|
1 Laboratoriya mashg‘uloti. Radiochastotalarning tasniflanishi o‘rganish Ishdan maqsad: Radio to‘lqinlarni diapazonlarga ajiralishini o‘rganish. Nazariy qism
| bet | 5/11 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 497,7 Kb. | | #142562 |
Bog'liq 1-6 simsizNazorat savollari
-
EMM tushunchasi nimani anglatadi?
-
Elektr maydon vektorlari haqida ma’lumot bering?
-
Magnit maydon vektorlari haqida ma’lumot bering?
-
EMM vektorlari divergensiya va rotor operatorlari bilan qanday bog‘langan?
-
Muhitning elektrodinamik parametrlari?
-
Muhitlarning sinflanishi.
Javoblar
-
Elektromagnit maydon (EMM) tushunchasi ostida o`zaro bog`liq hamda bir-biriga shartli ta'sir ko`rsatuvchi elektr va magnit maydonlarning yig`indisidan iborat bo`lgan materiya ko`rinishi tushuniladi. Tashqi EMM alohida ajralib turuvchi xususiyati uning zarralarning elektr zaryadi kattaligiga va harakat tezligiga bog`liq bo`lgan zaryadlangan zarrachalarga kuch bilan ta'sir ko`rsatishida. Telekommunikasiya sohasida vaqt bo`yicha o`zgaruvchan maydondan foydalaniladi. Bunday maydonning elektr qismi magnit qismidan ajralmas va aksincha. Biroq EMM nazariyasida vaqt bo`yicha o`zgarmas bo`lgan (stasionar) jarayonlardan boshlab, to hozirgi kungacha yig`ilib kelgan tarixiy yig`ilmalardan foydalanilgan holda tabiatdagi elektr va magnit hodisalarni o`rganish tajribalaridan foydalaniladi. Doimiy elektr va magnit maydonlari bir-biriga bog`liq bo`lmagan holda mavjud bo`lishi mumkin, ammo ular yakka holdaaxborot uzatish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Zamonaviy o`zgaruvchan EMM nazariyasi - elektrodinamikada elektr va magnit maydonlaridan foydalagan holdayagona EMM hosil qilishda davom etmoqda. EMM tabiatda ob'ektiv mavjud bo`lib, materiyaning ko`rinishi hisoblanadi va uning boshqa shakllaridan farqli tarzda - modda. Turli maydonlar o`zaro ustma-ust tarzda bitta hajmda jamlanishi mumkin, modda zarachalari esa o`zaro singib ketmaydi.
-
EMM dagi zaryad va toklarga kuch ta'sir etadi, ularni siljishi natijsida maydon energiyasi kamayadi. Sinov jismi sifatida maydonni nafaqat aniqlab beruvchi, balki uni o`zgartirib yuboruvchi zaryadlangan kichik jism - nuqtaviy zaryadni ko`rib chiqamiz. Unga EMM da Lorens kuchi deb ataluvchi kuch ta'sir etadi , F q(E [, B], bunda q, υ - elektr zaryadi va uning harakat tezligi; E(r,t) - elektr maydon kuchlanganligi vektori; B (r,t) - magnit induksiya vektori; r - fazodagi zaryad joylashgan nuqtaning vektor-radiusi; t - vaqt. Zaryad qo`zg`almas bo`lganda (υ =0), kuch Fe q E , ya'ni, E- birlik musbat qo`zg`almas zaryadga EMM ko`rsatgan ta'sir kuchi. E - vektorning o`lchov birligi N/Kl=B/m. Magnit maydon faqat harakatdagi zaryadlarga (toklarga) ta'sir ko`rsatadi F q[ B] m Agar υ va B o`zaro perpendikulyar bo`lsa, ta'sir kuchi maksimal bo`ladi, agar υ va B yo`nalish bo`yicha mos tushsa, kuch ta'sir ko`rsatmaydi. Shu tariqa vektor B EMM ning harakatlanayotgan zaryadlarga ta'sir etuvchi kuchi orqali aniqlanadi. B - vektorning o`lchov birligi Ns/(Kl·m) =Bc/m2 =Vb/m2 =Tl. Ko`rib chiqilgan E va B vektorlarning tarkibi tashqi maydonning juda kichik zaryadlar va elementar toklarga ko`rsatadigan ta'siri bilan bog`liq. O`lchanayotgan maydonda buzilishlar yuzaga kelmasligi uchun zaryadlarning kam bo`lishi juda muhim. Ammo elektr zaryadi va tok elementi o`zining xususiy elektr hamda magnit maydoniga ega. Zaryad atrofida chiziqlari uning o`zidan boshlanuvchi elektr maydon doim mavjud. Tokli o`tkazgichlar (o`tkazgich elementlari) chiziqlari o`zini o`rab turuvchi xususiy magnit maydoni hosil qiladi.
