1-laboratoriya: CorelDraw dasturida Polygon instrumenti. Beze
insturumentlari bilan ishlash
Ishdan maqsad
:
Talabalarda Polygon va Beze instrumenti bilan ishlashga
o’rgatish.
Kerakli jihozlar: Kompyuetr sinfi, proyektor, doska,
CorelDraw dasturiy
ta’minoti va tarqatma materiallar
Mеtodik ko’rsatmalar
Turli burchakli ko’pburchak chizish. Uskunalar panelidan - ko’pburchak
chizish uskunasi tanlanib, kursor ishchi sahifaning kerakli qismiga joylashtiriladi.
Sichqoncha chap tugmachasini qo’yib yubormagan holda harakatlantirib chiziladi.
Muntazam ko’pburchaklar chizish uchun “ctrl” tugmasi bilan birgalikda chizish
amalga oshiriladi. Ushbu chizilgan paytda besh burchakli ko’pburchak chizadi.
Tomonlari sonini tanlash uchun xossalar panelining - bo’limi orqali
bajariladi. Xossalar paneli juda ko’p parametrli bo’lib, quyidagi ko’rinishga ega. U
yordamida
qavariq , botiq ko’pburchaklar chizish, ko’pburchak tomonlari sonini
aniqlash, kontur qalinligini belgilash va bir qancha murakkab amallarni bajariladi.
Panel mundarijasidan − “zvezda” buyrug`i yordamida yulduzsimon,
botiq ko’pburchaklar chizish imkoniyati mavjud. Ko’pburchak
shaklini tahrir-
lashda , burchaklarini silliqlashda - (Forma) uskunasidan foydalaniladi.
Tegishli xossalar panelidan murakkab tahrirlash ishlarini ko’rib chiqamiz:
Ko’pburchak (sakkiz burchak) chizib, forma uskunasini faollashtiriladi va
kursorni ko’pburchakning tugun nuqtalaridan biriga joylashtiriladi (1 – holat).
Sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda, soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha
harakatlantiriladi (2 – holat).
− buyrug`ini
tanlaymiz, segmentda qo’shimcha tugunlar hosil bo’ladi.
Sichqonchaning chap tugmasini bosib, tugunlardan birini diagonal bo’ylab o’ngga
tortiladi. Istalgan shakl yaratilgandan so’ng tugma qo’yib yuboriladi,
natijada
yangi shakl hosil bo’ladi (3 – holat).
Panelda mavjud buyruqlarni har birini alohida vazifaga ega bo’lib, ulardan
ham yuqoridagi usullar yordamida foydalanib turli effektlarga erishish mumkin
(4,5,6 – holat).
1 2 3
4 5 6
Sohalar bir necha segmentdan tashkil topgan bo’lsa,
u holda har bir qismda
ikkitadan yo’naltiruvchi chiziqlar (birinchi va oxirgi tugunlardan tashqari) mavjud
bo’ladi. Vektorli dasturlar bu kontur parametrlarini vizual boshqarish imkoniyatini
beradi.
Beze uskunasidan foydalanib chizilgan konturdan namuna
– (Beze) Egri chiziq segmentini bir uzluksiz harakatda chizish
“Beze” uskunasi yordamida kontur chizish usulini ko’rib chiqamiz. Vertikal
uskunalar panelidan – (beze) uskunasi faollashtiriladi. Sichqonchaning chap
tugmasini bosib sahifada konturning boshlanish tugunini ifoda etuvchi kvadratcha
hosil qilinadi.
Kursorni diagonal bo’yicha o’ng
va yuqori qismga
suriladi va sichqon- chaning chap tugmasini bosib ikkinchi
tugunni hosil qiliradi. natijadi «Shakl»ning birinchi segmenti
chizilgani ko’zga tashlanadi. (A-rasm)
Shu holatda pastga va yuqoriga kerakli shakl
chizulgunga qadar amallar takrorlanadi.
Shakl chizib
bo’lingach, «probel» tugmasi bosiladi. (B-rasm)
Uskunaga tegishli xossalar paneli orqali shaklga qo’shimchalar
kiritish,
ixtiyoriy tuguni o’rnini o’zgartirib egri chiziq ko’rinishiga
keltirish ham mumkin. (V-rasm)
V)
T
o
p
s
h
i
r
i
q
l
a
r
Mustaqil ish uchun
bajariladigan
shakllar.
Berilgan shakllar
ustida amallar
bajarining.
A) B) V)