• Tayanch so’zlar va iboralar
  • Tayanch so’zlar va iboralar




    Download 25,28 Kb.
    bet1/5
    Sana08.02.2024
    Hajmi25,28 Kb.
    #153128
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Haydovchi va uning harakat xavfsizligini ta\'minlashdagi o`rni



    Haydovchi va uning harakat xavfsizligini ta'minlashdagi o`rni

    REJA:
    1. Haydovchini xarakterlovchi ko’rsatkichlar.
    2. Haydovchining ruhiy holati va biologik imkoniyatlari
    3. Haydovchi mehnatini tashkil etish va uning kasbiga munosibligini aniqlash



    Tayanch so’zlar va iboralar: 
    haydovchi; yo’lovchi; piyoda; shaxs; temperament
    toliqish; sergaklik; sezish; idrok; ko’rish; muvozanat; tezlanish; tebranish; qabul qilish; xotira; 
    fikrlash; tezkorlik; diqqat; reaktsiya; tibbiy ko’rik; kundalik tibbiy ko’rik; tana harorati; qon 
    bosmi; tomir urushi; algokol miqdori; shifoxona; yo’llanma. ish vaqti; ish hafta; haydovchi 
    mehnati; mehnatni tashkil etish; kasbiy munosiblik; nogironlik; haydovchilik guvhnomasi; 
    avtomobillarning toifasi; harakat tayyorgarlik; nazariy imtihon; amaliy ko’nikma.
     
    alkogol 
    kontsentratsiyasi; promill; qondagi alkogol kontsentratsiyasi; miya faoliyati; qon tarkibi; 
    markaziy nerv tizimi; axborotni qabul qilish; tavakkal qilish. 
    Harakat xavfsizligini ta’minlashda inson yo’l harakatining asosiy ishtirokchisi:
    haydovchi, yo’lovchi, piyoda va harakatni tashkil qiluvchi sifatida qatnashadi. Bularning ichida
    haydovchi alohida o’rin egallaydi, shuning uchun harakatni tashkil qilishda uning psixologik,
    fiziologik va biologik imkoniyatlarini e’tibor olish zarur. Harakatlanish davomida haydovchiga
    har xil noxush faktorlar ta’sir etadi: avtomobil saloniga kirayotgan chiqindi gazlar, transport
    shovqini, vibratsiya, qishning sovuq va yozning issiq havosi, yomg’ir, qor, tuman, yo’lning
    yomon sharoiti, avtomobilning har xil kamchiliklari, piyodalarning tartibsiz harakatlanishi va
    hokazolar.
    Haydovchi asosiy axborotni yo’l sharoitini kuzatish orqali oladi va axborotlar uning
    uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Axborotlarning xarakteri va hajmi juda tez
    o’zgaruvchan bo’lib, u doimo haydovchidan muntazam ravishda yo’ldagi harakat sharoitini
    diqqat-ehtibor berib kuzatishni taqozo qiladi. Haydovchining ish faoliyati juda murakkab bo’lib,
    harakatlanish davomida yo’l, avtomobil, piyoda va muhit sharoitiga faol ta’sir ko’rsata olmaydi
    (6.1-rasm) va ularning o’zgarishini oldindan aniqlay olmaydi, u shunday sharoitda o’zining,
    yo’lovchilarning, piyodalarning hayotiga xavf tug’dirmasdan hamda avtomobilni va undagi
    yuklarni to’liq saqlagan holda xavfsiz harakatni ta’minlashi kerak.
    Har bir kasbda insonning faoliyatini tahlil qilishdan kelib chiqib, uning muhim ruhiy-
    fiziologik o’ziga xosligini ajratib ko’rish mumkin. Haydovchi doimo harakatdagi barcha
    qatnashchilarining harakatlanish tartibi, yo’lning holati va o’lchamlari, atrof-muhit holati va
    boshqaruv vositalari mavjudligi, avtomobilning qism va asboblarining holati to’g’risidagi katta
    hajmdagi axborotni doimiy ravishda qabul qilishi hamda qisqa muddatda axborot majmuasini
    qayta ishlab va tahlil qilib, qaror qabul qilish kerak (6.1-rasm).
    SHuni aytib o’tish kerakki, haydovchilar har doim ham to’g’ri qaror qabul qilib harakat
    qilmaydilar. Bunday holat vujudga kelishiga ko’pincha quyidagilar sabab bo’ladi:
    Axborot o’z vaqtida olinmagan, uning natijasida haydovchi harakat sharoitini to’g’ri
    baholay olmagan va YTHning oldini olish imkoniyati yetarli bo’lmagan;
    birlamchi axborotni noto’g’ri tushunish, masalan, burilish uchun berilgan signalni
    haydovchi tormoz signali deb qabul qilishi;

    Haydovchi faoliyatining «Haydovchi-Avtomobil-Yo’l-


    Piyoda-Muhit» tizimidagi o’rni
    harakatlanish sharoitini noto’g’ri tahlil qilish, masalan, chorrahaga yaqinlashayotgan
    haydovchi svetoforning sariq signalidan keyin yashil yonishini kutgan, lekin signal qizil yongan;
    noto’g’ri qaror qabul qilish, masalan, vujudga kelayotgan YTHning oldini olishning
    birdan-bir to’g’ri yo’li traektoriyani birmuncha o’zgartirishning o’rniga haydovchi jadal tormoz
    qilishga qaror qilishi;
    noto’g’ri harakat qilish, masalan, haydovchi to’satdan tormoz pedali o’rniga yonilg’i
    beruvchi pedalni bosishi va shu bilan harakat tezligini birdaniga oshirib yuborishi.
    Keltirib o’tilgan vaziyatlarning yuzaga kelishida haydovchining ruhiy holati, shuningdek,
    amaliy tajribasi katta ahamiyatga ega.
    Insonlarning ruhiy o’ziga xosligi bir xilda emas. Odamning ruhiy holatiga ko’p jihatdan
    atrof-muhit ko’rsatkichlari ta’sir ko’rsatadi, ular nerv tizimiga ta’sir ko’rsatib, ruhiy

    Download 25,28 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 25,28 Kb.