|
Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o’lchanishi
| bet | 2/4 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 80 Kb. | | #158867 |
Bog'liq Mavzu-33.2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o’lchanishi.
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi.
Ishchi kuchiga bo’lgan talab miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam bo’lishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo’lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida) aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100
Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:
-friksion ishsizlik;
-tarkibiy ishsizlik;
-davriy ishsizlik.
Friksion ishsizlik. Unga ish kidirayotgan yoki yakin vaktlar ichida ish bilan ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi. Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki turar joylarni o’zgartirish, o’kuv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshka sabablardan kelib chikadi. U doimo mavjud bo’lib, ma’lum bir darajada kerakli xisoblanadi.
Tarkibiy ishsizlik. Tarkibiy ishsizlar guruxiga ishlab chikarish strukturasining o’zgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining o’zgarishi natijasida ishsiz kolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini o’zgartirishi va oshirishi, ma’lumot olishi, yangi kasb egallashi lozim bo’lgan ishsizlar guruxlari kiradi. Friksion ishsizlik bilan tarkibiy ishsizlikning asosiy farki shundaki, birinchisida, ma’lum malaka va tajriba mavjud bo’ladi va undan foydalanib, ish joylarini tezrok topib olishadi, ikkinchisida esa, ishchi kuchi darxol va tezrok ish joylarini topa olmaydi.
Davriy ishsizlik asosan ishlab chikarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning kamayishidan paydo bo’ladi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga bo’lgan yalpi talabning kamayishini, shunga muvofik, yalpi tatalabning kamayishini, va okibatda axolining ish bilan bandligi kiskarishi va ishsizlikning o’sishini bildiradi.
|
| |