• 1. Foydalanish muddatiga ko‘ra normalar
  • 4. Materiallarni detallashtirilish bo‘yicha yig‘ma normalar, material sarfi bo‘yicha
  • Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish. Aylanma mablag‘larni aylanishini tezlashtirish




    Download 104.42 Kb.
    bet5/8
    Sana23.02.2023
    Hajmi104.42 Kb.
    #43288
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Korxonaning aylanma mablag‘lari.
    Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий
    3. Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish. Aylanma mablag‘larni aylanishini tezlashtirish.

    Xomashyo, yoqilg‘i, energetika resurslari, ya’ni aylanma fondlarning oqilona foydalanilishi natijasida katta samara olish borasida faqat texnikaviy omillargina katta o‘rin tutmasdan, ijtimoiy-iqtisodiy omillar ham yetarli rol o‘ynaydi.


    Aylanma fondlardan samarali foydalanishda xo‘jalik mexanizmining ahamiyati katta. Xususan bunga, xo‘jalik mexanizmining rejalashtirish, baholash, moliyalash, kreditlash, xujalik hisobini yuritish, boshkarish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish kabi elementlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Aylanma fondlardan oqilona foydalanish uchun rakobatni joriy etish kerak. Raqobat esa, mahsulotni eng sifatli, eng arzon va ko‘plab ishlab chiqarish vositasidir. Raqobat bo‘lishi uchun bir xil mahsulotni ishlab chiqaradigan korxonalar soni ko‘p bo‘lishi kerak.
    Aylanma fondlardan rejali foydalanishni tashkil qilishda ularning ayrim turlarini mahsulot birligiga sarf etishni ilmiy asosda normallashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Bu ishni bajarish ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, ishlab chiqarishning rentabelligini oshirish, moddiy texnika ta’minotini tashkil etish, texnika va texnologiyalarni takomillashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Barcha normalar ilmiy jihatdan asoslangan va o‘z xususiyatlari bo‘yicha davr talabiga javob beradigan bo‘lishlar zarur.
    Moddiy resurslarni sarflash normalari turlicha bo‘lishi mumkin:
    1. Foydalanish muddatiga ko‘ra normalar: a) istiqbolli; b) yillik va operativ normalar.
    2. Qo‘llanish miqyosi bo‘yicha normalar ikki xil: shaxsiy normalar va rasmiylashgan normalar.
    3. Normallashtirilayotgan mablag‘ning detallashtirilish bo‘yicha tayyor mahsulot yoki uning ayrim qismlari bo‘yicha ajratilishi mumkin.
    4. Materiallarni detallashtirilish bo‘yicha yig‘ma normalar, material sarfi bo‘yicha yiriklashgan normalar bo‘lishi mumkin.
    Moddiy resurslarni to‘g‘ri, oqilona sarflashni normallashtirish uchun ularning tarkibini belgilash katta ahamiyatga ega.
    Normalar tarkibida quyidagilar e’tiborga olinadi:
    - mahsulot birligiga sarflanadigan foydali xomashyo va materialning miqdori.
    - zaruriy texnik chiqindi va boshqalar.
    Normalar tajriba, laboratoriya, texnikaviy, analitik, statistik usullar bilan tuziladi.
    Sanoat korxonalarida aylanma mablag‘larni moliyalashtirish manbai ikkiga ajratiladi:
    1. o‘ziniki
    2. qarz
    Har bir korxona iloji boricha o‘z mablag‘lari hisobidan xo‘jalik yuritishga harakat qilishi zarur. Qarz uchun foiz to‘lash kerak, bu korxona foydasini kamaytiradi.
    Korxona tashkil qilingan vaqtda uning ustav fondi hisobidan aylanma mablag‘lar sotib olinadi. So‘ngra shuni hisobidan tayyor mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi. Kapitalning doiraviy aylanishi tufayli o‘z-o‘zini moliyalash davom etaveradi.
    Aylanma mablag‘larni moliyalashning quyidagi manbalari mavjud:
    1) Ustav fondi;
    2) Barqaror passivlar;
    3) Qarzga tovar olish;
    4) Bank krediti hisobiga aylanma vositalarni sotib olish.
    5) Korxonaning maxsus fondlarining mablag‘laridan foydalanish.
    6) Taqsimlanmagan foydadan foydalanish va boshqalar.
    Barqaror passivlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
    a) ish haqi bo‘yicha korxona qarzi;
    b) kelgusi davr uchun qilinadigan xarajatlar;
    v) mol beruvchi tashkilotlar;
    g) byudjetga to‘lovlar;
    d) qarzga tovar xarid qilish va boshqalar.
    Pulning qadrsizlanishi kredit munosabatlariga salbiy ta’sir etadi, bankka kredit uchun to‘lanadigan foiz stavkasi ortib ketadi. Bunday sharoitda korxonalar uchun ichki manbalar hisobiga aylanma mablag‘lar zahiralarni barpo etish muhim rol oynaydi, chunki qarz uchun yuqori foiz to‘lash lozim bo‘ladi.
    Aylanma mablag‘lar tarkibida xom-ashyo, materiallar va boshqa moddiy boyliklarning hissasi 50 foizdan ortiq bo‘ladi, oziq-ovqat sanoati korxonalarda 80 foiz bo‘ladi. Shu sababdan ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun eng kam aylanma mablag‘lar bilan ish yuritish katta ahamiyatga ega.
    Aylanma mablag‘larni korxonada saqlash uchun katta xarajatlar qilishga, soliq to‘lashga, kredit uchun foiz to‘lashga, kapital sarflashga to‘g‘ri keladi. Bunda mol beruvchilar bilan yaxshi aloqa qilishga, ular bilan barqaror ishlashga to‘g‘ri keladi. Aylanma mablag‘larning sifati ham katta rol oynaydi. Aylanma mablag‘larning qiymati va bahosiga ham e’tibor berish lozim bo‘ladi.
    Korxona aylanma mablag‘larning zahirasini hosil qilishda quyidagilar hisobga olinadi:

