1. Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi




Download 65,73 Kb.
bet1/4
Sana28.01.2024
Hajmi65,73 Kb.
#147465
  1   2   3   4
Bog'liq
PQ-321 14.07.2022
Tayanch tushunchalar, 10 sinf Testlar, 53733 ruza materiali, Титул дис., 2024 3 - Seminar 4 sem, Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika. Darslik. 2006, 24 zebra, 1440500, 2 MAVZU AMALIY Web dasturlashga kirish WEB116MBK, 3-mavzu, 8 MAVZU AMALIY Web dasturlashga kirish WEB116MBK



[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash;

3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi;

2.Moliya / Investitsiyalar]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash, meva-sabzavotchilikda zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida:
1. Yuqorichirchiq tumanida joylashgan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS) hududida Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan:
“O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazini tashkil etish” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Meva-sabzavotchilik loyihasi) uchun 2022 — 2026-yillarda 3,7 mln AQSh dollari;
“O‘zbekistonda “aqlli qishloq xo‘jaligi” sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Sanoat texnologiyalari innovatsion markazi loyihasi) uchun 2022 — 2026-yillarda 14 mln AQSh dollari;
“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ularning ko‘chatlarini yetishtirish markazini tashkil etish” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Zamonaviy ko‘chatchilik loyihasi) uchun 2022 — 2026-yillarda 3,7 mln AQSh dollari miqdoridagi grant mablag‘lari ajratilishi yuzasidan kelishuvga erishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra Koreya Respublikasi Hukumatining mazkur grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar doirasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS) tarkibida:
meva-sabzavotchilikning ilg‘or texnologiyalari bo‘yicha o‘quv markazi va namunaviy xo‘jalik tashkil etiladi hamda bu orqali dehqon va fermer xo‘jaliklari xodimlari uchun zamonaviy asbob-uskunalarni joriy etish hamda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi;
Koreya “aqlli qishloq xo‘jaligi” sanoat texnologiyalari innovatsion markazida va respublikaning 5 ta hududida hududiy tajriba issiqxonalari tashkil etiladi;
koreyalik mutaxassislar tomonidan dasturiy ta’minotlar bilan ishlash bo‘yicha IT-mutaxassislar va yuqori malakali mahalliy trenerlar tayyorlanadi;
zamonaviy issiqxonalar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi va issiqxona qurilishida foydalaniladigan asosiy jihozlar ishlab chiqarilishi mahalliylashtiriladi;
60 nafar mutaxassislar, shu jumladan sohadagi oliy ta’lim muassasalari magistrlari va ilmiy xodimlari malaka oshirish uchun Koreyaga yuboriladi.
3. Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni amalga oshirishda:
Koreya qishloq jamiyatlari korporatsiyasi (KRC) va Koreyaning Qishloq xo‘jaligida xalqaro hamkorlik instituti (DICA) Meva-sabzavotchilik loyihasini amalga oshiruvchilar hisoblanishi;
Koreya savdo-sanoat va energiya vazirligi, Koreya mashinasozlik sanoati assotsiatsiyasi (KOAMI), Texnologiyalarni rivojlantirish instituti (KIAT), CAMTIC ilg‘or mexatronika texnologiya instituti va “Agro Solution Korea” kompaniyalari Sanoat texnologiyalari innovatsion markazi loyihasini amalga oshiruvchilar hisoblanishi;
Koreya qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi va Koreya oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va baliqchilikda ta’limni rivojlantirish va axborot xizmati agentligi (EPIS) Zamonaviy ko‘chatchilik loyihasini amalga oshiruvchilar hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi:
Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, yangi o‘quv markazi, issiqxonalar, ko‘chatxonalar, namunaviy xo‘jaliklar tashkil etish bo‘yicha ijro etuvchi hamda mas’ul organ sifatida belgilansin;
loyihalar doirasida yetkazib beriladigan asbob-uskunalar va materiallardan oqilona foydalanish va ularni saqlash uchun javobgar etib belgilansin;
Toshkent agrar universiteti, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti talabalari, magistrlari, ilmiy va ilmiy pedagogik xodimlarining mazkur loyihalar doirasida barpo etilayotgan muassasalar, tajriba maydonlarida amaliyot va stajirovkalar o‘tashi, ilmiy-tadqiqotlar olib borishi, yaratilgan yangi ishlanmalarni joriy qilishi, tajribalar o‘tkazishiga sharoitlar yaratsin.
5. O‘zbekistonda Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar ijrosi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Vazirlar Mahkamasi (Sh. G‘aniyev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligining Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar uchun Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani hokimligi zaxirasidagi qishloq xo‘jalik xaritasining 2261q-konturidagi 4,3 gektar yer uchastkasini sug‘oriladigan yerlar toifasidan aholi punktlarining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan boshqa yerlari hamda sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi xulosasi qabul qilinsin.
Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Kadastr agentligi (F. Po‘latov) bir oy muddatda mazkur yer uchastkasini Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Toshkent viloyati Agroxizmatlar markaziga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini ta’minlasin.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev) Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) bilan birga 2022-yil oxiriga qadar xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hisobidan kamida 100 gektar yangi yer uchastkalarining o‘zlashtirilishi va sug‘oriladigan yerlar toifasiga kiritilishini ta’minlasin.
7. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Shukurov):
Toshkent viloyati hokimligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda belgilangan tartibda davlat yer kadastri ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish choralarini ko‘rsin;
ikki oy muddatda O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazi, O‘zbekistonda “aqlli qishloq xo‘jaligi” sanoat texnologiyalari innovatsion markazi hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ularning ko‘chatlarini yetishtirish markazining faoliyat tartibi hamda tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlasin.
8. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Bojxona kodeksining 297-moddasiga muvofiq davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan texnik yordam ko‘rsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod etiladi;
Soliq kodeksining 246-moddasiga muvofiq davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan texnik yordam ko‘rsatish (grantlar) uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.
9. Belgilansinki, mazkur qaror doirasida Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar doirasida ajratiladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasida imoratlar va inshootlar qurilishi natijasidagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari undirilmaydi.
10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi mazkur qaror doirasida Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Koreya Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi hamda Koreya Savdo-sanoat va energiya vazirligi o‘rtasida imzolangan Kelishuv hujjatlariga muvofiq amalga oshirsin.
11. Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligining viza talabnomalariga binoan, mazkur qaror doirasida Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalarining konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
12. Ichki ishlar vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligining talabnomasiga asosan loyihada ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik kirish vizalari berilishi va uzaytirilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
13. Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev belgilansin.
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-iyul,
PQ-321-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi PQ-321-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekistonda Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar ijrosi bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”


Download 65,73 Kb.
  1   2   3   4




Download 65,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi

Download 65,73 Kb.