilar. Shu bilan bir qatorda bо‘lajak o`qituvchilar 
innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari 
davomida dialogga kirishish, fanga oid yangi ma’lumotlar ustida ishlash, mustaqil bilim olish, 
manbalar ustida ishlash hamda о‘rgangan tajribalarini tahlil qilish muhim о‘rin 
egallaydi.Maktabda sinf faoliyatiga rahbarlik qilish о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Pedagog-
tarbiyachilar bolalarda atrof-muhit, tabiat, nutq va hisoblashga oid dastlabki kо‘nikmalarni hosil 
qilish bilan bir qatorda ularni kompleks rivojlantirishga xizmat qiladigan milliy urfodatlarimizni 
ham singdiradilar. Ular bolalarda juda yoshlikdan boshlab, haqgо‘ylik, bag‘rikenglik, birdamlik, 
о‘zaro yordam kabi sifatlarni Xalq ta’limining sifati ta’limning keyingi bosqichlarida bolalarning 
bilimlarni sifatli о‘zlashtirishlarini kafolatlaydi. Buning uchun xalq ta’lim muassasalarini 
modernizatsiyalashga oid yagona talablarni ishlab chiqish, ushbu talablar sifatli ta’lim va 
tayanch kо‘nikmalarni hosil qilishni nazarda tutadi. Xalq ta’limni individuallashtirish tamoyili 
о‘zida bir qator talablarni mujassamlashtiradi. Jamiyatning rivojlanishi barobarida shaxs faoliyati 
ham kо‘proq darajada individuallashtiriladi va uning mavqeyi о‘zgaradi[8]. Agar mamlakat va 
jamiyat qanchalik rivojlangan bо‘lsa unda har bir inson alohida qadrlanadi va о‘z о‘rniga ega 
bо‘ladi[14]. Talabalar bugungi kunda rо‘y berayotgan voqealar, axborotlar oqimining 
jadallashuviga ongli munosabatda bо‘lish tajribasini egallashlari kerak. Ularda axborotlarni 
saralash, voqea-hodisalarga obyektiv munosabatda bо‘lish kо‘nikmalarining hosil bо‘lishi 
nihoyatda muhim[6]. Bо‘lajak pedagog-tarbiyachilar kundalik ijtimoiy-siyosiy voqeliklarni tahlil 
qilish asosida ularni munosib baholash, shu asosda atrofdagilarning xatti harakatlariga tanqidiy 
munosabatda bо‘lishlari lozim. Bularning barchasi o`quvchilarda ma’naviy xislatlarni tarkib 
toptirish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Xalq ta’lim muassasasi pedagog-tarbiyachilar bolalarda 
ijobiy xislatlarni tarkib toptirish bilan bir qatorda, ular xulq-atvoridagi salbiy xususiyatlarning 
oldini olish, ularni bartaraf qilish tajribasiga ham ega bо‘lishlari kerak. Kо‘pincha Xalq ta’lim 
muassasasiga yangi kelgan bolalarda tortinchoqlik, injiqlik, guruh hayotiga moslashmaslik kabi 
holatlar kuzatiladi. Bunday holatlarni bartaraf etish, bolalarni jamoa hayotiga moslashtirish, 
ularni muloqot vaziyatlariga olib kirish, ruhiy osoyishtaliklarini ta’minlash 
pedagogtarbiyachilarning muhim vazifalari sirasiga kiradi. Bolalar xarakteridagi salbiy jihatlarni 
bartaraf qilishga kо‘maklashish, ularni tо‘g‘rilik va haqgо‘ylikka о‘rgatish, irodasini 
mustahkamlash pedagog tarbiyachilarning muhim vazifalaridandir. Bunda pedagog-tarbiyachilar 
jamoaviy ta’sir kо‘rsatish metodidan foydalanishlari kerak. Pedagog tarbiyachilar bolalarni 
tevarak-atrofdagi voqelik bilan tanishtirish, ularni shu jarayonda ishtirok etishlari uchun 
tayyorlashi kerak. Bolalar oldiga aniq, о‘rtacha murakkablikdagi vazifalar qо‘yilgandagina, 
ularda tashabbuskorlik, qiziquvchanlik, faollik kо‘rsatish istagi namoyon bо‘ladi. Natijada 
bolada mas’uliyat hissi paydo bо‘ladi, tarbiyachi tomonidan bildirilgan ishonchni oqlashga 
intiladi. Bolalarning о‘z oldiga qо‘yilgan topshiriqlarni bajara olishlari ularning xulq-atvorlari 
tartibga solinishiga kо‘maklashadi. Buning natijasida ularda xarakter, irodaviy xislatlar 
mustahkamlanadi. Bolalar xulq-atvoridagi ijobiy jihatlarga tayanish orqali pedagog tarbiyachi 
ularni rag‘batlantirib, kamchiliklarini Biroq, bolaning kamchiliklarini muntazam ta’kidlayverish 
ijobiy natija bermasligini bо‘lajak pedagog-tarbiyachilar ongiga yetkazish lozim. Bolalarning 
xulq-atvorini shakllantirish uchun pedagog-tarbiyachi mehribon va talabchan bо‘lishi kerak. 
Bola xulq-atvoridagi tortinchoqlik, loqaydlik, о‘yinqaroqlik, qaysarlik kabilarni pedagog-
tarbiyachilar ota-onalar bilan yaqindan hamkorlik qilishlari talab etiladi. 
XULOSA 
O`qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda ota-onalar hamda mahalla 
bilan hamkorlikni amalga oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi Bolalarda mehnatsevarlik, 
sinchkovlik, ziyraklik, ishchanlik, mas’uliyatlilik kabi axloqiy sifatlarni qaror toptirishda 
pedagog-tarbiyachining о‘rni beqiyos bо‘lib, bunday mas’uliyatli vazifani ular oliy pedagogik 
ta’lim muassasalarida о‘qish jarayonidayoq anglab yetishlari kerak[9]. Kо‘rinib turibdiki, 
Maktablarda barcha faoliyat kо‘rsatayotgan pedagogtarbiyachilar oldiga murakkab vazifalar 
qо‘ymoqda. Shu bois, bо‘lajak pedagogtarbiyachilarda ilmiy dunyoqarash va yuksak ma’naviy 
xislatlarni rivojlantirish hamda jamoada, jamiyatda о‘zini munosib tuta bilish kо‘nikmalarini 
tarkib toptirish tizimli tarzda amalga oshirilishi talab etiladi 
Download 17.16 Kb.




Download 17.16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Manbalar ustida ishlash hamda о‘rgangan tajribalarini tahlil qilish muhim о‘rin

Download 17.16 Kb.