Aylanma ishlab chiqarish fondlari -




Download 104.42 Kb.
bet3/8
Sana23.02.2023
Hajmi104.42 Kb.
#43288
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Korxonaning aylanma mablag‘lari.
Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий
Aylanma ishlab chiqarish fondlari - korxona ishlab chiqarish fondlarining bir qismi bo‘lib, bir ishlab chiqarish davrida sarflanadi va moddiy-ashyoviy shaklini o‘zgartirib, o‘z qiymatini to‘lig’icha tayyor mahsulot tannarxiga o‘tkazadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • aylanma ishlab chiqarish zahiralari (butlovchi qismlar, xom-ashyo);

  • aylanma ishlab chiqarish vositalari (ayrim detallar, turli vositalar g‘amlash);

  • tugallanmagan ishlab chiqarish (konveyerdagi jihozlar, tugallanmagan binolar);

  • ishlab chiqarishning kelgusi davri uchun qilingan xarajatlar.

Muomala fondlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • muomala uchun zarur bo‘lgan o‘lchov asboblari;

  • tayyor mahsulotlar;

  • barcha turdagi pul mablag‘lari;

  • debitor qarzlar.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar yetarli miqdorda aylanma mablag‘larga ega bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga sarflanayotgan xom-ashyo va materiallar, yoqilg‘i va energetik resurslar miqdori mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda qanchalik kam bo‘lsa, mahsulot shunchalik arzonlashadi hamda aylanma mablag‘lar kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori bo‘ladi. Aylanma mablag‘larning tarkibi korxonaning ixtisoslashuviga, ishlab chiqarishning xarakteriga (qo‘l mehnati, mehanizatsiyalashgan, avtomatlashgan, robotlashtirilgan, dasturlashtirilgan), ishlab chiqarish davrining muddatiga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, chorvachilikka ixtisoslashgan, paxtachilikka ixtisoslashgan, non ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarda aylanma mablag‘larning tarkibi turlicha bo‘ladi.
Korxonada aylanma mablag‘larning me’yori belgilanadi. Me’yoriy zahiralar korxonaning minimal ehtiyojlarini qondirishi, mavsumiy davrlarda esa me’yoriy zahiralar yetishmasligi kuzatiladi. Bunday hollarda korxona qarzga olingan mablag‘lar hisobiga aylanma mablag‘lar sotib olishi mumkin.



Download 104.42 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 104.42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aylanma ishlab chiqarish fondlari -

Download 104.42 Kb.