• Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari
  • 1 Kimyo ta’limining ta’minot manbalari 2




    Download 9,61 Kb.
    bet4/4
    Sana15.02.2024
    Hajmi9,61 Kb.
    #156837
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1 Kimyo ta’limining ta’minot manbalari 2-fayllar.org

    Sinf ayditoriya

    - sinf laboratoriyasiga qo'yilgandek, demonstrazion stol, mo'rili shkaf, doska, qorong'ilatish uchun deraza pardalari bo'lishi shart. Auditoriyada o'quvchilarning o'tiradigan joylari bir xil tekislikda bo'lmasdan balki har bir keyingi stol oldingisidan 20-30 sm balandroq bo'ladi. Auditoriyada elektr ustanovkalar, tok taqsimlash doskasi va boshqalar bo'ladi.


    Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari
    Tajribani bajarishdan avval uning mazmuni bilan tanishish, agar biror narsa tushunarsiz bo’lsa, uni o`qituvchidan albatta so`rash kerak.
    Ish joyingizda tozalik va tartibni saqlash juda muhim. Ish joyingizga keraksiz buyumlarni uyib tashlamang. Bu noqulaylikni keltirib chiqaradi.
    O`zingizni kimyoviy idish va reaktivlar bilan puxta ishlashga o`rgating. Ishlatilib bo`lgan idishlarni tajriba tugashi bilan yuvib qo`yishga odatlaning.
    Issiq asbob va idishlarni faqat maxsus tagliklarga qo`yish va sovigandan keyingina qo`lga olish mumkin.
    Rakovinaga gugurt cho`plari, fil`tr qog`ozlarni tashlamang. Qattiq chiqindilarni maxsus ajratilgan idishlarga soling.
    Rakovinaga kontsentrlangan kislota va ishqorlarni qo`yish mumkin emas, ularni mo`rili shkaf ostiga qo`yilgan maxsus idishlarga qo`ying.
    Ishni tugalaganingizdan so`ng ish joyingizni yaxshilab yig`ishtiring, gaz gorelkalari va vodoprovod jo`mragi berkligini, elektr asboblarining o`chirilganlini tekshirib ko`ring.
    http://fayllar.org
    Download 9,61 Kb.
    1   2   3   4




    Download 9,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 Kimyo ta’limining ta’minot manbalari 2

    Download 9,61 Kb.