• 1. Ishlab chiqarish korxonalarini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash jarayonini tashkil etishning nazariy asoslari. Diversifikatsiya
  • 1. Ishlab chiqarish korxonalarini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash jarayonini tashkil etishning nazariy asoslari




    Download 58,23 Kb.
    bet3/13
    Sana20.11.2023
    Hajmi58,23 Kb.
    #101995
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    хасан

    Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi tarkibiy jihatdan kirish, bir bob, to’rta bo‘lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.


    KOMPANIYANI DIVERSIFIKATSIYALASH, MODERNIZATSIYALASH VA MAHSULOT RAQOBATBARDOSHLIGINI BOSHQARISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI.

    1. Ishlab chiqarish korxonalarini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash jarayonini tashkil etishning nazariy asoslari.

    Diversifikatsiya (lot. diversifi catio — oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. Diversifikatsiya da yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, qishloq xo’laligi, transport, moliya va h.k.) boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi. Diversifikatsiya natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmat koʻrsatadigan hamda ishlab chiqarish va ishlanmalar bilan band boʻlgan keng tarmoqli, ammo hamisha ham texnologikjihatdan oʻzaro bogʻlan-magan majmualar (masalan, agrosanoat majmui, oʻrmonsanoat majmui) vujudga keladi va bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi deyiladi. Bundan tashqari, uning kredit diversifikatsiya koʻrinishi ham bor (bunda kredit sifatida beriladigan kapital mablagʻlar xavf-xatarni kamaytirish va yuqori foyda olish maqsadida turli-tuman obyektlar oʻrtasida taqsimlanadi). Bunday diversifikatsiya tarmoqlararo kapital konsentratsiyasi jarayoni va korxonalararo ichki beqarorlikning kuchayishi bilan bogʻliq. Dunyo mamlakatlarida diversifikatsiya jarayoni XX asrning 50-yillari oʻrtalaridan rivojlana boshladi. Dastlab AQSH, Yaponiya, Gʻarbiy Yevropa davlatlarida diversifikatsiya sanoat, transport, qurilish, moliya sohalarida vujudga keladi. Shu bois, diversifikatsiya xarakteri mazkur davlatlarning ijtimoiyiqtisodiy omillari, shuningdek, boshqa davlatlarga tegishli boʻlgan umumiy omillar (ilmiy-texnika inqilobi, yuqori foyda uchun kurash, raqobat kurashi, texnik taraqqiyotdan qolib ketmaslik va boshqalar) bilan belgilanadi. Diversifikatsiyada firmalar, ayniqsa, monopol firmalar kup tarmoqlilik tusini oladi. Ular, avvalo, koʻp daromadli, tez rivojlanadigan sohalar (masalan, elektronika, kimyo)da faoliyat boshlaydi. Kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish bilan birga, shu mahsulot uchun zarur boʻlgan xom ashyoni ham oʻzlari tayyorlashga kirishadi. Mablagʻlarni kam daromadli sohadan tejab koʻp foyda beradigan tarmoklarga sarf etadilar. Masalan, AQSH konsernlari xizmat koʻrsatish, qurilish, yer maydonlari savdosi, nashr ishlari, savdo-sotiq axboroti, jihozlarni ijaraga berish va boshqalarda faoliyat yuritdi. Oʻzbekistan xalq xoʻjaligida yangi barpo etilgan sanoat korxonalarida asosiy mahsulot turidan tashqari qoʻshimcha mahsulotlar, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.Diversifikatsiya usulida tavakkalchilik bir necha tovarlarga taqsimlanadi, ya′ni biror tovarni sotish (sotib olish) yuqori tavakkalchilik bilan bog`liq bo`lishi boshqa bir tovarni sotishdan (sotib olishdan) bo`ladigan tavakkalchilikni kamaytirishga olib keladi. Masalan, biror firma ikki xil mahsulot ishlab chiqaradi. Ma′lumki, bir vaqtning o`zida ikkala mahsulot turiga bo`lgan talabning kamayib ketish ehtimoli, ulardan bittasiga bo`lgan talabni kamayib ketish ehtimolidan yuqori. Ko`p hollarda bir turdagi mahsulotga bo`lgan talab kamayganda ikkinchi turdagi mahsulotga bo`lgan talab oshadi. Firma o`z ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilib yoz oyida ikkinchi tur tovar hisobidan yo`qotadigan daromadini birinchi tur tovarni ko`proq sotish hisobidan qoplaydi. Xuddi shunday qish faslidagi yo`qotishlar ikkinchi tovar hisobidan qoplanadi. Ko`rinib turibdiki firma diversifikatsiya yo`li bilan tavakkalchilikni kamaytirdi. Lekin, diversifikatsiya tavakkalchilikni to`liq yo`qotmaydi, u faqat kamaytiradi xolos.


    Download 58,23 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 58,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Ishlab chiqarish korxonalarini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash jarayonini tashkil etishning nazariy asoslari

    Download 58,23 Kb.