Insoniyat oldida turgan turli global muamolar




Download 11.11 Kb.
Sana17.12.2022
Hajmi11.11 Kb.
#35628
Bog'liq
Blank Template
3X4 RASMMM111, 1-ma\'ruza, 3, bosh qismi, 5-Shaxsiy topshiriq 2023, План стен Аэропорт, 1323354, 1-LABOR, FOTIMA REJA55, Mavzu-3, Tarmoq

Insoniyat oldida turgan turli global muamolar.
Mening fikrimcha insoniyat oldidagi global muammolar umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari. Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. Global muammolar avvalo jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.
Insoniyatning global muammolari chambarchas ravishda o‘zaro bog‘liq, bir muammo boshqalarining keskinlashuviga olib kelmoqda. Shunday ekan, muayyan muammoni boshqa muammolarga e’tibor qaratmasdan yechish imkoniyati mavjud emas. Masalan, rivojlanayotgan mamlakatlardagi demografik va oziq-ovqat muammolari orasida ma’lum aloqadorlik mavjud, chunki aholining yuqori sur’atlar bilan ko‘payishi
oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmovchiligi va ocharchilikni keskinlashtiradi. Energetika va ekologik muammolar ham bevosita bir-biriga aloqador hisoblanadi, chunonchi yangi energiya manbalarini izlash va ishlab chiqarishga joriy etish atrof-muhit sifatiga ham ma’lum darajada ta’sir etadi.
Soʻzim oxirida men shunday xulosaga keldim global muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini izlash, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi ishontirish va bu muammolarni birgalikda hal qilish kerak.
Download 11.11 Kb.




Download 11.11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Insoniyat oldida turgan turli global muamolar

Download 11.11 Kb.