|
3-Mavzu: Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi. Ishsizlik
|
bet | 1/4 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 80 Kb. | | #158867 |
Bog'liq Mavzu-3
3-Mavzu: Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi. Ishsizlik.
Reja
3.1. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari.
3.2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o’lchanishi.
3.3. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A. Ouken qonuni.
3.4.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari, namoyon bo’lish shakllari va ishsizlik darajasiga ta’siri.
3.1. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflyasiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o’tish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi.
Iqtisodiy davrlar to’rtta bosqichni o’z ichiga oladi: «cho’qqi», pasayish (resessiya), pasayishning quyi nuqtasidagi turg’unlik, ko’tarilish bosqichi.
. Birinchi boskich iqtisodiy rivojlanishning eng yukori darajasiga erishilgan boskich bo’lib, u «cho’kki» deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to’lik bandlik, ishlab chikarish to’la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, maxsulotlarning baxo darajasining o’sish xolati kuzatiladi. Keyingi boskich pasayish (resessiya) boskichidir. Bunda ishlab chikarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo baxoning o’sish darajasi pasaymaydi. Bu boskich faol va uzok davom esagina baxoning o’sish darajasi sustlashishi mumkin. Pasayishning kuyi nuktasida ishlab chikarish va bandlik eng kuyi darajaga tushadi va turgunlik davri boshlanadi.
Ko’tarilish boskichida ishlab chikarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, ishlab chikarish kuvvatlaridan to’lik foydalanish va to’lik bandlik darajasiga erishiladi.
Iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega bo’lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko’ra o’zaro farq qilib turadi. Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash to’g’ri bo’ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida iqtisodichilar uch omilni ko’rsatadi:
1)texnika va texnologiyalarda ro’y beradigan o’zgarishlar;
2)siyosiy va tasodifiy vaziyatlar;
3) monetar omillar.
Barcha iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar miqdoriga bog’liq, degan fikrni qo’llab-quvvatlaydilar.. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan biridir.
|
| |