1 iqtisodiyotni tartibga solishning bozor usullarini qo’llash




Download 18,5 Kb.
Sana28.05.2024
Hajmi18,5 Kb.
#255806
Bog'liq
DOCX Document (2)


Barcha iqtisodiy tizimlarda davlat va bozor tizimi o’ziga xos ahamiyat kasb etib, har biri mustaqil amal qiladi. Shu bilan birga turli iqtisodiy tizimlar bir-biridan iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlat va bozor rolining nisbati bo’yicha kеskin farqlanadi. Masalan, bir iqtisodiy tizim ko’proq davlat tomonidan boshqarishga tayansa, boshqasi bozor mеxanizmi orqali tartiblashga ustunlik bеradi. Mustaqil taraqqiyot davrida «mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va kеskin vaziyatlardan chiqish, ular tug’diradigan muammolarni hal etish zarur bo’lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo’llandi va bunday yondashuv oxiroqibatda o’zini to’la oqladi»
Iqtisodiyotni tartiblashda bozor mеxanizmining roli 5-bobda ko’rib chiqilgan edi. Bu bobda bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning rolini ochib bеrishga harakat qilinadi.
Dastlab davlatning milliy iqtisodiyotdagi roli tahlil qilinib, kеyin uning iqtisodiy vazifalari tavsifi bеriladi. Bobning so’ngida davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usul va vositalari bayon etiladi.
Milliy iqtisodiyotning samaradorligiga ko’plab omillar ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa, uning darajasi ko’p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog’liq. Chunki milliy iqtisodiyotning yuqori samaradorligiga asosan quyidagi yo’llar orqali erishiladi:
1) iqtisodiyotni tartibga solishning bozor usullarini qo’llash;
2) iqtisodiyotni faqat davlat tomonidan markazlashgan holda boshqarish;
3) takror ishlab chiqarish jarayoniga davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg’unlashtirish. Hozirgi davrda O’zbеkistonning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko’proq uchinchi yo’l xususiyatli hisoblanadi.
Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish shakllari va uni tartibga solishning jahon tajribasi
Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag`lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, turli xil risklarni, mavjud shart-sharoitlarni hisobga olgan holda boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo`l bilan respublika iqtisodiyotini ko`tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo`shilishiga, chet el investitsiyalarining kirib kelishini rag`batlantirish yo`li bilan investitsiyalarni, ko`proq, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud, ya`ni:
Ulushi qo`shilib qatnashishi orqali qo`shimcha korxonalarni tashkil etish; 100% mol - mulk xorijiy investorlarga tegishli bo`lgan xorijiy korxonalarni tashkil etish; yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shu`ba korxonalari va filiallarini tashkil etish; kontsessiya va lizing shartnomalari tuzish; tenderlar e`lon qilish; erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish; moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish.
Qo`shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish keng tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo`shma korxonalarni tashkil etishdir. O`zbekiston Respublikasida qo`shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 30 % xorijiy investorlarga tegishli bo`lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo`lgan, nizom kapitalining eng kam mikdori 150000 AQSH dollariga teng bo`lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona nizom jamg`armasining 150000 AQSH dollaridan kam • bo`lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi - sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shug`ullanishga ixtisoslashgan kichik qo`shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan.
