|
Banklarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining dasturiy ta’minlanishi
|
bet | 6/7 | Sana | 04.09.2024 | Hajmi | 263,85 Kb. | | #270221 |
Bog'liq 1-Ma’ruzaBanklarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining dasturiy ta’minlanishi - Banklar tomonidan 2012-2016-yillarda axborot tizimlari va texnologiyalarini rivojlantirish bo`yicha ishlar davom ettirildi. Xususan, 2012-yil 21-martda kuchga kirgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1730-sonli qarori hamda uning 1-ilovasiga asosan respublika miqyosida, jumladan banklar tizimida ham o`tgan yillar davomida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada takomillashtirilgan holda joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari ishlab chiqildi hamda ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo`yicha faoliyat olib borildi.
- Bankning global hisoblash tarmog`ida 300 dan ziyod tuzilmalar mavjud bo`lib, ularning 3 ming 800 ta ishchi stansiyalari real vaqt rejimida bankning Markaziy apparatida joylashgan yagona balans bazasi orqali o`z mijozlariga hisob-kitob xizmatlarini ko`rsatmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, banklar respublikaning agrar sektoriga xizmat ko`rsatuvchi eng yirik banklardan biri hisoblanib, uning ma’lumotlar bazasi hajmi 8 TerraBaytni tashkil etadi. Qurilgan axborot- kommunikatsiya infratuzilmasi esa bank tizimida taqsimlangan moliyaviy axborotni qayta ishlovchi “OLAP” texnologiyalarini amalga oshirishning klassik variantidan iboratdir.
- Keyingi 2013-2016-yillarda banklar qog`ozsiz texnologiyalarni rivojlantirish borasida ham bir qator ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, elektron hujjat aylanish tizimi ishi kengaytirilib, hozirda ushbu tizimda 540 ta foydalanuvchilar qayd etildi. Hozirgi kunda ushbu dastur ta’minotini hududiy boshqarmalar ish jarayoniga tatbiq etish hamda ushbu dastur funksiyalarini kengaytirish bo`yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, bank maxalliy va davlat organlari orasida hujjat aylanish tizimiga ham ulanib (e-XAT tizimi), hozirda uning faol ishtirokchisiga aylandi.
- Hozirgi davrda bankjarda “Internet banking”, “E- banking”, “GRM-tizimlari”, “SMS- banking” va boshqa ko`pgina ADP lardan foydalanilmoqda.
|
| |