• I.Mavzuning qisqacha nazariy amaliy tushunchalari
  • 1-Laboratoriya ishi Operatsion tizimlar




    Download 3,38 Mb.
    bet1/9
    Sana17.02.2024
    Hajmi3,38 Mb.
    #158132
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-laboratoriya Operatsion tizimlar

    1-Laboratoriya ishi

    Operatsion tizimlar


    Ishning maqsadi: Windows7 operatsion tizimida ishlash ko’nikmalarini hosil qilish.
    O’quv savollari:
    1.Operatsion tizimning ish stoli
    2.Operatsion tizimning tizimli papkalari, vazifalari va interfeysi
    3.Fayllar tizimini asosiy operasiyalari: fayllar tizimini navigasiyasi; dasturni yuklash, xujjatni ochish; papka yaratish; fayl va papkalarni nusxalarini yaratish, siljitish, qayta nomlash va yorliqlar tuzish
    4.Diagnostika va monitoring vositalari. Kommunikasiya va xavfsizlik vositalari
    5.Tarmoq orqali murojaatlarni boshqarish. Tarmoq va uning resurslarini boshqarish. Dasturlarni o’rnatish va o’chirish. Qattiq disklarga xizmat ko’rsatishni tashkil etish

    I.Mavzuning qisqacha nazariy amaliy tushunchalari

    1.Operatsion tizimning ish stoli


    Microsoft korporasiyasiga mansub bo’lgan Windows operatsion tizimlar oilasi, dunyoda eng ommalashgan operatsion tizimlar hisoblanadi. Bu operatsion tizim versiyalarining interfeyslari Windows 95, Windows 2000, Windows XP qadar va ulardan keyingi Windows 7, Windows 8., Windows 7 va Windows 10 versiyalarida farqlanadi.
    Window” va “Windows” so’zi “Oyna” va “Oynalar” degan ma’no beradi.
    Operatsion tizim asosan oynalar bilan ishlashga asoslangan. Operatsion tizim yuklanganda dastlabki ochiladigan oyna ish stoli deyiladi. Bizda Windowsning ruslashtirilgan versiyalari qo’llanilishi sababli amaliyotda operatsion tizimning ob’yektlari va oynalari bilan ishlashda Рабочий стол atamasi qo’llaniladi. Bu oyna o’lchamlarini o’zgartirib yoki masalalar paneliga yig’ib bo’lmaydi, u kompyuter o’chirilishi jarayonida yopiladi.

    1.1-rasm


    Рабочий стол odatda Компьютер (Kompyuter), Файлы пользователя (Foydalanuvchi fayli), Панель управления (Boshqarish paneli), Корзина (Savat), Сеть (Tarmoq) tizimli papkalaridan iborat bo’ladi. Operatsion tizimning Windows XP va undan oldingi versiyalarida Мой компьютер (Mening kompyuterim), Мои документы (Mening hujjatlarim), сетевое окружение (Tarmoq muhiti) va Корзина (Savat) tizimli papkalari joylashtirilgan.
    Bu tizimli papkalar va ulardagi ma’lumotlar kompyuterdagi operatsion tizim o’chirilganda o’chib ketadi.
    Tizimli papka yoki foydalanuvchining papka va fayllari ish stolida nishoncha (znachok) ko’rinishida joylashtiriladi. Ularni umumiy holda ob’yektlar deb nomlash qabul qilingan. Operatsion tizimda kontekst menyu tushunchasi ishlatiladi.
    Ob’yekt faollashtirilib, sichqonchani chap klavishini bosish orqali oynaga ochiladigan menyu kontekst menyu deyiladi.
    Tizimli papkalarni ish stoliga joylashtirish. Bu ish Windows 7 da quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

    1. Sichqoncha ko’rsatkichi ish stolini bo’sh joyida keltiriladi va kontekst menyudan Персонализация (Personallashtirish) buyrug’i beriladi (1.2-rasm);





    1.2-rasm.

    1.3-rasm.




    1.4- расм.


    2)Ekranga chiqariladigan Персонализация muloqot oynasidan Измениние значков рабочего стола (Ish stoli nishonchalarini o’zgartirish) buyrug’i beriladi (1.3-rasm). Natijada ekranga Параметры значков рабочего стола (Ish stoli nishonchalari parametrlari) muloqot oynasi chiqariladi.
    3) Bu oynadan kerakli tizimli papka sichqoncha ko’rsatkichi bilan tanlanadi (masalan, Компьютер) va bayroqcha o’rnatiladi (1.4-rasm).
    4) Параметры значков рабочего стола muloqot oynasidagi OK tugmasi bosiladi.

    1.5-rasm. Рабочий стол oynasini ko’rinishidan fragment.

    Download 3,38 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 3,38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Laboratoriya ishi Operatsion tizimlar

    Download 3,38 Mb.