|
Tayanch so’zlar va iboralar
|
bet | 3/5 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 25,28 Kb. | | #153128 |
Bog'liq Haydovchi va uning harakat xavfsizligini ta\'minlashdagi o`rniEshitish orqali idrok etish - o’z
mohiyatiga ko’ra ko’rishdan keyin
ikkinchi o’rinda turadi. Eshitish or-
qali idrok qilish uchta fak- torga
bog’liq: eshitish tahlil qiluvchisi;
ovoz
To’g’ri yo’l bo’lagidan o’tganda
haydovchining ko’z qarashi vaqtining bo’linishi
(10 minutlik davrda)
manbai; bosim o’zgarishini ovoz manbaidan ovoz tahlil qiluvchisiga uzatuvchi muhit.
Haydovchi eshitish yordamida avtomobil asboblarining ishlash sifatini baholaydi, boshqa
haydovchilar berayotgan tovushli ishoralarni, temir yo’l kesishmalaridagi qo’ng’iroq ovozlarini,
maxsus avtomobillarning tovush moslamalari ovozlarini, ichki axborot quril-malarining
zummerlarini hamda turli xildagi shovqinlarni qabul qiladi, ularning jadalligi va tez-tez
qaytarilishi, harakatlanish tezligi va uning o’zgarishi to’g’risida birmuncha tassavur beradi.
Muvozanat
- bu muhitda tana holatining o’zgarishini hamda organizmga tezlanish va
og’irlikning ta’sirini ehtirof etish va qabul qilishdir.
Tezlanish
- tezlikning yo’nalishi va miqdoriy ko’rsatkichlari bo’yicha o’zgarishni
belgilaydi. To’g’ri chiziqli tezlanish harakatlanish tezligining ko’payishi yoki kamayishi orqali
vujudga keladi; yoysimon yoki markazdan qochirma tezlanish esa egrilik bo’yicha harakatlanish
davrida vujudga keladi. Tezlanish ta’siridagi odamning umumiy holati butun tana bo’yicha
vazminlikni his qilishning vujudga kelishi orqali belgilanadi.
Tebranish
- (mexanik tebranish) kishi organizmiga ancha salbiy ta’sir ko’rsatadi, holbuki,
uning ta’sir etish darajasi va xarakteri tebranish turiga bog’liqdir.
Qabul qilish
- haydovchi o’zining kasbiy faoliyati jarayonida doimo tuganmas axborotlar
oqimi asosida vujudga kelgan va kelishi mumkin bo’lgan yo’l-transport holatiga mos ravishdagi
harakatlarni bajaradi. Ayni paytda haydovchi qator taktik vazifalarga asoslanadi:
harakatlanishning xavfsiz tezligiga, transport jarayonining o’rnatayotgan maqsadiga, to’xtash,
to’xtab turish shartlari va h.k. larga asoslanadi.
Xotira
- qabul qilish jarayoni, asab tizimining tashqi olam haqidagi axborotlarini va bu
hodisalarga organizmning ehtibor berishini saqlash qobiliyati.
Fikrlash
- sezish, qabul qilish, xotira, tasavvur bilan uzluksiz bog’liq bo’lib, uning asosiy
ahamiyati bu jarayonlarni muvofiqlashtirish, tartibga solish va sintez qilishdadir. Haydovchilar
uchun fikrlash tezligi muhimdir, chunki fikrlash asosida xulosa chiqarish va undan keyingi
harakatlar avtomobilning harakatlanish tezligi qancha yuqori bo’lsa, shuncha tez bajarilishi
lozim.
Haydovchining tezkorlik sifati
- bu sifatlar kutilmaganda vujudga keladigan kritik
vaziyatlarda to’g’ri xulosa chiqara olish va qisqa vaqt ichida kerakli harakatlarni bajara olishga
tayyor bo’lishlikning darajasini aniqlaydi.
Diqqat
- bu sifat ruhiy faoliyat xarakteristikasi bo’lib hisoblanadi va ongning ma’lum bir
ob’ektiga jalb qilish va yo’naltirish orqali ifodalanadi.
Diqqatning avtomobil haydovchisi uchun muhim sifatlari bo’lib turg’unlik, to’plash,
hajm, taqsimlash va ko’chirish hisoblanadi.
Reaktsiya
- organizmning har qanday signalga javob harakatidir. Reaktsiya oddiy va
murakkab bo’ladi.
Oddiy reaktsiya
- bu avvaldan ma’lum bo’lgan bir dona ishoraga javob harakati.
Masalan, yorug’lik yoki tovush qo’zg’otgich tugmasini bosish. Yorug’lik qo’zg’otgich
tugmachani bosishning o’rtacha vaqti 0,2 s, tovushniki esa 0,15 s. Agarda qator mumkin bo’lgan
javob harakatlaridan bitta yoki bir nechta aniq harakatni tanlash zarur bo’lsa, bunday reaktsiya
|
| |