Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy yillik tayyorlash bo‘yicha guruhlardagi ta’lim jarayonini tuzish quyidagi bir qator shart-sharoitlarga javob berishi kerak:
Maktabgacha yoshdagi bolaning kun tartibida faoliyatning har xil turlarini – o‘quv, o‘yinli, mehnat kabilarni maqsadga muvofiq tarzda taqsimlash, shuningdek, ularni dam olish va musatqil mashg‘ulotlarni navbatma-navbat qo‘llash, bu bolalarning charchab qolishlari oldini oladi;
Maktabgacha ta’limning variativ shakllarini tashkil etishda ta’lim ishlari mazmuni bolalar faoliyatining turli sohalarini qamrab olishi, bilimlarning predmetli sohalari integratsiyalanishini ta’minlashi, shaxsning tayanch milliy madaniyatini shakllantirishi kerak. Bu bolaga kelgusida boshlang‘ich maktabda nazariy bilimlarni va amaliy mahoratni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga yordam beradi.
Bolalarning to‘laqonli psixofizik rivojlanishi uchun eng muhim shart bo‘lib atrofdagilar bilan muloqot qilishda qulay emotsional psixologik iqlimning mavjudligi va uning yaratilishi sanaladi.
Bu erda ko‘p narsa pedagogning pedagogik jarayonni qanchalik to‘g‘ri tashkil eta olishiga, barcha rejimli lahzalarni amalga oshirishiga, bolalar jamoasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solishiga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogning professionalizmi bolalar bilan muloqot qila olishidan, ular orasidagi hamkorlikdagi faoliyatda xoyrixohlarcha munosabatlarn o‘rnata olishidan, nizoli vaziyatlarga yo‘q qo‘ymasligidan va bolaga o‘z vaqtida yordam bera olishidan iborat bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bola organizmining funksional holatiga sezilarli ta’sirni o‘quv mashg‘ulotlari ko‘rsatadi. Faoliyatning bu turi boladan ma’lum bir urinishlarni, harakatli faollikning cheklanshini, pozani kuchaytirishni, diqqatni barqarorlashtirishni talab qiladi.
Bilishga doir faoliyatni tashkil etishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
bolalarning yoshga doir fiziologik imkoniyatlariga mosligi;
dasturiy materiallarni soddadan murakkabga qarab berilishi bosqichliligi;
faoliyatning turli xillarini maqsadga muvofiq tarzda navbatma-navbat qo‘llash va o‘z vaqtida bir turdan ikkinchisiga o‘tish;
mashg‘ulotlar yoki ularning qismlari orasida dinamik pauzalar mavjudligi;
xonaga va materiallarga gigienik talablarni hisobga olish;
o‘quv jarayonida didaktik tamoyillarga rioya qilish;
bolaga individual differensiatsiyalangan yondashuvni amalga oshirish.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maburiy bir yillik tayyorlov guruhlaridagi ta’lim jarayonini tashkil etish modeli o‘z ichiga quyidagi uchta tarkibiy qismlarni oladi:
Reglamentlangan o‘quv mashg‘ulotlari bloki.
Bolalar bilan katta yoshli kishining hamkorlikdagi sheriklik faoliyat bosqichi.
Erkin mustaqil faoliyat bosqichi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning bilishga doir rivojlanishi ta’lim jarayonining mana shu barcha bosqichlarida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga 3,5-4 soatga keladigan bolalar uchun ta’lim jarayoni maksimal darajada ixcham tarzda tashkil qilinishi kerak, bunda tig‘iz vaqt sharoitlarida bola rivojlanishidagi hech qaysi bir muhim yo‘nalish ko‘zda qochirilmasligi lozim. Badiiy kitoblarni o‘qish mashg‘ulotlar jadvalidan tashqariga bemalol chiqarilishi mumkin va ota-onalarga uyda bolaga kitobni qanday o‘qib berishni tushuntirish zarur bo‘ladi.
Pedagogik texnologiyalar katta yoshli kishining bola bilan o‘zaro harakatlarining barcha yo‘nalishlariga kelishilgan yondashuvni amalga oshirish imkonini beradi.
Maktabgacha bo‘lgan bolalikning har bir yosh bosqichida mazkur davrning o‘ziga xosligidan va oila hamda maktabgacha ta’lim tashkilotidagi sharoitlarida hal qilish lozim bo‘lgan vazifalardan maksimal darajada foydalanish tamoyiliga rioya qilinadi.
