Тўхтамасдан бошкариш давомийлиги, соат




Download 25,28 Kb.
bet5/5
Sana08.02.2024
Hajmi25,28 Kb.
#153128
1   2   3   4   5
Bog'liq
Haydovchi va uning harakat xavfsizligini ta\'minlashdagi o`rni

Тўхтамасдан бошкариш давомийлиги, соат. 

«E» - toifasi, shatakchasi, «V», «S» toifalari yoki «D» toifasidagi transport vositalaridan


iborat bo’lgan turkumni.
Tramvay haydovchisiga faqat tramvay, trolleybus haydovchisiga faqat trolleybus
boshqarishga ruxsat etiladi.
«V», «S» va «D» toifasidagi transport vositalarining haydovchilariga ularning to’la vazni
750 kilogrammdan ko’p bo’lmagan tirkama bilan ham boshqarishga yo’l qo’yiladi.
To’la vazni 750 kilogrammdan ortiq bo’lgan tirkamali «V», «S» va «D» toifalaridagi
transport vositalarini, shuningdek, bo’g’imli avtobuslarni boshqarish uchun haydovchining
haydovchilik guvohnomasida «E» toifasini ham boshqarishga ruxsat etilganligi belgisi bo’lishi
shart.
«V», «S», «D» va «E» toifalaridagi transport vositalarini, tramvaylar, trolleybuslarni
boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun O’zbekiston IIV
YHXBB bilan kelishilgan, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona
o’quv rejasi va dasturi asosida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o’quv
yurtlarida tayyorgarlikdan o’tishlari shart. «A» toifadagi transport vositalarini boshqarish
huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun harakat tayyorgarlik ko’rgan
shaxslarga ham DYHXX RIB larda imtihon topshirishga ruxsat etiladi.
O’quv rejasi dasturlariga avtotransport vositalarini boshqarish fanlari kiritilgan oliy va
o’rta maxsus o’quv yurtlari, texnika bilim yurtlari va umum-ta’lim maktablari maxsus dasturlar
asosida «V», «VS» toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi
guvohnoma olish uchun tayyorlashlari mumkin.
Imtihon nazariy va amaliy qismlardan o’tkaziladi.
Nazariy imtihonda imtihon topshiruvchining «Yo’llarda harakatlanish qoidalari» va
dasturda ko’zda tutilgan boshqa fanlar bo’yicha bilimi tekshiriladi.
Amaliy imtihonda haydovchilik guvohnomasi qaysi transport vositalarini boshqarish
huquqini beruvchi toifaga olinayotgan bo’lsa, imtihon topshiruvchining faqat shu toifadagi
transport vositalarini boshqarish bo’yicha malakasi tekshiriladi.
Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar yurtlarining kasbiy yo’nalishi avtotransport
haydovchilarini tayyorlash uchun tasdiqlangan yagona o’quv dasturiga kiritilgan fanlarning
to’liq o’qitilishini taqozo etgan ixtisosliklar bo’yicha tugatgan shaxslarga “V” yoki “VS” toifali
haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar topshirishga ruxsat etiladi.
Masalan, Toshkent avtomobil - yo’llar institutida barcha bakalavr tayyorlash
yo’nalishlarining o’quv rejalariga «V» toifasidagi haydovchilik guvohnomasini (institutni
tamomlagandan keyin maxsus kurslarni yagona dastur asosida o’qiganligi munosabati bilan
qo’shimcha o’quv kurslarida o’qimasdan) olish uchun imtihon topshirishlari mumkin.
Haydovchilik guvohnomasi mototransport va kajavali mototsikllarni boshqarishga 16 
yoshga to’lgan («A» toifa), yengil yuk avtomobillarini («V», «S» toifa) haydashga 18 yoshga 
to’lgan, tramvay, trolleybus, taksi va avtobuslarni («D» toifa) boshqarishga 21 yoshga to’lgan
shaxslarga beriladi. Majburiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilarga istisno tariqasida,
avtobuslarni boshqarishlariga 19 yoshga to’lgandan so’ng ruxsat etiladi.
Maxsus tovushli va yorug’lik signallari bilan jihozlangan yoki xavfli yuklarni
tashiydigan transport vositalarini, shuningdek, shaharlararo qatnaydigan va xalqaro yo’nalishga
xizmat qiluvchi avtobuslarni boshqarish uchun tegishli toifadagi transport vositalarida oxirgi uch 
yil mobaynida muttasil faqat haydovchi sifatida ishlagan shaxslarga ruxsat etiladi.
«S» yoki «D» toifalariga oid transport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik
guvohnomasi bo’lgan ayollarga (yuk avtomobillarini yoki avtobuslarni boshqarishga)