Xorijiy korxonalarni tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb qilish bugungi kunda kengayib bormoqtsa. O`zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning turli soxalarida tashkil etilishi mumkin. Yirik xorijiy kompaniya va korxonalar o`z mol - mulklari bir qismini ajratib, shu`ba korxonalar ochishi mumkin. Bunday shu`ba korxonalarga ham qo`shma korxonalarga qo`yilgan talablar belgilangan.Ikki yoki uchdan ortiq davlat yoki korxonalar o`z kapitallarini jamlagan holda halqaro tashkilotlar tashkil etishi mumkin.Kontsessiya shartnomalari - bu tabiiy boyliklarni, ayrim foydali qazilmalarni qazib olish va o`zlashtirish uchun tuzilgan shartnomalardir.
Lizing shartnomasi esa chet el investitsiyalari ishtirokida asbob - uskunalarni, texnika - texnologiyalarni uzoq muddatga ijaraga olish. Tenderlar esa tanlov asosida investorlarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga jalb etilishidir. erkin iqtisodiy hudud - bu ma`lum hududda chet el investitsiyalari erkin kirib kelishi va ularga nisbatan qator imtiyozlar belgilangan hududdir. O`zbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiyot hududlar to`g`risida"gi Qonunida erkin iqtisodiy hududga quyidagicha ta`rif berilgan: "Erkin iqtisodiy hududlar - mintaqani jadal ijtimoiy — iqtisodiy rivojlantirrish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma`muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo`lgan maxsus ajratilgan hududdir". erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish jarayonida davlat qo`llab - quvvatlovchi, rag`batlantiruvchi hamda nazorat qiluvchi sifatida bosh islohotchi bo`lishi lozim.
Davlatning bosh iclohotchi sifatida qatnashishi xorijiy mamalakatalar tajribasida aniq namoyon bo`ladi, masalan, Xitoy hukumati 1dollar chet el inveestitsiyalarni jalb etish uchun 4 dollar o`z mablag`larini safarbar etgan. Natijada, milliy va asosan, xorijiy investorlar hududlarga investitsiyalar kirita boshlagan, bu esa o`z navbatida, mamlakat iqtisodiyotini rivoji uchun poydevor bo`lib xizmat qildi. Rossiyada yaratilgan erkin iqtisodiy hududlarga Naxodka, Kaliningrad viloyati, Sankt - Peterburg shahari va boshqalar kiradi. Qozog`istondagi birinchi erkin iqtisodiy hududlar 1991 yilda paydo bo`lgan. Bular: Jezqozg`on viloyatdagi Jayren - Atasu, Kostanay viloyatdagi Lisakov va Olmaota shahardagi "Otakent" erkin iqtisodiy hududlaridir.
Moliyaviy aktivlar - bu qimmatli qog`ozlar bo`lib, u chet el kapitalini jalb etish, chet el kreditlarini olish va chet el kapitalini bank depozitlariga jalb etish uchun emissiya qilinadi.
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyasini faol jalb etish uchun, nafaqat, hududlar balki, tarmoqlarda, shuningdek, investitsiya faoliyatining sub`ekti va ob`ektlarida ham investitsion jozibadorlik reytinglarini tahlil etib, hisoblab chiqish zarurdir. Bunda, asosan, chet el investitsiyasini iqtisodiyot sohalari bo`yicha mutanosib jalb etishning kompleks dasturini ishlab chiqish va unda tarmoqlarni, asosan, 3 guruhga, ya`ni ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va ijtimoiy sohalarga bo`lib, investitsiyani ustuvor darajada real sektorga yo`naltirib, so`ng qolgan sohalarni rivojlantirishga hamda iqtisodiyot rivojlanishi va zaruriyatidan kelib chiqib, xizmat ko`rsatish va ijtimoiy sohalarga ham jalb etilsa, maqsadga muvofiq bo`lur edi.
Rivojlangan mamlakatlar xalqaro kapital harakatini, asosan, kapital eksporti-importini milliy va xalqaro darajada ragbatlantirish orqali amalga oshiradilar. Kapitalning qarzlar, portfel’ investitsiyalar va boshqalar shaklida harakat qilishi borasidagi davlat siyosati uning harakatidagi barcha cheklashlarni olib tashlash maqsadida olib boriladi. Barcha xorijiy investitsiyalargarga nisbatan davlat har qanday cheklashlarni amalga oshirish huquqini o`z zimmasida qoldiradi, chunki bu milliy iqtisodiy havfsizlik bilan bog`liq. Shunisi harakterliki, kapitalni chetga chiqarish uni jalb qilishga nisbatan kam darajada tartibga solinib turiladi.
Davlat tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi:
1)moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish; kreditlarni sug`urtalash va kafolatlash;
2) nomoliyaviy: er uchastkalari ajratish; zaruriy infrastruktura bilan ta`minlash; texnik yordam ko`rsatish.

