|
1-Ma’ruza: Bank faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari
|
bet | 1/7 | Sana | 04.09.2024 | Hajmi | 263,85 Kb. | | #270221 |
Bog'liq 1-Ma’ruza 1-Ma’ruza: Bank faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari Ma’ruzachi: A.G’.Eshmurodov Foydalaniladigan adabiyotlar. - R.A. Dadabayeva, N. X. Shoaxmedova, L.T. Ibragimova, Sh.T. Nasridinova, Sh.T. Ermatov, “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar ”, o`quv qo`llamna, toshkent - 2019 . 330 -350 betlar.
- S.S.G’ulomov, B.A.Begalov, “Informatika va axborot texnologiyalari”, darslik, Toshkent-2010 y.
- A.Abdirashidov, “Informatika va axborot texnologiyalari”, Ma’ruzalar matni, Toshkent-2008 y.
Reja: - Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlari tushunchasi.
- Bankda boshqaruv tizimidagiaxborot tizimlarini avtomatlashtirishni loyihalashtirishdagi muammolar.
- Bankning avtomatlashtirilgan axborot boshqaruv tizimining tuzilishi
- Bankning avtomatlashtirilgan axborot tizimining texnik ta’minoti
- Banklarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining dasturiy ta’minlanishi.
- Bank tizimining modullari va ular o`rtasidagi avtomatlashtirilgan jarayonlar
- Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida axborotlarni ximoyalash uslubiyotlari
Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlari tushunchasi - Axborot texnologiyalarini bank faoliyatida qo`llashga harakat qilish birinchi marta AQSH, Yaponiya va Germaniya mamlakatlarida amalga oshirila boshlandi. Avvalo bu texnologiyalar “operatsionistlar” uchun yaratilgan tizimlardan iborat bo`lib, keyinroq “Bank operatsion kuni” dasturlari va ishlanmalari vujudga keldi.
- Banklar moliviy muassasalarini asosiy xususiyatlari va funksiyalari birinchi navbatda davlat, yuridik va jismoniy sub'yektlarning mijozlar pul mablag`larini saqlashdan iborat. Bu mablag`larni qabul qilish chog`ida depozit hisoblari ochiladi va kelgusida bu hisob egalarining talabnomalariga asosan ularga moliya-kredit xizmatlari ko`rsatiladi.
Mijozlar o`z pul mablag`larini bankka ishonib topshirar ekan bankka quyidagi asosiy talablarni qo`yishlari mumkin: - Mijozlar o`z pul mablag`larini bankka ishonib topshirar ekan bankka quyidagi asosiy talablarni qo`yishlari mumkin:
- Pul mablag`larini ro`yxatga kiritish va bankda bo`lgan davrda ulardan hisobot olib turish.
- Pul mablag`larini saqlash javobgarligini ta’minlanishini talab qilish.
- Pul mablag`lari holati va ulardan foydalanishda olib borilayotgan moliya-pul operatsiyalariga oid axborotlar konfedinsialligini ta’minlash.
|
| |