|
Йул
Катнов кисмининг ва
|
bet | 2/5 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 25,28 Kb. | | #153128 |
Bog'liq Haydovchi va uning harakat xavfsizligini ta\'minlashdagi o`rniЙул
Катнов кисмининг ва
йул ёкасининг
кенглиги; харакат
полосасининг сони;
кундаланг ва буй-
лама нишаблик.
Режадаги ва буйлама
кесимдаги эгри-
ликлар.
Режадаги ва буйлама
кесимдаги кщриниш.
коплама тури ва
колати.
кузгалувчи ва
кузгалмас объектлар.
Чоррахалар. Йул
жихозлари.
Пиёда
Тезлиги.
Зичлиги.
Пиёда йулагининг
эни. Пиёдалар тщсици
Муҳит
Ёритилганлик.
Ёмгир, кор.
Туман.
Чанг.
Захарли газ ва
чикиндилар.
Шовкин.
Тебраниш.
Хайдовчи
Психофизиологик ва
шахсий тавсифи.
Касбий сифати.
Ахборот кабул килиш
даражаси.
холати (чарчок,
касаллик, мастлик,
гиёхвандлик)
Сезгилар
Куриш, эшитиш, ушлаб
куриш, тебра-ниш ва
утказолар
Ахборотни кайта
ишлаш (ахборотларни
синтезлаш, тахлил
килиш)
Қарор кабул килиш
Автомобил
Габаритлар (узунли-
ги, кенглиги, ба-
ландлиги).
Формаси.
Ранги.
Ички ва ташки
сигналлар.
jarayonlarning kesish chuqurligi va tezligini o’zgartiradi. SHu sababdan haydovchining ruhiy
holatini to’g’ri tushunish uchun uning faoliyatini kuzatuvchi ayrim ruhiy jarayonlarni
o’rganishning o’zi yetarli bo’lmasdan, buning uchun insonni shaxs sifatida xarakterlovchi o’ziga
xoslikni bilish zarur.
SHaxs ko’p qirrali sifatlarning o’zaro bog’lanishlaridan tashkil topadi. Bular qiziqishlar,
temperament, xarakter, beriluvchanlik, o’z kasbiga munosabat, boshqa faoliyat turlariga
munosabat, jamoat ishlariga munosabat va h.k. lardan iborat.
Temperament shaxsning o’ziga xosligini ifodalab, ruhiy jarayonlarning o’tish
dinamikasini aniqlaydi. Temperamentning to’rtta turi mavjud: xolerik, sangvinik, flegmatik va
melanxolik.
Temperament ish qobiliyatida aks etadi. Masalan, xolerik uchun yuqori darajadagi
emotsional qo’zg’aluvchanlik xos bo’lib, avtomobilni boshqarishda ishga osoyishta munosabatda
bo’luvchi flegmatikka nisbatan tezroq charchaydi. Sangvinik haydovchilik kasbida o’zini yaxshi
namoyish etadi. Melanxolik barcha transport vositalari haydovchilik kasbiy faoliyati uchun
unchalik yaroqli bo’lib hisoblanmaydi.
Toliqish - inson faoliyati davomida kuchayib boradigan va uning vaqtinchalik
samaradorligini pasaytirishga olib keladigan inson ruhiy holati o’zgarishlarining majmuidir.
Sergaklik - bu markaziy nerv tizimining zarur ishni bajarishga tayyorlik darajasidir.
Haydovchi ish qobiliyatining darajasiga ko’p holda mehnatni tashkil etish ta’sir
ko’rsatadi. Masalan, noto’g’ri tuzilgan ish jadvali tungi harakatlanish oldidan va undan keyin
to’liq dam olishga imkon bermaydi.
Toliqish holatida ko’plab yo’l-transporti hodisalari sodir etiladi. Toliqish ta’siri ostida
ko’rish funktsiyasi, harakatlanish reaktsiyasi va harakat muvofiqligi yomonlashadi, diqqatning
jadalligi sustlashadi, tezlikni sezish darajasi yo’qoladi. Toliqqanda haydovchida apatiya,
holsizlanish, bo’shashish holati vujudga keladi. Diqqatlilik darajasi kamayadi. Javobgarlik his -
tuyg’usi sustlashadi.
Haydovchining ruhiy holati va uning biologik imkoniyatlarini o’rganishni avval sezishda
ko’ramiz.
Sezish - bu moddiy olamdagi hodisalarning va predmetlarning odam ongida aks
ettirilishidir. Sezish ko’rish, eshitish, ushlab ko’rish, teri orqali, harakatlanish, tebranish va
hokazolarga bo’linadi.
Idrok - predmet va hodisalarni bilishda sezishdan keyingi yuqoriroq pog’onadir. Idrok
etishda atrof-muhitdan sezish orqali olingan ma’lumotlar yaxlit umumlashgan holda namoyon
bo’ladi.
Avtomobilni boshqarishda ko’rish tahlil qiluvchi sifat shaklida atrofdagi muhit
to’g’risidagi asosiy axborot vositasi hisoblanadi. Yo’ldagi harakat vaziyatini ko’rish
yomonlashishi YTH kelib chiqishining asosiy omillaridan biri. Harakat miqdori sutkani qorong’i
vaqtida 20
30 % ga pasayishiga qaramasdan, avtorning tahliliga ko’ra, Toshkent viloyati
avtomobil yo’llaridagi oxirgi besh yil ichida sodir etilgan YTHning 35
45 % kunning qorong’i
davriga to’g’ri keladi.
Ikki polosali yo’ldan qarama-qarshi polosada harakat yo’q bo’lgan vaqtda, 80 km/soat
tezlik bilan harakatlanayotgan haydovchi ko’z qarashining 43,2 % avtomobilning 25-120 m
oldidagi yo’l bo’lagini ko’rishga, qolgan vaqtni esa yo’lni, qatnov qismini, yo’l yoqasini va
boshqa yo’l elementlarini ko’rishga sarflaydi (6.2-rasm). Agarda ikki polosali yo’lda qarama-
qarshi harakat kuzatilsa, unda haydovchi ko’rish diqqatining 30 % vaqtini qarshidan
harakatlanayotgan avtomobil oladi.
Yo’l elementlari esa
47,9 % ni tashkil etadi, uning
asosiy qismi yo’l qoplamasini va
avtomobil-ning
oldidagi
yo’l
holatini baholashga sarflanadi.
|
| |