1-laboratoriya ishi. Tibbiyot texnikasini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishning umumiy xavfsizlik talablari




Download 27.52 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi27.52 Kb.
#74680
  1   2
Bog'liq
1-лаборатория
Sobirova-R.A-biokimyo (1), 8-лекция, quduqlarni-ta-mirlashda-kaltyubing-texnologiyasidan-foydalanish (1), shuhart, Статья по SiC (4), Электросон, 11- maruza, 3 laboratoriya, Администрирование информационных сетей compressed, 2, 60730300-Nasos va kom stans loy, qurish va ish, 12 11 2022 Плагиатга жавоб хати Тураев Х С, nizom tyutor, 20-dekabr VIKTORINA YAPON MARKAZI bayonnoma, MIBICHT

1-LABORATORIYA ISHI.


Tibbiyot texnikasini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishning umumiy xavfsizlik talablari
1. Tashkilotning ta’mirlash xizmati tibbiyot texnikalarining mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, ularning pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi lozim.
2. Tibbiyot texnikalarini zarur texnik holatda saqlab turish uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejali oldini olishga qaratilgan ta’mirlashni bajarilishi va ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
3. Ishlayotgan bino va xonalarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
4. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bu ishlarga mas’ul rahbar bilan kelishilishi lozim.
5. Tibbiyot texnikasini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishda ish joyini tayyorlash uchun quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim:

  • tokning o‘chirilgan bo‘lishi hamda uni ehtiyotsizlik tufayli yoki o‘z-o‘zidan ishlab ketishining oldini olish;

  • boshqarish tizimiga «Ulanmasin, odamlar ishlamoqda!» degan taqiqlovchi belgilarni osib qo‘yish va zarurat bo‘lganida to‘siqlar qo‘yish;

  • ish boshlash oldidan tok o‘tuvchi qismlarda kuchlanishning yo‘qligini tekshirib ko‘rish.

6. Nosoz yuk ko‘taruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek texnik ko‘rik va sinovdan o‘tkazish muddati tugagan mexanizmlardan foydalanish taqiqlanadi.
7. Ta’mirlash ishlarida bino ichida yuqori kuchlanishdagi elektr tibbiy apparaturasi bilan ishlarni amalga oshirishda erga ko‘milgan predmetlar, jumladan, vodoprovod, isitish va kanalizatsiya tizimining metall quvurlari yog‘och to‘siq bilan (ish vaqtida tegib ketmaslik uchun) himoyalangan bo‘lishi lozim.
8. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
9. Ta’mirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda havoza va taxta to‘shamalarning o‘rnatilishi xavfsizlik talablariga javob berishi hamda xodimlar himoya kamarlaridan foydalanishlari shart.
10. Barcha ta’mirlash ishlari tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
11. Ta’mirlash ishlari tugagach to‘siqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar o‘z joylariga o‘rnatilishi lozim.
12. Tibbiyot texnikasini davriy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari tashkilotning ta’mirlash xizmati tomonidan muhandis-texnik xodimning rahbarligi ostida o‘tkazilishi lozim.
13. Tibbiyot texnikasini ko‘rikdan o‘tkazish paytida nuqsonlar topilsa, ularning sababini aniqlash va bartaraf qilish uchun tegishli choralar ko‘rilishi lozim.


Download 27.52 Kb.
  1   2




Download 27.52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-laboratoriya ishi. Tibbiyot texnikasini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishning umumiy xavfsizlik talablari

Download 27.52 Kb.