|
1-laboratoriya ishi
|
bet | 7/9 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #126295 |
Bog'liq 1-Laboratoriya 5-semestr Sxemalarni tuzish
Sxemalarni tuzish jarayoni uch bosqichdan iborat.
bosqich. Asboblar panelidan elementlarni ishchi sohaga o’tkazish va ularni joylashtirish. Buning uchun element tasvirining ustida sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va zarur element ishchi sohaga surib o’tkaziladi. Zarur bo’lsa elementlarni burish knopkalaridan ham foydalaniladi (1.3-rasm).
1.3-Rasm. Elementlarni burish knopkalari
bosqich. Elementlarni o’z-aro ulash. Buning uchun:
Sichqonchaning kursori elementning chiqishiga kontaktning qora nuqtasi paydo bo’ladigan qilib yaqinlashtiriladi;
Sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va bosilgan holatda bog’lanish hosil qilinishi kerak bo’lgan elementning chiqishida qora nuqta hosil bo’lguncha suriladi;
Sichqonchaning chap tugmasi qo’yib yuboriladi.
Zarur hollarda qo’shimcha tugunlar hosil qilish mumkin.
Buning uchun element ishchi sohaning kerakli joyiga joylashtiriladi.
bosqich. Elementlarning nominallarini o’rnatish. Elementning ustida sichqonchaning chap tugmasi to’xtovsiz ikki marta bosilsa uning xossalar oynasi ochiladi. Xossalar oynasining mazmuni tanlangan elementga bog’liq ravishda o’zgarib turadi. Hamma xossalar oynalarida Label (elementning nomi) va Fault (elementdagi nosozliklar) bo’limlari bo’ladi.
Element yoki zanjir uchastkasini yo’qotish uchun u ajratiladi va Delete hamda Enter klavishalari bosiladi.
Sxemalarni loyihalashda ko’pgina amallar sichqonchaning chap tugmasidan foydalanib bajariladi. Sichqonchaning o’ng tugmasi, asosan, elementlar va o’lchash priborlari xossalarining kontekst menyularini chaqirish uchun ishlatiladi.
Zanjir tuzish uchun quyidagi amallar bajariladi:
kerakli elementlarni topish va tanlash;
elementlarni sxema oynasining ishchi sohasiga joylashtirish;
elementlarni bir-biriga simlar yordamida ulash;
elementlar parametrlarining qiymatlarini o’rnatish.
Kerakli elementlarni topish va tanlash dastur oynasining yuqoridan ikkinchi qatoridagi belgilarning ustida sichqonchaning chap tugmasini bosib va tanlangan elementni sxema oynasiga surish yo’li bilan amalga oshiriladi. Sxema tarkibiga albatta korpus (erlanish) qo’shilishi kerak. Yerlanish bo’lmasa sxemaning to’g’ri ishlashi kafolatlanmaydi.
EWB dasturida o’zgaruvchan rezistorar, kondensatorlar va g’altaklar mavjud. Ularning parametrlarini belgilarida ko’rsatilgan klavishalarni bosish yo’li bilan o’zgartirish mumkin. Parametrlarni sxema ishlayotgan vaqtda ham
o’zgartirish mumkin. Lekin bu holda hisoblashlarning aniqligi kafolatlanmaydi, natijalarni dasturni qaytadan ishga tushirib tekshirib ko’rish kerak.
Sxema oynasidagi elementlarni yangi joyga surish uchun ularning ustida sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holatda kerakli joyga siljitiladi.
Elementlar bir-biriga simlar yordamida ulanadi. Simlarni hosil qilish uchun sichqonchaning chap tugmasi element chiqishining ustiga olib kelinadi, doira shaklidagi tugun hosil bo’lishi bilan bosiladi va kerakli tomonga suriladi. Keyingi elementning ulanadigan tuguni ko’rinishi bilan qo’yib yuboriladi. Hosil qilingan simlarni sichqoncha yordamida surish ham mumkin.
Sxema oynasida boshqa elementlarga ulanmagan element qolishi mumkin
emas.
Elementning parametrlarini o’zgartirish uchun uning ustiga kursor olib
kelinadi va sichqonchaning o’ng tugmasi bosilib hosil bo’lgan kontekst menyudan kerakli punkt tanlanadi. Bundan tashqari, elementning ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosib yoki Circuit menyusidan tanlab Component Properties ost menyusini ochish mumkin. Hosil bo’ladigan dialog panelda kerakli parametr o’rnatiladi. Rezistorlar, kondensatorlar va induktivlik g’altaklari uchun paneldagi Value bo’limidan foydalaniladi. Murakkab va aktiv elementlarning, jumladan, diodlar, tranzistorlar va uzun liniyalarning parametrlari Models bo’limidagi Default va Ideal bo’limlarini yoki bibliotekadan elementning tipini tanlash yo’li bilan o’rnatiladi. Buning uchun Edit knopkasidan foydalaniladi.
Elementni sxemadan yo’qotish uchun uning ustida sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi va hosil bo’lgan menyudan Delete punkti tanlanadi.
Sxema ko’rinishining qo’shimcha parametrlarini o’rnatish uchun Circuit menyusining Schematic Option punkti tanlanadi (1.4-rasm). Ushbu punktdan ko’pchilik hollarda tugunlarning tartib raqamlarini ko’rsatish uchun foydalaniladi. Buning uchun Show/Hide bo’limidagi Show nodes punkti belgilanadi.
Electronics Workbench dasturida katta sxemaning bir qismini ost sxemaga aylantirish mumkin. Buning uchun sxemaning bir qismi sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holatda surilib ajratiladi va Circuit menyusining Create
Subcircuit punkti tanlanadi. Favorites oynasida yaratilgan ost sxemaning tasviri hosil bo’ladi. Ost sxemalardan foydalanish murakkab qurilmaning kompakt sxemasini olish imkoniyatini beradi.
1.4-rasm. Sxema ko’rinishining qo’shimcha parametrlarini o’rnatish (Circuit menyusining Schematic Option punkti)
Bundan tashqari dasturda bir nechta elementlari panellari mavjud. Masalan, Sources; Basic; Diodes; Transistors; Logic Gates; Digital; Indicators va boshqalar.
|
| |