O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
Kengashi tomonidan belgilangan ma’lum cheklashlar (avtomobillarning yuk ko’tarish quvvati
2,5 tonnadan, avtobuslarda yo’lovchilarning soni 14 kishidan oshmasligi kerak) asosida ruxsat
etiladi.
«VS», «S» yoki «D» toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo’lgan, haydovchilik
sohasidagi ish faoliyati bir yildan kam bo’lmagan (shaxsiy avtomobil haydovchilari uchun oxirgi
24 oy mobaynida avtomobil boshqargan), o’quv yurtlarida tegishli dasturga muvofiq qayta
tayyorgarlikdan o’tgan va amaliy imtihon topshirgan haydovchilarga «E» toifasidagi transport
vositalarini boshqarish huquqi beriladi.
Haydovchilarning ishlash va dam olish vaqtidan to’g’ri foydalanishlariga qathiyan rioya
qilishlarini nazorat qilish kerak. Haftada 6 kun ishlash o’rnatilganda haydovchilar kuniga 7
soatdan ortiq ishlashlari mumkin emas. Kechasi ishlash vaqti 22 dan boshlab 6 soatni tashkil
etishi kerak [19].
SHaharlararo tashish bilan shug’ullanuvchi haydovchilar 12 soatdan ortiq transport
vositasida bo’lishi rejalashtirilgan avtomobillarda uxlash uchun joy tashkil qilingan bo’lishi
lozim va marshrutga ikkita haydovchi yuborilishi kerak. SHaharlararo tashishda haydovchi
birinchi 3 soat va undan keyin har 2 soatdan so’ng 10 minut dam olishi lozim. Har kungi dam
olish (smenalar oralig’ida) ish kuni vaqtidan ikki marta kam bo’lmagan vaqtga to’g’ri bo’lishi
kerak. Masalan, smenada 8 soat ishlagan bo’lsa, dam olish vaqti 16 soatdan kam bo’lmasligi
kerak.
6.3. HAYDOVCHILARNI TIBBIY KO’RIKDAN O’TKAZISH
Harakat xavfsizligini ta’minlash uchun birinchi navbatda haydovchilarning harakatlanish
davomida, oldindan va kasbiy kasallanishining oldini olishdan iborat bo’ladi. Ingliz
mutaxassislarining fikricha, yiliga 200 dan ortiq YTH haydovchilarning yo’lda harakatlanish
davrida infarkt miokard bo’lishidan sodir etilishi aniqlangan. Bunday holat AQSHda yiliga 2
mingdan ortiq qayd etilishi ma’lum. Tibbiyot mutaxassislarining fikricha, haydovchilarda
ko’p uchraydigan qon bosimining ko’tarilishi, ularning kun davomida yuqori darajada
asablarining zo’riqishi bilan ishlashi, shuningdek, oshqozon-ichak kasalligining tez-tez uchrashi
haydovchilar ishlash grafigining noto’g’riligidan kelib chiqadi. Keltirilgan noxush holatlar
vujudga kelmasligining oldini olib haydovchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.
Barcha transport vositalarining haydovchilari O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash
vazirligining 2006 yil 6 iyundagi 300-sonli buyrug’ida belgilangan tartibda tibbiy ko’rikdan
o’tishlari shart. Har bir haydovchi haydovchilik guvohnomasi olishdan oldin va 6.1-jadvalda
keltirilgan muddatlarda tibbiy ko’rikdan o’tadilar. Transport vositalarining haydovchilarini
dastlabki tarzda majburiy va keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’riklardan, shu jumladan,
yo’lga chiqish oldidan va yo’ldan qaytgandan keyin tibbiy ko’riklardan o’tishi “Yo’l harakati
xavfsizligi to’g’risi”dagi qonunning 17-moddasida ham keltirilgan.

Jadvaldagi tahlil qilinayotgan ko’rsatkichlarning jarohat darajasi mast holdagi


haydovchilarda o’lim va juda og’ir tan jarohatlari kattaligini, mast erkak haydovchilar
ichmaganlariga nisbatan 15 % ko’p YTHni sodir etishlarini, ularning asosan 50 % ortig’ini
shanba, yakshanba kunlari va sutkaning qorong’i vaqtida soat 21.00 dan 9.00 gacha YTH sodir
etilishini ko’rish mumkin.


Download 25,28 Kb.
1   2   3   4   5




Download 25,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Тўхтамасдан бошкариш давомийлиги, соат

Download 25,28 Kb.