Dielektrik molekulalaridagi bog`liq elementar zaryadlar va magnit materiallardagi elementar magnit maydon materialga singigan EMM ni butkul o`zgartirib yuborishi mumkin. U holda jarayonni yoritib berish uchun qo`shimcha juft vektorlarni kiritish talab etiladi.
-
Ushbu vektorlar zaryadning xususiy elektr (magnit) maydoni bilan bog`liqligini ifodalagani uchun manba funksiyalari deb ataladi. Agar fazoning istalgan nuqtasida, istalgan vaqtda E, D, B va H vektorlarning kattaliklari ma'lum bo`lsa, bu yerda EMM aniqlangan deb hisoblanadi. Vektor o`z komponentalari orqali aniqlanganligi sababli, vektorlarning har biri o`zida (masalan, E (x,y,z) vektori) x,y,z va t dan matematik fazoviy-vaqt funksiyalarini ifodalaydi. "Maydon" tushunchasiga rasmiy (matematik) yondashilganda uni fazoning turli nuqtalarida turlicha qiymatlarni qabul qiluvchi fizik kattalik (kuch) deb ko`rib chiqish mumkin. EMM nazariyasi eksperimental faktlarning yig`ilishi va umumlashuvi, shuningdek, vektor tahlilga asoslangan matematik apparatlarning taraqqiy etishi natijasida hosil bo`ldi. EMM asosiy tenglamalaridagi E, D, V va H vektorlar "divergensiya" va "rotor" operatorlari yordamida r va J kattaliklar bilan bog`langan. Fazoning har bir nuqtasidagi elektr zaryadi hajmiy zichlik orqali xarakterlanadi 3 lim ,Kl / m q (1.1) bunda, q- hajmdagi yig`indi zaryad. Maydonning har bir nuqtasidagi zaryadlarning tartibli harakati o`zgaruvchan elektr tokining zichlik vektori orqali ifodalanadi 2 ` Jo tk , A/m . (1.2) Ma'lum bir S yuza orqali oqib o`tuvchi umumiy elektr toki skalyar kattalik bo`lib, u Jo`tk bilan integral munosabatda bog`liq I JdS А , (1.3) bu yerda, dS- elementar yuza vektori. Yuqoridagi (1.3) integral S yuza orqali o`tuvchi J vektorning oqimi deb ataladi. Demak, elektr tokini berilgan yuzadan oqib o`tuvchi tok zichligining oqimi sifatida ko`rib chiqish mumkin
-
EMM nazariyasi eksperimental faktlarning yig`ilishi va umumlashuvi, shuningdek, vektor tahlilga asoslangan matematik apparatlarning taraqqiy etishi natijasida hosil bo`ldi. EMM asosiy tenglamalaridagi E, D, V va H vektorlar "divergensiya" va "rotor" operatorlari yordamida r va J kattaliklar bilan bog`langan. Fazoning har bir nuqtasidagi elektr zaryadi hajmiy zichlik orqali xarakterlanadi 3 lim ,Kl / m q (1.1) bunda, q- hajmdagi yig`indi zaryad. Maydonning har bir nuqtasidagi zaryadlarning tartibli harakati o`zgaruvchan elektr tokining zichlik vektori orqali ifodalanadi 2 ` Jo tk , A/m . (1.2) Ma'lum bir S yuza orqali oqib o`tuvchi umumiy elektr toki skalyar kattalik bo`lib, u Jo`tk bilan integral munosabatda bog`liq I JdS А , (1.3) bu yerda, dS- elementar yuza vektori. Yuqoridagi (1.3) integral S yuza orqali o`tuvchi J vektorning oqimi deb ataladi.
-
Istalgan modda tarkibida tashqi elektr maydon ta'sirida bir molekuladan boshqasiga siljishi mumkin bo`lgan elektr zaryadlari mavjud bo`lishi mumkin. Ya'ni, ular erkin zaryadlar yoki bir molekula oralig`ida siljiydi. Birinchi holatda biz elektronlar va ionlarni metallarda, elektrolitlarda va ionlashgan gazlardagi harakati haqida ma'lumotga egamiz. Dielektrik muhitlarda biz bog`liq zaryadlarni ko`rib chiqamiz. Atom va molekulalardagi bog`liq zaryadlarning aralashishi "muhitning qutblanishi" deb nomlanuvchi hodisani yuzaga keltiradi. qutblanish tashqi maydon E0 ga qarama-qarshi yo`nalgan ichki elektr maydonni hosil qiladi. Shu sababli dielektrik ichiga singigan tashqi maydon kuchsizlanadi. Kuchsizlanish darajasi a - absolyut dielektrik singdiruvchanlik deb ataluvchi parametr bilan ifodalanadi. Bu parametr EMM ning ikki elektr vektorlarini o`zaro bog`laydi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1 Laboratoriya mashg‘uloti. Radiochastotalarning tasniflanishi o‘rganish Ishdan maqsad: Radio to‘lqinlarni diapazonlarga ajiralishini o‘rganish. Nazariy qism
|