    • ta’minot bo‘limida xodimlar kerakli miqdordagi zahirani hisoblashlari va hujjatlashtirishlari lozim bo‘ladi;

    • joriy zahiralarni joylashtirish va saqlash saqlash xarajatlarini normalashtirish;

    • saqlash sharoitlarini yaratish (harorat, namlik, sanitariya holati);

    • mas’ul shaxsga maosh to‘lash jumlasiga kiritish mumkin.

    • agar korxona ushbu zahiralarni bank krediti hisobiga yaratgan bo‘lsa, foiz xarajatlarini ham e’tiborga olish kerak.

    Korxona to‘xtovsiz ishlab chiqarishni davom ettiradi, buning uchun bir necha turdagi materiallar, yoqilg‘i, mineral o‘g‘itlar, urug‘liklar va boshqalar kerak, ularni yil davomida sotib olish, tashib kelish va saqlash zarur bo‘ladi. Shu sababdan korxona aylanma mablag‘lar zahirasini tashkil qilish uchun eng kam xarajatlar qilishga harakat qilishi lozim.
    Sanoat korxonalari faoliyatining asosiy va aylanma fondlar hamda aylanma mablag‘lar bilan uzviy bog‘liqligi alohida axamiyat kasb etadi. Muomaladagi ishlab chiqarish fondlarining yig‘indisi aylanma mablag‘larni ifodalaydi. Aylanma mablag‘lar 2 ta fondni o‘z ichiga oladi:
    - aylanma fondlar;
    - muomala fondlari.
    Aylanma fondlar, o‘z navbatida ishlab chiqarish jamg’armasi, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va omborlardagi tayyor mahsulotlardan iborat bo‘ladi.
    Muomala fondlariga jo‘natishga yuklangan mahsulotlar va davlat bankidagi pul mablag‘lari kiritiladi.
    Aylanma kapital doimo doiraviy aylanishda bo‘ladi, uch bosqichda aylanib o‘zining shaklini o‘zgartirib turadi.
    Birinchi bosqich P-T ...
    Ikkinchi bosqich T .... I .... T ....
    Uchinchi bosqich T-P ....
    Aylanma mablag‘larning ta’minotidagi uzilish kapitalning doiraviy aylanishiga salbiy ta’sir qiladi, ishlab chiqarish to‘xtaydi yoki ritm buziladi.

    Download 104.42 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 104.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish. Aylanma mablag‘larni aylanishini tezlashtirish

    Download 104.42 Kb.