|
NGN texnologiyasini arxitekturasini tushuntirib bering
|
bet | 20/33 | Sana | 27.07.2024 | Hajmi | 135,55 Kb. | | #268806 |
Bog'liq 1. Kompyuter tarmoqlarining hududiy taqsimlanishi-fayllar.orgNGN texnologiyasini arxitekturasini tushuntirib bering.
NGN texnologiyasining respublikamiz aloqa tarmoqlarida qo`llanilishi, aloqa sifat ko`rsatkichlarini jahon standarti talabiga javob beradigan pog`onaga olib chiqmoqda. NGN texnologiyasi asosida qurilgan tarmoq (ya`ni NGN tarmoq) universal tarmoq hisoblanib, paketli kommutatsiya asosida ixtiyoriy turdagi ma`lumotlarni (tovush, video, rasm, televizion kadr va boshqalar) sifatli, yo`qotishlarsiz va yuqori tezlikda uzatish imkoniyatiga egadir. Nazariy jihatdan o`ylab qaralganda NGN tarmog`i ayni paytda foydalanib kelinayotgan umumfoydalanuvchi telefon tarmog`i (UFTT-PSTN), ma`lumotlar uzatish tarmog`i (MUT), elektr aloqa tarmog`ini (EAT) mukammal yagona tizim sifatida birlashtirgan multiservis tarmog`idir.
NGN tarmog`ini qo`llashning qiyin masalalari uni boshqarish va xavfsizlik masalasidir. NGN tarmog`ining arxitekturasini yaratishda bitta yagona infrastrukturada
UFTT, Mobil aloqa tarmog`i, Internet tarmog`i resurslari, IP-telefoniya tizimini jamlash ko`zda tutiladi. Hozirgi kunda NGN tarmog`ining to`rt sathli arxitekturasi mavjud.Ular:
Xizmatlarni boshqarish sathi
Kommutatsiyalashni boshqarish sathi
Transport sathi
Kirish sathi
Xizmatlarni boshqarish sathi xizmatlarni boshqaruvchi mantiqiy funktsiyalarni jamlaydi.
Kommutatsiyalashni boshqarish sathi signalizatsiya axborotini ishlab chiqish, chaqiriqlarni marshrutlash va ma`lumotlar oqimini boshqarish kabi vazifalarni bajaradi.
NGN tarmog`ining transport sathi ikkita, kirish tarmog`i va bazaviy tarmoqdan tashkil topgan.
Kirish tarmog`i abonent liniyasi, kirish tuguni va uzatish tizimlari (PDH/SDH) dan iborat.
Bazaviy tarmoq kanallarni transportirovka va kommutatsiyalash vazifasini bajaradi. Bazaviy tarmoq quyidagi 3 ta texnologiya sathlardan iborat:
IP, ATM, MPLS (paketlarni kommutatsiyalash);
|
| |