• 1-bosqich. Subyektni ro‘yxatdan o‘tkazish
  • 2-bosqich. Alkogol masulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish
  • 3-bosqich. Markirovkalash uchun kodlarni taqdim etish
  • 4-bosqich. Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning muomalasini monitoring qilish
  • Subyektlar Tadbirlar




    Download 371.95 Kb.
    bet4/16
    Sana13.04.2022
    Hajmi371.95 Kb.
    #19685
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    944 23.11.2019
    ПФ-5953 02.03.2020, английский, -Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик, Axborot xavfsizligini ta`minlash masalalari, O’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Sh. Xaydarov “ ” 2022, Tashqi sarlavha, 613-Текст статьи-2549-1-10-20210429, Axborot, 15-amaliy, Ta\'lim metodlari, amaliy-dasturlar-paketi-kursini-o-qitishda-innovatsion-texnologiyalar, 1, 633ad666ada23, cybr
    Subyektlar

    Tadbirlar

    Ijro muddati

    1-bosqich. Subyektni ro‘yxatdan o‘tkazish

    Tajriba loyihasi ishtirokchisi

    Zarur ma’lumotlar ko‘rsatilgan arizani Administratorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni tovarlarni markirovkalash va kuzatib borish axborot tizimining veb-saytida (keyingi o‘rinlarda MMK AT) shakllantiradi.

    Real vaqt rejimida

    Administrator

    Agar ariza vaqtincha nizomda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lsa:
    subyektni ishtirokchilar reyestriga kiritadi;
    ishtirokchi uchun shaxsiy kabinet ochadi;
    subyektga ishtirokchilar reyestriga kiritilgani va shaxsiy kabinet ochilgani to‘g‘risida xabar beradi. Xabarnomada, shuningdek, ishtirokchilar reyestridagi tajriba loyihasi ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga berilgan ro‘yxatdan o‘tish raqamlari ko‘rsatiladi.

    Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda

    Administrator

    Vaqtincha nizom talablariga javob bermaydigan ma’lumot yuborilganda va/yoki zarur ma’lumotlar taqdim etilmagan taqdirda, subyektni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi.

    Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda

    2-bosqich. Alkogol ma?sulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish

    Tajriba loyihasi ishtirokchisi

    Zarur ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda alkogol mahsulotlarni qayd etish bo‘yicha arizani Administratorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni MMK AT veb-saytida shakllantiradi

    Real vaqt rejimida

    Administrator

    Arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar Vaqtincha nizom talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda:
    arizada keltirilgan ma’lumotlarni mahsulot reyestriga kiritadi;
    tajriba loyihasi ishtirokchisini alkogol mahsulotlari mahsulotlar reyestriga kiritilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.

    Real vaqt rejimida

    3-bosqich. Markirovkalash uchun kodlarni taqdim etish

    Tajriba loyihasi ishtirokchisi

    Mahsulotlar reyestriga kiritilgan alkogol mahsulotlarini markirovkalash uchun kodlarni olishga Administratorga aloqa kanallari �rqali quyidagi axborotni o‘z ichiga olgan buyurtmani yuboradi:
    Mahsulot reyestriga kiritilganida alkogol mahsulotlariga berilgan mahsulot identifikatsiya raqami;
    talab qilingan kodlar soni;
    sana, vaqti va ishlab chiqarilgan joyi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar (mavjud bo‘lsa)

    Real vaqt rejimida

    Administrator

    Agar buyurtmada ko‘rsatilgan ma’lumotlar vaqtincha nizom talablariga muvofiq bo‘lsa:
    kerakli miqdordagi markirovkalash kodlarini seriyalashtiradi;
    tajriba loyihasi ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki alkogol mahsulotlari import qiluvchiga ushbu kodlarning ro‘yxatini taqdim etadi;
    taqdim etilgan kodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni AT reyestriga kiritadi.

    Real vaqt rejimida

    Tajriba loyihasi ishtirokchisi

    Administratorga ro‘yxatdagi kodlar olinganligi to‘g‘risidagi tasdiqni yuboradi.

    Markirovka kodlari ro‘yxati olingan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida

    Markirovkalash kodlarini identifikatsiya vositasiga o‘zgartiradi.

    Alkogol mahsulotlarining iste’mol qadog‘ida identifikatsiya vositalarini qo‘llanilishini ta’minlaydi.

    MMK ATga markirovkalash kodlaridan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotni yuboradi (mahsulot kodi, identifikatsiya kodi, markirovkalash sanasi va vaqti, qo‘llaniladigan identifikatsiya vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar).

    Alkogol mahsulotlarining iste’mol konteynyerlarida identifikatsiyalash vositalarini qo‘llanilganidan so‘ng

    4-bosqich. Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning muomalasini monitoring qilish

    Tajriba loyihasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)

    Alkogol mahsulotlari eksport qiluvchi mamlakat hududida hamda tovar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgandan keyin agregatsiya qilinadi.

    Real vaqt rejimida

    MMK AT orqali avtomatik rejimda Administratorga mahsulot kodlari, yangi guruh va transport paketlarini identifikatsiyalash, shuningdek, mahsulot va qadoqlash kodlari ro‘yxati, shu jumladan avvalgi darajadagi qadoqlar (masalan, palletlarni tuzishda, uning tarkibiga kiruvchi qutilar ro‘yxati ko‘rsatiladi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha xabar beradi.

    Real vaqt rejimida

    Mulkka egalik huquqi o‘tkazilganligini yoki tovarlarni sotish uchun berilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjat asosida tajriba loyihasi ishtirokchilari o‘rtasida alkogol mahsulotlar berish (qabul qilish) vaqtida bitim taraflari:
    alkogol mahsulotlarni topshirish (qabul qilish) to‘g‘risida tovar yo‘llanma varaqasi shaklida bildirishnoma tuzadi;
    tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan ko‘rsatilgan bildirishnoma imzolanadi;
    topshirish (qabul qilish) to‘g‘risida bildirishnoma va birlamchi hujjatning elektron nusxasini MMK ATga yuboradi, shuningdek, ma’lumotni elektron hisob-varaq faktura ma’lumotlari bilan integratsiyalashtiradi.

    Alkogol mahsulotlarga egalik huquqi o‘tgandan so‘ng 72 (yetmish ikki) soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda

    Tajriba loyihasi ishtirokchisi
    (import qiluvchi)

    Import qilinayotgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiradi.

    Real vaqt rejimida

    Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgandan keyin Administratorga tovarlar deklaratsiyasida ko‘rsatilgan tovarlarni chiqarish to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:
    bojxona organi kodi;
    tovar deklaratsiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi;
    tovar deklaratsiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish raqami;
    TIF TN kodlari;
    transport qadoqlarining markirovka kodi va tovar nomi;
    tovarning kelib chiqish mamlakati kodi.

    Administrator

    Ma’lumotlarni olgandan keyin ularni AT reyestrida aks etilishini ta’minlaydi.

    Real vaqt rejimida


    Download 371.95 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 371.95 Kb.