• 1. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari.
  • 1-ma’ruza. Fanga kirish. Yog‘-moy sanoatining rivojlanish bosqichlari. Fanning predmet va vazifalari. Reja




    Download 94 Kb.
    bet1/7
    Sana18.12.2022
    Hajmi94 Kb.
    #35820
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-ma\'ruza
    3X4 RASMMM111, Blank Template, 3, bosh qismi, 5-Shaxsiy topshiriq 2023, План стен Аэропорт, 1323354, 1-LABOR, FOTIMA REJA55, Mavzu-3, Tarmoq

    1-MA’RUZA. FANGA KIRISH. YOG‘-MOY SANOATINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI. FANNING PREDMET VA VAZIFALARI.


    Reja:
    1. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari.
    2. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadigan tashkilotlar.
    3. Loyiha tashkilotlari tomonidan ta’minlanishi lozim bo’lgan asosiy hujjatlar va natijalar.
    1. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari.
    Yangi oziq-ovqat sanoati korxonalarini qurish va eskilarini qayta texnik rekonstrukstiya qilishning asosiy sharti loyihalashni optimizastiyalashdir. Loyihalashni optimizastiyalash ilm-fan, texnika va texnologiyaning yangi yutuqlari asosiga tayanishi shart. Shuning uchun loyihalash echimini tanlash oziq-ovqat sanoati korxonalarini ekspluatastiya qilish tajribasiga, hamda mamlakatimiz va chet el ilm –fanining progressiv ishlanmalariga asoslangan ma’lumotlar tahliliga tayangan bo’lishi shart.
    Qurilayotgan va rekonstrukstiya qilinayotgan ishlab chiqarish korxonalarini ekspluatastiya qilishga o’tish vaqtida ular texnik jihatdan ilg’or va yuqori texnik-iqtisoday ko’rsatkichlarga ega bo’lishi, mehnat sharoiti bo’yicha zamonaviy talablarga javob berishi shart.Bunday tahlilni faqat loyihalashning zamonaviy usullarini qo’llagan holda amalga oshirish mumkin. Ishlab chiqarish korxonalarini loyihalashda loyihalash bo’yicha bor bo’lgan ishlarni birlashtirish, asosiy ishlab chiqarish va qo’shimcha yordamchi binolarda jihozlarni joylashtirishning va hudud bosh rejasining eng yaxshi variantlarini ko’rsatish, ulardan eng rastionalini tanlash uchun ularni taqqoslash, korxona, yordamchi stexlar va binolarning qurilish konstrukstiyalarini tanlashni avtomatlashtirish kerak bo’ladi.
    Zamonaviy ob’ektlar va sistemalarni loyihalash metodologiyasida matematik modellashtirish va fizik usullar, hisoblash texnikasi, informastion bog’lanish uslubi, matematik uslublar qo’llaniladi. Agar loyihalash vazifasini matematik belgilar orqali ifodalamoqchi bo’lsak uni echish avtomatik elektron hisoblash mashinalarida (EHM) amalga oshiriladi. Loyihalashda keng ko’lamda matematik uslublar va hisoblash mashinalarini qo’llash texnikaviy vazifalarni matematik shaklda amalga oshirishga olib keladi. Mavjud avtomatik loyihalash sistemasi (ALS) to’rt guruxga bo’linadi:
    - yirik loyihalararo umumiy maqsadlarni echishga mo’ljallangan ALS. Bunda sanoat binolarining temir-beton konstrukstiyalarini loyihalash misol bo’ladi.
    - tarmoqqa mo’ljallangan universal ALS.
    - maxsuslashtirilgan ALS. EHM lardan foydalanib eng ommaviy loyihalash ishlarini bajarishga mo’ljallangan.
    - individual ALS. Loyihalash ishlarini alohida muhandislik hisoblashlarining bajarilishiga mo’ljallangan.
    Istalgan avtomatlashtirilgan loyihalash sistemalarida quyidagi bazaviy ta’minotlar reglamentlanadi: uslubiy, dasturiy, texnik, axborot va tashkiliy.
    Uslubiy ta’minotga - nazariyalar, uslublar, matematik modellar, algoritmlar, terminlar, me’yoriy hujjatlar, algoritmik va maxsus tillar kiradi.
    Dasturiy ta’minotga - loyiha echimlarini tanlash va qabul qilishga mo’ljallangan ekspluatastion hujjatlar yo’riqnomalar kiradi.
    Texnik ta’minotga - ALSni faoliyat ko’rsatishini ta’minlovchi hisoblash va tashkiliy texnik qurilmalari; ma’lumotlarni uzatish vositalari, o’lchash va boshqa qurilmalari kiradi.
    Axborot ta’minotiga - loyihalashni barcha bosqichlarida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasini hosil qiluvchi, ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarish vositalari kiradi.
    Tashkiliy ta’minotga - ALS ni ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilarning huquqlari, vazifalari va faoliyatlarini reglamentlovchi qoidalar va buyruqlar kiradi.
    Ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash asoslari fanini o’qitishdan maqsad talabaga oziq-ovqat sanoati korxonalarini loyihalash tartibining asosiy holati va qoidalari, hududga, bino va inshootlarga bo’lgan talablari, texnika xavfsizlik qoidalarini hisobga olgan holda asosiy texnologik jihozlarni bino qavatlariga joylashtirish talablari, loyihalashda ishlab chiqarish estetikasi va atrof muhitni himoya qilish bo’yicha bilimlarni o’rgatishdan iborat.
    Ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash asoslari fani oziq-ovqat sanoati korxonalarini loyihalash bilan bog’liq bo’lgan barcha muammolar majmuasini o’rgatadi. Bunga texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqish, texnologik jihozlarni hisoblash va tanlash, ularni bino qavatlariga joylashtirish, ishlab chiqarish stexlarini binosining optimal o’lchamlarini hisoblab aniqlash va ishlab chiqarish sanitariya talablari qoidalari asosida ishlab chiqarishni tashkil etish kiradi.
    Oziq-ovqat sanoati korxonalari loyihalarining texnologik qismi loyihaning boshqa qismlari uchun etakchi va aniqlashtiruvchi bo’ladi. Chunki texnologik jarayon jihozlarini noto’g’ri joylashtirish loyihada qo’shimcha transport mexanizmlarini o’rnatish zaruriyatini keltirib chiqaradi, materiallar oqimlari kommunikastiyasini qiyinlashtiradi, elektr energiya sarfini oshiradi va qurilish ob’ektlari sonini ko’paytiradi.




    1. Download 94 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza. Fanga kirish. Yog‘-moy sanoatining rivojlanish bosqichlari. Fanning predmet va vazifalari. Reja

    Download 94 Kb.