• VIII bob. Kuzatish va baholash
  • 1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi




    Download 1,77 Mb.
    bet26/279
    Sana28.05.2024
    Hajmi1,77 Mb.
    #255854
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   279
    Bog'liq
    1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi-fayllar.org

    7.5. Ijodiy rivojlanish



    Kichik soha: Dunyoni badiiy tasavvur etish

    Talab: Bola turli xil san’at vositalaridan foydalanib, dunyoni his etish va tushunishini namoyish etadi.

    Kutilayotgan natija:
    • she’rni ifodali o‘qib bera oladi;


    • tanish asarlarni mustaqil so‘zlab beradi, ularni sahnalashtirishda ishtirok etadi;


    • she’riy va nasriy badiiy asarlarga munosabat bildiradi;


    • musiqiy asarning harakterini aniqlashga qodir;


    • bolalar shoiri, yozuvchisi va bastakorlari hamda ularning asarlarini biladi;


    • tasviriy san’at turlarini farqlaydi.




    Kichik soha: Badiiy-ijodiy qobiliyatlar

    Talab: Bola atrofdagi borliqni ijodiy o‘zgartirish malakasiga ega.

    Kutilayotgan natija:
    • turli predmetlardan kompozitsiyalar yaratadi;


    • individual va jamoada qo‘shiq ayta oladi;


    • raqsda harakatlariga jilo bergan xolda shaxsiy namuna yaratishi mumkin;


    • musiqiy asboblarda yakkaxon yoki orkestrda jo‘r bo‘lib chalishi mumkin;


    • g‘oya yaratadi va tatbiq etadi;


    • maqsadga erishishda o‘rindosh sifatida turli predmetlar qo‘llaydi;


    • turli spektakllarda rolь ijro etib ishtirok etadi;


    • olamni o‘zgartirishda insonning yaratuvchi rolini anglaydi;


    • buyumlarni ikkilamchi qo‘llashda g‘oyalar taklif etishi mumkin




    VIII bob. Kuzatish va baholash

    Kuzatish – bolalar rivojlanishidagi ijobiy o‘zgarishlarni ularni tabiiy sharoitda (uyda, guruhda, ochiq maydonchada), kun davomida turli vaqtda, butun yil davomida hamda to‘plangan ma’lumotlarni hujjatlashtirib borgan holda baholashning eng ishonchli usuli hisoblanadi. Pedagogning ishi aynan pedagogik kuzatuvdan boshlanishi zarur, chunki u bolani tushunishga, bolani tushunishdan esa – u va oila a’zolari bilan o‘zaro aloqalarning eng maqbul strategiyasini tanlab olish imkoniyatini yaratadi.



    Kuzatish – bu bolaning ishlayotgan yoki o‘ynayotgan paytida, uning faoliyatiga aralashmagan holda uni kuzatish jarayonidir. Pedagog bolani kuzatish orqali xatti-harakatining turi, bilim olish bo‘yicha qiziqishlari, ko‘nikmalar darajasi va rivojlanishidagi ijobiy o‘zgarishlarni aniqlaydi.


    Download 1,77 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   279




    Download 1,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi

    Download 1,77 Mb.