• Nazariy ma’lumotlar
  • Laboratoriya topshiriqlari
  • 1-laboratoriya ishi. Ma’lumotlar bazasi va banki haqida ma’lumotlar. Ishning maqsadi




    Download 107,32 Kb.
    Sana23.01.2024
    Hajmi107,32 Kb.
    #144016
    Bog'liq
    1.Ma’lumotlar bazasi va banki haqida ma’lumotlar.


    1-laboratoriya ishi. Ma’lumotlar bazasi va banki haqida ma’lumotlar.
    Ishning maqsadi: Talabalarni ma’ruzalarda olgan bilimlarini mustahkamlash. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida ko’nikmaga ega bo’ladilar.
    Kuzatilyotgan natija: Axborot tizimi haqida bilimga ega bo’ladilar. MS Access dasturida ishlash bo’yicha bilimga ega bo’ladilar.
    Laboratoriya jihozlari: Kompyuter, elektron doska, proektor, MS Access dasturi, Internet tarmog’i.
    Nazariy ma’lumotlar: Tashkiliy boshqaruvning zamonaviy axborot tizimlari qaror qabul qiluvchi mutaxassislar, rahbarlarga o’z vaqtida, ishonchli axborotlarni kerakli miqdorda olishga, avtomatlashtirilgan ofislarni tashkil qilish, kompyuterlar va aloqa vositalarini qo’llash bilan tovushli va rasmli tasvirlarga ega tezkor yig’ilishlarni o’tkazish uchun sharoitlar yaratishda yordam ko’rsatishga mo’ljallangan. Bunga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalariga o’tish orqali erishiladi. Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari - bu, quyidagilarga asoslangan texnologiyalardir: - SHK va tashkiliy texnikalarni hamma joyda qo’llash; - Foydalanuvchilarni (hisoblash texnikasi va dasturli sohada kasb egasi bo’lmaganlarni) axborot jarayonlarida faol ishtirok etishida; - Do’stona foyalanuvchi interfeysining yuqori darajasiga; - Umumiy va muammoli belgilanishdagi amaliy dasturlar paketidan keng foydalanishga; - Foydalanuvchi uchun ma’lumotlar bazalari va dasturlarga shu jumladan, SHKning mahalliy va global tarmoqlari tufayli uzoqdagilarga ham kirish imkoniyatlariga; - Mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish joyi yordamida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda vaziyatlarni tahlil qilishga; - Sun’iy bilim tizimlarini qo’llashga; - Ekspert tizimlarni tadbiq etishga; - Telekommunikasiyalar vositalaridan foydalanishga; - Geoaxborotli tizimlar va boshqa texnologiyalarini yaratishga.
    Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklari. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqishning katta tajribasi to’plangan. Bu tajriba ABT va har qanday boshqa axborot tizimlarini ishlab chiqishning markaziy masalasi, ma’lumotlarni tashkil qilish, saqlash va kompleks foydalanishdan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Yakuniy natijada bu ma’lumotlarni boshqarishning rivojlangan tizimlarini yaratilishiga olib keldi, ular hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish asosida qurilgan har qanday axborot tizimining asosi bo’ladi. Ma’lumotlar banklari tamoyili asosida loyihalashtirilgan boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari bir qator o’ziga xos xususiyatlarga egaki, ular asoslari belgilangan vazifalar majmuini hal qilishga mo’ljallangan, ma’lumotlar massivlarining tizimi bo’lgan oldingi ishlanmalardan alohida farqlanadi. Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklaridan foydalanishi o’zaro bog’langan ma’lumotlar majmuiga ko’p jihatdan kirishni, amaliy dasturlarning ma’lumotlarni jismoniy va mantiqiy tashkil qilish o’zgarishlaridan, mustaqilligining ancha yuqori darajasini, ma’lumotlarni boshqarishning integrasiyalashishi va markazlashishini, ortiqcha ma’lumotlarni bartaraf qilishni, paketlarni birga bo’lishlik imkoniyatini va ma’lumotlarni teleprosessorli ishlab chiqishni ta’minlaydi. Shu bois ham qo’llanishning har qanday sohasi uchun ABTni ishlab chiqish eng avvalo ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan bankini tashkil qilish bilan bog’liqdir. Obyektning holati haqidagi axborot har qanday boshqaruvning asosi bo’lgani uchun, xuddi avtomatlashtirilgan tizimlardagi ma’lumotlar, ularning tashkil qilinishi, mukammal olib borilishi, saqlanishi, foydalani-lishi tizimning markazi bo’ladi. Texnik va dasturiy vositalar vaqt o’tishi bilan o’zgaradi, ammo ma’lumotlar qoladi, ular bilan ishlash ancha qimmatli ish bo’ladi va xuddi shu bois ham ularni tashkil qilishning, ma’lumotlar bankini yaratishning asosida tizimli tamoyillar yotadi.
    Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banki deganda foydalanuvchilar ma’lumotlarining bazalari, bu bazalarni shakllantirish, olib borishning texnik va dasturiy vositalari, tizimning faoliyat yuritishini ta’minlovchi mutaxassislar jamoasi majmuidan iborat bo’lgan tashkiliytexnik tizim tushuniladi.
    Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining faoliyat yuritishi ma’lumotlar bazasini tashkil qilishni ikki jismoniy va mantiqiy darajalarda olib borishga asoslangan. Bu ikki daraja ma’lumotlarni tashkil qilishning ikkita jihatiga mos keladi: ma’lumotlarni SHK xotirasida saqlash nuqtai nazaridan jismoniyga va ma’lumotlarda amaliy dasturlardan foydalanish nuqtai nazaridan mantiqiy bo’linadi. Ma’lumotlar bazasi haqidagi eng umumiy tasavvur quyidagilardan iborat: ma’lumotlar bazasi - bu, SHKning tashki xotirasida saklanadigan ma’lumotlarning katta hajmining majmuasidir. Shunday qilib, ma’lumotlar bazasi - bu, SHK xotirasida saqlanadigan va muammo soha holatini aks ettiruvchi, maxsus tartibda tashkil qilingan va o’zaro bog’langan ma’lumotlarning majmuidir. Ma’lumotlar bazasi yana ayrim foydalanuvchilarning axborotli zaruriyatlarini ta’minlash uchun ham mo’ljallangan. Muammo soha haqidagi ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish qiyin va hozirgi vaqtda zamonaviy SHK xotirasi hajmining yetarlicha bo’lmasligi sababli amalda bajarish mumkin emas. Unga nafaqat ushbu omil to’sqinlik qiladi. Amalda ko’pgina ma’lumotlar bazalari ishlatishlarning cheklangan soni uchun loyihalashtiriladi. Bitta SHKda, qoidaga ko’ra, bir necha xildagi ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Vaqt o’tishi bilan turdosh vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan ba’zi bir ma’lumotlar bazalari, agar bu butun hisoblash majmuasining ish unumdorligini oshirishga ko’maklashsa, birlashtirilishi mumkin. Ma’lumotlar bazasini yaratilishi ma’lumotlarni integrasiyalashuvi va ma’lumotlarni markazlashgan holda boshqarish imkoniyatini ta’minlaydi.



    Laboratoriya topshiriqlari:

    1. Axborot nima va axborot tizim haqida ma’lumot bering?

    2. Tashkilotni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi deganda nimani tushunasiz?

    3. 89,97.101,78,65 sonlarini ikkilik sanoq sistemasidan 10 sanoq sistemasiga o’tkazing va o’tkizgan misolizi tekshiring?

    4. MS Acces dasturida jadva xosil qiling va bir-biriga bog’leng?

    Download 107,32 Kb.




    Download 107,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-laboratoriya ishi. Ma’lumotlar bazasi va banki haqida ma’lumotlar. Ishning maqsadi

    Download 107,32 Kb.