Ta’lim ishlarini tashkil etish ota-onalarga va pedagoglarga bolalarning tarbiyalanishiga hamda rivojlanishiga o‘z munosabatlarini umumiy misollar to‘plami tarzida emas, balki oldingi tajribalari, qiziqishlari, qobiliyatlarini hisobga olish bilan bola yoshining psixologik o‘ziga xosliklarini bilish asosida konkret bola bilan muloqot qilish san’ati sifatida olib qarashga yordam beradi.
Oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotida paydo bo‘lgan qiyinchiliklarni e’tiborga olmaslik ham mumkin emas. Faqat oila va maktabgacha ta’lim tashkilotining xamkorligida xohlanayotgan natijaga erishish imkonini beradi.
Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy yillik tayyorlov bo‘yicha guruhlardagi bola sog‘ligini mustahkamlash va ularning jismoniy rivojlanishi bilan bog‘liq ishlar quyidagilarga yo‘naltiriladi:
bolaning sog‘lomlashtirilishi va jismoniy rivojlanishi masalalarida oilaning kompetentiligini oshirish;
bolalarda o‘z sog‘ligiga ongli munosabatni shakllantirish, ularni sog‘liqni mustahkamlashning ommabop usullari bilan tanishtirish;
sog‘liq holatining individual o‘ziga xosliklarini hisobga olish bilan maktabgacha yoshdagi bolalarning harakatli sifatlari va qobiliyatlarini rivojlantirish.
Bolalar bilan ishlashda nutq rivojlanishi bo‘yicha ijobiy natijalarga erishish uchun mazkur guruhlarga qatnovchi bolalarning o‘zlari haqida tasavvurlarga ega bo‘lish lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini har tomonlama tekshirib chiqish zarur bo‘ladi. Tekshirishni bolalar bilan ishlovchi pedagoglar va defektolog (agar u bo‘lsa) bilan parallel ravishda olib borish lozim.
Natijalar tahlili quyidagilarga imkon beradi:
mutaxassislarning yordamiga ehtiyoj sezadigan, nutq rivojlanishi sust va patologiyali bo‘ligan bolalarni aniqlash;
bolalarning nutq rivojlanishi darajasi bo‘yicha etarlicha kontrastli bo‘lgan kichik guruhlarini ajratib olish, ulardan birinchisiga nutqning turli tomonlarini yaxshi egallagan maktabgacha yoshdagi bolalar, ikkinchisiga esa nutqi sust yoki yomon bo‘lgan bolalar kiradi.
Ko‘plab maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ rivojlanishi etarlicha qulay amalga oshadi. Ular ham o‘z tengdoshlari, ham katta yoshlilar bilan aloqa o‘rnatadilar, birgalikda ishlash va o‘ynash haqida kelisha oladilar, o‘zlaricha reja tuzadilar; ular o‘z iltimoslarini ifodalab bera oladilar, xabar bera oladilar va shu kabilarni amalga oshiradilar; muloqotning turli xil vositalari – nutqli, mimikali, qo‘l harakati bilan usullarni o‘zlashtirgan bo‘ladilar.
SHu bilan birga tan olish lozimki, maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarning ko‘pchilik qismi kommunikativ faoliyatni egallashda ma’lum bir qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazadilar. Bu qiyinchiliklar yorqin ifodalangan xususiyatga ega bo‘lishi mumkin, lekin ular ko‘pincha unchalik ham sezilmaydigan bo‘ladi. Ularni bolalarning kattalar bilan o‘zaro harakatlari, tengdoshlari, sheriklik o‘yinlari, birgalikdagi o‘yinlar tizimini sinchiklab o‘rganib chiqish davomida aniqlaydilar. Kattalar odatda buning sababini bola xarakterining o‘ziga xosliklarida deb biladilar, aslini olganda esa bunday hodisaning ildizlari maktabgacha yoshdagi bolaning shakllantirilmagan kommunikativ faoliyatidan izlash kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ xulq-atvori paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan pedagog faoliyatida ikkita asosiy yo‘l belgilanadi:
bola tomonidan o‘z tengdoshlarini anglashini rag‘batlantirish, ular bilan ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish va umumiy qiziqishlarni shakllantirish bo‘yicha maxsus ishlar;
maktabgacha yoshdagi bolaning turli xildagi kommunikativ vositalarni (emotsional mimikaviy, pantomimik, qo‘l harakati bilan, so‘zli) qabul qilish va ulardan foydalanish qobiliyatini takomillashtirish.
|