181. “Direkt meyl” tushunchasi nimani anglatadi?
A) To‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta orqali reklama qilishni
B) Radio orkali reklama qilishni
C) Gazetalar orkali reklama qilishni
D) Televidenie orqali reklama qilishni
182. Kommunikatsiya vositalariga nimalar kiradi?
A) Matbuot, katalog, radio va televidenie, afishalar
B) Transport vositalari, hisoblash texnikasi
C) Binolar, inshoatlar
D) Uzatuvchi qurilmalar, optik qurilmalar
183. Reklama murojaatnomalarini tarqatish kanallarini oqilona tanlash uchun qanday mezonlar asosida ommaviy axborot vositalari taxlil qilinadi?
A) Qamrovliligi, qiymati, boshqaruvchanligi, obro‘ - e‘tiborliligi
B) Servisi sifati, o‘zgaruvchanligi, tezkorligi
C) Nisbiyligi, absolyutligi, kompleksligi
D) Soni, chastotasi, doimiyligi
184. Tovarlarni siljitish qanday tadbirlar asosida amalga oshadi?
A) Xarid qilishga undash, mukofotlar, chegirmalar, yarmarkalar, namoyish etishlar
B) Segmentlashtirish, pozitsiyalashtirish
C) Rejalashtirish, tashkil etish
D) Iste‘molchini jalb qilish va ushlab turish
185. Kommunikatsiya siyosatida nimalar hisobga olinadi?
A) reklama siyosati, narxsiz rag‘batlantirish siyosati, personal sotuv siyosati
B) shaxsiy sotuv, shaxsiz sotuv
C) reklama, sotuvni rag‘batlantirish
D) talabni shakllantirish, shaxsiy sotuv
186. Marketing kommunikatsiyalari kompleksi nimalardan tashkil topgan?
A) Reklama, sotishni rag‘batlantirish, targ‘ibot, shaxsiy sotish
B) Marketing strategiyalari tafsilotidan
C) Marketing rejasi va dasturi tafsilotidan
D) Marketing tamoyillari, vazifalari, maqsadlaridan
187. Savdo firmasining sayyor agenti ya‟ni namunalar, kataloglar va boshqalar bo‟yicha tovarlar savdosini rasmiylashtiruvchi xodimi qanday nomlanadi?
A) Kommivoyajer
B) Diller
C) Distribyutor
D) Stokist
|