|
1. Margarin mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan xomashyolar va ularning tavsifi
|
bet | 1/5 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 29,13 Kb. | | #255766 |
Bog'liq Margarin mahsulotlari ishlab chiqarish
Mavzu: Margarin mahsulotlari ishlab chiqarish
Reja:
1.Margarin mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan xomashyolar va ularning tavsifi.
2. Margarin ishlab chiqarish texnologiyasi.
3. Margarinlarning sifat ko‘rsatkichlari va saqlash.
Margarin mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan xomashyolar va ularning tavsifi
Margarinlar tabiiy o‘simlik moylari va gidrogenizatsiya qilingan yog‘larning emulsiyasiga sut, sariyog‘, tuz, qand, qaymoq va boshqa qo‘shimchalar qo‘shib olingan yog‘lar hisoblanadi. Margarinlar ishlab chiqarishning mohiyati qattiq yog‘lar balansini ko‘paytirish va o‘simlik moylarini ishlatish sohasini kengaytirishdan iboratdir. Margarinlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovqatga va qandolat, kulinariya, non mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatish mumkin.
Margarinlar yog‘larning suvdagi, ko‘pchilik hollarda esa sutdagi yuqori darajada disperslangan emulsiyasidir. Shuning uchun ham margarinlar sariyog‘ singari yaxshi hazm bo‘ladi, ya’ni ularning organizmda o‘zlashtirili-shi 94-97 foizni tashkil etadi. Margarinlarning energiya berish qobiliyati ham sariyog‘larga yaqin turadi. 100 g margarinning energiya berish qobiliyati 3120 kJ ni tashkil etsa, sariyog‘niki esa 3130 kJ dan ortiqroqdir.
Margarinlarning ozuqaviy qiymati ularning kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Ularning biologik qiymati esa ularning tarkibiga kiruvchi o‘rin almashtirmaydigan yuqori darajada to‘yinmagan yog‘ kislotalari, fosfatidlar va yog‘da eruvchi vitaminlar borligi bilan izohlanadi.
Margarinlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyolarni asosiy va qo‘shimcha xom ashyolarga bo‘lish mumkin. Margarinlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan asosiy xom ashyoga asosan margarinlarning yog‘ asosini tashkil etuvchi yog‘lar kiradi. Margarinlarning yog‘ asosini 30-80 foiz o‘simlik moylari va dengiz hayvonlari moylaridan olingan salomaslar (gidrogenizatsiya qilingan yog‘lar), 8-25 foizini tabiiy o‘simlik moylari, 10-25 foizini kokos yong‘og‘i yoki pal’ma moyi (ba’zi margarinlarga qo‘shiladi.) tashkil etadi. Suyuq margarinlarning yog‘ asosini esa 60-80 foiz suyuq tabiiy o‘simlik moylari tashkil etadi.
Qo‘shimcha xom ashyo sifatida esa sut, sariyog‘, tuz, qand, bo‘yoq, moddalari, muattar hid beruvchi moddalar, emulgatorlar, vitaminlar ishlatiladi.
|
| |