Tayanch so’zlar va iboralar




Download 25,28 Kb.
bet4/5
Sana08.02.2024
Hajmi25,28 Kb.
#153128
1   2   3   4   5
Bog'liq
Haydovchi va uning harakat xavfsizligini ta\'minlashdagi o`rni

murakkab reaktsiya deyiladi. Ko’pgina hollarda haydovchining kutilmagan vaziyatlarda
vaziyatning o’zgarishiga bo’lgan reaktsiyasi murakkab harakat reaktsiyasiga kiradi va uning
vaqti 0,4-2,5 s va undan ko’proq bo’lgan oraliqda bo’lishi mumkin.
6.2. HAYDOVCHI MEHNATINI TASHKIL ETISH VA UNING
KASBIGA MUNOSIBLIGINI ANIQLASH
Ko’p vaqt mobaynida avtomobilni boshqarish natijasida haydovchining diqqati pasayishi
va reaktsiya vaqti oshishi mumkin. Bu esa harakat xavfsizligi nuqtai nazaridan juda xavfli
hisoblanadi. Bunday vaziyatning oldini olish maqsadida haydovchining ish vaqti tartibga
solinadi.
O’zbekiston Respublikasida mavjud mehnat kodeksining 115-moddasiga [19] amal
qilgan ravishda avtokorxonalardagi haydovchilarning ish vaqti haftasiga 40 soatdan, haftada olti
kun ishlovchilarga kuniga 7 soatdan, besh kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi
lozim (bu ish tartibi avtobus, taksi, maxsus transport va tunda ishlovchi haydovchilarga taalluqli
emas).
Evropa davlatlarida haydovchining bir kunlik
maksimal ish vaqti 9 soat qilib
belgilangan. Haydovchilar 6 hafta ishlagandan so’ng 1 hafta dam olish rejalashtiriladi. Bunda 14
kun mobaynida maksimal ish vaqti 90 soatdan oshmasligi kerak. To’xtamasdan avtomobilni
maksimal boshqarish vaqti 4,5 soatni tashkil etishi, so’ngra 45 minut dam olishi o’rnatilgan.
Belgilangan ish tartibini kuzatib (nazorat qilib) borish uchun avtomobillarga taxometr
o’rnatiladi.
AQSHda tadqiqotchilarning oxirgi 25 yil ichida o’tkazgan YTH tahlili [11] bo’yicha yuk
avtomobilini davomli boshqarish ortgan sari YTHni vujudga keltiruvchi nisbiy tavakkallik
vaziyati oshib, 9 soat ishlagandagi nisbiy tavakkallik 4,5 soatdagidan 1,31 marta, 10 soatdagi esa
1,5 marta katta bo’lishi aniqlanilgan.
Haydovchi mehnatini to’g’ri tashkil etish uning bir avtomobilda va aniq yo’nalishda
muntazam ishlashini taqozo etadi.
Haydovchining mehnatini tashkil qilishdagi asosiy kamchiliklardan biri ko’pchilik hollarda
ish vaqtidan tashqari ishlar bo’lib, ular ish vaqti va dam olish rejimini izdan chiqaradi hamda
harakatlanish xavfsizligiga katta xavf tug’diradi.
Haydovchilik kasbiga munosiblik birinchi navbatda uning haydovchilik kasbiga qanday
tayyorgarlik ko’rgani, yo’l harakat qoidalarini mukammal bilishi, psixofiziologik jihatdan
transport vositalarini boshqarishga tayyorgarligi, belgilangan qoidalarga xohish bildirishi, shaxs
sifatida jamiyat bo’layotgan qiziqishlariga va jamiyat xavfsizligiga egoistik ruhda emasligi
aniqlanadi.

Haydovchilik kasbi-ni egallamoqchi


bo’lgan shaxslar tibbiy ko’rikdan o’tishlari
shart. Tibbiy ko’rikdan o’tishlari nati-jasida
bo’lg’usi
haydovchi-larning
ko’rish,
eshitish, o’z vaqtida tashqi (yo’l sharoitini)
va ichki (avtomobil transportini) muhitga
bo’lgan diqqati va boshqa psixologik xusu-
siyatlari tekshiriladi. Barcha transport vosi-
talari
haydovchilari
O’zbe-kiston
Respublikasi
Nisbi
y
tava
kka
ll
ik
Yuk avtomobil haydovchisining
dam olmasdan boshqarish davomiyligi
ortishi bilan YTHni nisbiy
tavakkallikni o’zgarishi
Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.
Haydovchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish uchun vazirlik tomonidan joylarda maxsus hayhat
tuziladi. Hayhat tarkibida terapevt, xirurg, okulist, nevropatolog, psixolog, otolaringologlar
(ayollar akusher-ginekolog ko’rigidan xam o’tadilar) qatnashadilar. Agarda haydovchining
kasbga munosibligini aniqlash davrida nizolar chiqadigan bo’lsa, uni vazirlik, viloyat, shahar,
tuman miqyosidagi tuzilgan tibbiy hayhatlar hal qiladi.
Ayrim hollarda ma’lum fiziologik yetishmovchiligi bo’lgan shaxslarga transportni
boshqarishga ruxsat beriladi. Masalan, oyog’i shikastlangan nogironlarga transport vositasi
konstruktsiyasini o’zgartirib, qo’lda boshqarishga moslashtiriladi yoki eshitish organida nuqsoni
borlarga maxsus eshitish moslamasi taqib transportni boshqarishga ruxsat beriladi (bunday
hollarda haydovchi faqat o’z shaxsiy transportini boshqarib, boshqalarga xizmat ko’rsatishi man
etiladi). Hozirda rang ajratish qobiliyati past yoki yo’q (dalьtonik) shaxslarga transport vositasini
boshqarishga ruxsat berish to’g’risida izlanishlar olib borilayapti. Umuman, bizda o’rnatilgan
haydovchilikka moslikni aniqlash tartibi rivojlangan davlatlar tartibiga mos keladi.
O’zbekiston Respublikasida barcha transport vositalari ularning turlariga, qo’llanilishiga
va boshqarishning o’ziga xosligiga qarab A, V, S, D, Ye toifalarga hamda tramvay, trolleybus,
motokajavalarga bo’linadi. Bularni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi «O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 2 avgustdagi 156-sonli «O’zbekiston
Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni
tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida»gi
qaroriga asosan beriladi.
Haydovchilik guvohnomasida tegishli ruxsat beruvchi belgisi bo’lgan shaxslar
quyidagilarni boshqarishi mumkin:
«A» - mototsikl, motoroller, motochana va boshqa mototransport vosi-talarini;
«V» - to’la vazni 3500 kilogrammdan va haydovchining o’rindig’idan tashqari o’rindiqlar
soni sakkiztadan oshmaydigan, shuningdek, ular bazasida ishlab chiqarishda qo’l bilan
boshqariladigan avtomobillarni;
«S» - to’la vazni 3500 kilogrammdan ortiq bo’lgan yuk avtomobillarini;
«D» - haydovchi o’rindig’idan tashqari o’rindiqlar soni sakkiztadan ortiq bo’lgan va
yo’lovchilar tashishga mo’ljallangan avtomobillarni;

Download 25,28 Kb.
1   2   3   4   5




Download 25,28 Kb.