|
1-Laboratoriya ishi Operatsion tizimlar
|
bet | 6/9 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 3,38 Mb. | | #158132 |
Bog'liq 1-laboratoriya Operatsion tizimlarПросмотр журнала (Ko’zdan kechirish)- jurnal, unda bartaraf qilingan nosozliklarni qayd qilinib boriladi.
Настройка (Sozlash)- buyrug’i bilan sozlangan qurilmalardagi parametrlarni o’zgartirish ishlari amalga oshiriladi.
4.2.Monitoring va uning turlari
Operatsion tizim monitoringi ikkita ma’noda qo’llaniladi.
1.Monitoring – joriy obektning bir butun holatini tayanch alomatlari yoki parametrlari haqida yig’iladigan va tahlil qiladigan qaydlar yoki registrasiyalar tizimi.
1.21-rasm.
Bu monitoring Msinfo32 dasturiy moduli orqali amalga oshiriladi, u C:\Program Files\Common Files\Microsoft Shared\Msinfo papkasida joylashgan.
Windows 7 da Msinfo32 dasturiy modulni yuklash:
ПускПрограммыСтандартныеСлужебныеСведение о системе
yoki Пуск menyusini qidiruv tizimi darchasida Msinfo32 (yoki Сведение о системе) so’zini yozish orqali amalga oshiriladi.
Dastur yuklangach oynaga Сведение о системе (Tizim haqida ma’lumot) oynasi ekranga chiqariladi (1.22-rasm).
Сведение о системе oynasi Файл, Правка va Вид menyularidan iborat.
Dastur oynasi ikkita paneldan iborat. Birinchi panel Сведение о системе deb nomlanadi va u Аппаратные ресурсы (Apparat resurslari), Компоненты (Komponentlar) va Программная среда (Dasturiy muhit) kategoriyalarga ajratilgan. Bu kategoriyalarni keraklisi faollashtirilsa, oynaning o’ng panelida ularning mazmunlari Ресурс va Устройство elementlari bilan ochiladi.
1.22-rasm. Сведение о системе oynasini аппаратные ресурсы kategoriyasini faol bo’lgan ko’rinishi.
Сведение о системе kategoriyasida: kompyuter va operatsion tizim haqida, ya’ni kompyuterning nomi va uni ishlab chiqaruvchisi, qo’llaniladigan BIOS turi va o’rnatilgan xotira hajmi kabi umumiy ma’lumotlar saqlanadi.
2.Apparat resurslari (Аппаратные ресурсы). Axborot texnologiyalari mutaxassisliklari uchun mo’ljallangan kompyuter qurilmalari haqida qo’shimcha ma’lumotlar saqlanadi (1.22-rasm).
1.23-rasm. Сведение о системе oynasini Компоненты (Komponentlar) kategoriyasini faol bo’lgan ko’rinishi.
1.24-rasm. Сведение о системе oynasini Программная среда kategoriyasini faol bo’lgan ko’rinishi.
3.Komponetlar (Компоненты). U kompyuterda o’rnatilgan multimedia, diskyurituvchilar, tovush qurilmalari, displey, modem, tarmoq adapteri va protokollari va boshqa shu kabi qurilmalarning ro’yxati keltiriladi.
4.Dasturiy muhit (Программная среда). Unda tizimli drayverlar, o’zgaruvchilar muhiti, printer uchun topshiriqlar, tarmoqli ulanish, bajariladigan vazifalar, yuklangan modullar, xizmatlar haqida ma’lumotlar saqlanadi.
Tizim haqida aniq bir ma’lumotni olish uchun Сведение о системе oynasini Искать (izlash) maydoniga tizimga oid tayanch so’zi yoziladi (Masalan, IP-адрес so’zini) va Найти tugmasi bosiladi.
Foydalanuvchi tizim haqida ma’lumotlarni alohida fayl ko’rinishida saqlab qo’yishi mumkin. Buning uchun oynadagi kerakli punkt tanlanadi va Файл menyusidan Сохранить buyrug’i beriladi.
Monitoring – qandaydir bir obekt haqida berilganlarni kuzatish va regestrasiya (qayd) qilish jarayoni
|
| |