|
1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi
|
bet | 34/279 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #255854 |
Bog'liq 1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi-fayllar.orgX bob. Resurs ta’minoti
Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha guruhlarning resursli ta’minoti15 - bu 6-7 yoshli bolalarni tarbiyalash va o‘qitish, rivojlantirishning samarali metodlarini o‘zlashtirayotgan pedagoglar uchun mo‘ljallangan “Ilm yo‘li” namunaviy dasturining o‘quv-metodik qismidir.
Resursli materiallarning mazmuni O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari bilan, shu jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlariing amaliyotchi-pedagoglarining xohish-istaklariga mos holda shakllantirilgan va pedagoglarning ishi uchun eng dolzarb mavzularni yoritib beradi:
5 “Ilm yo‘li” Variativ dasturiga 1-ilova, «Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha bitta guruhning moddiy-texnik asoslar va ta’limiy-didaktik materiallar bilan jihozlash me’yorlari».
bolalarda xavfsiz xulq-atvor ko‘nikmalarini rivojlantirish, ota-onalar bilan ishlash, bolaning yutuqlarini kuzatish va baholash hamda boshqa shu kabilar.
Maktabgacha ta’lim sohasida milliy va xorijiy mutaxasislarning tajribalari 6-7 yoshli bolalarning rivojlanishi, tarbiyalanishi va o‘qitilishi uchun o‘z dasturlari ishlab chiqiladigan, boshlang‘ich ta’limga majburiy yillik tayyorgarlik bo‘yicha guruhlar tashkil etilgan yoki tashkil etilishi kutilayotgan O‘zbekiston Respublikasidagi maktabgacha ta’lim va umumta’lim tashkilotlarining pedagoglariga yordam berishga safarbar etilgan.
XI bob. Ilovalar 1-ilova. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy yillik tayyorlash bo‘yicha guruhlarda ishlovchi pedagoglar uchun tavsiya
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabridagi “Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 999-sonli qarori bilan mos holda maktabgacha ta’lim tizimini kelgusida takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘la rivojlangan, ijtimoiy moslashgan bola shaxsini shakllantirish, shuningdek, boshlang‘ich ta’limga bolalarning sifatli tayyorgarligi va kelgusidagi muvaffaqiyatli o‘quv faoliyatiga shart-sharoitlarni yaratish maqsadlarida respublikaning barcha xududlarida bosqichma-bosqich tarzda 6-7 yoshli boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy yillik tayyorlash guruhlari tashkil etiladi.
Mazkur guruhlarda bolalar har tomonlama rivojlanadilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotilarida maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar bilan ishlash borasida har qanday yangi ish kabi ma’lum bir qiyinchiliklarga duch keladi.
“Ilm yo‘li” variativ dasturi mualliflari tomonidan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 6 -7 yoshli bolalarni boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik to‘lovsiz tayyorlash bo‘yicha guruhlardagi pedagogik jarayonni to‘laqonli ravishda tashkil etishga yordam beradigan metodik tavsiyanomalar ishlab chiqilgan.
SHuni ko‘zda tutish kerakki, maktabgacha ta’lim qamrab olingan va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamagan bolalarning rivojlanish darajasi sezilarli ravishda farqlanadi. Aynan mana shuning uchun ham kelgusi barcha ishlar asosiga har bir tarbiyalanuvchining individual qirralari va intelelktual imkoniyatlari sinchiklab o‘rganilishi qo‘yilishi zarur bo‘ladi.
Eslatib o‘tamizki, o‘qitish va tarbiyalash tizimi ham maktabgacha ta’lim tashkilotida, ham oilada bolalar faoliyatining istalgan turi ko‘rinishida, shu jumladan, o‘quv mashg‘ulotlarida o‘yinlardan foydalanish negizida olib borilishi lozim.
6-7 yoshli bolalarning o‘qitilishini tashkil etish mazkur guruhlarda individual, hamkorlikdagi mashg‘ulotlar yoki rivojlanish markazlarida kichik guruhlar bo‘yicha didaktik va rolli o‘yinlar, kuzatishlar, tajriba qilish shaklida olib borilishi mumkin.
Pedagoglarni dastur vazifalari soddalashtiriladigan va har bir kichik guruhdagi bolalar differensiyalanmaydigan vaziyatlarda amalda uchrab turadigan xatoliklardan ehtiyot bo‘lishlarini ta’kidlab o‘tamiz. Bunday vaziyatlarda yuqori mahorat va ko‘nikma darajasiga ega bo‘lgan bolalarda dastur talablarning pasaytirilishi ulardagi qobiliyatlarni sun’iy ravishda pasaytiradi, mashg‘ulotga yoki o‘yinga qiziqishning yo‘qolishiga olib keladi. Pastoq darajadagi mahorat va ko‘nikmalarga ega bolalar esa murakkab vazifalarni uddalay olmay qoladilar va ular ham berilgan vazifalarni bajarishga qiziqishlarini yo‘qotadilar.
Bolaning individual o‘ziga xosliklarini bilish pedagoglarga o‘qitshni muvaffaqiyatli tashkil etishga imkon beradi, har bir bola rivojlanishining darajasini aniqlash esa diagnostik mashqlar yordamida amalga oshirilish mumkin. Bunda bitta bolada nutq mahorati yuqori, boshqasida esa tasviriy mahorat past bo‘lishi mumkin, bularni bolalar bilan ishlashda e’tiborga olmaslik mumkin emas.
O‘qitish jarayonini boy va turli-tuman o‘yinlar dunyosi bilan uyg‘unlashtirish bu jarayonni mazmunli va qiziqarli qiladi, istalgan, hatto bolaning nuqtai-nazaridan befoyda o‘quv topshiriqlarini bajarish esa qiziqarli va foydali bo‘lib qoladi.
O‘qitish jarayoniga o‘yinlarning kiritilishi bolalarda taklif etilayotgan o‘quv mazmunini egallash istagini uyg‘otadi, o‘quv faoliyati motivatsiyasini yaratadi va olingan natijalardan faxrlanish imkonini beradi.
Ravshanki, ota-onalar pedagoglarning birinchi yordamchilari bo‘lishlari kerak. O‘zaro yordamsiz va bir-birini qo‘llab-quvvatlashlarsiz bolani to‘laqonli rivojlantirish vazifasini bajarish mushkuldir. Ota-onalarga kishi shaxsining butun kelgusi hayoti davomidagi rivojlanishi asoslarini ta’minlovchi bosqich sifatida maktabgacha bo‘lgan davrning ahamiyatini, qadr-qimmatini va noyobligini tushuntirish zarur bo‘ladi.
|
| |