|
Ob’yektlar nusxasini yaratish
|
bet | 4/9 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 3,38 Mb. | | #158132 |
Bog'liq 1-laboratoriya Operatsion tizimlar3.4. Ob’yektlar nusxasini yaratish.
1) Ob’yekt sichqoncha ko’rsatkichi bilan faollashtiriladi va kontekst menyudan Копировать (Nusxalash) buyrug’i beriladi.
2) Keyin ob’yekt nusxasi qo’yiladigan papka tanlanadi va kontekst menyudan Вставить qo’yish buyrug’i beriladi
.
1.15- rasm
Agar ob’yektning nusxasi joriy papkaga qo’yiladigan bo’lsa, uning ko’rinishi 1.15 – rasmda keltirilgan kabi bo’ladi.
Yaratilgan ob’yekt nusxasini, Переименоват buyrug’i orqali qayta nomlash mumkin, masalan, Laboratoriya ishi - 1.yoki Laboratoriya ishi - 1.1
3.5. Ob’yektlarni siljitish
Fayl (ob’yekt) sichqoncha ko’rsatkichi bilan faollashtiriladi;
Sichqonchani chap klavishini bosib turgan holda fayl ilib olinadi va siljitilib papka ustiga keltiriladi va sichqoncha klavishi qo’yib yuboriladi. Masalan, ob’yektni birorta papkaga joylashtirish siljitish orqali amalga oshiriladi (1.16-rasm).
1.16-rasm
3.6. Ob’yektlar yorlig’ini tuzish
Ob’yekt yorlig’ini yaratish uchun:
1)Ob’yekt faollashtiriladi;
2)Ob’yekt kontekst menyusidan Создать ярлык (Yorliq tuzish) buyrug’i beriladi.
I sh stolida ob’yekt yorlig’ini yaratish uchun:
1)Ob’yekt faollashtiriladi;
1.17-rasm
2)Ob’yekt kontekst menyusidan Отправить / Рабочий стол (Создать ярлык) (Jo’natish/Ish stoli (yorliq)) buyruqlari beriladi.
Foydalanuvchi kompyuterning disk kengliklarida joylashgan katta o’lchamli ob’yekt (papka, fayl, dastur) lar yorlig’ini ish stoliga joylashtirish mumkin. Yorliq ikkita xususiyati bilan ajralib turadi: 1) ob’yekt yorlig’ini o’lchami 1-2 Kbaytdan iborat bo’ladi; 2) yorliq ob’yektga tez o’tishni ta’minlaydi.
Ish stoli operatsion tizimning tizimli papkasi hisoblanadi. Odatda operatsion tizim C: diskda joylashtiriladi. Operatsion tizimni kompyuterdan o’chirish zaruriyati tug’ilganda (disk formatlanganda) ish stolidagi barcha axborotlar ham o’chib ketadi. Shu sababdan ish stolida ob’yektlarning yorliqlarini o’rnatish tavsiya qilinadi.
|
| |