• Funksional elektronika
  • 1-ma’ruza elektronika va sxemalar fani, mazmuni va usullari reja: imslarning yaratilish tarixi




    Download 20,56 Kb.
    bet3/5
    Sana08.06.2024
    Hajmi20,56 Kb.
    #261810
    1   2   3   4   5

    Integral mikroelektronika va nanoelektronika bilan bir vaqtda funktsional elektronika rivojlanmoqda. Elektronikaning bu yo’nalishi ananaviy elementlar (tranzistorlar, diodlar, rezistorlar va kondensatorlar)dan voz kechish va qattiq jismdagi turli fizik hodisa (optik, magnit, akustik va h.k.)lardan foydalanish bilan bog’liq. Funkitsonal elektronika asboblariga akustoelektron, magnitoelektron, kriogen asboblar va boshqalar kiradi.




    Funksional elektronika
    Yarimo‘tkazgich IMSlar analog mikroelektron apparatlar hisoblash texnikasi tizimlari va qurilmalarining element bazasini tashkil etadi. Mikroelektronika rivojining asosiy tendensiyasi integrasiya darajasini Mur qonuniga muvofiq orttirishdan iborat. Integratsiya darajasini oshirishning bitta yo‘li tranzistor tuzilm alarning o ‘lcham larini kichiklashtirishdan iborat. Bunda bipolyar IMSlar komponentalari birbiridan va yarim o‘tkazgich asosdan qo‘shimcha konstruktiv elementlar yordamida elektr jihatdan izolatsiyalanadi. K om ponentlar ichki ulanishlarni metallash yo‘li bilan funksional sxemaga birlashtiriladi, chunki ulanayotgan sohalar turli elektr o ‘tkazuvchanlikka (elektron yoki kovakli) ega. Sxema elementlari o‘lchamlarining kichiklashishi (diod, tranzistor, rezistorlar) sxema zichligini oshiradi va, natijada, signal o ‘tish vaqtini, ya’ni qurilmalar tezkorligini oshiradi. Integrasiya darajasining oshishi bilan kristalning o‘zaro ulanishlar bilan band pogon sig'imga ega ulushi ortadi. Aloqa liniyasi С pogon sig‘imga ega bo‘lsin. Agar aloqa liniyasi uzunligi I bo'lsa, va u orqali t sekund davomida amplitudasi U bo‘lgan impuls uzatilsa, har bir impuls bilan liniyaga quvat kiritiladi.
    P = (CIU2)/1
    Impuls quvatini oshirib mantiq element qaytaulanish tezligini oshirishi mumkin. Sxemaga kiritilayotgan impuls quvvat oshirilishi bilan unda ko‘proq ajralayotgan issiqlikni olib ketish ham kerak. Shuning uchun zamonaviy sxemotexnik elektronika qurilmalarida axborotlarni qayta ishlash tezligi sekundiga 10^9:10^10 opreratsiyadan oshmaydi.
    Bunday xarakteristikalar axborotlarning katta massivlariga real vaqt masshtabida ishlov berishga imkoniyat bermaydi (obrazlarni aniqlash, konstruksiyalarni sintez qilish, bilimlar bazasini boshqarish, sun’iy intellekt yaratish va h.k.).
    Elektronika rivojining tezkorlikni oshirishga yo‘naltirilgan alternativ yo‘llaridan biri an’anaviy elementlardan chetlashishdan va katta massivga ega axborotlarga ishlov berishda axborot tashuvchi sifatida qattiq jismdagi dinamik bir jinslimasliklardan foydalanishdan iborat. Bu bir jinslimasliklar dinamik deb atalishiga sabab shundaki, ular turli fizik hodisalar yordamida hosil bo‘ladi, siljishi, shaklini, holatini o'zgartirishi, boshqa bir jinslimasliklar bilan ta ’sirlashishi mumkin. IMS larda kom ponentli tuzilishdan chetlashish va dinam ik bir jinslikm aslilardan foydalanishga asoslangan yo'nalish “funksional elektronika” nomini oldi. Funksional elektronika (FE) rivojlanishining boshlan g‘ich bosqichida turibdi. FEning ko‘p qurilmalari mikroelektronikaning raqamli qurilmalari bilan ishlashga moslashgan. Ular birinchi navbatda yuqori tezkorlik va 10^5-10^7 bit sig‘imga ega xotira qurilmalaridir. Funksional elektronikaning eng istiqbolli ba’zi asboblari ishlash prinsiplarini ko‘rib chiqamiz.

    Download 20,56 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 20,56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza elektronika va sxemalar fani, mazmuni va usullari reja: imslarning yaratilish tarixi

    Download 20,56 Kb.