• Ma’lumotlar turlari
  • CAD tizimi ishchi hujjatida buyruqlarning yozilishi




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/12
    Sana25.01.2023
    Hajmi0.72 Mb.
    #39478
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1-laboratoriya
    botir zokirov, Dasturlash tillari ORALIQ, Kuralov Vaqqos Turdialiyevich, 1tqpeVzMyjkdTYqcwC7z87kSkccCxIFuCcPF4sMW, 25. Билимлар базасининг асосий ҳусусиятлари ва уларга оид лойиҳалаш ишлари
     
    CAD tizimi ishchi hujjatida buyruqlarning yozilishi 
     
    CAD tizimida buyruqlarni yozish tilda qog‘ozda bajariladigan matematik hisoblarning 
    andozaviy tiliga juda yaqindir, bu esa masalalarni qo‘yish va yechishni sezilarli soddalashtiradi. 
    Natijada matematik masalalarni yechishning asosiy aspektlari ularni dasturlashdan algoritmik va 
    matematik bayonlashga suriladi. 
    CAD da xuddi inson bajarganidek hisoblashlar qat’iy aniqlangan tartibda, ya’ni chapdan 
    o‘ngga va yuqoridan pastga qarab bajariladi. Bloklarni to‘g‘ri bajarish – hujjatlarni qayta ishlashda 
    tizimning to‘g‘ri ishlashi asosidir. 
    Tizimda xatoning belgisi to‘g‘ri to‘rtburchakka qamrab olingan suzuvchi yozuv ko‘rinishiga 
    ega. 
    Ma’lumotlar turlari 
     
    Ma’lumotlarning turlariga sonli konstantalar, oddiy va tizimli o‘zgaruvchilar, massivlar 
    (vektorlar va matritsalar) va fayl ko‘rinishidagi ma’lumotlar kiradi. 
    O‘zgarishi mumkin bo‘lmagan nomdor obyektlar, saqlanayotgan qandaydir qiymatlar 
    konstanta deyiladi. Dasturni bajarish davomida qandaydir qiymatga ega bo‘lgan nomdor obyektlar 
    o‘zgarishi mumkin bo‘lganda ularni o‘zgaruvchilar deyiladi. O‘zgaruvchining turi uning qiymati 
    bilan aniqlanadi; o‘zgaruvchilar son qiymatli, qatorli, belgili va h k.z. bo‘lishi mumkin. 
    Konstantalar, o‘zgaruvchilar va boshqa obyektlar-ning nomi identifikatorlar deb yuritiladi. 
    MathCAD da identifikatorlar lotincha yoki grekcha harf va sonlarning to‘plamidan iboratdir. 
    CAD da uncha katta bo‘lmagan maxsus obyektlar guruhi mavjuddirki, ularni konstantalar va 
    o‘zgaruvchilar klasslariga qo‘shib bo‘lmaydi. Ularning qiymatlari dasturni ishga tushirilgan 
    pastda aniqlanadi. Ularni tizim tomonidan ilgaridan boshlang‘ich qiymatlari belgilangan tizimlar 
    o‘zgaruvchilar deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi. Tizimli o‘zgaruvchilar qiymatlarini o‘zgartirish 
    MathCAD Options ning Matematika -> Opsiyalar buyrug‘i bo‘yicha bajariladi, bunda uning 
    o‘zgaruvchilar dialogli darchasining qo‘yilmasidan foydalaniladi. 
    Oddiy o‘zgaruvchilar tizimlaridan shunisi bilan farqlanadiki, ular foydalanuvchi tomonidan 
    dastlab aniqlangan bo‘lishlari, ya’ni kam deganda bir marta qiymat berilgan bo‘lishlari lozim. Bu 
    holda “:=” belgisi qo‘llaniladi. 
    Agar o‘zgaruvchi := operatori yordamida boshlang‘ich qiymat berilsa, klaviaturadagi : 
    klavishi bosilib u chiqarilsa, bunday belgilash lokal deyiladi. Bungacha o‘zgaruvchi belgisi 
    aniqlanmagan va uni qo‘llash mumkin emas. Ammo, ≡ belgisi yordamida (klaviatura ~ belgisi) 
    global belgilashni ta’minlash mumkin. MathCAD hujjatni ikki marta chapdan o‘ngga va yuqoridan 
    pastga to‘liq o‘qib chiqadi. Birinchi o‘tishda (≡) lokal belgilash operatori tomonidan aniqlangan 
    barcha harakatlar bajariladi, ikkinchi o‘tishda esa (:=) lokal belgilash operatori belgilanib berilgan 
    harakatlar amalga oshiriladi va hisoblashlarning barcha zaruriy natijalari (=) qayd etiladi. 
    Bundan tashqari quyuq tenglik = belgisi (Ctrl+=) ham mavjud bo‘lib, u tenglamalar tizimini 
    yechishda taxminiy tenglik operatori sifatida qo‘llanadi. Yana simvolli tenglik belgisi → (Ctrl+) 
    ham mavjud. 

    Download 0.72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    CAD tizimi ishchi hujjatida buyruqlarning yozilishi

    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish