• 3.3. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A. Ouken qonuni.
  • Yh – Yp Y UZ = ----------------- 100 Yp
  • 3-Mavzu: Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi. Ishsizlik




    Download 80 Kb.
    bet3/4
    Sana19.02.2024
    Hajmi80 Kb.
    #158867
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Mavzu-3

    To’la ish bilan bandlik ishchi kuchining 100 foiz ish bilan ta’minlanganligini bildirmaydi. Aksincha, friksion va strukturali ishsizlik ilojsiz hol bo’lganligini hisobga olsak, biz mutlaq to’la ish bilan bandlilikka erishib bo’lmasligini tushunamiz.
    . To’la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik, ishsizlikning tabiiy darajasi deyiladi. Bunga ish qidiruvchilar soni bo’sh ish joylari soniga muvofiq kelsagina erishish mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik yig’indisiga teng bo’ladi.
    Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u iqtisodiy vaziyat, qonun va milliy an’analar bilan bog’liq holda o’zgarib turadi.


    3.3. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A. Ouken qonuni.

    Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida mamlakat o’z iqtisodiy potensialini to’liq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YaIM hajmi (Yh) potensial YaIM (Yp) hajmidan ortda qoladi. Ya’ni YaIMning uzilishi (YUZ) ro’y beradi.




    Yh – Yp
    YUZ= ----------------- 100
    Yp
    Potensial YaIM deganda mamlakatdagi ishlab chiqarish resurslaridan to’liq foydalanilgan sharoitda mumkin bo’lgan ishlab chiqarish hajmi tushuniladi.
    Potensial YaIM*ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yo’q deb emas, balki mavjud, biroq u tabiiy darajada, deb hisoblanadi.
    Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potensial YaIM hajmidan kam mahsulot yaratadi. Ouken qonuniga ko’ra agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, ya’ni davriy ishsizlik 1 foizni tashkil etsa milliy iqtisodiyot YaIMni 2,5 foizga kam yaratadi.
    Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo’qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffisiyenti deb atalgan bu koeffisiyent miqdori 2 foizdan 3 foiz oralig’ida deb hisoblanadi.
    Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:

    Download 80 Kb.
    1   2   3   4




    Download 80 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Mavzu: Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi. Ishsizlik

    Download 80 Kb.