Iqtisodiy o’sish muayyan davr mobaynida mamlakatda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish darajasining ijobiy o’zgarishidir. Boshqacha aytganda, iqtisodiy o’sish bu milliy iqtisodiyotda muayyan davr mobaynida (odatda bir yil) mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining oshishidir.


Biz iqtisodiyotni barqarorlashtira borib, bozor munosabatlarini normal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarnivujudga keltiramiz”. Iqtisodiy o’sish jami taklifning o’sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potentsial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o’sishni aniqlash va hisoblash mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim ko’rsatkichi - yalpi ichki mahsulotga bog’liq. Iqtisodiy o’sish muammosini o’rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi-cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga yechim topiladi.
Iqtisodiy o’sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o’sishi, shuningdek, jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlarning o’sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o’sish ikki xil usul bilan o’lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o’sish real YaIM ni o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamikasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Ikkinchi usulda iqtisodiy o’sish aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real YaIM ning o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi.
Har bir mamlakat iqtisodiy o’sishga ta’minlashga intiladi, chunki iqtisodiy o’sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko’payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo’lishiga, to’rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat nufuzining oshishiga olib keladi.
Iqtisodiy o’sish turli nuqtai nazarlar orqali o’rganilishi sababli, uning intensiv va ekstensiv turlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Ekstensiv iqtisodiy o’sish moddiy ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar hajmining oshishi natijasida kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, ekstensiv iqtisodiy o’sish tabiiy resurslar, ishchi kuchi va kapital kabi ishlab chiqarish omillarini qo’shimcha jalb qilish va faqat ularning miqdoriy oshishi hisobiga ro’y beradi. Bunda ularning sifat va texnikaviy darajasi o’zgarmasdan qoladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko’paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o’rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo’yicha xuddi shunday yana bir korxona ko’riladi.
Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o’zgarmay koladi.
Intensiv iqtisodiy o’sish esa ilmiy-texnikaviy bazani takomillashtirish va barcha ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanib mehnat unumdorligini oshirish orqali ta’minlanadi. Intensiv yo’l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o’sishida, mahsulot sifatining oshishida o’z ifodasini topadi.
Real hayotda intensiv va ekstensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo’lmaydi, balki muayyan uyg’unlikda, bir-biri bilan qo’shilgan tarzda bo’ladi. Shu sababli ko’proq ustuvor intensiv va ustuvor ekstensiv iqtisodiy o’sish turlari haqida so’z yuritiladi.
Iqtisodiy o’sish bir qancha omillarga bog’liqdir. Iqtisodiy o’sish doimo iqtisodiy va noiqtisodiy omillar ta’siri natijasida kelib chiqadi. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o’sish omillari deganda ishlab chiqarishning real hajmini ko’paytirish, o’sish samaradorligi va sifatini oshirish imkoniyatlarini belgilaydigan hodisalar va jarayonlar tushuniladi. Iqtisodiy omillarga foydalanilayotgan resurslar miqdorini oshirish va sifatini takomillashtirish omillari kirsa, noiqtisodiy omillar o’z ichiga siyosiy, harbiy, geografik, iqlimiy, milliy va madaniy omillarni oladi.
Iqtisodiy o’sishga ta’sir qilish mexanizmiga ko’ra omillar bevosita va bilvosita omillarga bo’linadi. Iqtisodiy o’sishga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi iqtisodiy omillarga quyidagilar kiradi:
- tabiiy resurslar soni va sifati;
- mehnat resurslari soni va sifati;
- asosiy kapital hajmi;
- texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish;
- jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanish darajasi;
Ikkinchi guruh omillari jamiyatdagi iqtisodiy o’sish potensialini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari, ya’ni bilvosita omillar kiritiladi:
- bozorning monopollashuvi darajasining pasayishi;
- iqtisodiyotdagi soliq muhiti;
- kredit-bank tizimi samaradorligi;
- iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o’sishi;
- eksport hajmining o’sishi;
- iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari;
- daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.
Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri bu – investitsiya me’yori his oblanadi. Investitsiya me’yori iqtisodiyotning sog’lomligini aks ettiradi va iqtisodiyotda modernizatsiyalashni va tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishning asosi hisoblanadi. Modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirayotgan o’tish iqtisodiyotiga ega va rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsiya me’yori va iqtisodiy o’sish sur’atlari o’rtasida korrelyatsion aloqalar, bog’liqliq mavjud. Masalan, Xitoyda oxirgi 20 yil mobaynida iqtisodiy o’sish sur’atlari barqaror darajada bo’lishining sababi investitsiya me’yorining 41-45 foiz oralig’ida bo’lishi hisoblanadi. Tahlillar ko’rsatishicha, investitsiya me’yori o’tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda milliy valyutada va joriy baholarda hisoblanadi. Ushbu holat investitsiya me’yori miqdorining sun’iy ravishda oshishiga olib keladi. Ko’pchilik mutaxassislar fikricha, o’tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda, xususan Rossiyada, modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirish, iqtisodiyotni innovatsiyaviy rivojlantirish yo’liga o’tkazish, barqaror iqtisodiy o’sish sur’atiga ega bo’lish uchun investitsiya me’yori 35- 40 foiz atrofida, O’zbekistonda esa, 28-30 foiz atrofida bo’lishi kerak. Keyingi yillarda mamlakatimizda oqilona va har tomonlama puxta o’ylab olib borilayotgan investitsiya siyosati natijasida, iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan investitsiyalar, jumladan xorijiy investitsiyalar hajmi miqdor va sifat jihatdan takomillashib bormoqda.
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o’sish omillarini o’rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o’sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Iqtisodiy o’sish modellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko’payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi.
Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o’sish modellari ham real jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko’rinishda, shartli tarzda grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi.
Download 18,5 Kb.




Download 18,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 iqtisodiyotni tartibga solishning bozor usullarini qo’llash

Download 18,5 Kb.